egostentrik nutq
deb yuritiladi. Katta yoshli bog‘cha
bolalarida egostentrik, ya’ni o‘z-o‘ziga qaratilgan nutq tugallanib
normal holga keladi.
Nutq o‘stirish mashg‘ulotlari.
346
Shunday qilib, asosiy aloqa vositasi bo‘lgan nutq bola psixika-
sining taraqqiyotida benihoya katta rol o‘ynaydi. Bog‘chada va
oilada to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilgan ta’lim-tarbiya va xususan, bog‘chada
ona tilidan o‘tkaziladigan maxsus mashg‘ulotlar tufayli bola nut-
qini normal o‘stirish mumkin. Bola bog‘cha yoshining oxir-
gi bosqichiga kelganda og‘zaki nutqning hamma turlaridan er-
kin foydalana oladigan bo‘ladi. Bola nutqining bundan keyingi
taraqqiyoti maktabda, o‘qish jarayonida amalga oshiriladi.
Tarbiyachining nutqi
nutq talablariga rioya qilingan hol-
da bo‘lishi kerak. Ya’ni nutqning tushunarliligi, soddaligi,
ta’sirchanligi, boyligi, ravonligi, sofligi, ifodaliligi, mazmun-
dorligi, aniqligi, chiroyliligi, to‘g‘riligi bilan ajralib turishi ke-
rak. Ba’zi tarbiyachilarning nutqi juda ta’sirchan bo‘ladi. Bun-
day tarbiyachilar nutqi his-tuyg‘u bilan sug‘orilgan bo‘lib,
ular o‘zlari gapirayotgan gaplardan o‘zlari ta’sirlanadilar, ana
shundagina bolalarga ham muayyan kayfiyatni «yuqtiradilar».
O‘tkazmoqchi bo‘lgan mashg‘ulotiga tarbiyachining o‘zi qiziqi-
shi va uning o‘zida ham samimiy his-tuyg‘u hosil bo‘lishi shart.
Tajribali bir pedagog yosh tarbiyachilarga shunday deydi: «Bola-
larga hikoyani shunday so‘zlab beringki, go‘yo o‘sha voqealarda
o‘zingiz ham qatnashgandek bo‘ling…». Lekin hamma tarbi-
yachilar ham obrazga kirib hikoya yoki ertakni aytib bera ol-
maydilar. Ba’zi tarbiyachilarda esa nutq ancha ohista, ta’sirsiz,
kam ifodali, qat’iy izchillikka rioya qilingan holda, dalilli va
mantiqiy bo‘ladi. Bunday nutq biroz zerikarli bo‘lib bolalarni
mashg‘ulotga diqqatini jamlab olishi qiyinroq kechadi. Bunday
nutq yo‘naltirilgan yoki boshqacha aytganda undalma nutqdan
iboratdir.
Yana shunday tarbiyachilar ham borki, ularning nutqi emot-
sional ham, mulohazali ham emas, ammo bolalar ular nutqi-
ni yaxshi o‘zlashtiradilar. Bunday nutqlarda zo‘r ishonch kuchi
yangraydi, gapirilayotgan gapga chuqur ishonch paydo qiluvchi
kishining irodasi borligi sezilib turadi, o‘z bolalarida ixtiyorsiz
ishonch hosil qiladi. Tarbiyachi o‘z fikrlarini haqchanligiga, bola-
larni ishontirishga qattiq kirishganligi o‘z-o‘zidan ko‘rinib tura-
di. Ularning to‘g‘riligi va muhimligiga ishonch ixtiyorsiz ravish-
da bolalarga o‘tadi. Bu katta ishonch va ta’sir kuchiga ega bo‘lgan
347
irodali nutq deyiladi. Lekin bunday nutq avtoritar xarakterga ega
bo‘lib bolalardagi mustaqil fikrlashni cheklab qo‘yadi.
Zarur iboralarni tez tanlay olish: so‘z boyligiga, fikrlash jara-
yonining tezligiga, gapirilayotgan mavzuni yaxshi bilgan bo‘lishiga,
topqirligiga, kishining shu paytgacha umumiy holatiga va boshqa
ko‘pgina sabablarga bog‘liqdir. O‘z nutqini qulay va to‘g‘ri tuza
bilishda badiiy adabiyotni o‘qib turish katta ahamiyatga ega. Kitob
o‘qiganda shaxsda lug‘at boyligi ko‘payadi, fikrining obrazliligi
ortadi, nutq ravshan, chiroyli va adabiy bo‘ladi. Nutqda murakkab
jumlalar va notanish qiyin so‘zlar bo‘lmasa, u ham ravshan, ham
tushunarli bo‘ladi. Murakkab bo‘lmagan qisqa jumlalar bayon eti-
ladigan ma’lumotni tez tushunib olishga yordam beradi.
Ammo fikrni bayon etishda juda ezmalanish ham bo‘lmaydi.
Nutqning juda qisqaligi, mavzuning haddan tashqari ko‘pligi,
hodisalarni ko‘p keltirish bolalarning tushunmay qolishiga sabab
bo‘lishi mumkin. Bayon etish aniq, ifodalar ravshan, xulosa va
umumlashtirishlar aniq bo‘lsa, tarbiyachining bayoni tushu-
narli hamda tez esda qoladigan bo‘ladi. Tarbiyachi nutqining
sodda bo‘lishini unior mazmunga aylantirib yubormasligi kerak.
U yetarli mazmunga ega bo‘lishi kerak. Uning murakkablashib
ketishidan, bolalarning charchab qolishidan qochish ke rak.
Tarbiyachi nutqining tashqi shakli: tarbiyachi ovozining yo-
qimliligi (uning bo‘yoqliligi va kuchi), ravonligi, ohangdor
bo‘lishi katta ahamiyatga ega. Nutqning bu tomonini yaxshilash
ustida ishlash har bir pedagog uchun juda muhimdir. Tarbiya-
chining ovoz tembri juda past va juda yuqori ham bo‘lmasligi
kerak. U bir tekis baland ovoz bilan gapirganda fikrni bo‘rttirib
ko‘rsatish uchun ovozini goh baland, goh past qilib gapirish im-
koniyatidan mahrum bo‘ladi. Bundan tashqari, tarbiyachining
baland ovozi bolalarni asabiylashtiradi, shu bilan birga tarbiya-
chi sinfdagi shovqinni ham eshita olmaydi. Juda past ovoz bi-
lan gapirilgan nutq ham bolalarga yaxshi eshitilmaydi. Eng yax-
shi pedagoglar ning tajribasi mavzuni o‘tishda bolalarning bilim
darajasiga, yoshiga, o‘tiladigan o‘quv materialining mazmuniga,
tarbiyachi tomonidan qo‘yiladigan vazifaga, ishning boshqa sha-
roitlariga qarab nutqning biror shaklidan maqsadga muvofiq foy-
dalanish lozimligini ko‘rsatadi.
348
Tarbiyachining vazifasi o‘quvchilarga faqat ta’lim berish bilan
chegaralanib qolmay, balki ularni har bir hikoya ustida o‘ylashga,
uni emotsional his qilishga o‘rgatishdan iboratdir.
Tarbiyachi nutqiga qo‘yiladigan talablar
Tarbiyachi quyidagi qoidalarga amal qilishi kerak:
1. Mashg‘ulotga puxta tayyorlanish; mavzuga taalluqli bevosi-
ta voki boshqa muhim va qiziqarli materiallarni to‘plashi lozim.
Ayniqsa endi ish boshlagan yosh tarbiyachining eshituvchilar ol-
didagi qo‘rqishi uning mashg‘ulotni o‘tkazishiga juda xalal beradi,
nutq muvaffaqiyatsiz chiqadi. So‘zlash oldidan hayajonlanmaslik
uchun, o‘zingga ishongan bo‘lishing kerak, bu esa mashg‘ulotga
puxta tayyorlanishga bo‘g‘liq. Tarbiyachi mashg‘ulotga qancha-
lik yaxshi tayyorlansa, u so‘zlashda shunchalik kam hayajonlana-
di. Hech kimga oldindan ma’lum bo‘lmagan mehnat notiq ishon-
chining garovidir. Bu ishonch o‘sha soatda, nutq vaqtida, notiq
nima bo‘lishini va yana nima aytishini o‘zi his qilgandagina pay-
do bo‘ladi.
2. Ovozni o‘zgartirish – fikrga bog‘lab uni ko‘tarish va pasay-
tirish lozim. Bolalarning yoshiga mos ravishda erkalash ohanglari-
dan foydalanish lozim. Uning ovozi va intonatsiyasi diqqatni
o‘ziga tortadi. Ba’zan ovozni ancha «pastlatish» kerak, pauza qilib
baland ovozdan past ovozga o‘tiladi.
3. Gapirayotganda qo‘l va gavdani harakatlantirish nutqni
jonlantiradi, biroq bundan ehtiyotkorlik bilan foydalanish lozim.
Haddan tashqari ko‘p harakatlar yoki u yoq-bu yoqqa yurave-
rish ham diqqatni chalg‘itadi. Eshituvchilarning ayrim guruhiga
tikilib gapirish ham foydali. Bu bilan eshituvchilar diqqati tortila-
di va notiqda muhabbat paydo bo‘ladi. U yaqqol ko‘rinishi, «yuzi,
tili bilan gapirishi», ya’ni mimikadan unumli foydalanishi kerak.
4. Nutq shakli oddiy, tushunarli bo‘lsin. Ko‘gazmali taq-
qoslash, o‘xshatish, ifodalilik ham yaxshi ta’sir etadi.
5. Eshituvchilar diqqatini bo‘shashtirmasdan, hatto uni os-
hirish ham zarur.
6. Ortiqcha (sheva va «shunday qilib», «demak», «ana»,
«anaqa» va shu kabi) mazmunsiz so‘zlarni ishlatmaslik, qisqa ga-
pirish karak.
349
7. Nutqni uzmay gapirish bu notiqning keraksiz ortiqcha
gaplarga to‘xtalmasdan, nutqning yangi qismiga o‘tishidir.
8. Qisqa chekinishlar ham qilish mumkin, bunday chekinish-
lar yengil, hatto komik xarakterda bo‘lishi va ayni vaqtda nutq-
ning ana shu joyiga tegishli mazmun bilan bog‘lanishi lo zim.
9. Nutq oxirida xulosa qilish, ya’ni uning muqaddimasi bilan
bog‘lash lozim.
Shunday qilib, tarbiyachi nutqining boyligi bolalar bilan mu-
nosabatga kirishishni, ya’ni «bola tili»ni bilish hamda tarbiya-
chining o‘z-o‘zini tayyorlashda eng muhim xususiyatlardan biri
hisoblanadi. Buning natijasida u bolalarda zarur his-tuyg‘u hosil
qiladi va shu bilan birga ularga zarur tarbiyaviy ta’sir ko‘rsatib,
jonli fikr uyg‘otadi va emotsional o‘lchovda, ishonarli hamda tu-
shunarli, yorqin gapirishni o‘zlashtirishiga yordam beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |