Maktabgacha yoshdagi



Download 16,02 Mb.
Pdf ko'rish
bet177/273
Sana05.03.2022
Hajmi16,02 Mb.
#483572
1   ...   173   174   175   176   177   178   179   180   ...   273
Bog'liq
maktabgacha yoshdagi bolalar psixologiyasi

bo‘linuvchanlik
xususi-
yati deyarli rivojlanmagan bo‘ladi. Maktabgacha yoshdagi bola-
lar diqqati bo‘linuvchanlik xususiyatining zaifligi va ko‘lamining 
torligi sababli ular ayrim narsalarni qayta-qayta idrok qilib, es-
larida olib qolishga intiladilar. Masalan, maktabgacha yoshda-
gi bolalar, odatda, bir hikoyani qayta-qayta eshitaveradilar. Bu 
hodisaning sababi shundaki, bolalar diqqatining ko‘lami hiko-
yaning syujetini va personajlarini birdaniga sig‘dira olmaydi. 
Shuning uchun ular hikoya va ertaklarni qayta-qayta ayttirib 
eshi taveradilar.
Shunday qilib, bolaning maktabgacha yoshida gi davrida diqqat 
ancha tez rivojlanadi. Bu davrda asosan diqqatning ixtiyorsiz turi 
ortiqroq rivojla nadi. Lekin bolaning maktabgacha yoshida faoli-
yatlarining va xususan didaktik hamda mehnat mashg‘ulotlarining 
izchil tarzda ortib borishi ularda ixtiyoriy diqqatning rivojlani-
shiga olib keladi. Ma’lumki, maktabdagi ta’lim jarayoni ixtiyoriy 
diqqatsiz bir qadam ham siljiy olmaydi. Shuning uchun maktab-
gachada turli majburiy mashg‘ulotlar orqali bolalarda ixtiyoriy 
diqqat va diqqatning asosiy xususiyatlarini rivojlantirishga harakat 
qilish kerak. Diqqatning bundan keyingi taraqqiyoti maktabdagi 
ta’lim jarayonlarida amalga oshiriladi.
Nazorat savollari:
1. Ilk yosh davridagi bolalarda diqqatning rivojlanishi haqida 
so‘zlab bering.
2. Bog‘cha yoshidagi davrida ixtiyoriy va ixtiyorsiz diqqatni 
rivojlantirish sharoitlari qanday?
3. Diqqatning kuchi va barqarorligi kabi xususiyatlari nima-
da ko‘rinadi?
4. Diqqatning ko‘lami va bo‘linuvchanlik xususiyatlari nima-
da ko‘rinadi?
5. Bolalar diqqatini rivojlantirishda tarbiyachi nimalardan 
foydalanadi?


334
8.3. Xotiraning bolalarda rivojlanishi
Bog‘cha yoshidagi bolalar o‘zlarining faoliyatlari uchun qan-
daydir ahamiyatga ega bo‘lgan, ularda kuchli taassurot qoldirgan 
va ularni qiziqtirgan narsalarni beixtiyor eslarida olib qolaveradi-
lar. Ular biror narsani eslarida olib qolishni o‘z oldilariga maqsad 
qilib qo‘ymaydilar va hali maqsad qo‘yishni uddasidan ham chiqa 
olmaydilar.
Maktabgacha yoshdagi bolalarda asosan ixtiyorsiz esda
olib qolishning hukmron bo‘lnishi tasodifiy hol emas. Buning o‘z 
sabablari bor. Har bir tarbiyachi pedagog bolalar xotirasiga doir 
xususiyatlarni yaxshi bilishi kerak. Ana shunda bolalar xotira-
sini to‘g‘ri rivojlantirish mumkin. Bog‘cha yoshidagi bolalar xo-
tirasining katta odamlar xotirasidan keskin farqi, avvalo ular oliy 
nerv faoliyatining o‘ziga xos xususiyatlari bilan bog‘liqligidadir. 
Bir qator rus psixologlari tomonidan o‘tkazilgan ilmiy tekshirish 
ishlari natijalarining ko‘rsatishicha, bog‘cha yoshidagi bolalar
oliy nerv faoliyati quyidagi maxsus xususiyatlarga ega.
Birinchidan, bog‘cha yoshidagi bolalarning nerv sistemasi 
xuddi ilk yoshdagi bolalar nerv sistemasi kabi juda plastik xarak-
terga egadir, ya’ni ularning nerv sistemalari haddan tashqari egi-
luvchan, ta’sirotga beriluvchandir. Shuning uchun ham bu yosh-
dagi bolalarda vaqtli bog‘lanishlar (assotsiatsiyalar) juda yengillik 
bilan hosil bo‘ladi. Bolalar nerv sistemasining xususiyati ularning 
esda olib qolish qobiliyatlariga ham ta’sir etmay qolmaydi. Shu 
sababli maktabgacha yoshdagi bolalar qo‘shiq, ritmli she’r, qi-
ziqarli va chuqur ta’sir etadigan narsalarni beixtiyor hamda juda 
tez eslarida olib qolaveradilar.
Ikkinchidan, bog‘cha yoshidagi bolalar nerv sistema si yengil qo‘z-
g‘aluvchan bo‘lishi bilan birga yuzaga keladigan vaqtli bog‘ lanishlar 
(assotsiatsiyalar) juda beqaror bo‘ladi, ya’ni mustahkam bo‘lmaydi. 
Shuning uchun bu yoshdagi bolalar tomonidan idrok qilingan turli 
narsa va hodisalar ularning xotiralarida uzoq vaqt saqlanib qolmay-
di. Ular tez esga olishlari bilan birga tez unu tib ham yuboradilar. 
Ko‘pincha narsa va hodisalarning bog‘cha yoshidagi bolalar xoti-
ralarida mustahkam saqlanib qolishi shu nar sa va hodisalarning bo-
laga qanchalik emotsional ta’sir qilishiga bog‘liq bo‘ladi.


335
Uchinchidan, bog‘cha yoshidagi bolalar nerv sistemasida 
qo‘zg‘alish jarayoniga nisbatan tormozlanish jarayoni ancha sust 
bo‘lganligi tufayli ular o‘xshash va birdaniga, ya’ni bir vaqtning 
o‘zida juda ko‘p idrok qilingan narsalarning farqini yaxshi ajra-
ta olmaydilar. Shuning uchun ular birdaniga idrok qilgan ju-
da ko‘p narsalarni bir-biri bilan aralashtirib yuboradilar. Agar 
bog‘cha yoshidagi boladan kechagi bayram kuni bo‘lgan, ya’ni id-
rok qilgan narsalarini bir boshidan so‘zlab berish iltimos qilinsa, 
u ma’noli va izchil qilib so‘zlab berolmaydi. Bola bunday holda 
gapni ta sodifiy esiga tushib qolgan narsalardan boshlab ketavera-
di. Chunki birdaniga ko‘rgan juda ko‘p narsalarini bola tamoman 
aralashtirib yuborgan bo‘ladi.
Bola esida olib qolgan narsalarida hali izchillik yo‘q. Shu ning 
uchun bola dastavval chuqur taassurot qoldirgan, ya’ni esida chu-
qur o‘rnashib qolgan narsalardan boshlab gapiraveradi. Demak, 
bundan shunday xulosa chiqarish mumkin. Agar bog‘cha yoshi-
dagi bolalarga bir vaqtning o‘zida haddan tashqari ko‘p narsa-
lar ko‘rsatilsa, ular hamma narsalarni bir-biri bilan aralashtirib 
yuboradilar va birontasini ham puxtaroq esda olib qololmay-
dilar.
O‘tkazilgan tajribalarning ko‘rsatishicha, kichik bog‘cha yoshi-
dagi bolalarga nisbatan o‘rta va katta yosh dagi bog‘cha bolala rida 

Download 16,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   173   174   175   176   177   178   179   180   ...   273




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish