Maktabgacha yoshdagi



Download 16,02 Mb.
Pdf ko'rish
bet170/273
Sana05.03.2022
Hajmi16,02 Mb.
#483572
1   ...   166   167   168   169   170   171   172   173   ...   273
Bog'liq
maktabgacha yoshdagi bolalar psixologiyasi

Nazorat savollari:
1. Ta’limiy mashgulotning psixologik xususiyatini aytib be-
ring.
2. Maktabgacha yoshdagi bolalarda bilim olishda aniq va 
barqaror qiziqish nimada namoyon bo‘ladi? 


316
3. Didaktik o‘yinlarning bola bilimlarni egallashidagi o‘rni 
nimada? 
4. Maktabgacha yoshdagi bolalarning tasviriy faoliyati xususi-
yatlari nimadan iborat?
5. Qurish-yasash faoliyatlari bola bilish jarayonlariga qanday 
ta’sir qiladi?
Ta’lim olish jarayonidagi o‘zgarishlar
Ijobiy munosabat
Tarbiyachilar uchun 
muqobil (altеrnativ) 
ta’lim uslublari
Bola – ta’lim dastu-
rida markaziy shaxs
Ta’lim uchun zarur 
vosita, o‘yinchoq 
va asbob-uskunalar 
mavjudligi
Ta’lim bеrish uslu-
bining moslashuv-
chanligi
Ota-onalar va jamoaning 
ishtiroki
Maktabgacha ta’lim muas-
sasasi va tarbiyachilarni 
faol qo‘llab quvvatlash
Bola shaxsi rivojlanishi-
ga yo‘naltirilgan ta’lim
7.4. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar mehnat faoliyatining 
xususiyatlari. Maktabgacha yoshda mehnat elementlari
Bolalarning mehnat mashg‘ulotlari asosan bog‘cha yoshida-
gi davrdan boshlanadi. Bu yoshda bolalarning mehnatlari juda 
sodda va elementar bo‘lsa ham ularning psixik taraqqiyotlarida 
juda katta ahamiyatga egadir.
Maktabgacha yoshdagi bolalar tarbiyachining o‘tkazgan suh-
batlari orqali mehnatning inson hayotidagi ahamiyati, kattalar 
mehnati haqida tushunchalarni egallaydilar. Bolalar tarbiyachi-
ning savollari bilan o‘z ota-onalarining qayerda, kim bo‘lib ish-


317
layotganliklarini, qanday mahsulot ishlab chiqarishda ishtirok 
etayotganliklarini bilib oladilar.
Ana shunday suhbatlar natijasida bolalarda mehnatga nis-
batan ijobiy munosabat, mehnat qilish ishtiyoqi tug‘iladi. Kat-
talarning mehnat faoliyatlariga taqlid qilish dastavval bolalar-
ning o‘yinlarida namoyon bo‘ladi. Bolalar kattalarning mehnat 
faoli yatlarini o‘zlarining o‘yinlarida taqlidan takrorlash bi-
lan cheklanib qolmay, balki kattalar mehnatida bevosita qatna-
shish uchun harakat qila boshlaydilar. Masalan, qiz bolalar ona-
lari kir yuvayotganda suv tashish, ayrim kichikroq narsalarni 
(dastro‘molchalarni) chayishda qatnashadilar, uy va hovlilarni 
yig‘ishtirib, supurishga, o‘g‘il bolalar esa otasi bajarayotgan ish-
da qatnashishga intila boshlaydilar. Bu yoshdagi bolalar mehna-
tining natijasiga emas, balki mehnat jarayonining o‘ziga qiziqishi 
psixologik jihatdan xarakterligidir.
Maktabgacha yoshdagi bolalarning mehnatlariga baho be-
rib borish ularda mehnatga nisbatan ijobiy munosabatni tarbiya-
lashda katta rol o‘ynaydi. Bolalar kuchlari yetadigan ishlarni ba-
jarayotganlarida ko‘p xatolarga yo‘l qo‘yishlari turgan gap. Lekin 
bunda bo lalarni mehnatga jalb qilmaslik kerak, bolalar bajara-
digan ishni kattalarning o‘zlari birpasda qilib qo‘yishlari mum-
kin, degan ma’no kelib chiqmaydi. Sharq xalqida bir maqol bor: 
«Bolani ishga buyur, ketidan o‘zing yugur». Bu juda to‘g‘ri, ha-
yotiy gap. Bolalarga biron yumush buyurilganda, uni qanday ba-
jarayotganliklarini kuzatib turish kerak, degan ma’noni bildiradi.
Kichik yoshdagi bolalarda hali mehnat malakalari yo‘q, qo‘l 
muskullari yaxshi rivojlanmagan bo‘ladi. Ana shuning uchun 
bolalar qasddan yoki aniqovliklaridan emas, balki eplay olmas-
liklaridan biron narsani tushirib, singdirib yuborishlari mumkin. 
Ana shunday «falokat» yuz bergan paytda bola ni «Anqov, merov, 
ko‘zingga qarasang bo‘lmaydimi?» deyish yoki urish yaramay-
di. Buning o‘rniga bolaga shu mehnatni qanday qilib bajarishni 
ko‘rsatib berish kerak. Kichik yoshdagi bog‘cha bolalari o‘zlarining 
mehnat faoliyatlarini hali yo‘lga qo‘ya olmaydilar. Shuning uchun 
ular mehnatning juda sodda turlari bilan, ya’ni o‘simliklarga suv 
quyish, baliqlarga ovqat berish, hovliga suv sepish va shu kabilar 
bilan shug‘ullanadilar.


318
Maktabgacha yoshdagi bolalarni mehnatsevarlik ruhida tar-
biyalashda ularni inoq jamoaga uyushtirish katta ahamiyatga 
egadir. Jamoa bo‘lib mehnat qilishda tarbiyachi har bir bolaga 
ma’lum bir mehnatni baja rishni buyuradi. Ana shu tariqa bola-
lar birgalikda mehnat faoliyati bilan shug‘ullanadilar. Masalan, 
katta guruh bolalari jamoa bo‘lib navbatchilik qiladilar. Bunda 
bir bola stolga dasturxonlarni yozib chiqsa, ikkinchisi qoshiq va 
vilkalarni qo‘yib chiqadi, uchinchi bola esa stulchalarni qo‘yib 
chiqsa, to‘rtinchi bola stolga nonlarni qo‘yib chiqadi. Bog‘chada 
navbatchilikka o‘rgangan bolalar oilada ham yordamlashadigan 
bo‘ladilar. Bolalar bunday mehnatda jon-u dili bilan qatnasha-
dilar.
O‘rta va katta yoshdagi bolalarga oilada kuchlari yetadigan 
mehnat topshiriqlarini berish kerak. Bu ularda mehnat malaka-
lari hosil bo‘lishi uchun imkoniyat yaratadi. Ijtimoiy foydali 
mehnatda ishtirok etmagan bolani keyinchalik mehnatga jalb qi-
lish juda qiyin bo‘ladi. Bog‘chada bolalar jalb qilinadigan mehnat 
faoliyati ning turi juda xilma-xildir. Masalan, tabiat burchagidagi 
jonivor yoki o‘simliklarni parvarish qilish, bog‘cha uchastkasida 
ishlash, oshxonada va guruhda nav batchilik qilish, kichkintoylar-
ni ki yintirishga yordam berish va boshqalar.
O‘rta va katta guruh bolalari mehnat faoliyatini o‘yindan bata-
mom farqlab, unga nisbatan jiddiy munosabatda bo‘la boshlay-
dilar. Ular mehnatdan kelib chiqadigan natijani, ya’ni mehnatning 
ijtimoiy mohiyatini, kim uchun, nima uchun mehnat qilish lo-
zimligini tushunadi. Ular kattalarning oiladagi uy-ro‘zg‘or ish-
lariga zo‘r ishtiyoq bilan yordamlashadilar, kichkintoylar uchun 
qog‘ozdan, kartondan, faner va plastilindan turli o‘yinchoqlar 
yasaydilar. Pedagogik jihatdan to‘g‘ri tashkil qilingan mehnat 
faoliyati bolalarning har tomonlama jismoniy, psixik, este tik, ax-
loqiy tomondan rivojlanishiga juda katta ta’sir qiladi.

Download 16,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   166   167   168   169   170   171   172   173   ...   273




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish