Maktabgacha yoshdagi



Download 16,02 Mb.
Pdf ko'rish
bet120/273
Sana05.03.2022
Hajmi16,02 Mb.
#483572
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   273
Bog'liq
maktabgacha yoshdagi bolalar psixologiyasi

xarakter 
(yunon. charaktir – belgi, nishon, xislat) deyiladi.
Ba’zan «xarakter» degan so‘z bilan iroda kuchini, qat’iylikni 
yoki boshqa kishilar bilan muomala qilgandagi keskinlikni ifoda-
laydilar, «xarakterli kishi» deydilar. Aksincha irodasi zaif kishi-
ni «xaraktersiz kishi» deb ataydilar. Ilmiy nuqtayi nazardan qara-
ganda, bu ta’riflar noto‘g‘ridir, chunki «xaraktersiz» kishida ham 
xarakter bor.
Xarakter hamisha shaxsning o‘ziga xos sifatlarini (nisbatan ju-
da oz mustasnolar bilan) belgilab beradi. Shuning uchun ham 
xarakter kishining biror hayotiy vaziyatda o‘zini qanday tutishini 
oldindan ko‘rish imkonini beradi. Xarakterdagi ko‘p narsa kishi-
ning dunyoqarashiga, uning e’tiqodiga va ideallariga, ijtimoiy ah-
voliga, atrofdagi muhitning ta’siriga bog‘liq bo‘ladi. Turli ijtimoiy 
guruhlarga mansub kishilarning xarakterlaridagi farqlarning sa-
babi ana shundadir.
Xarakter shaxsning
 individual 
xususiyatidir. Xarakterlari mut-
laqo bir xil ikki kishini topib bo‘lmaydi, lekin ayrim kishilar ning 


211
xarakteridagi ko‘p narsalar bir guruh kishilar uchun yoki hatto 
butun jamiyat uchun tipik bo‘lishi mumkin. Ma’lumki xarakter 
to‘g‘risida faqat yetakchi, asosiy xususiyatlarga qarab fikr yuri tish 
mumkinligi, bu xususiyatlar muayyan shaxsning kim ekanligini 
hamma narsadan ko‘ra ko‘proq belgilab beradi. Shuning uchun 
ham yozuvchilar o‘z qahramonlarini ta’riflar ekanlar, ularning 
asosiy, tipik xususiyatlarini ko‘rsatishga intiladilar. Kishi faoliya-
tida qanday psixik jarayonlar ustun turishiga qarab xarakter xu-
susiyatlarini intellektual, emotsional va iroda xususiyatlariga aj-
ratish mumkin.
Xarakterning fiziologik asoslari
Ma’lumki nerv sistemasining tipi oliy nerv faoliyatining tug‘ma 
xususiyatlariga bog‘liq bo‘ladi. Biroq kishining fiziologik tabiati 
doimiy bo‘lib qolmaydi. I.P. Pavlov nerv sistemasining tipi (tem-
perament) va xarakterning bir-biriga munosabati haqida gapirib 
bunday deb yozgan edi: «Tip hayvon nerv faoliyatining, tug‘ma 
organizmning konstitutsiyaga bog‘liq turi genotikdir, lekin hay-
von tug‘ilgan kunidan boshlab atrofdagi sharoitning xilma-xil 
ta’siriga uchrashi, shu ta’sirlarga faoliyat bilan, ko‘pincha butun 
umr mustahkam bo‘lib qoladigan faoliyat bilan, muqarrar suratda 
javob berishi lozimligi sababli hayvonning mavjud nerv faoliyati 
tipining xususiyatlari va tashqi muhit taqozo qilgan o‘zgarishlar 
qorishmasidan, fenotipdan, xarakterdan iboratdir».
Garchi I.P. Pavlov hayvonlar to‘grisida gapirgan bo‘lsa ham, 
muhitning bu xil ta’sirlarini odam ham his qiladi. Shuni es-
da tutish kerak-ki kishi nerv faoliyatining shakllanishiga faqat 
I signal sistemasigina emas, balki II signal sistemasi ham kat-
ta ta’sir ko‘rsatadi.
Shunday qilib, garchi nerv sistemasining tug‘ma tipi tempe-
rament xarakterning asosi bo‘lsa ham biroq uni muvaqqat nerv 
aloqalariga va ularning murakkab sistemalariga xos xususiyatlar 
belgilab beradiki, ularga inson o‘z hayoti va faoliyati jarayonida 
ega bo‘ladi. Tuyg‘ularning paydo bo‘lishi, psixik jarayonlar ham-
da harakatlarning o‘tish tezligi asosan temperamentga bog‘liq 
bo‘lib bu albatta kishining xarakterida aks etadi. Oqibat nati-
jada tug‘ma sifatlar emas, balki ijtimoiy sharoit, ya’ni muhitning 


212
ta’siri, kishining u yoki bu xarakteriga ega bo‘lishining asosiy 
sababi hisoblanadi.
Xarakterda munosabatning ifodalanishi
Kishining atrofdagi voqelikka munosabati nuqtayi nazaridan 
xarakter xususiyatlarini quyidagi guruhlarga bo‘lish mumkin:
1. Shaxsning jamoadagi boshqa kishilarga munosabatini ifo-
dalovchi xususiyatlar: mehribonlik, saxiylik, samimiylik, hurmat-
ehtirom, talabchanlik kabilar. Pismiqlik, takabburlik, beparvolik, 
toshbag‘irlik, ichidan pishganlik, dag‘allik kishilarga nafrat bilan 
qarash kabi qarama-qarshi xususiyatlar bo‘ladi.
2. Shaxsning mehnatga, o‘z ishiga munosabatini ifodalovchi 
xususiyatlar: mehnatsevarlik, dangasalik, vijdonlilik, mas’uliyatlik 
va aksi.
3. Kishining narsalarga munosabatini xarakterlovchi xususi-
yatlar: ozodalik, tejamkorlik, sarishtalik va aksi.
4. Shaxsning o‘z-o‘ziga munosabatini aks ettiruvchi xususi-
yatlar: o‘z qadr-qimmatini bilish tuyg‘usi, kamtarlik, mag‘rurlik, 
uyatchanlik, jizzakilik, xudbinlik, egotsentrizm (o‘z-o‘zini ha-
misha o‘z diqqat markazida tutish) va h.k.

Download 16,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   273




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish