2.Standartlashtirish bosqichlari
Mahsulot hayot
tsiklining barcha bosqichlarida sifatni boshqarishni
amalga oshirish uchun sifatni boshqarish
sistemasining tashkiliy, texnikaviy hamda usludiy
asosi bўlib xizmat qiladigan standartlar va texnik
shartlar kompleksi zarur.
Tadqiqot o’tkazish va loyihalashtirish bosqichida
standartlashtirish yordamida quyidagilar amalga
oshiriladi:
•
mahsulotning,
shuningdek
, xom ashyo, yarim
fabrikatlarning sifat tavsiflarini kompleks
standartlash asosida tayyor mahsulotning
sifatiga nisbatan shartlari o’rnatiladi;
•
mahsulotning ishlatilish maqsadlari va
shartlariga bog’liq holda mahsulot sifatining
yagona ko’rsatkichlari sistemasi aniqlanadi;
•
optimal sifatni ta’minlash uchun me’yorlar,
shartlar va mahsulotni loyihalash usullari ishlab
chiqiladi;
•
ishlab chiqarish jarayonlarini kompleks
mexanizatsiyalashtirish, fan-
texnika
taraqqiyotini jadallashtirish
, mahsulot
ishlab chiqarishda mehnat unumdorligini
oshirish, iste’mol va ta’mirlashning
samaradorligi, ishlab chiqarishni
ixtisoslashtirishning muhim sharti sifatida
unifikatsiyalashtirish darajasini oshirish
ta’minlanadi.
Mahsulot sifatini oshirish va sifatni boshqarishni
tashkil etishni takomillashtirishga tarmoqlararo
standartlar sistemasini tatbiq etishga imkon
beradi. Bunday sistemalarga standartlar kompleksini
kiritish mumkin: Konstruktorlik hujjatlashtirishning
yagona sistemasi (ESTD), ishlab chiqarishni
texnologik tayyorlashning yagona sistemasi va
boshqalar.
Standartlashtirishni tadbiq etish texnologiyani ishlab
chiqish jarayonini yaxshilash va jadallashtirish,
ishlab chiqarishning texnikaviy va tashkiliy
darajasini oshirishga imkon beradi va sifatning
muqimligini ta’minlaydi.
Mahsulot ishlab chiqarishni yo’lga
qo’yish bosqichida davlat standartlari mahsulot
ishlab chiqarish jarayonini takomillashtirish,
ishlab
chiqarishni tayyorlash
, fan-texnika yutuqlarini ishlab
chiqarishga joriy etish, ishlab chiqaruvchilar bilan
buyurtmachilar o’rtasida uzviy aloqa orqali yangi,
yuqori sifatli mahsulotlarni yaratish va
o’zlashtirishga qaratilgan.
Standartlashtirish sistemasi yangi mahsulotga yuqori
sifatli loyiha hujjatlashtirish ishlarini, korxonaning
berilgan sifat ko’rsatkichlari bo’yicha mahsulot
ishlab chiqarishga tayyor bo’lishi hamda o’z vaqtida
mahsulotni ishlab chiqarishdan olib tashlashini
taqozo qiladi.
Korxona standartlari masulotni ishlab chiqarish
bosqichida ishlab chiqarilayotgan mahsulotning
tavsifi va o’ziga xos xususiyatlarini, korxonaning
tashkiliy-texnikaviy
darajasini
, ixtisoslashishini
hisobga oladi hamda korxonada sifatni boshqarish
bo’yicha aniq va mas’uliyat bilan tashkil etilishiga
imkon beradi. Ular sifatni kompleks boshqarishga
doimiy faoliyat olib boradigan sistema tavsifini
beradi, uni ilg’or tajribalar asosida doimiy rivojlanib
borishiga imkon yaratadi. Loyihalashtirish, ishlab
chiqarish va iste’mol jarayonlarida mahsulot sifatini
oshirishni rejalashtirish usullarini va tartibini
belgilaydilar, nazorat qilish vositalari va usullariga
va sifatni baholashga shartlarni o’rnatadilar,
mahsulotni attestatsiyadan o’tkazish tartibini
belgilaydilar, ta’minotchilar bilan sifatli xom ashyo
va materiallarning o’z vaqtida etkazib berilishini
o’rnatadilar. Ishlab chiqarishning bir maromda
bo’lishini, texnologik intizomga bo’ysunishini
ta’minlaydilar, ijrochilar
mehnatining sifatini
oshirish
, yaroqsiz mahsulot ishlab chiqarilishidan
yo’qotishlarni qisqartirish va minimal xarajatlar
bilan mahsulotning yuqori sifatli ishlab
chiqarilishiga imkon beradi.
Muomala va sotish bosqichida standartlashtirish
mahsulotni o’rash-joylash, joydan-joyga tashish,
omborxonalarda saqlash ishlarining yaxshi yo’lga
qo’yilishiga shartlarni o’rnatilishiga qaratilgan.
Iste’mol va ekspluatatsiya
bosqichida standartlashtirish mahsulotni ishlatishga,
ta’mirlashga (shu jumladan kafolatli) nisbatan
yagona shartlarni o’rnatadi, ekspluatatsiya
bosqichida mahsulotning sifati to’g’risidagi
ma’lumotlarni to’playdi
va tahlil qiladi
, ta’mirlash
va xizmat ko’rsatishni yaxshilaydi, mahsulotni
ekspluatatsiya qilish xarakatlarini qisqartirib, undan
foydalanish samaradorligining ortishiga imkon
beradi.
Sanoat mahsulotini attestatsiyadan o’tkazishda
standartlar sistemasi zarur va uni ob’ektiv baholash
uchun zarur bo’lgan sifat ko’rsatkichlari ro’yxatini
va o’tkazilish tartibini o’rnatadi. Bu esa mahsulotni
attestatsiyadan o’tkazishga sarflanadigan vaqtni
qisqartiradi va sifat kategoriyalari bo’yicha
mahsulotni ob’ektiv baholashga xizmat qiladi.
Standartlashtirish mahsulotni sertifikatlashtirishda
ham muhim ahamiyatga ega.
Mahsulot sifati muammosining hal etilishi
metrologik ta’minlanish darajasiga bog’liq.
Mamlakatimiz bo’ylab o’lchamlarning yagona va
ishonchli bo’lishini ta’minlash uchun rivojlangan
etalon bazasi yaratilgan, o’lchamlar yagonaligini
ta’minlovchi standartlar sistemasi ishlab chiqilgan.
Standartlashtirishni rivojlantirishning zamonaviy
bosqichining o’ziga xos tomoni alohida standartlarni
ishlab chiqishdan kompleks standartlashtirish
dasturiga o’tishdir. Ushbu dasturlarni joriy etish
tayyor mahsulotlarga,
xom ashyo va materiallarga
,
mashina va dastgohlarga, shuningdek ishlab
chiqarishni tayyorlashni tashkil etishga, sinov
o’tkazish, nazorat, o’lchash, o’rash-joylash
qoidalari, saqlash, joydan-joyga tashish, iste’mol va
ta’mirlashga nisbatan texnik shartlar va o’zaro
bog’langan standartlarni qayta ko’rib chiqishni o’z
ichiga oladi.
Kompleks standartlashtirish dasturini ishlab chiqish
va tatbiq etish butun faoliyatni yakuniy
umumiqtisodiy natijalarga erishishga qaratadi.
Fan-texnika rivojlanishi bilan standartlarning
samarali ishlatilish muddatlari absolyut va nisbiy
jihatdan qisqara borishi tendentsiyasi kuzatiladi.
Standartlashtirish borgan sari o’zgaruvchan tavsifga
ega bo’ladi,
ularni
ishlab chiqish
, tatbiq etish va qayta ko’rib
chiqish uslublari va muddatlariga nisbatan yangi
shartlarni qo’yadi.
Foydalanilgan adabiyotlar
1.
G.K.Vijayaraghavan.,
R.Rajappan.,
Engineering
Metrology
and
Measurements., For 5th Semester Mechanical and Automobile Engineering ( As per
the Latest Anna University Syllabus
–
Reg.,2008.
2.
Ammar Grous. Applied Metrology for Manufacturing Engineering. Great
Britain and the United States by ISTE Ltd. 2011, 670 page.
3.
Ismatullaev P.R., Matyakubova P.M., Turaev SH.A. Metrologiya,
standartlashtirish va sertifikatlashtirish.
Darslik. “Lisson
-pre
ss”, Toshkent, 2014.
-
423b.
4.
Абдувалиев
А
.
А
.,
Латипов
В
.
Б
.,
Умаров
А
.
С
.
и
др
.
Основы
стандартизации
,
метрологии
,
сертификации
и
управление
качеством
.
–
Т
.:
НИИСМС
2007. - 555
с
.
5.
Ismatullaev P.R., Kodirova SH.A. Metrologiya asoslari. O’quv qo’llanma.
Toshken
t, “Tafakkur” nashriyoti 2012.
-304 bet.
Do'stlaringiz bilan baham: |