432
MAGNITLANGAN SUVNING INSON HAYOTIDAGI AHAMIYATI
Qizg’izov S.M., G’ofurov A.S.
Andijon davlat universiteti
Suv hayotimiz mobaynida har doim biz bilan birgadir. Lekin, ko’pincha buni
farqiga bormasdan hayotimizni davom ettiramiz. Hayot uchun zarur bo’lgan suvning
ahamiyatini, bugun inson salomatligiga bog’lagan holda anglatamiz. Suv, inson
vujudidagi organ, hujayra va to’qimalarning eng muhim ehtiyojidir. Sog’lom inson
vujudining 75%i suvdan iboratdir. Suvning vujudimizdagi tarqalishi hayotiy
ahamiyatni yana ham aniq namoyon qiladi. Miyaning 85 %i, qonning 90 %i,
mushaklarning 75 %i, buyraklarning 82 %i va suyaklarning 22 %i suvdan iboratdir.
Balog’atga yetgan har bir inson, har kuni terlash, siydik va nafas yo’li bilan tahminan
2,5 litr suv yo’qotadi.
Mutaxassislar, inson vujudining bir kunda yo’qotgan suv
ehtiyojini ta’minlash uchun, oddiy insonning kun davomida 6-8 stakan suv ichishi
zarurligini ta’kidlaydilar. Yetarli miqdorda suyuqlik olinmasa, hujayra aylanuv
sistemasidan ya’ni, qondan suyuqlik olishga harakat qiladi. Bu esa, yurakning
qiynalishiga olib keladi. Suv yetarli bo’lmaganda buyraklar tartibli ishlamaydi.
Bunday
vaziyatda, buyrakning vazifasini jigar va boshqa organlar bajaradi.
Qolaversa, yetarli suv bilan ta’minlanmagan vujudda, aytib o’tganimizdek, bir qator
muammolar bilan birga, qabziyatli, terida quruqlik va qichishqoqlik, yuzdagi
husnbuzar,
burun qonashi, siydik yo’llari infeksiyasi, yo’tal, gripp, tumov va bosh
og’rig’i kabi kasalliklarni ham keltirib chiqaradi. Salomatlik mutaxassislari,
vujuddagi suv kamayishining sabablarini tekchirib chiqdilar. Tana og’irligimizga
ko’ra, suvsizlikning ehtimoliy natijalarini quyidagicha bildiradilar.
1.
Og’irligimizning 1 % nisbatida suv yo’qotganimizda, suvsizlik his
qilamiz
va vujudning tartibi buziladi, energiya kamayadi.
2.
Og’irligimizning 2 % nisbatida suv yo’qotganimizda, vujud
issiqligining ortishiga va suvsizlik hissining ortishiga sabab bo’ladi.
3.
Tana og’irligimizning 3 % iga teng suv yo’qotish, vujud issiqlik tartibi
buziladi va chanqoqlik his etiladi.
4.
Tana og’irligimizning 4 % iga teng suv yo’qotish esa, jismoniy
energiyaning 20-30 % nisbatida kamayishiga olib keladi.
5.
5 % kamaysa, bosh og’rig’i va horg’inlik.
6.
6 % kamaysa, holsizlik va titrash.
7.
7 % kamaysa, hushdan ketish.
8.
8 % kamaysa, idrok yo’qoladi.
9.
11 % kamaysa, hatto o’limgacha olib keladi.
10.
Tana og’irligimizning 12 % nisbatida suv yo’qotganimzda esa,
mutaxassislar bu vaziyatning mutlaqo o’lim bilan natijalanishini bildirdi.
Berilgan bu ma’lumotlar, butun jonzotlar uchun emas, faqatgina insonlar
uchun taalluqlidir. Masalan, cho’l hayvoni bo’lgan tuyalar,
vujudlaridagi suvsizlik
nisbati 40 % ga yetsa ham, hayotlarini davom ettira oladilar. Yuqorida qayd etilgan
ma’lumotlar orqali, suvning inson hayoti uchun qanchalik ahamiyatli ekanligi va
inson vujudining suv bilan bo’lgan munosabatini angladik.
433
Suv — universal erituvchi. Unda gazlar yaxshi eriydi. Suv elektrolit
boʻlganligidan koʻpgina kislota, asos va tuzlarni eritadi. Suvning oʻzi
ham yaxshi
eruvchan modda. Vodorod bilan kislorod qoʻshilib suv hosil boʻlishida issiqlik ajralib
chiqadi. 2H
2
+O
2
=2H
2
O reaksiyasi 300°C temperaturagacha juda sekin boradi. 550°C
da portlash yuz beradi. Suv — nihoyatda barqaror birikma. Suv molekulalari 1000°C
dan yuqori temperaturada nihoyatda oz darajada vodorod va kislorodga ajraladi
(termik dissotsiatsiya). 2000°C da suvning termik parchalanishi 1,8% ga, 3092°C da
13%ga, 5000°C da 100% ga yetadi. Suv ultrabinafsha nurlar (fotodissotsiatsiya) yoki
radioaktiv nurlar (radioliz) taʼsirida ham parchalanadi. Suv radioaktiv parchalanganda
H
2
va O
2
dan tashqari vodorod peroksid hamda bir qator erkin radikallar hosil boʻladi.
Suv birikish va parchalanish reaksiyalariga kirishadi, kimyoviy reaksiyalarda ishtirok
etadi.
Suv orqali barcha jarayonlar boshqarilishi natijasida, u ifloslanadi,
sarflanadi
va o’zining muhim biologik xossalarini bir muncha yo’qotadi. Natijada, biz o’zimiz
shu suvni ishlatganimizda oldingidek natija bermaganini hamda uni qayta ishlash
orqali oldingi holatiga qaytarishga harakat qilamiz. Suvni qayta ishlash usullari juda
ham ko’p, lekin suvni magnitlash orqali uning biologik holatini yaxshilashga ko’p
ham e’tibor bermaymiz. Suvni magnitlasa bo’ladimi, uni qanday magnitlash mumkin
kabi savollar tug’ilsa, javobimiz esa albatta suvni magnitlash mumkin. Buning uchun
suvni magnit maydondan o’tkazishimiz kerak. Buning samarasi o’laroq suvda
mavjud bo’lgan ionlar faolligi ortib, suvning strukturasi o’zgaradi. Magnit
maydonning ta'siri suvning strukturaviy elementlarini ma'lum yo'nalishda
o’zgartiradi, shuning uchun ular hujayra membranalari
orqali tezroq kirib,
biokimyoviy reaksiyalarni tezlashtiradi.
Bunga asosiy sabab suv molekulasining tarkibidagi H
+
ionlarining kislorodga
vodorod bog’lar yordamida birikkanligi va elektromagnit maydondan o’tgan suv
vodorod bog’larining bir qismini uzishi hisobiga kichikroq molekulaga o’tadi. Kichik
molekulali suv esa, yirik molekulali suvga nisbatan aktiv bo’ladi. Shuning hisobiga
o’zida boshqa ionlarni yaxshi eritadi va organizm metabolizmini yaxshilaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: