M. Y. Ayupova


M aktab yoshidagi duduqlanuvchi bolalarda duduqlanishni bartaraf



Download 16,96 Mb.
Pdf ko'rish
bet178/289
Sana21.05.2022
Hajmi16,96 Mb.
#605768
1   ...   174   175   176   177   178   179   180   181   ...   289
Bog'liq
Logopediya Ayupova M.

M aktab yoshidagi duduqlanuvchi bolalarda duduqlanishni bartaraf
etish m ashg'ulotlar m etodikasi
O 'qu vchilar bilan olib boriladigan ishlarning o 'z xususiyatlari va 
farqlari mavjuddir:
1. Yetakchi faoliyat turi o'zgaradi: o'yin faoliyatining elem entlari 
o'quv faoliyati bilan birga mavjud bo'lsa ham asosiy faoliyat o'quv faoliyati 
hisoblanadi.
2. M ashg'ulotlarning o 'y in shakli dars bilan alm ashtiriladi.
3. A gar m a k ta b g a c h a y o sh d ag i b o la la rd a b a rc h a ish la r o ila , 
tarbiyachilar orqali olib borilsa, m aktab yoshida logoped logopedik t a ’sir 
etishni o'qituvchi bilan ham korlikda am alga oshiradi.
4. M aktabgacha yoshda nutqning barcha elem entlari o'yin faoliyati 
jarayonida logopedga taqlid qilish asosida tarbiyalanadi. M aktab yoshidagi 
nuqsonni ongli b artaraf etishdagi ko'rsatm alarga, nutq ustida mustaqil 
m ashqlar bajarishga ko'proq aham iyat qaratiladi.
5. Duduqlanish m aktabda barcha predm etlarning o'tish jarayonida 
b artaraf etiladi.
6
. Bilvosita psixoterapiya bilan bir qatorda ratsional psixoterapiya 
ko'rinishlaridan ham keng foydalaniladi.
7. Nutqiy m aterial va logopedik m ashg'ulot turlari m aktab am aliyoti 
bilan yaqinlashadi (tafovut kam ayib yo'qoladi).
D uduqlanishni b artaraf etishda m aktab o'qituvchisining roli kattadir. 
U sinfda duduqlanuvchiga g 'a m x o 'r m u n o sab atd a b o 'lish m u hitini 
yaratadi. A sta-sekin duduqlanuvchini doska oldida m ustaqil javoblar 
berishiga olib boradi. O 'qituvchi duduqlanuvchining oilasi va logoped 
bilan doimiy aloqada bo'ladi. D uduqlanuvchi tushkun kayfiyatga tushgan
367


vaqtlarda o'qituvchi uni ruhlantirishi, dalda berishi kerak, uning diqqatini 
shaxsiyatining ijobiy tom onlariga, o'zini qiziqtirgan faoliyatiga yo'naltiradi. 
O 'qituvchi duduqlanuvchini sinfning ijtimoiy hayotiga jalb etadi. Aynan 
kichik sinflar o'qituvchisi duduqlanuvchining asosiy qiziqishini aniqlaydi 
va uning rivojlanishiga yordam beradi.
Zam onaviy logopediya yutuqlari shuni ko'rsatadiki, nutq ustida olib 
boriladigan korreksion ish hech qachon faqat rasmiy m ashqlar bilan 
c h e g a ra la n m a s lig i lo z im . D u d u q la n u v c h i b o la n in g fa q a t n u tq
m a sh g 'u lo tla ri (k o rreksiy asi) tizim i h aq id a g ap irm ay , balki uning
reabilitatsion tarbiyasi haqida ham gapirishi m uhim dir.
Ayni vaqtda d u d u q la n u v c h i o 'q u v c h ila r bilan olib b o rilad ig an
logopedik m ashg'ulotlarda taklif qilingan m etodik tavsiyanom alardan 
foydalanilyapti. Bu tavsiyanom alar m aktabgacha yoshdagi bolalar bilan 
(kichik m aktab o'quvchilari uchun) yoki o'sm irlar va kattalar bilan ishlash 
uchun (katta yoshli am aktab o'quvchilari uchun) taklif etilgan. M asalan, 
N.A.Cheveleva qo'l m ehnati faoliyati jarayonida 1 —4 sinf duduqlanuvchi 
o'quvchilar nutqini to 'g 'rilash tizim ini taklif etadi. Aslini olganda bu 
m etodika aw algi tavsiya etilgan logopedik m ashg'ulotlar tizim idan kam 
farq qiladi. Asosan o'quvchilar bilan ishlash uchun taklif etiladigan, q o'lda 
yasaladigan buyum lar m urakkabligi va tanlash o 'zgartirilgan. O 'q u v
choraklariga m os ravishda m uallif logopedik m ashg'ulotlar izchill igining 
4 davrini ajratadi:
1. Kuzatuvchi nutq.
2. Yakunlovchi nutq.
3. Dastlabki nutq.
4. M ustaqil nutq m alakalarini m ustahkam lash.
Q o'l m ehnati jarayonida duduqlanuvchi bolalar nutqini to 'g 'rilash
bo'yicha m ashg'ulotlarni N.A.Cheveleva m aktab, shifoxona qoshidagi 
logopedik p u n k tla rd a , m axsus m ak tab lard a o 'tk a z ish m u m kin deb 
hisoblaydi.
Shifoxona qoshidagi logopedik kabinet, maxsuslashgan statsionar yoki 
sanatoriya sharoitidagi duduqlanuvchi o'quvchilar bilan olib boriladigan 
logopedik m ashg'ulotlar tizim i ham yuqorida bayon etilgan kom pleks 
m etodikadan deyarli farq qilmaydi. Buni V.I. Seliverstov taklif etgan 
bo'lib, undagi o'zgarishlar faqat bolalar yoshining birm uncha kattaligi 
ularning rivojlanish darajasining o'sganligi bilan bog'liqdir. Bu logopeddan 
bolalarning o'zini ongli faolligiga k o'proq tayanishini talab etadi.
A.V. Yastrebovaning logopedik ish tizimi o'quvchilarning t a ’lim olish 
jarayonini 3 davrga ajratadi:
Birinchi davrda duduqlanuvchi o'quvchilar til sohasidagi o'zlarining
bilim larini oydinlashtiradilar va kengaytiradilar. Bu nutqning tovush 
tom oni ustidagi m aqsad sari yo'naltirilgan kuzatuvlar singari, n utqning 
tem pi va ravonligini tartibga solish, yo'lga qo'yish bo 'yicha faol m ashqlar
368


ja ra y o n id a h a m n a m o y o n b o 'la d i. B irin c h i d av rd ag i lo g o p e d ik
m ashg'ulotlar m azm uni quyidagilarga yordam beradi:
1. N u tq tem pi, ritm i va ravonligini tartibga solishga.
2. L u g 'a t boyligini ta s a w u r va tu sh u n c h a la rn i an iq lash tirish va 
kengaytirishga.
3. N u tq n in g gram m atik qurilishini o'zlashtirishga.
4. S o 'zn i tovush va morfologik analiz qilish m alakalarini rivojlantirish 
va m ustahkam lashga.
M ashg'ulotlarning ikkinchi davrida o'quvchilarning til sohasida olgan 
bilim larini faollashtiriladi va b irm unch a m urakkab nutqiy m aterialda 
ravon, ritm ik va ifodali nutq malakasi m ustahkam lanadi. Bu keyinchalik 
lug'at boyligini kengaytirish, nutqiy tasaw u r va tushunchalarni kengaytirish 
m aqsadida am alga oshiriladi.
M ash g 'u lo tlarn in g uchinchi yakuniy davrida n utqning tovush va 
intonatsiya (ohang) tom onidan olib boriladigan ish davom ettiriladi. Til 
sohasining fonetiko-fonem atik, leksik-grammatik va intonatsiya tarkibidagi 
olingan bilim lardan o'quvchilarning ongli foydalanishiga qo'yilgan talablar 
amalga oshiriladi. Shu bilan birga istalgan hayotiy vaziyatda ravon va 
ifodali nutq m alakasi ham tarbiyalanadi.
N utq nin g to 'liq rivojlanmaganligi elem entlari bilan duduqlanuvchi 
o'quvchilarning og'zaki va yozm a nutqning holati logopedik ishning 
quyidagi asosiy yo'nalishlarini yuzaga keltiradi:
a) nutq tem p i va ravonligi ustida olib boriladigan ish jarayonida 
o 'z aro t a ’sir etuvchi asosiy nutq kom ponentlarini m aqsad sari va har 
tom onlam a rivojlantirish (fonetik, leksik, gram m atik);
b) logopedik m ashg'ulotlarning nutq m aterialini, boshlang'ich sinf 
ona tilisi b o 'y ich a dastur m azm uni bilan m ustahkam o 'z aro aloqasi;
d) bolalarning nutqiy faolligini rivojlantirish.
S o'n gg i y illa rd a m am lak atim izd a d u d u q lan u v ch i b o la la r u c h u n
mavsumiy (yozgi) logopedik sanatoriyalar va sanatoriya tipidagi o'quvchilar 
dam olish m askanlari tashkil etildi. D uduqlanuvchilar bilan korreksion- 
pedagogik va davolash-sog'lom lashtirish ishlari o'qishdan bo 'sh vaqtlarda 
o'tkaziladi va dam olish bilan qo'shilib ketadi. B unda iqlimiy va tabiiy 
om illardan keng foydalaniladi.
Bolalar dam olish m askanlarining oldida quyidagi vazifalar turadi:
1. Bolalarni um um iy sog'lom lashtirish.
2. B olalarning nerv sistemasini m ustahkam lash.
3. Bolalarda duduqlanishning yengil shakllarini b artaraf etish va uning 
qaytalanishdan ogohlantirish.
Bolalarda duduqlanishning turli darajasi, hattoki, eng og 'ir shakli, 
shuningdek, duduqlanishni boshqa nutq kamchiliklari bilan birga nam oyon 
bo'lishi m avsum iy maxsus sanatoriyalarga yuborish u chu n asos bo'ladi.
369


B o la la r o ro m g o h la rig a d u d u q la n is h n i d a v o la s h k u rs in i o ‘tg a n , 
duduqlanishning yengil shakllari bo'lgan bolalar yuboriladi.

Download 16,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   174   175   176   177   178   179   180   181   ...   289




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish