M. J. Mutalipova, B. X. Xod. Jayev qiyosiy pedagogika


BOSHQARLVNING QONUNIY ASOSLARI



Download 305,07 Kb.
bet31/83
Sana10.06.2022
Hajmi305,07 Kb.
#651449
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   83
Bog'liq
m.mutalipova, b.xodjayev.qiyosiy pedagogika

BOSHQARLVNING QONUNIY ASOSLARI
Mamlakatda ta’lim jarayoni va uni boshqarish «Xitoy Xalq Respublikasining ta’lim to’g’risida»gi, «Xitoy Xalq Respublikasining majburiy ta’lim olish to’g’risida»gi, «Xitoy Xalq Respublikasining oliy taiim to’g’risida»gi, «Xitoy Xalq Respublikasining kasbga yo’naltirilgan taiim to’g’risida»gi, «Xitoy Xalq Respublikasining o’qituvchilar to’g’risida»gi qonunlari «Xitoy Xalq Respublikasida ilmiy darajalar to’g’risidagi Yo’riqnoma»si bilan boshqarilib, ular bilan bir qatorda XXR Davlat Kengashi «Nogironlar ta’limi xususidagi holat», «Ta’limdagi muvaffaqiyatlari uchun taqdirlash to’g’risidagi holat», «O’qituvchilar mandati xususidagi holat», «Bolalar bog’chalarini boshqarish haqidagi holat» va boshqa (jami 10 ta) turli xil qarorlar asosida amalga oshiriladi. В undan tashqaii Ta’lim vazirligining 600 dan ortiq ma’muriy aktlari respublikada zarnon talablari va jahon standartlariga mos keladigan qonun hujjatlaridan iboratdir. O’tgan yili «Ta’lim to’g’risida”gi qonimga qo’shimcha ravishda yana 138 ta mahalliy qarorlar qabul qilinib barcha qonunlar nazorati va amaldaga ijrosi yuqori mavqega ega tashkilotlar tasarrufidadir. Ayni paytda sohadagi barcha qonun hujjatlarining amaldagi faoliyati qattiq nazorat ostiga olingan. Aynan shu qonun va qonuniy qujjatlar Xitoyda davlat ta’limi yo’nalishi va sohaning asosiy g’oyalari ta’lim muassasalarida olib borilishi lozim bo’lgan axloqiy-tarbiyaviy ishlar mezonini belgilab berdi.
50 yil ichida Xitoy Xalq Respublikasining ta’limi ulkan yutuqlarga erishdi, Ayniqsa, so’nggi 20 yil davomida Xitoyda olib borilgan siyosiy islohotlar va ta’lim tizimining ochiqligi ta’lim muassasalari, o’qituvchilar va albatta, o’quvchilar sonining keskin ortishiga olib keldi. Bugungi kunga kelib XXRda 1590 ming ta’lim muassasalari faoliyat yuritib, ulardan 860 mingtasi yoshlarga mo’ljallangan bo’lsa, 730 mingta ta’lim muassasalari katta yoshdagilar ta’lim olishiga ixtisoslashgan. O’quv yurtlarida 230 milliondan ortiq o’quvchilar ta’lim olib, ularga 16 million o’qituvchilar dars berishmoqda.
Xitoy xukumati boshlang’ich ta’limni rivojlantirishga katta e’tibor berib kelmoqda. 181100 ta bog’chada 23,262,600 nafar 3 yoshdan maktab yoshigacha bo’lgan bolalar tarbiyalanib, milliy g’oyani singdirish, bolajonlami Vatanga muhabbat, xalq ishiga sadoqat ruhida tarbiyalash muhim vazifa qilib belgilab qo’yilgan. 1949 yili mamlakat aholisining 80% savodsiz bo’lib, shu yildan boshlab Xitoy hukumati mamlakatda mazkur muammoni tugatish borasida keng ko’lamdagi ishlarni amalga oshira boshladi. Yarim asrdan so’ng savodsizlar soni 5,5% ni tashkil qilib, bular ham 60 yoshdan oshgan qariyalar edi.
Bugunga kelib hukumat diqqat-e’tiborini maxsus ta’lim rivojiga qaratmoqda. Xalq farovonhgini oshirish, jismoniy nuqsonga ega odamlar, nogironlaming jamiyatdan ajralib qolmasliklari hamda ularning intilishlarini rag’batlantirish maqsadida ochilgan mazkur ta’lim muassasalarining soni ayni paytda 1600 dan ortib ketdi. Bu o’rinda Xitoyda mahalliy aholi bilam birgalikda bir tanu bir jon bo’lib yashayotgan kam sonli millat vakillarming ta’lim olislilari uchun ham barcha sharoitlar yaratilgan. Xitoydagi 55 ta elatdan 53 tasi o’z tiliga ega bo’lib, mamlakatning beshta avtonom xududlari-Sintszyan, Tibet, Ninsya, Ichki Mo’g’iliston va Nuansisda 12 ta milliy universitetlar, 74 ta kasbga yo’naltirilgan milliy oliy o’quv maktablari, 3500 ta milliy o’rta maktablar va 20 mingdan ziyod milliy boshlang’ich ta’lim muassasalari faoliyat ko’rsatayotir.
Shuningdek, hukumat turli xil ko’rinishdagi ta’lim muassasalari va kurslarini ochayotgan jamoat tashkilotlarini ham qo’llab-quwatlimioqda. Ayni paytda samarali faoliyat yuritayotgan ta’lim muassasalarining bunday ko’rinishlarida 10 milliondan ziyod har xil yoshdagi aholi vakillari bilim olmoqdalar.
Masofadan turib ta’lim olish tizimi Xitoyda 1990 yillardayoq shakllanib bo’lgan edi. Asosan bu teleko’rsatuv va radio eshittirishlar 2000 yilga kelib Xitoyning barcha hududlariga yetib borgan INTERNET va CERNET bo’ldi. CERNET 1994 yili tashkil topib, ta’lim va ilmiy tekshirishlar tarmog’i hisoblanadi. Aynan shu tarmoq hozirgi kunda 70 ta shahar va 400 ta oliy o’quv yurtlarini qamrab olib, mamlakatda va xorijda qilinayotgan kashfiyotlar, ta’bm sohasidagi yangiliklaming tezkorlik bilan tarqalishiga imkon yaratib bermoqda. INTERNET orqali masofadan o’qitish yaxshi yo’lga qo’yilgan bo’lib, bugunga kelib Xitoyda 30 ta oliy o’quv yurtlari o’z talabalariga ulami mehnat faoliyatlaridan uzmagan holda bilim olishlariga ko’maklashayotir. Xitoy ta’lim tizimining yorqin qirralaridan yana biri, bu - mamlakatda har bir odam hayotining oxirigacha har qanday ta’lim muassasalarida o’qish xuquqiga egadir.

Download 305,07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   83




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish