Ajratish vaqtida kuzatish va yordam berish. SO‘V appa-
ratidan ajratish jarayonida bemorning ahvoli o‘zgargan taqdirda
bitta bosqichga qaytarish masalasi ko‘riladi. Ahvol yomonlashishi
ko‘rsatkichlari – qonda gazlar tahlili, nafas holati, puls tezligi va
arterial bosim, aritmiya mavjudligi va es-hush darajasi. Avvalgi
bosqichga qaytish yoki mo‘ljallangan maqsadga erishilgan taqdirda,
bemorning tuzalishiga bo‘lgan intilishini so‘ndirmaslik va ko‘nglini
qoldirmaslik uchun tushuntirish ishlari olib boriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |