Erektil bosqich (qo‘zg‘alish bosqichi) – shikastlangan
ondayoq rivojlanadi. Bunda asab sistemasining qo‘zg‘alishi tufayli
bemorda harakat qo‘zg‘alishi kuchayadi, es-hushi joyida faqat
og‘riqdan shikoyat qiladi, yordam so‘raydi, o‘rnidan turib ketadi va
o‘z ahvolining og‘irligiga ahamiyat bermaydi. Teri va yuzi qizaradi,
ter bilan qoplanadi, puls tezlashadi. Arterial qon bosim normada
yoki biroz ko‘tariladi, nafas olishi tezlashadi. Agar zararli omillar
davom etaversa, ikkinchi bosqichga o‘tishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |