Lim vazirligi samarqand davlat universiteti b. Sh. Safarov, I. I. Ayubov


Davlat qarzlarining yuzaga kelish sabablari



Download 8,97 Mb.
Pdf ko'rish
bet78/257
Sana16.06.2022
Hajmi8,97 Mb.
#677101
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   257
Bog'liq
MOLIYA VA SOLIQLAR

Davlat qarzlarining yuzaga kelish sabablari. 
Byudjet 
taqchilligi deganda muayyan davrda byudjet xarajatlarining byudjet 
daromadlaridan ortiq bo‘lgan so‘mmasi tushuniladi. Byudjet 
taqchilligini yuzaga kelish sabablari quyidagilar: 
– iqtisodiyotni rivojlantirish maqsadida davlat byudjeti 
hisobidan kapital quyilmalar hajmining oshib ketishi;
– favqulodda holatlar – urushlar, davomiy ommaviy 
tartibsizliklar, tabiy ofatlar; 
– mamlakatning yalpi ichki mahsulotini o‘sish sur’atlarini 
pasayib ketishi, ishlab chiqarishning izdan chiqishi; 

byudjet daromadlari bazasining mustahkam emasligi;
– mamlakatning YaIM o‘sish sur’atlariga erishmasdan 
markazlashgan uzoq muddatli investitsiyalarni, ijtimoiy-madaniy 
tadbirlarni moliyalashtirishni muttasil oshirib borish; 
– iqtisodiy inqirozlar va boshqalar hisoblanadi. 
Davlat byudjetining taqchilligi hamda uning o‘sishi mamlakat 
iqtisodiyotini normal ishlashiga salbiy ta’sir qiladi. Lekin ko‘pgina 
mamlakatlarning 
amaliyoti 
shuni 
ko‘rsatmoqdaki, 
davlat 
byudjetining taqchilligini umuman bartaraf etish zarurati yo‘q degan 
fikrga kelinyapti. 
Davlat qarzida davlatning bankrot bo‘lishi va qarz yukini 
kelgusi avlod zimmasiga yuklanish xavfi katta bo‘ladi. Bunda davlat 
o‘zining qarzini qayta moliyalashtirish yo‘li bilan bu holatdan 
chiqishi mumkin. Buning uchun yangi obligatsiyalarni chiqarib 
sotishdan tushgan mablag‘ni davlatni eski qarzlarini qaytarish uchun 
yo‘naltiradi. Albatta, davlatning bankrot bo‘lishini tasavvur qilish 
juda qiyin, chunki hukumat pul-kredit emissiyasi huquqiga ega va u 
emissiya qilish natijasida davlat qarzlarini asosiy qismi va tegishli 
foizlarni to‘lashi mumkin. Pul emissiyasi yo‘li bilan davlat 
qarzlarining asosiy summasini va ularning foizlarini to‘lanishi 
kelgusida taqchillikni yanada chuqurlashtirishi mumkin. 
Davlat qarzining kupayib ketishi real salbiy iqtisodiy 
oqibatlarga olib keladi. Birinchidan, davlat qarzlari bo‘yicha foizlarni 
to‘lash aholining daromadlarini nomutanosibligiga olib keladi. 


151 
Chunki davlatning majburiyatlarini ko‘pgina qismi aholining 
badavlat qismiga to‘g‘ri keladi. Davlatning ichki qarzlarini 
qaytarilishi aholining kam ta’minlangan qismi “hisobidan” badavlat 
aholi cho‘ntagiga tushishiga olib keladi va natijada badavlat aholi 
yana badavlatroq bo‘ladi. Ikkinchidan, davlatning ichki qarzlarini 
qaytarish yoki uni kamaytirish vositasi sifatida soliq stavkalarini 
oshirilishi ishlab chiqarish rivojlantirishning iqtisodiy stimullariga 
putur yetkazilishiga, yangi tavakkalchilikka asoslangan korxona-
larga, innovatsiyalarga mablag‘ yo‘naltirishning kamayishiga va 
jamiyatda ijtimoiy keskinlikning kuchayishiga olib kelishi mumkin. 
Shu yo‘l bilan davlatning katta ichki qarzlarini to‘lash iqtisodiy 
rivojlanishga putur yetkazishi mumkin. Uchinchidan, chet el 
davlatlariga qarzlar bo‘yicha foizlarni yoki qarzning asosiy 
summasini to‘lash, mamlakatning real mahsulotlarini ma’lum 
qismini chet elga o‘tkazib berilishiga olib keladi. To‘rtinchidan, 
davlat o‘zining qarzini real iqtisodiy yukini kelgusi avlodlar 
zimmasiga o‘tkazishi mumkin. Bu esa davlatning tashqi qarzining 
ko‘payishiga, mamlakatning xalqaro obro‘ining pasayishiga va 
iqtisodiy xavfsizligiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. 

Download 8,97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   257




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish