Lim vazirligi samarqand davlat universiteti b. Sh. Safarov, I. I. Ayubov



Download 8,97 Mb.
Pdf ko'rish
bet80/257
Sana16.06.2022
Hajmi8,97 Mb.
#677101
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   257
Bog'liq
MOLIYA VA SOLIQLAR

 
6. Davlat qarzlarini boshqarish 
Davlatning qarzlari bo‘yicha daromadlarni to‘lash va ularni 
qaytarish davlat byudjeti xarajatlarining asosiy moddalaridan biri 
hisoblanadi. Davlat qarzlari hajmi mamlakat o‘zining qarz 
majburiyatlarini o‘z vaqtida bajara olmaydigan holatga yetganda 
qarzlarni qaytarish muddatlarini uzaytirish yoki zayomlar bo‘yicha 
to‘lanadigan foizlarni qisqartirishga davlat majbur bo‘ladi. 
Davlat qarzlarini boshqarish – davlat zayomlarini qaytarish, ular 
bo‘yicha daromadlar to‘lashni tashkil qilish, oldin chiqarilgan 
zayomlar uchun belgilangan shartlar va muddatlarni o‘zgartirish 
hamda yangi qarz majburiyatlarini joylashtirish bo‘yicha davlatning 
moliyaviy tadbirlarining majmuasi tushuniladi. Davlat qarzlarini 
boshqarish qarzlarni qaytarish imkoniyatlarini ta’minlashdan iborat. 
Bu joriy qarzlarga ham, mukammal qarzlarga ham tegishlidir. Joriy 
qarzlarni qaytarish real manbalar bilan ta’minlash zarur bo‘ladi. 
Mukammal qarzlar uchun qaytarish muddatlarini shunday belgilash 
kerakki, ularni qaytarish uchun tegishli manbalar mavjud bo‘lishi 
kerak
6
. Davlatning ichki qarzlari uchun to‘lov qobiliyati uning ichki 
manbalari hisobidan ta’minlanadi. Davlatning tashqi qarzlari 
bo‘yicha to‘lov qobiliyati birinchi navbatda valyuta tushumlariga 
bog‘liq. Bu qarzlarni qaytarish imkoniyati to‘lov balansining holati 
bilan aniqlanadi. To‘lov balansining ijobiy saldosi davlatning to‘lov 
imkoniyatini ta’minlaydigan resursni xarakterlaydi va u oltin-valyuta 
zahiralarini tartibga solish imkoniyatini beradi. 
________________________ 
6
M.Ostonoqulov. G‘aznachilikkka o‘tish sharoitida davlat qarzlarni boshqarish // IQTISOD VA MOLIYA №5, 
2010. 41-51 bb 


154 
Qarzlarga xizmat ko‘rsatish – bu zayomlarning qaytarilishi, ular 
bo‘yicha foizlarni to‘lash va chiqarilgan zayomlarning qaytarilish 
shartlarining o‘zgarishga doir davlat tadbirlarining majmuasidir. 
Zayomlarni qaytarish byudjet mablag‘lari hisobidan amalga 
oshiriladi. Ayrim hollarda davlat o‘zining qarzlarini qaytarishni 
yangi zayomlar chiqarish yo‘li bilan amalga oshiradi. Davlat qarziga 
xizmat ko‘rsatish xarajatlarining asosiy qismi foizlarni to‘lash, 
zayomlar bo‘yicha yutuqlarni to‘lashga ketgan mablag‘lar tashkil 
qiladi. Davlat qarziga xizmat ko‘rsatishning boshqa xarajatlariga 
davlat qimmatli qog‘ozlarini tayyorlash, jo‘natish va sotish, yutuq 
tirajlarini o‘tkazish, tirajlarni yo‘q qilish hamda ayrim boshqa 
tashkiliy xarajatlari kiradi. Ayrim mamalakatlarning davlat byudjeti 
tarkibida 
davlat 
qarz 
majburiyatlarini 
joylashtirish, 
qayta 
moliyalashtirish, daromadlarni to‘lash va qarzlarni qaytarish 
bo‘yicha xarajatlarni moliyalashtirish uchun mamlakatning ichki 
qarziga xizmat ko‘rsatish fondi tashkil qilinadi
7

Davlat qarz majburiyatlarini boshqarish – bu davlat zayomlarini 
qaytarish, ular bo‘yicha daromad to‘lashni tashkil qilish, oldin 
chiqarilgan zayomlar uchun belgilangan shartlar va muddatlarni 
o‘zgartirish hamda yangi qarz majburiyatlarini joylashtirish bo‘yicha 
davlatning moliyaviy-tashkiliy tadbirlarining majmuasidir. Davlat 
qarz majburiyatlarini boshqarishning asosiy maqsadi davlat qarzlari 
hajmini iqtisodiy xavfsiz darajada saqlab turish, davlat qarz 
majburiyatlariga xizmat ko‘rsatish qiymatini ma’lum nisbatga 
keltirish va davlat majburiyatlarini to‘la hajmda va eng past qiymatda 
bajarilishini ta’minlashdir. 
Davlat qarz majburiyatlarini boshqarish usullariga quyidagilar 
kiradi: 
– davlat qarz majburiyatlarini boshqarishning konversiya usuli 
– bu davlat tomonidan kreditorlarga to‘lanadigan daromad bo‘yicha 
foiz stavkasini pasaytirish yoki ko‘tarish orqali zayomlar 
daromadliligini o‘zgartirishdir. Bu usul moliyaviy bozorda vaziyat 
o‘zgargan yoki davlatning moliyaviy holati yomonlashgan hollarda 
qo‘llaniladi. Davlatning moliyaviy holati yomonlashuvi natijasida 
_______________________ 
7
Qosimova G. Davlat byudjeti ijrosining g‘aznachilik tizimi. O‘quv qo‘llanma. – Т.:”Iqtisod-moliya”, 2008. 


155 
davlat obligatsiya shartlari bo‘yicha ko‘zda tutilgan daromadni to‘lay 
olmaslik holatiga kelganda bu usul qo‘llaniladi. 
Davlat qarz majburiyatlarini boshqarishning konsolidatsiya 
usuli – bu davlat zayomlarining muddatini o‘zaytirish maqsadida 
avval chiqarilgan zayom bo‘yicha majburiyatlarni yangi zayomga 
o‘tkazib berishdir. Bunda, avval chiqarilgan zayom obligatsiyalari 
yangi zayom obligatsiyalariga almashtiriladi. 
Davlat qarz majburiyatlarini boshqarishning unifikatsiyalash 
usuli – bu bir qancha zayomlarni bir zayomga birlashtirishdir. Bunda, 
ilgari 
chiqarilgan 
zayom 
obligatsiyalari 
yangi 
zayom 
obligatsiyalariga almashtiriladi. Bu esa davlat qarzlarini boshqarishni 
soddalashtiradi. Davlat qarzlarini boshqarishning unifikatsiyalash 
usuli alohida yoki davlat qarzlarini boshqarishning konsolidatsiya 
usuli bilan birga amalga oshirilishi mumkin. 
Davlat qarz majburiyatlarini boshqarishning regressiv nisbat 
bo‘yicha obligatsiyalarni almashtirish usuli – bu davlat qarzini 
qisqartirish maqsadida avval chiqarilgan zayom obligatsiyalarini 
yangi zayom obligatsiyalariga almashtirishdir. Bunda, davlat 
o‘zining qarz bo‘yicha majburiyatlaridan qisman bosh tortadi. 
Shuning uchun ham bu usulni qo‘llashda oqilona moliya siyosati 
yuritish talab qilinadi. 
Davlat 
qarz 
majburiyatlarini 
boshqarishning 
qarzlarni 
qaytarishning muddatlarini kechiktirish usuli – bu qarzlarni to‘lash 
muddatini kechiktirish orqali ko‘chirishdir. Bunda, qarzlarni to‘lash 
muddati ko‘chirilgan davr uchun majburiyatlar bo‘yicha davlat 
daromad to‘lamaydi. 
Davlat qarz majburiyatlarini boshqarishning restrukturizatsiya 
usuli – bu yuqorida ko‘rsatilgan usullar majmuasini to‘la yoki qisman 
qo‘llanilishidir. 
Jahon 
amaliyotida 
suveren 
qarzlarni 
restrukturizasiyalashning bir qarz majburiyatlarini boshqalariga 
almashtirish (obligatsiyaga obligatsiya), davlatning xususiylashtirish 
dasturi doirasida qarz majburiyatlarini aksiyalarga almashtirish 
(obligatsiyaga aksiya), diskont asosida qarz majburiyatlarini 
muddatidan ilgari qaytarib sotib olish (qaytarib sotib olish sxemasi) 
va qarz majburiyatlarining bir qismini hisobdan chiqarish) kabi 
sxemalari mavjud. 


156 
Davlat qarz majburiyatlarini boshqarishning majburiyatlarni 
bekor qilish usuli – bu davlat o‘zining qarz majburiyatlarini to‘la bekor 
qilishidir. Davlat qarz majburiyatlarini boshqarishning bu variantini 
yul qo‘yib bo‘lmaydigan variant deb qabul qilinadi. Chunki, davlatning 
obro‘i uning o‘zini qarz majburiyatlarini tan olishi va qarz 
majburiyatlarini belgilangan muddatlarda to‘la qaytarishiga bog‘liq 
bo‘ladi. Davlat moliyaviy nochor bo‘lishi, ya’ni, bankrot bo‘lishi yoki 
hokimiyatga yangi siyosiy kuchlar kelishi sababli davlat o‘zining 
qarzlarini bekor qilishini e’lon qilishi mumkin. 

Download 8,97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   257




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish