Lim vazirligi samarqand davlat universiteti b. Sh. Safarov, I. I. Ayubov


 Hududlarni rivojlantirishda mahalliy byudjetning moliyaviy



Download 8,97 Mb.
Pdf ko'rish
bet86/257
Sana16.06.2022
Hajmi8,97 Mb.
#677101
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   257
Bog'liq
MOLIYA VA SOLIQLAR

 
2. Hududlarni rivojlantirishda mahalliy byudjetning moliyaviy 
imkoniyatlari 
Ma’lumki, mahalliy byudjetlarni shakllantirishda quyidagi to‘rt 
komponent muhim hisoblanadi: xarajat vakolatlarini ular va 
markaziy byudjet o‘rtasida cheklash; soliqli daromadlarni 
taqsimlash; byudjet transfertlari va qarzlari. Byudjet xarajatlarini 
amalga oshirish vakolatlarini aniq ajratmasdan turib, soliqli 
daromadlarni taqsimlashda barqarorlikka erishib bo‘lmaydi, hamda 
transfertlarning muvozanatlashtiruvchi tizimini yaratib bo‘lmaydi. 
Jahon tajribasidan ma’lumki, xarajatlarni cheklashning umumqabul 
qilingan metodi yo‘q. Ammo optimal variantga erishish imkonini 
beruvchi tamoyillar mavjud. Dastlab quyidagi tushancha – davlat 
xarajatlarini maqsadli amalga oshirish degani shuki, xizmatlarni 
maqsadli ravishda iste’molga maksimal darajada yaqin bo‘lgan 
hukumatga biriktirib qo‘yishdir. Bunda xizmatlarning bir organ 
tomonidan amalga oshirish xarajatlari bir necha organ tomonidan 
amalga oshirishga qaraganda ancha arzon bo‘lishini inobatga olish 
kerak. Shundagina iqtisodiyotda kam shtat birligi, mamlakat 
bo‘yicha xizmat ko‘rsatish birligi, yagona informatsion bazaga ega 
bo‘lishlik kabi tamoyillarga amal qilingan bo‘ladi. Mazkur 
tamoyillar harajat vakolatlarini cheklashni soddalashtirib ularning 
samaradorligi va adolatliligini ta’minlaydi. Masalan, ijtimoiy 
ta’minot xarajatlari markaziy byudjetga biriktirilishi kerak chunki, 


164 
har bir fuqaro qayerda yashashidan qat’iy nazar bir xildagi ijtimoiy 
ta’minotga ega bo‘lishga haqlidir. Shuning uchun ham bunday 
xarajatlarni rejalashtirish va boshqarishni markazga biriktirib, ularni 
amalga oshirishni esa mahalliy byudjetlar zimmasiga yuklash kerak. 
Chunki ular aniq ma’lumotlarga ega bo‘lishi va boshqa afzalliklarga 
ega.
O‘zbekiston Respublikasida “Byudjet tizimi” to‘g‘risidagi 
qonunga 
asosan, 
umumdavlat 
harakteridagi 
umumjamiyat 
xizmatlarni hamda maxsus xarakterdagi (masalan, maxsus tibbiy 
muassasalar) uchun markaziy hokimiyat javob beradi. Mahalliy 
byudjetlar esa o‘zining administrativ hududi doirasidagi xarajatlarga 
javobgar bo‘ladi. Umumdavlat ahamiyatiga ega bo‘lgan xizmatlarga 
mudofaa. Milliy xavfsizlik va sud organlarini saqlash kirsa, aniq bir 
hudud aholisi sharoitiga ta’sir etishi mumkin bo‘lgan, hududiy 
ahamiyatdagi umumjamiyat xizmatlariga umumta’lim, tibbiy sanitar 
yordam va boshqalarni misol qilish mumkin. Shuning uchun ham 
Respublika byudjeti faqat mudofaa (istisno ravishda mudofaa 
ishlarini boshqarish xarajatlari)ni 100 foizga amalga oshiradi, 
qolganini turli darajadagi byudjetlar amalga oshiradi. Umuman 
olganda mavjud qonunchilikka ko‘ra xarajatlarni taqsimlash jahon 
standartlariga javob beradi. Ammo amaliyotda hamma vaqt ham 
xarajatlardan samarali foydalanish ta’minlanmaydi. Buni quyida-
gicha izohlash mumkin. Asosiy sabab real biriktirilgan xarajatlar 
qonunchilikka mos kelmasligidir. Bu avvalo, respublika va mahalliy 
byudjetlar orasida xarajatlarni amalga oshirish mas’uliyatining aniq 
chegarasi va reglamentasiyasining yo‘qligidandir. Amaldagi 
qonunchilikka ko‘ra atrof-muhitni muhofaza qilish xarajatlari 
mahalliy hukumat organlari qaramog‘ida deyilgan, lekin, Davlat 
tabiatni muhofaza qilish vazirligi va uning quyi tashkilotlari bu ishni 
amalga oshirishib, to‘liq respublika byudjetidan moliyalashtiradi. 
Huddi shunday holatni fuqarolarning aktivlarini ro‘yxatga olishda 
ham ko‘rish mumkin. Amaldagi “Byudjet tizimi to‘g‘risida”gi 
Respublika va mahalliy byudjetlar o‘rtasida xarajatlarni taqsimlash 
mohiyati ko‘rsatilgan, biroq, mazkur qonun doirasida umumta’lim, 
sog‘liqni saqlash, madaniyat, ijtimoiy ta’minot va boshqa jamiyat 
ehtiyojlari uchun qilinadigan xarajatni amalga oshirishga bo‘lgan 


165 
mas’uliyatlarni cheklashning aniqroq reglamentasiyasi talab etiladi. 
Ayniqsa yuqorida aytib o‘tilgan sohalarni moliyalashtirish aynan 
qaysi byudjetdan amalga oshirilishini aniqlashtirish kerak. Yana bir 
muammmoning mohiyati shundaki, mahalliy byudjetlarga minta-
qaviy emas, balki umummilliy xarakterdagi xarajatlarning biriktirib 
qo‘yilganligidir. Gap markazlashgan investitsiya xarajatlari va 
ijtimoiy nafaqalar haqida borayapti. Ijtimoiy himoyani boshqarish, 
ularning me’zon va shakllarni belgilash vakolati markaziy 
hukumatga qolayapti. Mahalliy darajada esa bu xizmatlar amalga 
oshiriladi, moliyalashtiriladi. Shuning uchun bu xizmatlarni 
ko‘rsatish maqsadli ravishda mahalliy hukumat organlariga biriktirib, 
moliyalashtirishni esa respublika byudjeti amalga oshirishi maqsadga 
muvofiq bo‘lardi. Bunday yondashuv mintaqalarda rivojlanish 
darajasida muvozanatlilik va adolatlilik tamoyillarga bo‘ysunish 
imkonini beradi. Xuddi shunday holatni mahalliy byudjetlarga 
berilgan markazlashgan investitsiya xarajatlarni moliyalashtirishda 
ko‘rish mumkin. Amaldagi qonunchilikka ko‘ra xarajatlarini amalga 
oshirish funksiyalarini taqsimlashda moliyalashtirish manbalarini 
aniqlashga nisbatan turli xil qarashlar yuzaga keladi. Shunday ekan, 
kapitil qo‘yilmalarni moliyalashtirish ularga javob beruvchi hukumat 
darajasida qolishi kerak. Bu degani – davlat investisiya dasturi 
asosida amalga oshiriluvchi kapital qo‘yilmalar respublika 
byudjetidan amalga oshirilishi va ular markaziy darajada ishlab 
chiqilishi hamda mos ravishda moliyaviy resurslar biriktirib 
qo‘yilishi kerak. Mahalliy byudjetlar esa qarorlari mahalliy 
byudjetlar 
darajasida 
qabul 
qilinadigan 
investisiyalarni 
moliyalashtirilsa maqsadga muvofiq bo‘ladi. Bunda moliyani 
boshqarish tizimini shakllantirishning strategik yo‘nalishi – 
hokimiyatlarning barcha darajadagi xarajatlar vakolatlari va ularni 
respublika, viloyat, tuman byudjetlar o‘rtasidagi aniq cheklanishlari 
inventarizatsiyasi hisoblanadi.
Mamlakatimizda mahalliy byudjet moliyaviy imkoniyatlarini 
oshirishda quyidagi usullar qo‘llanilishi mumkin: 
1.
Mahalliy 
byudjetlarga 
ajratiladigan 
tartibga 
soluvchi 
daromadlar miqdorini qat’iy foizlarda va nisbatan uzoq vaqt 
mobaynida o‘zgartirilmaydigan qilib belgilab qo‘yish. 


166 
2.
Byudjet ijrosi davomida mahalliy byudjetlarning daromad 
rejasini o‘zgartirish orqali mahalliy byudjetlar tomonidan amalga 
oshirilayotgan xarajatlarni daromadlar bilan ta’minlash amaliyotidan 
voz kechish.
3.
Mahalliy ahamiyatga ega bo‘lgan va byudjet tushumlari 
hisobidan qoplashga asoslangan qimmatbaho qog‘ozlarni chiqarish. 
Bunda obligatsiyalardan keng ko‘lamda foydalanish mumkin. 
Chunki obligatsiyalar qat’iy belgilangan foizlarda daromad keltiradi. 
Ularni qisqa muddatli qilib chiqarish, foiz to‘lovlarini o‘z vaqtida 
amalga oshirish obligatsiyalarning bozor bahosining o‘sishiga olib 
keladi. Bunda mahalliy byudjetga obligatsiyalarning bozor bahosi va 
nominal qiymati o‘rtasidagi farq ko‘rinishida sof daromad keltirishi 
mumkin. Byudjet ijrosi jarayonida vujudga keladigan qisqa muddatli 
pul yetishmasligining oldini olish maqsadida obligatsiyalardan 
foydalanish maqsadga muvofiqdir. Mahalliy byudjet moliyaviy 
imkoniyatlarini oshirishning yana biri – mahalliy hokimiyatlarni 
byudjetlarga qarz majburiyatlarini jalb qilishning qonuniy asoslarini 
yaratish bilan bog‘liqdir, ya’ni bunda mahalliy byudjetlarga tijorat 
veksellarini chiqarish huquqini berish nazarda tutilayapti. Masalan, 
Rossiya Federatsiyasida mahalliy hokimiyat organlari veksellar 
chiqarish yo‘li bilan byudjet tashkilotlarining boshqa xo‘jalik 
tashkilotlari oldida qarzdorligi muammosini hal qilish imkoniga ega 
bo‘ladilar. Lekin afsuski yurtimizda ba’zi bir kamchiliklar tufayli 
veksellar muomalada mavjud emas. Bu kamchiliklarni o‘rganib 
chiqib, ma’lum bir doirada veksellarning joriy qilinishi xo‘jalik 
muomalalarini tezlashtirib turli muammolarni hal etish imkonini 
beradi.
Hozirgi kunda ko‘pgina korxona va tashkilotlar o‘z xodimlari va 
ularning oilalari uchun ijtimoiy xizmatlarni amalga oshirib 
kelmoqdalar. Bu o‘z navbatida, ularning mablag‘larini ishlab 
chiqarishdan chiqib ketishiga olib kelib, moliyaviy ahvoliga salbiy 
ta’sir ko‘rsatmoqda. Shu tomondan korxonalar tomonidan amalga 
oshirilayotgan ijtimoiy xarajatlarni mahalliy byudjetlar tomonidan 
amalga oshirilishi ushbu korxonalar uchun ishlab chiqarishni 
rivojlantirishga qo‘shimcha mablag‘lar yo‘naltirish imkonini beradi. 

Download 8,97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   257




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish