Lim vazirligi samarqand davlat universiteti b. Sh. Safarov, I. I. Ayubov



Download 8,97 Mb.
Pdf ko'rish
bet124/257
Sana16.06.2022
Hajmi8,97 Mb.
#677101
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   257
Bog'liq
MOLIYA VA SOLIQLAR

 
Kalit so‘zlar: 
soliq ma’murchiligi, soliq organlari. 
Mashg‘ulotning maqsadi:
Soliq ma’murchiligining maqsad va 
vazifalari, soliq ma’muriyatchiligi tizimini isloh qilishning asosiy 
yo‘nalishlarini yoritish, soliq ma’muriyatchiligi organlarining 
vazifalari, huquq va majburiyatlari hamda soliq organlarining tarkibi, 
tuzilishi va vakolatlarini tushuntirib berish. 
O‘qitish vositalari: 
yozuv doskasi, turli plakatlar, taqdimot ma-
teriallari, tarqatma materiallar, videoproyektor. Ilmiy adabiyotlar: 
darslik, o‘quv qo‘llanma, statistik ma’lumotlar, uslubiy qo‘llanma va 
shu kabilar. 
O‘qitish usullari: 
Talabalarni ma’ruza materiallari bilan tanish-
tirish, suhbat, mavzuni nazariy yoritish, savollarga javob berish. O‘qi-
tishning zamonaviy pedagogik texnologiyalarini qo‘llash: aqliy hujum, 
taqdimot, dialog, Internet yordamida mavzuni qo‘shimcha yoritish.
1. Soliq ma’murchiligi: maqsad va vazifalari 
Jahon iqtisodiy rivojlanishida soliq sohasida turli xil fikrlar 
mavjud bo‘lishi bilan birga, soliq ma’murchiligini xususida, uni 
talqin etish xususida ham turli xil fikrlar mavjud. Iqtisodiy 
adabiyotda soliq ma’murchiligining mohiyatini anglash bo‘yicha 
bir-biridan 
farqlanuvchi 
qarashlar 
mavjud. 
Ingliz 
olimi 
O.Noginaning fikriga ko‘ra
18
, soliq ma’murchiligi soliqlarni undirish 
_______________________ 
18
Миляков Н.В. Налоги и налогообложение: Учебник. — 7-е изд., перераб. и доп. — М.: ИНФРА-М, 2008. 
- 520 с 


239 
bilan bog‘liq bo‘lgan tadbirlar majmuidir. Boshqa bir guruh 
iqtisodchilar, xususan, AQShlik olim A.Teyt
19
soliq ma’murchiligini 
barcha soliqlarni minimal xarajat qilib maksimal darajada yig‘ib 
olishga qaratilgan tadbirlarning yig‘indisi sifatida qaraydilar.
Ayrim mutaxassislar soliq ma’murchiligining ko‘rinishlaridan 
biri soliq organlarining huquqiy munosabatlari bilan bog‘liq 
faoliyatidir deb hisoblaydilar. Umuman olganda soliq ma’murchili- 
gini soliq sferasida o‘ziga xos boshqarish mexanizmi sifatida ham 
qarash mumkin. Shu sababli, soliq ma’murchiligining muhim 
elementlaridan biri soliq nazorati hisoblanadi. O‘z navbatida soliq 
nazorati soliqlar va yig‘imlarni byudjetga o‘z vaqtida va to‘liq 
tushishini nazorat qilishni anglatadi.
Davlatning o‘z funksiyalarini o‘z vaqtida muvaffaqiyatli 
bajarilishini ta’minlash maqsadida soliqlarning mavjud bo‘lishi va 
ularning o‘z vaqtida hamda to‘liq miqdorda (belgilangan tasdiq 
etilgan muddatlarda) undirilishini taqazo etadi. Shunga mos ravishda 
bu narsa o‘z vaqtida undirilgan soliqlarning boshqa bir tomondan, o‘z 
egasiga (davlatning ixtiyoriga) o‘z vaqtida (belgilangan va 
tasdiqlangan muddatlarda) o‘tkazilishi lozimligini anglatadi. 
Shuning uchun ham soliqlarni undirilishning zarurligi, soliqlarning 
o‘z vaqtida belgilangan summalarda undirilishi, soliq summalarining 
o‘z vaqtida byudjet ixtiyoriga o‘tkazilishi bilan bog‘liq bo‘lgan 
jarayonlarni alohida-alohida emas balki, bir-biri bilan uzviy 
bog‘liqlikdagi jarayon sifatida qaramoq lozim.
Har bir alohida olingan soliq to‘lovchi tomonidan to‘lanishi 
lozim bo‘lgan soliqlarning ixtiyoriy yoki erkin shaklda bo‘lmasdan, 
aksincha, aniq belgilangan shaklda bo‘lishi, soliqni to‘lash muddati, 
to‘lash uslubi va to‘lov so‘mmasi soliq to‘lovchi va boshqalar uchun 
tushunarli va aniq bo‘lishi kerak, har qanday soliqning, eng avvalo, 
soliq to‘lovchiga to‘lash qulay bo‘lgan muddatda va uslubda 
undirilishi lozimligi soliqlarning byudjetga o‘z vaqtida tushib 
turishini ta’minlashning mohiyatini ochib berishda xizmat qiladi. 
Soliq tizimiga asos sifatida olingan mumtoz tamoyllarining 
___________________________ 
19
Никулкина И.В. Общая теория налогообложения: учеб.пособ. – М.: Эксмо, 2010. – 176 с 


240 
(adolatlilik, aniqlilik, qulaylilik, iqtisodlilik) oldiga ham, jumladan, 
xuddi shunday vazifalar quyilgan.
Soliq ma’murchiligi – davlatning soliq sohasidagi qonun hujjat-
lariga amal qilinishi va soliq xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan soliq 
munosabatlarini amalga oshiruvchi davlat boshqaruv institutidir. 

Download 8,97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   257




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish