Lim vazirligi guliston davlat universiteti


m – yorug‘lik iqlimiy koeffitsienti 4 jadval(0,8-1,2) S -



Download 1,08 Mb.
bet13/31
Sana29.01.2022
Hajmi1,08 Mb.
#418386
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   31
Bog'liq
2 5434085115019923819

m – yorug‘lik iqlimiy koeffitsienti 4 jadval(0,8-1,2)
S - quyoshli kunlar iqlimiy koeffitsienti (0,65-1,0)
Olingan ma`lumotlar 4 jadvalga kiritilsin.
Nazorat savollari

  1. Yoritilganlik turlari haqida tushuncha bering.

2. Ish o‘rinlarida yoritilganlikni me`yorlash izohlab bering.
3. Yoritilganlikni o‘lchash tartibi va usullarini gapirib bering.
4. Yoritilganlikni o‘lchashda qo‘llaniladigan asboblar haqida to‘la tushun-tiring.

4-mavzu: Ishlab chiqarish xonalarida zaruriy havo almashinish karraligini aniqlash va moslama tanlash.
Sanoat korxonalarining ishlab chiqarish zonalari havo muhitining metereologik sharoitlari havo harorati (0S), nisbiy namligi (%), havo bosimi (mm. Simob ust.yoki Pa) va havo tezligi (m/s) bilan ifodalanadi. Bulardan tashqari metreologik sharoitga ta’sir qiluvchi ishlab chiqarish omillari mavjud, ya’ni ishlab chiqarish korxonalaridagi har xil qurilma-uskunalar va ishlov berilayotgan materiallar, moddalar yuzasidan tissiqlik nurlari havo haroratining oshirishiga olib keladi. Bu omillar ta’sirida ishlab chiqarish zonasidagi hosil bo‘ladigan havo muhiti sanoat mikroiqlimi deb yuritiladi
Metereologik birlik va omillarning har biri ayrim holda yoki bir nechasi birgalikda insonning mehnat qilish qobiliyatiga, sog‘lig‘iga juda katta ta’sir qiladi. Ba’zi hollarda bunday ta’sir ko‘rsatish foydali bo‘lishi mumkin. Masalan, salqin sharoitda isituvchi omil va shu bilan birga texnologik jarayonlardan ajralib chiqayotgan bug‘ va parlar hisobiga nisbiy namlik ortib ketganda, uni normallashtiruvchi omil bo‘lishi mumkin.
Ba’zi vaqtlarda esa omillarning bir-biriga qo‘shilishi natijasida zararli ta’sir darajasi ortib ketishi mumkin. Masalan, nisbiy namlik va haroratning ortib ketishi inson uchun og‘ir sharoitni vujudga keltiradi. Bundan tashqari ish joylaridagi havo haroratining oshishi harorat yuqori bo‘lgan vaqtda, ijobiy natija beradi, harorat past bo‘lgan vaqtda esa salbiy natija beradi. Bundan ko‘rinib turibdiki, metrologiya omillari ba’zi bir hollarda inson uchun ijobiy va ba’zi bir hollarda salbiy ta’sir ko‘rsatib, inson organizmining issiqlik boshqarilishini buzib yuborishi mumkin.
Inson organizmining issiqlik boshqarilishi fiziologik va kimyoviy jarayonlar asosida tana haroratini bir xil chegarada (36-37 0S) saqlab turish qobiliyati demakdir. Metrologiya sharoiti doimo o‘zgarib turgan holatda tana haroratining o‘zgarmasligini saqlash, inson hayotining asosi bo‘lgan organizmdagi bioximik jarayonlarning normal bo‘lishini ta’minlaydi. Tana haroratining yuqorida ko‘rsatilgan darajadan ortib ketishini “issiqlash”, sovishini esa “sovish” deb ataladi.
Organizmdan tashqi muhitga uch xil yo‘l bilan issiqlik chiqishi mumkin:
 Odam tanasining umumiy yuzasidan infraqizil nurlanish orqali (radiatsiya) havo
almashinuvi.
 Tanani o‘rab turgan havo muhitini isitish.
 Terining terlab, bug‘lanish va nafas olish yo‘llari orqali suyuqliklarning bug‘lanish natijasida.
Normal sharoitda kuchsiz havo harakati bo‘lgan holda harakatsiz odam organizmi radiatsiya yo‘li bilan oganizm ishlab chiqarayotgan issiqlikning 45%, konveksiya (isish) natijasida 30% va terlash orqali 25% ni yo‘qotishi aniqlangan. Bunda teri orqali umumiy issiqlikning 80% dan ortig‘i, nafas olish organlari orqali 13% va taxminan 5% issiqlik ovqat, suv va havoni isitishga sarflanadi.
Radiatsiya va konveksiya orqali issiqlik yo‘qotish faqat tashqi muhit harorati tana haroratidan kam bo‘lgan xollarda bo‘lishi mumkin. Tashqi muhit harorati tana haroratidan yuqori yoki teng bo‘lsa, u xollarda issiqlik ajratish terlab, bug‘lanish xisobiga bo‘ladi. Bir gramm terni bug‘latish xisobiga 2,5 Kdj (0,6 Kka) issiqlik yo‘qotishi mumkin.
Organizmdan chiqadigan terning miqdori tashqi muhit haroratiga va bajariladigan ish kategoriyasiga bog‘liq. Harakatsiz organizmda tashqi muhit harorati 15 0S ni tashkil qilsa, terlash miqdori juda kam miqdorni (soatiga 30 ml) tashkil qiladi. YUqori haroratlarda (30 0S va undan yuqori), ayniqsa og‘ir ishlarni bajarganda organizmning terlashi juda ortib ketadi. Masalan, issiq sexlarda, og‘ir ishlarni bajarish natijasida terlash miqdori soatiga 1-1,5 litrga etadi va bu miqdor terining bug‘lanishi uchun 2500-3800 Kdj (600-900 Kkal) issiqlik sarflanadi.
Terlash yo‘li bilan issiqlik sarflash faqat tana yuzasidan ter bug‘langandangina amalga oshadi. Terning bug‘lanish esa havoning harakatiga, nisbiy namligiga, kiyilgan kiyimining materialiga bog‘liq.
Issiqlik yo‘qotish faqat terlash yo‘li bilan amalga oshirilayotgan sharoitda havoning nisbiy namligi 75-80% dan ortiq bo‘lsa, terning bug‘lanishi qiyinlashadi va organizmning issiqlik boshqarilishi buzilishi natijasida “issiqlik” yuz berishi mumkin.
Isiqlashning birinchi belgisi tana haroratini ko‘tarilishidir. Kuchsiz issiqlashni tana haroratining engil ko‘tarilishi, xaddan tashqari ter chiqishi, kuchli tashnalik, nafas olishi va qon tomirlari urishining tezlashishi bilan ifodalash mumkin. Agar kuchli issiqlash yuz bersa, unda nafas olish qiyinlashadi; qattiq bosh og‘riydi, bosh aylanadi, gapirish qiyinlashadi. Issiqlik boshqarilishining bu xildagi buzilishi va tana haroratining keskin ko‘tarilishi issiqlik gepatermiyasi deyiladi.
Issiqlikning ikkinchi belgisi terlaganda inson organizmining ko‘p miqdorda tuz yo‘qotishi natijasida kelib chiqadi. (45g), bu holat teri xujayralarida tuz kamayishi bilan terining suvning ushlab qolish qobiliyati susayganligidan kelib chiqadi. Ichilayotgan suvni tezda chiqib ketishi chanqoqlikni yanada kuchaytiradi, natijada zaharlanish holati vujudga kelishi mumkin.
Bunda organizmning paylarida qaltirish paydo bo‘ladi, kuchli terlash va qonni suyuqlanishi kuzatiladi. Keyin issiq urishi vujudga keladi. Tana harorati 40-41 0S ga ko‘tarilib, odam xushini yo‘qotadi va qon tomirlarining urishi kuchsizlanadi. Bu vaqtda organizmdan teri chiqishi butunlay to‘xtaydi. Qaltirash kasali va issiq urishi “o‘lim” bilan tugashi mumkin.
Ishlab chiqarish mikroiqlimi normalari “Sanoat korxonalarini loyihalash sanitariya normallari” (SN 245-71) ga, “Mehnat xavfsizligi standartlari tizimi”, “Ish zonasi mikroiqlimi” GOST 12.1.005-76 ga asosan belgilanadi. Gigienik va texnik-iqtisodiy tartiblar hamda talablarga asoslangan.
Sanoat korxonalarida xonalarning xili (oddiy, issiq), yil fasllari (issiq, sovuq, o‘zgaruvchan) va ish kategoriyasiga (engil, o‘rtacha va og‘ir) qarab, ulardagi harorat, nisbiy namlik va havo harakati tezligining ish joylari uchun ruxsat etilgan, optimal normalari belgilangan. Ish kategoriyalari quyidagicha belgilaniladi:

Download 1,08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish