Lim vazirligi guliston davlat universiteti


Yil fasli Ish kategoriyalari



Download 1,08 Mb.
bet15/31
Sana29.01.2022
Hajmi1,08 Mb.
#418386
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   31
Bog'liq
2 5434085115019923819

Yil fasli

Ish kategoriyalari

Havo harorati 0S

Nisbiy namligi,%

Harakat tezligi m/s

Sovuq davr

Engil-1
O‘rtacha og‘irlikdagi-11a
O‘rtacha og‘irlikdagi-11b
Og‘ir-111

20-23
18-20
17-19
16-19

60-30
60-40
60-40
60-40

0,2
0,2
0,3
0,3

Iliq davr

Engil-1
O‘rtacha og‘irlikdagi-11a
O‘rtacha og‘irlikdagi-11b
Og‘ir-111

20-25
21-23
20-22
18-21

60-40
60-40
60-40
60-40

0,2
0,3
0,4
0,5

Issiq davr

Engil-1
O‘rtacha og‘irlikdagi-11a
O‘rtacha og‘irlikdagi-11b
Og‘ir-111

20-30
21-25
21-25
21-25

60-40
60-40
60-40
60-40

0,3
0,4-0,5
0,5-0,7
0,5-1,0


2-jadval
Yilning sovuq va iliq davrida ishlab chiqarish xonalari harorati, nisbiy namligi va havo harakat tezligining yo‘l qo‘yiladigan normalari



Ish kategoriyalari

Tashqari-
dagi havo harorati, 0S

Havo harorati 0S

Nisbiy namligi, %

Harakat tezligi m/s

Engil-1
O‘rtacha og‘irlikdagi-11a
O‘rtacha og‘irlikdagi-11b
Og‘ir-111

15-30
15-30
15-30
15-30

19-25
17-23
15-21
13-19

75
75
75
75

0,2
0,2
0,4
0,5

Sanoat mikroiqlim birliklarini o‘lchashda turli asboblardan foydalaniladi. Masalan, havo haroratini o‘lchash uchun spirtli, simobli, yuqori va quyi kontaktli termometrlar ishlatiladi. Nisbiy namlik esa Assman, Avgust (6a, b-rasm)psixrometrlari yordamida aniqlanadi. Havo harakati tezligi parrakli (6 v, s-rasm), cho‘michli anemometrlar bilan aniqlanadi. Issiqlik nurlanish aktinometr bilan, atmosfera bosimi Aneroidbarometr (7-rasm) bilan aniqlanadi.



3-jadval
Yilning issiq davridagi ishlab chiqarish xonalari harorati, nisbiy namligi va havo harorati tezligining yo‘l qo‘yiladigan normalari.



Ish kategoriyalari

Havo harorati 0S

Nisbiy namligi, %

Havo harakat tezligi m/s

Engil-1
O‘rtacha og‘irlikdagi


-11a
O‘rtacha og‘irlikdagi
-11b



Eng issiq oyning soat 13 da tashqi havo haroratidan 5 0S dan yuqori bo‘lmasligi, biroq 28 0S dan oshmasligi kerak

28 0S da 55
27 0S da 60
26 0S da 65
25 0S da 70
24 0S da 75 dan ortiq bo‘lmasligi kerak

0,1-0,5
0,3-0,7
0,3-0,7
0,3-0,7
0,3-0,7

Og‘ir-111

Eng issiq oyning soat
13 da tashqi havo haroratidan 5 0S dan
yuqori bo‘lmasligi,
biroq 26 0S dan
oshmasligi kerak

26 0S da 65
25 0S da 70
24 0S da va bundan past bo‘lganda 75 dan ortiq bo‘lmasligi kerak

0,5-1,0
0,5-1,0
0,5-1,0



Ishlab chiqarish binolarini normadagi matereologik va sanitariya-gigiena sharoitlari bilan ta’minlashda, ish jarayonida zararli, va zaharli mahsulot-moddalarning miqdorini chegaralangan darajada bo‘lishida, mehnat sharoitlarini yanada sog‘lomlashtirishda, mehnat unumdorligini va mehnat xavfsizligini oshirishda shamollatish katta ahamiyatga ega. SHamollatish natijasida ishlab chiqarish binolaridagi ifloslangan, o‘ta qizigan yoki sovigan havo toza, sovitilgan yoki qizdirilgan havo oqimi bilan to‘xtovsiz almashtiriladi. Binolarda havo toza bo‘lishi uchun avvalo ishlayotgan apparat-uskunalar germetik bo‘lishi, yopiq holdagi transport vositalaridan foydalanishi, bug‘lanuvchi suyuqlik idishlari yuzasi hamda chang chiqadigan joylar berk bo‘lishi, shuningdek changli materiallarni namlash va boshqa chorlara qo‘llash talab qilinadi. Binolarda havoning aralashish usuliga qarab shamollatish tabiiy va sun’iy (mexanik) turlarga bo‘linadi. Tabiiy shamollatish tashqaridagi va binodagi havo haroratining farqiga qarab sodir bo‘ladi, bunda shamol bosimi ham katta ahamiyat kasb etadi.
Sun’iy (mexanik) shamollatish mexanik qurilmalar-shamollatgichlar, ejektorlar va boshqa moslamalar yordamida amalga oshiriladi. SHamollatish qurilmalari havo oqimining yo‘nalishiga qarab uzatuvchi, so‘ruvchi yoki uzatuvchi-so‘ruvchi holatda bo‘lishi mumkin. Uzatuvchi shamollatishda toza havo tashqaridan binoning butun hajmiga uzatilib taqsimlanadi, ifloslangan havo esa eshik, deraza va boshqa joylardan siqib chiqariladi. So‘ruvchi shamollatish bino ichidagi ifloslangan yoki o‘ta qizigan havoning yo‘qotilishini, eshik, deraza va boshqa joylardan toza havo berilishini ta’minlaydi.
Uzatuvchi-so‘ruvchi shamollatishda esa toza havo alohida tizimdan berilsa. Boshqa tizimdan ifloslangan havo so‘riladi. Xonalarni shamollatish GOST 12.028-84 talablariga asosan amalga oshiriladi.
Tabiiy shamollatishda tartibli va tartibsiz havo almashinishi sodir bo‘ladi. Tartibsiz havo almashinishi binodagi issiq havo va tashqaridagi sovuq havoning solishtirma og‘irligi farqiga hamda havoning bosimiga asosan amalga oshiriladi.
Tartibli va boshqariladigan tabiiy shamollatish aeratsiya deyiladi. Tabiiy shamollatish qo‘shimcha issiqlik ajralib chiqadigan, tarkibida zararli moddalar bo‘lgan issiq havoli ishlab chiqarish binolarida qo‘llaniladi. Ifloslangan yoki qizigan havo esa deraza darchasi, aeratsiya fonarlari, deflektorli so‘rish quvurlari orqali yo‘qotiladi.
Tartibli havo almashtirishning foydali tomoni shundaki, ko‘p hajmdagi havo past bosimda binoga shamollatgich va qurilmalardan mustasno uzatiladi. Kamchiligi esa, havo dastlabki tozalanmasdan, qizdirilmasdan binoga uzatiladi, ifloslangan havo tozalanmaydi va tashqi atmosfera havosini yanada ifloslantiradi.
Binodagi havo almashinishi ma’lum miqdorda bo‘lishi uchun devor, deraza, yopma va fonarlardagi darchalar ko‘proq yoki kamroq ochilib, shamol yo‘nalishiga qarabmoslamalar yordamida boshqariladi.
SHamol bosimidan foydalanish va issiqlik bosimini oshirish maqsadida deflektorlardan foydalaniladi. Qish vaqtidagi binodagi va tashqi havo haroratidagi farq katta bo‘lganligi uchun, binodagi havoni almashtirish kamroq talab qilinadi. SHuning uchun ham havo beruvchi darchalarning yuzasi kamaytirilib, ular pol yuzasidan 5-6 m balandlikda o‘rnatiladi. YOz faslida esa havo oqimi 1,5-2 m balandlikda uyushtirilsa etarli.
Aeratsiya usulini qish vaqtida faqat ko‘proq issiqlik ajralib chiqadigan ishlab chiqarish korxonalarida qo‘llash tavsiya etiladi. Bunda ortiqcha issiqlik miqdori xonaning isitilishi talab qiladigan issiqlik miqdoridan 4-5 martta ko‘p, ya’ni 60-80 (50-70 )ko‘p bo‘lgan sexlarda ishlatilishi mumkin. Odatda aeratsiya usullaridan mexanik shamollatish bilan birgalikda foydalaniladi.
Sun’iy (mexanik) shamollatish maxalliy va umumiy shamollatish turlariga bo‘linadi. Mahalliy shamollatishda ifloslangan havo zararli mahsulot ajralib chiqadigan joyning o‘zidan yo‘qotilib, moddalarning bino ichida taxsimlanishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Laboratoriya shkaflari yarim ochiq yoki yopiq holidagi so‘ruvchi zontlar, havo dushlari, yonlama so‘ruvchilari, havo pardalari va boshqalar mahalliy shamollatishga misol bo‘ladi.
Mahalliy so‘rish xizmat eshikchalarini to‘g‘ri tanlash, qo‘llash apparatlarini rejim bo‘yicha xizmat qilishida ancha engillik yaratadi. Ishlab chiqarish korxonalarida qizdirish jarayonlari bo‘lmasdan zaharli moddalarning yo‘l qo‘yish mumkkin bo‘lgan konsentratsiyasi (YQBK) 100 va undan ortiqroq bo‘lganda so‘rish tezligi 0,5-0,7 deb qabul qilingan. Zararli va zaharli moddalarning YQBK 100 dan kam va qizdirish jarayonlari mavjud bo‘lganda havoning so‘rish tezligini 0,7-1,5 yoki 3-5 gacha ko‘paytirish mumkin.
SHkaf orqali so‘riladigan havo hajmi quyidagi tenglamadan aniqlanadi:


(1)

bu erda: W – shkaf orqali so‘riladigan havo hajmi,


V – eshikcha kesim yuzasida havo tezligi,
Fu - xizmat eshikchasi yuzasi, m2
Fk - qo‘shimcha eshik yuzasi m2
I - zichlikni hisobga oladigan koeffitsient,
Vt - reaksiya vaqtida berk hajmda ajralib chiqayotgan gaz yoki bug‘larning
hajmi m3

Havo dushi 15-250S gacha qizdirilgan va issiqlik ko‘proq ajralib chiqadigan joylarda ishlayotganlarda 2-4 tezlik bilan yuboriladigan havo oqimidan iborat. Havo pardasi esa, issiq havoni sovitishga yoki sovuq havoning binoning kirishini kamaytirishga xizmat qiladi. Mahalliy shamollatish yordamida ajralib chiqayotgan zararli moddalar, mahsulotlar massasi yo‘qotilgach, normal sanitariya sharoitlariga umumiy shamollatish yo‘li bilan erishiladi. Buning uchun ifloslangan havo qismi maxsus texnik moslamalar yordamida toza havo bilan almashtiriladi va aralashtiriladi. Ko‘proq barqaror rejim (umumiy almashtirishda) mexanik shamollatishning uzatuvchi-so‘ruvchi tizimi bilan amalga oshiriladi.


Sanitariya normalari (SN 245-71) ga asosan issiqlik, bug‘, gaz ajralib chiqmaydigan binolarda har bir ishlovchiga havo almashtirish 20 , deraza va darchalari bo‘lmagan binolarda esa 40 dan kam bo‘lmasligi kerak.
Binodagi havo almashtirish asosan almashtirish karraliligi K bilan harakterlanadi (2)

Bu erda: W - binodan yo‘qotiladigan havo hajmi, ,


Vb - bino hajmi m3.

Almashtirilishi zarur bo‘lgan havo miqdori binodagi ajralib chiqayotgan isiqlikka, namlikka, zararli moddalar (gaz, bug‘, chang) miqdoriga bog‘liq bo‘ladi.


Vakuum, bosim ostida ishlayotgan uskunalar, quvurlar, hamda nasos, kompressor, aralashtirgich, reaktor salniklar pishiq va mustaxkam bo‘lmasligi, davriy jarayonlarda yuklash va tushirishda, sinama olishda, xom ashyoni ochiq holda saqlash, avariya va tuzatish ishlari natijasida zararli moddalar havoga ajralib chiqadi.
Havo almashtirish karraliligi (K) sanoat tarmoqlari normalarida ko‘rsatiladi. Sanoat korxonasini loyihalashda ma’lum darajadagi havo almashtirish karraliligini qabul qilishga ruxsat etilmaydi. Ayrim hollarda loyihalash uchun o‘xshash ishlab chiqarishdagi shamollatish tajribalari hisobga olinadi. Ba’zi moddalarni ishlab chiqarishda havo almashtirish karraliligi K quyidagicha belgilangan. Masalan, etil suyuqliklari uchun 50 soat-1 (2-formulaga qaralsin), propan, butan, kreking, gaz, neft uchun 12-14, moylovchi yog‘lar, parafin uchun 4-6, sulfat va xlor kislotasi uchun 10-12, ishqoriy eritmalar uchun 3-5, kimyoviy laboratoriya binolari uchun 6, etil suyuqligi ombori uchun 10-20, idish va uskunalar ombori uchun 2 va h.k.bo‘lishi kerak.
Xona muhitidagi zararli moddalar yig‘ilgan havoni ruxsat etiladigan konsentratsiyagacha suyultiradigan havo miqdorini quyidagi tenglama bilan aniqlash mumkin:
(3)

bu erda: q – vaqt birligida ishchi xonada ajralishi mumkin bo‘lgan


zararli moddalar miqdori, .
Syqchk –sanitariya normasi bo‘yicha zararli moddaning yo‘l qo‘yish mumkin bo‘lgan chegara konsentratsiyasi,
S0 – yuborilayotgan havodagi zararli modda miqdori,

Sanitariya normalarida belgilanishicha S 0 miqdori Syqchk miqdorining 30% dan oshmasligi kerak. Agar toza havo berilayotgan bo‘lsa, S0 miqdori nol bo‘ladi.


Xona hajmidagi har xil uskunalardan ajralayotgan namlikni kamaytirish maqsadida xonaga yuborilishi zarur bo‘lgan havo miqdorini (W) quyidagi tenglamadan aniqlash mumkin:


(4)

Bunda: G – havoga ajralib chiqayotgan bug‘lar miqdori, ,


d1 - kiritilayotgan havodagi namlik miqdori ,
d2 - xonadan chiqarib yuborilayotgan havodagi namlik miqdori

Umuman sanitariya normalarida sanoat korxonalari xonalaridagi havo namlik miqdori belgilanmaydi, ammo havodagi nisbiy namlik miqdori belgilanadi.


Sanoat korxonalari zonalarida ajralib chiqayotgan issiqlik miqdoirini belgilangan me’yorga keltirish uchun amalga oshiriladigan shamollatishda kerak bo‘ladigan sof havo miqdori (W)GOST 12.2.028-84 ga asosan quyidagi tenglama bilan topiladi:


(5)

bunda: W – normal sharoitda yaratish uchun zarur bo‘lgan havo miqdori, ,


Qort – ortiqcha issiqlik miqdori, , Vt
S – havoning issiqlik sig‘imi,
 - 2930K haroratdagi havoning zichligi,
ty – chiqarib yuborilayotgan havoning harorati, K
tk – zonaga kiritilayotgan havo harorati, K.

Ortiqcha issiqlik miqdori (Qort)ni har xil issiqlik manbalaridan chiqayotgan issiqliklarmiqdorining yig‘indisi sifatida topiladi.





Download 1,08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish