Lim vazirligi guliston davlat universiteti


Tajriba xonasida tabiiy yoritilganlikni tadqiqot qilish



Download 1,08 Mb.
bet21/31
Sana29.01.2022
Hajmi1,08 Mb.
#418386
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   31
Bog'liq
2 5434085115019923819

Tajriba xonasida tabiiy yoritilganlikni tadqiqot qilish
4-jadval

t/r

Derazadan
uzoqlikdagi m da

Eichki LK

Etash LK

TEK

TEK
me`yorlangan miqdori

Ruxsat etilgan razryadi












































Ish joyidagi sun`iy, aralash va qo‘shma yorug‘likni tadqiqot qilish.
5-jadval

Mahalliy yoritish uchun o‘rnatilgan yoritgichning balandligi
m. da

Aralash yoritishdagi
yoritilgan-lik
lk

Umumiy yorituvchi yoritgichlardan yoritilganlik

Umumiy yorituvchi yoritgichlardan yoritilganlikni me`yoriy ko‘rsatgichlari

LK

Aralash yorug‘lik %

LK

Aralash yorug‘lik %






































Ishlab chiqarish binolarida ishchi yuzalarining yoritilganligini sanitariya me`yorlari
6-jadval

Ko‘rish ishlarining xususiyatilari

Ko‘rish ob`ektini eng kichik o‘lchami

Ko‘rish ishni toifasi

Ko‘rish ishni toifasi bo‘limlari

Sun`iy yoritish LK

Tabiiy yoritilganlik TYOK%

Murak-kab

Umu-miy

Qalin qor bilan qoplangan hududlar

SNG ni qolgan hudud-lari uchun

O‘ta yuqori aniqlik talab qiladigan

0,15 kichik

1

A
B

5000
4000

1500
1250

2,8

3,5










V
G

2500
1500

750
400







Juda yuqori aniqlik talab qiladigan

0,15 – 0,3

2

A
B

4000
3000

1250
750

2

2,5

YUqori aniqlik talab qiladigan

0,3 – 0,5

3

A
B

2000
1000

500
300

1,6

2










V
G

750
400

300
200







O‘rtacha aniqlik talab qiladigan

0,5-1,0

4

A
B

750
500

300
200

1,2

1,5










V
G

400
300

200
150







Kam aniqlik talab qiladigan

1,0-5,0

5

A
B

300
200

200
150

0,8

1,0










V
G




150
100







O‘ta kam aniqlik talab qiladigan

0,5 yuqori

6







150
200

0,4
0,8

0,5
1,0

qiymatni 10 % dan kam bo‘lmasligi kerak, qolgan qismini esa mahalliy yoritish uchun mo‘ljallangan yorug‘lik manbai tashkil etadi.
Bunda umumiy yoritilganlik gaz razryadli chiroqlar uchun 150- 500 lk, cho‘g‘lanma chiroqlari uchun 50-100 lkdan kam bo‘lmasligi kerak.
Mahalliy yoritgichni har xil balandligini hisobga olgan holda SNiP-II-4-79dan foydalanib, gaz razryadli chiroqning ish rejasini aniqlang. 1,2,3-topshiriq bo‘yicha hisobotlardan gaz razryadli va cho‘g‘lanma chiroqlarning yoritilganligi solishtirilsin.


Topshiriq №3
Bir xil quvvatdagi lyuminestsent va cho‘g‘lanma chiroqlar yoritilganligini solishtiring.
Umumiy yoritish chiroqlari o‘chirilib, lyuminestsent chiroqni ostidagi, ish stoli ustining yoritilganligi o‘lchansin. Lyuminestsent chiroq o‘chirilib, cho‘g‘lanma chiroqni o‘sha balandlikda o‘rnatib, ish stoli ustidagi yoritilganlik o‘lchansin. Olingan natijalarni solishtirib, chiroqlarning yorug‘lik bera olishi to‘g‘risida xulosa qiling.
V. 1.2 3 topshiriq bo‘yicha jadvallarni to‘ldiring
Lyuminestsent va cho‘g‘lanma chiroqlarning yoritilganligi solishtirilsin.
7-jadval

CHiroqning turi

Quvvati Vt

CHiroq o‘rnatilgan balandlik sm

YOritilganlik lk

Lyuminestsent
CHo‘g‘lanma











Nazorat savollari

  1. Yoritilganlik turlari haqida tushuncha bering.

2. Ish o‘rinlarida yoritilganlikni me`yorlash izohlab bering.
3. Yoritilganlikni o‘lchash tartibi va usullarini gapirib bering.
4. Yoritilganlikni o‘lchashda qo‘llaniladigan asboblar haqida to‘la tushun-tiring.


7-Amaliy mashg‘ulot. Elektr tokining inson organizmiga fiziologik ta’siri.
Mashg‘ulotning maqsadi: Elektr tokining biologik ta’siri, Mahalliy elektr ta’siri Elektr toki ta’siriga tushgan kishiga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish, Elektr tokining termik ta’sirini o‘rganish va ma`lumotlar bilan tanishish va amaliy ko‘nikmalarni o‘rganish
Hayotda elektr energiyasidan keng ko‘lamda foydalanish yo‘lga qo‘yilganligi sababli elektr toki ta’sirida ro‘y berishi mumkin bo‘lgan baxtsiz hodisalar va ulardan saqlanish muhim masalalar qatoriga kiradi. Elektr toki ta’sirining eng xavfli tomoni shundaki, bu xavfni oldinroq sezishning imkoniyati yo‘q. Shuning uchun ham eletr toki xavfiga qarshi tashkiliy va texnik chora-tadbirlar belgilash, to‘siq vositalari bilan ta’minlash, shaxsiy va jamoa muhofaza tizimlarini o‘rnatish nihoyatda muhimdir.
Umuman elektr toki ta’siri faqat birgina biologik ta’sir bilan chegaralanib qolmasdan, balki elektr yoyi ta’siri, magnit maydoni ta’siri va statik elektr ta’sirlariga bo‘linadiki, bularni bilish har bir kishi uchun kerakli va zaruriy ma’lumotlar jumlasiga kiradi.
Elektr tokidan inson organizmida termik (ya’ni issiqlik), elektrolitik va biologik ta’sir kuzatiladi.
Elektr tokining termik ta’siri inson tanasining ba’zi joyida kuyish, qon tomirlari, asab va hujayralarning qizishi sifatida kuzatiladi. Elektrolitik ta’sir esa, qon tarkibidagi yoki hujayralar tarkibidagi tuzlarning parchalanishi natijasida qonning fizik va kimyoviy xususiyatlarining o‘zgarishiga olib keladigan holat tushuniladi. Bunda elektr toki markaziy asab tizimi va yurak-qon tizimini kesib o‘tmasdan, tananing ba’zi bir qismlariga ta’sir ko‘rsatishi mumkin.
Elektr tokining biologik ta’siri - bu tirik organizm uchun xos bo‘lgan xususiyat hisoblanadi. Bu ta’sir natijasida muskullarning keskin qisqarishi tufayli inson organizmidagi hujayralar to‘lqinlanadi, bunda asosan organizmdagi bioelektrik jarayonlar buziladi. Bunda inson organizmi bioelektrik toklar yordamida boshqariladi. Tashqi muhitdan yuqori kuchlanishdagi elektr tokining
ta’siri natijasida biotoklar holati buziladi va oqibatda inson organizmida tok urish holati vujudga keladi. Ya’ni boshqarilmay qolgan organizmda hayot faoliyatining ba’zi bir funktsiyalari bajarilmay qoladi: nafas olishning yomonlashuvi, qon aylanish tizimining ishlamay qolishi va h.k.
Elektr tokining inson organizmiga ta’sirining xilma-xilligidan kelib chiqib, uni ikki guruhga bo‘lib qarash mumkin: -elektr ta’siri va tok urishi.
Elektr ta’siri natijasida kuyib qolish, elektr belgilari hosil bo‘lishi, terining metallashib qolishi hollarini ko‘rsatish mumkin. Elektr ta’siridan kuyish, asosan organizm bilan elektr o‘tkazgichi o‘rtasida volta yoyi hosil bo‘lganda sodir bo‘ladi. Elektr o‘tkazgichdagi kuchlanishning ta’siriga qarab bunday kuyish turlicha bo‘lishi mumkin. Engil kuyish faqat yallig‘lanish bilan chegaralanadi, o‘rtacha og‘irlikdagi kuyishda pufakchalar hosil bo‘ladi va og‘ir kuyishda hujayra va terilar ko‘mirga aylanib, og‘ir asoratlarga olib kelishi mumkin.
Elektr belgilari - bu terining ustki qismida aniq kulrang yoki och-sarg‘ish rangli 1-5 mm diametrdagi belgi paydo bo‘lishi bilan ifodalanadi. Bunday belgilar odatda xavfli emas. Terining metallashib qolishida, odatda,erib mayda zarrachalarga parchalanib ketgan metall teri ichiga kirib qoladi. Bu holat ham elektr yoyi hosil bo‘lganda ro‘y beradi. Ma’lum vaqt o‘tgandan keyin bu teri ko‘chib tushib ketadi va hech qanday asorat qoldirmaydi.
Tok urishi (yoki elektr urishi deb ham yuritiladi) to‘rt darajaga bo‘lib qaraladi.
I. Muskullar keskin qisqarishi natijasida odam tok ta’siridan chiqib ketadi va hushini yo‘qotmaydi.
II. Muskullar keskin qisqarishi natijasida odam hushini o‘qotadi, ammo yurak va nafas olish faoliyati ishlab turadi.
III. Hushini yo‘qotib, nafas olish tizimi yoki yurak urishi to‘xtab qoladi.
IV. Klinik o‘lim holati, bunda insonda hech qanday hayot alomatlari ko‘rinmay qoladi.
Klinik o‘lim xolati - bu hayot bilan o‘lim oralig‘i bo‘lib, ma’lum vaqtgacha inson ichki imkoniyatlar hisobiga yashab turadi. Bu vaqtda unda xayot belgilari: ya’ni nafas olish, qon aylanish bo‘lmaydi, tashqi ta’sirlarga farqsiz bo‘ladi, og‘riq sezmaydi, ko‘z qorachig‘i kengayadi va yorug‘likni sezmaydi. Ammo bu davrda hali undagi hayot butunlay so‘nmagan, xujayralarda ma’lum modda almashinuv jarayonlari davom etadi va bu organizmning minimal hayot faoliyatini davom ettirishiga etarli bo‘ladi. Shuning uchun tashqi ta’sir natijasida hayot faoliyatini yo‘qotgan organizmning ba’zi bir qismlarini tiklash
natijasida uni hayotga qaytarish imkoniyati bor. Klinik o‘lim holati 5-8 minut davom etadi. Hech qanday yordam bo‘lmagan taqdirda eng oldin bosh miya qobig‘idagi hujayralar parchalanadi va klinik o‘lim holati biologik o‘lim xolatiga o‘tadi.
Biologik o‘lim - qaytarib bo‘lmaydigan jarayon bo‘lib, organizmdagi biologik jarayonlar butunlay to‘xtashi bilan tavsiflanadi, shuningdek organizmdagi oqsil parchalanadi. Bu klinik o‘lim vaqti tugagandan keyin ro‘y beradi. Tokning inson organizmiga ta’siri bir necha omillarga bog‘liq. Asosiy omillardan biri insonga tok ta’sirining davomiyligi, ya’ni odam tok ta’sirida qancha ko‘p qolib ketsa, u shuncha ko‘p zararlanadi. Ikkinchi omil sifatida odam organizmining shaxsiy xususiyatlari va shuningdek tokning turi va chastotasi katta o‘rin tutadi.
Inson organizmining qarshiligi teri qarshiligi va ichki organlar qarshiliklari yig‘indisi sifatida olinadi.
Teri, asosan quruq va o‘lik hujayralarning qattiq qatlamlaridan tashkil topganligi sababli katta qarshilikka ega va uumuman inson organizmining qarshiligini ifodalaydi.
Organizm ichki organlarining qarshiligi uncha katta emas. Odamning quruq zararlanmagan terisi 2000 dan 20000 Om gacha va undan yuqori qarshilikka ega bo‘lgani holda, namlangan, zararlangan teri qarshiligi 40-5000 Om 1qarshilikka ega bo‘ladi va bu holat inson ichki a’zolari qarshiligiga teng hisoblanadi. Umuman texnik hisoblar uchun inson organizmi qarshiligi 1000 Om deb qabul qilingan. Inson organizmi orqali oqib o‘tgan tokning miqdori uning asoratini belgilaydi. Inson organizmi orqali 50 Gts li eletr tokining 0,6-1,5 mA 01916 o‘tsa, buni u sezadi va bu miqdordagi tok sezish chegarasidagi elektr toki deb ataladi.
Agar inson organizmidan oqib o‘tgan tokning miqdori 10-15 mA ga etsa, unda organizmdagi muskullar tartibsiz qisqarib, inson o‘z organizmi qismlarini boshqarish qobiliyatidan mahrum bo‘ladi, ya’ni elektr toki bo‘lgan simni ushlab turgan bo‘lsa, panjalarini ocha olmaydi, shuningdek unga ta’sir ko‘rsatayotgan elektr simini olib tashlay olmaydi. Bunday tok chegara miqdordagi ushlab qoluvchi tok deyiladi.
Tok miqdori 25-50 mA ga etsa, unda tok ta’siri ko‘krak qafasiga ta’sir ko‘rsatadi, buning natijasida nafas olish qiyinlashadi. Tok ta’siri uzoq vaqt davom etsa, ya’ni bir necha minutga cho‘zilsa, unda nafas olishning to‘xtab qolishi natijasida odam o‘lishi mumkin. Tok miqdori 100 mA va undan ortiq bo‘lsa, bunday tok yurak muskullariga ta’sir ko‘rsatadi va yurakning ishlash tartibi buziladi, natijada qon aylanish tizimi butunlay ishdan chiqadi va bu holat ham o‘limga olib keladi.
Inson organizmi orqali oqib o‘tgan tokning davomliligi ham alohida ahamiyatga ega, chunki tok ta’siri uzoq davom etsa, unda inson organizmining tok o‘tkazuvchanligi orta boradi va tokning zararli ta’siri organizmda yig‘ila borish natijasida asorat og‘irlasha boradi.
Tokning turi va chastotasi ham zararli ta’sir ko‘rsatishida muhim ahamiyat kasb etadi. Eng zararli tok 20-100 Gts atrofidagi eletr toki hisoblanadi. Chastotasi 20 Gts dan kichik va 100 Gts dan katta toklarning ta’sir darajasi kamayadi. Katta chastotadagi elektr toklarida tok urish bo‘lmaydi, lekin kuydirishi mumkin.
Agar tok o‘zgarmas bo‘lsa, unda tokning sezish chegarasidagi miqdori 6-7 mA, ushlab qoluvchi chegara miqdori 50-70 mA, yarim sekund davomida yurak faoliyatini ishdan chiqarishi mumkin bo‘lgan miqdori 300 mA gacha ortadi.
Elektr toki ta’siriga tushgan kishiga birinchi yordam ko‘rsatish.
Elektr toki ta’siriga tushgan kishiga tibbiyot xodimi kelgunga qadar ko‘rsatiladigan yordamni ikki qismga bo‘lib qaraladi:
1) tok ta’siridan qutqarish;
2) birinchi yordam ko‘rsatish.
Tok ta’siridan qutqarish o‘z navbatida bir necha xil bo‘lishi mumkin. Eng oson va qulay usuli bu elektr qurilmasining o‘sha qismiga kelayotgan tokni o‘chirishdir. Agar buning iloji bo‘lmasa (masalan, o‘chirish qurilmasi uzoqda bo‘lsa), unda tok kuchlanishi 1000 V dan ko‘p bo‘lmagan elektr qurilmalarida elektr simlarini yog‘ochli bo‘lgan boltalar bilan kesish yoki zararlangan kishining kiyimi quruq bo‘lsa, uning kiyimidan tortib tok ta’siridan saqlab qolish mumkin. Agar elektr tokining kuchlanishi 1000 V dan ortiq bo‘lsa, unda dizlektrik qo‘lqop va elektr himoyasi (izolyatsiyasi) mustahkam bo‘lgan elektr asboblaridan foydalanish kerak.
Elektr ta’siriga tushgan kishiga birinchi yordam ko‘rsatish uning holatiga qarab belgilanadi. Agar ta’sirlangan kishi xushini yo‘qotmagan bo‘lsa, uning tinchligini ta’minlab, tibbiyot xodimi kelishini kutishi yoki tezda davolash muassasasiga olib borishi zarur.
Agar tok ta’sirida hushini yo‘qotgan, ammo nafas olishi va yurak tizimi ishlayotan bo‘lsa, uni quruq va qulay joyga yotqizish, kamari va yoqasini bo‘shatish va sof havo kelishini ta’minlash zarur. Nashatir spirti hidlatish, yuziga suv purkash, tanasini va oyoqlarini uqalash yaxshi natija beradi.
Agar jarohatlangan kishining nafas olishi qiyinlashsa, ammo yurak urishi nisbatan yaxshi bo‘lsa, unda bu kishiga sun’iy nafas oldirish zarur.
Klinik o‘lim holati yuz bergan takdirda sun’iy nafas oldirish bilan bir qatorda yurakni ustki tomondan uqalash va ezgan holatda harakatga keltirish lozim.
Sun’iy nafas oldirish jarohatlangan kishini tok ta’siridan qutqazib olish, uning holatini aniqlash bilanoq boshlanishi kerak. Sun’iy nafas oldirish "Og‘izdan og‘izga" deb ataluvchi usul bilan, ya’ni yordam ko‘rsatuvchi kishi o‘z o‘pkasini havoga to‘ldirib, jarohatlangan kishi og‘zi orqali uning o‘pkasiga havoni haydaydi. Odam o‘pkasidan chiqkan havo, ikkinchi odam o‘pkasi ishlashi uchun etarli miqdorda kislorodga ega bo‘lishi aniqlangan. Bu usulda jarohatlangan kishi chalqancha yotqiziladi, og‘zi ochib tozalanadi, havo o‘tish yo‘lini ochish uchun boshini bir qo‘li bilan peshona aralash ko‘tariladi, ikkinchi qo‘l bilan dahanidan tortib, dahanini bo‘yni bilan taxminan bir chiziqqa keltiriladi (-rasm). Shundan keyin ko‘krak qafasini to‘ldirib nafas olib, kuch bilan bu havoni jarohatlangan kishi og‘zi orqali puflanadi. Bunda yordam ko‘rsatayoggan kishi og‘zi bilan, jarohatlangan kishining og‘zi butunlay berkitiladi va yuzi yoki panjalari yordamida uning burnini berkitish kerak bo‘ladi(-rasm). Shundan keyin yordam ko‘rsatuvchi boshini ko‘tarib, yana o‘pkasini havoga to‘ldiradi. Bu vaqtda jarohatlangan kishi kamkuch holda nafas chiqaradi.
Bir daqiqa vaqtda taxminan 10-12 marta puflashni doka, dastro‘mol va kuvurchasimon asbab orqali ham bajarish mumkin. Agar jarohatlangan kishi mustaqil nafas olishni tiklagan taqdirda ham, sun’iy nafas oldirishni bemor o‘ziga kelguncha davom ettiriladi.
Yurakni tashqaridan massaj qilish. Jarohatlangan kishi organizmidagi qon aylanishni sun’iy ravishda tiklab turish maqsadida amalga oshiriladi. Qorin bo‘shlig‘idan ko‘krak qafasiga o‘tgandan keyin 2 barmoq yuqoridan tana uqalanib (massaj) qilinadigan joyni belgilab, qo‘lni bir-biri ustiga tug‘ri burchak shaklida qo‘yib, jarohatlangan kishining ko‘krak qafasi tana og‘irligi bilan 15-25 kg miqdordagi kuch bilan bosiladi.
Bosish sekundiga 1 marta keskin kuch bilan bo‘lishi kerak. Bunda ko‘krak qafasi ichkariga qarab 3—4 sm pasayishi kerak va bu yurak urishi harakatiga moslab davom ettiriladi.


Sun’iy nafas berish usullari.


Tanani uqalash orqali sun’iy nafas oldirish birgalikda olib borilishi kerak. Agar yordam ko‘rsatayogan kishi bir o‘zi bo‘lsa, har ikki marta puflagandan keyin 15 marta ko‘krak qafasini bosishi kerak. Jarohatlangan kishining yurak urishi mustaqil bo‘lganligini uning pulsini tekshirib bilinadi. Buning uchun yuqoridagi vazifalarni 2-3 sekundga to‘xtatib, tomir urishi sanab ko‘riladi.
Takrorlash uchun savollar:
1.Elektr tokining termik ta’sirini tushuntirib bering.
2. Elektrolitik ta’sir nima?
3. Elektr tokining biologik ta’siri.
4. Tok urishi darajalarini izohlab bering.
5. Elektr toki ta’siriga tushgan kishiga birinchi yordam
ko‘rsatish.


8- mavzu: O‘tni o‘chirishda kerak bo‘lgan suv ko‘pik miqdori va geniratorlar sonini xisoblash.
Mashg‘ulot maqsadi: Hozirgi zamon o‘t o‘chirish vositalari va texnikalari bilan tanishish va foydalanishni bilish.
Uning tarkibi – Asosiy vositalari bilan tanishish:
- Asosiy vositalar yong‘inga o‘t o‘chirgich moddalarni;
- Maxsus vositalar;
- YOrdamchi vositalar;
- YOrdamchi vositalarning turlari;
- Asosiy vositalar yong‘inga o‘t o‘chirgich moddalarni;
- Motopompalar;
- O‘t o‘chirish mashinalari.
YOng‘inni o‘chirish uslublari va o‘t o‘chirgich moddalarning xususiyatlariga mos ravishda yong‘inni o‘chirish vositalari tanlab olinadi. Ular asosiy, maxsus va yordamchi vositalarga bo‘linadi.
Asosiy vositalar. YOng‘inga o‘t o‘chirgich moddalarni (suv, ko‘pik, kukun, karbonat angidrid gaz va boshqalar) sepish uchun belgilangan. Bularga avtomobil, avtosistema, motopompa, o‘t o‘chirgichlar va boshqalar kiradi.
Maxsus vositalar. YOng‘inni o‘chirishda maxsus ishlarni bajarish uchun ishlatiladi. Bularga avtonarvonlar va tirsakli ko‘targichlar, yoritish va aloqa va avtomabillar, shuningdek, aperativ avtomabillar kiradi.
YOrdamchi vositalar. YOng‘inni o‘chirishdagi ishlarni bajarish uchun etarli sharoit yaratiladi. Bularga avtosuv qo‘ygichlar, yuk avtomabillari, avtobuslar, traktor va boshqa moshinalar kiradi.
Birlamchi o‘t o‘chirish vositalari yong‘in boshlanganda alangani keng tarqalib ketmasligini to‘xtashish va o‘chirish uchun qo‘llaniladi.
Ishlab chiqarish korxonalariga va qishloq xo‘jaligi mashinalari uchun zarur bo‘lgan birlamchi o‘t o‘chirish vositalariga talab O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining 1998-yil 12-iyundagi №44 3-5-21 sonli qaroriga asosan aniqlanadi.
O‘t o‘chirgichlar - yong‘in boshlanish vaqtida o‘chirish uchun qo‘llaniladi. Ular turli xajmdagi slindr shakldagi mustahkam metal idishdan iborat bo‘lib, u turli o‘t o‘chiruvchi moddalar bilan to‘lg‘iziladi. o‘t o‘chiruvchi moddalarni tarkibiga qarab o‘t o‘chirgichlar ko‘pikli, gazsimon, suyuq, kukunsimon, guruhlarga bo‘linadi.
Ko‘pikli o‘t o‘chirgichlar. Ular kimyoviy ko‘pikli va mexani-kaviy - havo turlarga bo‘linadi. Kimyoviy ko‘piklar o‘t o‘chir-gich O.X.P - 10 yona boshlagan qattiq materiallarni, maydoni 1 m2 dan oshiq bo‘lmagan turli yonuvchi suyuqlikliklarni o‘chirish uchun qo‘llaniladi. O.X.P - 10 o‘t o‘chirgich payvandlangan po‘lat idishdan iborat. Uning usti cho‘yan qopqoq berkitgich tuzilma bilin kavsharlangan. SHtok prujinasiga rezinali klapan qo‘yilgan bo‘lib, qo‘l ushlagich berk vaziyatida kislotali stakan og‘ziga klapanni siqib turadi. Qo‘l ushlagich yordamida klapanni ko‘tarib tushuriladi. O‘t o‘chirgichning purkagich maxsus membrana bilan bekitilgan bo‘lib, undan zaryad to‘la aralashmasidan chiqmaydi. Zaryadning kislota solingan stakani o‘t o‘chirgichning og‘ziga o‘rnatilgan. O‘t o‘chirgichni ishlatish qoidalari va uning asosiy ma’lumotlari ko‘pusga yopishtirilgan yorliqda bayon etilgan.
O‘t o‘chirgichni ishga solish uchun ekssentrik qo‘l ushlagichni shtok atrofida 1800 buriladi. SHunda zaryadli poliyetilen stakan og‘zi ochiladi. o‘t o‘chirgichni ostini tepaga aylantirganda idishdagi zaryadning ishg‘oriy qismi kislota bilan reaksiyaga kirishadi va hosil bo‘lgan ko‘pik purkagich teshigi orqali tashqariga purkaladi. Kimyoviy ko‘pik o‘t o‘chirgichlar bir yilda kamida bir marta qayta zaryadlanadi. O‘t o‘chirgichning ishlash vaqti 50-70 sekund, sochish uzunligi 6-8 m, ko‘pik miqdori 40-55 litr. Kengayish darajasi 6 martada va turg‘unligi 40 daqiqa.
VP-5 va OVP-10 havo-ko‘pikli qo‘l o‘t o‘chirgichlar turli moddalar va materiallar yona boshlaganda o‘chirish uchun belgilangan. Uni ishqoriy metallar, moddalar havosiz yonuvchi jismlar va tok ostida bo‘lgan elektr qurilmalarni o‘chirishda qo‘llanilmaydi. Ularning o‘t o‘chirish samaradorligi bir hil hajmdagi kimyoviy ko‘pikli o‘t o‘chirgichlarga nisbatan 2,5 marta ortiq. Netral zaryadni amaliy qo‘llanilishi yong‘inni o‘chirishdagi o‘t o‘chirgichning atrofidagi jismlar uchun zararsizdir. CHunki, yong‘in o‘chirgandan so‘ng havo– mexanikaviy ko‘pik butunlay ishsiz yo‘qoladi. OVP-5 va OVP-10 bir-biridan faqat ko‘rpus hajmi bilan farq qiladi.
Korbanat angidrid gazli o‘t o‘chirgichlarda (OU-2, OU-5, OU-8 qo‘l va OU-25, OU-80 aravachaga o‘rnatilgan ko‘chma) korbanat angidrid (SO2) o‘t o‘chirgich zaryadi hisoblanadi.


19-rasm. Korbanat angidrid gazli o‘t o‘chirgichlar.
Ularning tuzilishi bir-biriga o‘xshash. Belgidagi son qiymati idishning hajmini litrda ifodalanishini ko‘rsatadi. O‘t o‘chirgichlar siqilgan gaz bilan to‘ldirilgan bo‘lib, tok o‘tkazmaydi. SHuning uchun ular tok ostida bo‘lgan elektr qurilmalarni va katta bo‘lmagan yong‘inni o‘chirish uchun mo‘ljallangan. O‘t o‘chirgich po‘lat idishning konusli rezbasiga sifon nay bilan latun ventil mahovikni o‘ng tomonga oxirigacha buraladi. Uning trubkasidan chiqayotgan gaz yonuvchi jismga ventilni ochishdan oldin ro‘para qilinadi.
Kukunli o‘t o‘chirgichlar. Sanoatda OP-1 “Sputnik”, OP-1 “Turist” OP-2 va OP-10 kukunli o‘t o‘chirgichlar ko‘p ishlab chiqariladi. Ularda zaryad sifatida quruq kukunlar olinadi. Kukunlar yonish doirasida kislorodni siqib chiqarib alangani mexanik ravishda o‘chiradi. Ular avtomabillar, ishqoriy tuproq, metallar tok ostida bo‘lgan elektr qurilmalar, birdaniga tez alangalanuvchi va yonuvchi suyuqlik va gazlarni o‘chirishda qo‘llaniladi. Kukunning kamchiligi – sovutish hususiyati past. SHuning uchun kukun bilan o‘chirilganda qizigan jismlar yana alangalanib yonishi mumkin.
OP-1 “Moment” eng ko‘p tarqalgan o‘t o‘chirgich bo‘lib, u poletilen ko‘rpus, gaz (Dioksid, uglerod) to‘ldirilgan po‘lat idish, alyumin menbrana, kallakli urgich o‘rnatilgan qabul qilgich – yurgizish tuzilmasi va kukun solgichdan iborat. Kronshteyn o‘t o‘chirgichni tik vaziyatda mahkamlash uchun hizmat qiladi. O‘t o‘chirgichni ishlatishda uni kronshteyndan olinadi va sochish – yurgizish tuzilmasi bo‘yicha uriladi. Gaz idishdan ajralib o‘zi bilan kukunni ishlattirib ketadi va bosim bilan purkagichdan tashqariga sochadi. O‘t o‘chirgichning samaradorligi kukunning namligiga bog‘liq. Namlik juda katta bo‘lganda o‘t o‘chirgichning ish unimi kamayadi.
OP-1 “Sputnik” o‘t o‘chirgich sig‘imi 1,2 litrli politelen silindr shaklli idish, korpusdan iborat bo‘lib, tur va qopqoq bilan bekitilgan. Qopqoq burab ochilganda yong‘inga kukun sochiladi.
O‘t o‘chirish vositalarini ishlatilishi qulay bo‘lgan joylarga, yurish yo‘llari to‘silmagan yo‘lkalarga joylashtirish kerak: bir qavatli qurilishlarda kirish qismining tashqarisida, ko‘p qavatli imoratlarda qavatlarga kirish maydonida o‘rnatiladi.
YOng‘in o‘chirish vositalari chorvachilik binolari joylashgan maydonda maxsus taxtalarga (shitlarga) terib qo‘yiladi. To‘siqlar imoratlar orasidagi masofadan 100 m o‘tga xavfli materiallar saqlanadigan joydan 50 m oraliqda qo‘yiladi. YOng‘in o‘chirish vositalari qizil rangga bo‘yaladi, undagi yozuvlar esa oq rang bilan yoziladi. Har bir obyektda albatta birlamchi o‘t o‘chirish vositalari bo‘lishi kerak. Ishlab chiqarish binolarida va omborlarda yong‘in inventarlari bilan ta’minlash tashkilotlarning rahbarligiga yoki boshqa javobgar shaxslarga topshiriladi. YOng‘in inventari va qurilmalarining o‘t o‘chirishga bog‘liq bo‘lmagan ishlarga qo‘llash qattiy man etiladi. YOng‘in o‘chirish vositalari ob’yektning maydoni va texnologik jarayonlariga qarab hisoblanadi. O‘t o‘chirish avtomabillari yong‘in bo‘layotgan joyga o‘t o‘chirish moddalarini, jangovar rasetni va yong‘in - texnik qurollarni etkazib berish uchun mo‘ljallangan. YOng‘in - texnika qurollariga qo‘yidagilar: yong‘in avtosisternalari, avtonasos stansiyalari, avtonasoslar, nasos-engil avtomabillar havo-ko‘pikli, kukunli, korbonot kislotali, gaz, suvli va kombinasiyalashtirilgan o‘chiruvchi avtomabillar, yong‘in avtonarvonlar, avtoko‘targichlar, bog‘lovchi va yorituvchi avtomabillar, gaz tutundan himoyalagich, engil-texnik xizmat ko‘rsatuvchi, shtab uchun xizmat qiladigan va boshqa atomabillar kiradi. O‘t o‘chirish mashinalarning aksariyati yuqori o‘tish qobilyatiga ega bo‘lgan kundalik hayotda ishlatiladigan yuk avtomabillari jihozlanadi, ular qizil bo‘yoqqa bo‘yalib, kerakli joylardan oq chiziqlar o‘tkaziladi. o‘t o‘chirish bo‘limmalarning asosiy avtomabili AS-40 (131) – 137 avtosister-nasidir, bu yong‘inni suv va havo–mexanikaviy ko‘pik yordamida o‘chirishga mo‘ljallangan. U “ZIL-131” avtomabilining shassisiga o‘rnatilgan bo‘lib, 2400 litr suv zahirasiga, 150 litr ko‘pik hosil qilib beruvchi moslama, 400 metr bosim yenglari va ikkita GPS - 600 ko‘pik generatorlari bilan jihozlangan. Avtosisternalarning yong‘in nasosi 40 l/s suvni etkazib beradi.
O‘tni kukun bilan o‘chirishda “KAMAZ-53213” avtomashinasining shassisi asosida qilingan AP-5 (53213) – 196 o‘t o‘chirish avtomabilli ishlatiladi. U yong‘inni joyiga 5,8 t. kukunni etkazib beradi.
Motopompalar. Suv manbalaridan suvni yong‘in joyiga uzatib berish uchun mo‘ljallangan. U ichki yonar divigeteli va nasosdan iboratdir. Qishloq xo‘jalikda keng ko‘lamda ko‘chma MP - 600 A, MP-80 B va tirkama MP-1600 motopompasi suv nasoslaridan tashqari, yana havo-mexanikaviy ko‘pik hosil qilish moslamasi bilan jihozlangan.


Nazorat savollari

1. Asosiy o‘t o‘chirish vositalarini sanab bering.


2. Maxsus o‘t o‘chirish vositalarini sanab bering.
3. YOrdamchi o‘t o‘chirish vositalarini sanab bering.
4. O‘t o‘chirish texniklarni sanab bering.
5. YOng‘in vaqtida yordamchi ishlarni bajarishda qanday texniklardan foydalaniladi ?

9-mavzu: Avariya tufayli jaroxatlarning ko‘rsatkichlarini aniqlash.
Ishning maqsadi: - Ishlab chiqarishdagi jarohatlanishning sabablarini aniqlash, baxtsiz hodisalarni hisobga olish va 7-TVN shakl bo‘yicha hisobotni to‘g‘ri yozishni o‘rganish.
Kerakli materiallar.
Xo‘jalikda qayd etilgan N-1 shakldagi dalolatnomalar va 7-TVN nusxali hisobot berish, bosma ish qog‘ozi.
Umumiy ma’lumotglar.
Baxtsiz hodisa haqidagi hisobot yozish va ularni sodir bo‘lganligi sabablarini tahlil qilish.
Tashkilot mamuriyati N-1 shakldagi dalolatnomalarga asosan belgilangan shakl bo‘yicha (ilova-1) baxtsiz hodisaga uchragan jaroxatlanuvchilar haqida hisobot yozadi. Hisobotga tashkilot rahbari va kasaba uyushma raisi imzo chekadi.
Bo‘limlar, bosh muxandis, texnika xavfsizligi bo‘yicha muxandislar va xo‘jalikning texnika xavfsizligi holatiga javobgar shaxslar baxtsiz hodisani ogohlantirish bo‘yicha o‘tkaziladigan tadbirlarning samaradorligini tahlil qiladi va xo‘jalik rahbariga takliflarini beradi.
Tashkilot mamuriyati 7-TVN shaklda ko‘rsatilgan muddatlarda qo‘yidagilarga bir nushadan hisobot beradi.
YUqori xo‘jalik organlariga (boshqarmaga, agrosanoat)
Viloyat, Respublika satistik boshqarmasiga xo‘jaliklardan olingan 7-TVN hisobot va guruhiy, og‘ir va o‘lim bilan tugagan hodisalarni tekshirgan materiallar asosida yuqori xo‘jalik organlari (agrosanoat, muassasa) va ularga taaluqli kasaba uyushma qo‘mitalari baxtsiz hodisani keltirib chiqargan sabablarini tugatish bo‘yicha tadbirlar ishlab chiqariladi.
Viloyatlar statistik boshqarmalari “Ishlab chiqarishga bog‘liq bo‘lgan baxtsiz hodisadan jabrlanuvchilar haqida hisobot”ni Respublika Markaziy statistik boshqarmasiga va kasaba uyushmasi kengashiga beradi.
Ishlab chiqarishdagi jarohatlanishni asosiy sabablari.
Ishlab chiqarishdagi jarohatlarni asosan qo‘yidagi sabablarga bo‘lish mumkin.
Texnikaviy sabablari-Qishloq xo‘jalik mashinalari va qurollari qorong‘ida ishlaganda etarli yoritilmasligi; mashina va mexanizmlarni harakatlanuvchi qismlar va mexanizmlarni harakatlanuvchi qismlar va uzatmalarni himoya to‘siqlari bilan jihozlanmaganligi; ta’mirlash, texnik xizmat ko‘rsatish ishlarini bajarish uchun soz bo‘lmagan asbob moslamalarni bo‘lmasligi va boshqalar.
Tashkiliy sabablari-texnika xavfsizligi qoidalariga rioya qilmaslik; lavozimli shaxslar tomonidan texnikaviy nazoratni bo‘lmasligi; qishloq xo‘jalik agregatlari harakatida (ishlashida) va ularga texnik qarovni o‘tkazish texnika xavfsizligi bo‘yicha belgilangan qoida va me’yorlar buzilganda; ish joylarini tartibsiz tutganda, xavfli ish usullari qo‘llanilganda va h.k.
Sanitar – gigienik sabablari-maxsus kiyim va himoya vositalar bo‘lmasligi; yomon meteorologik sharoitlar (havo harorati, nisbiy namligi, havo harakatining tezligi) mavjudligi; zararli va zaxarlovchi moddalar; shovqin va tebranish; shaxsiy gigiyena qoidalari buzilganida; ishlab chiqarish va mayishiy xonalarni sanitar holatlarga mos bo‘lmasligi va h.k.
Baxtsiz hodisalarni tahlil qilish uslublari.
Baxtsiz hodisani keng va har tomonlama tekshirish uchun qo‘yidagi uslublar qo‘llaniladi.
1. Statistik (taqqoslash) uslub. Bu uslubda ma’lum davr oralig‘ida turli korxona, sohalarida ro‘y bergan baxtsiz hodisalar qayd etiladi. Ular jarohatni yengil yoki og‘irligi, qaerda va qaysi mutaxassislar o‘rtasida ko‘p sodir bo‘lganligi tekshirib, ular koeffitsiyentlar yordamida taqqoslanib tahlil qilinadi.
Qo‘yidagi koeffitsiyentlar aniqlanadi va ular taqqoslanadi.
a. Ishlab chiqarishdagi jarohatlarni takrorlanish koeffitsienti – Kt. Bu koeffitsiyent ma’lum davr oralig‘ida har 1000 kishi soniga nisbatan formula yordamida hisoblanadi.

bu erda T1 – ma’lum davr ichida umumiy jarohatlangan kishilar soni;
R - shu davr ichida xo‘jalikda xizmatchilarning o‘rtacha soni;
b. Jarohatlanishlarning og‘irlik koeffitsiyenti - Kog. Bu ko‘rsatgich jabrlanuvchilarni mehnat qobilyasizligi og‘irlik kunlarini o‘rtacha har biriga to‘g‘ri kelgan yo‘qotilgan kunlar davomiyligini ko‘rsatadi. U qo‘yidagi formula yordamida hisoblanadi:

bu erda Dya- jarohatlanish natijasida yo‘qotilgan kunlarni yig‘indisi;
T1 - shu davr ichida jarohatlanganlar soni (bunga o‘lim bilan tugagan baxtsiz
hodisalar kirmaydi).
d. Jarohatlanishlar natijasida ish vaqtini yo‘qotish koeffitsiyenti - Ky. Bu ko‘rsatkich ma’lum davr ichida jarohatlanish natijasida har 1000 kishiga to‘g‘ri kelgan yo‘qotilgan kunlarni ko‘rsatadi.
U qo‘yidagicha aniqlanadi:

Bu koeffitsiyentlarni xo‘jalikni mehnat muhofazasi ishlarini tashkil etish holatini baholash imkoniyatini beradi.
2. Guruhiy uslub–statistik uslubning bir ko‘rinishi bo‘lib, unda jarohatlar turdagi ayrim ko‘rinishlari bo‘yicha guruhlarga bo‘linadi; jarohatlangan vaqt, yoshi, jabrlanuvchini mutaxassisligi va malakasi, ishning turi, baxtsiz hodisaning sabablari va boshqalar. Bu qurilma yoki mehnat sharoitini holati, tashkil etilgan ishlarning ko‘proq noqulay tashkil etilganlik holatini aniqlash imkoniyatini beradi.
3.Topografik (grafikaviy) uslub. Bu uslub yordamida ishlab chiqarish hududidagi barcha baxtsiz hodisalar shartli belgilar bilan korxona uchastkasini chizmasida belgilanadi. SHuningdek, bu uslub qaysi faslda va qaysi joyda jarohatlanish ko‘p sodir bo‘layotganligi aniqlanadi. Xavfli joylar sinchkovlik bilan o‘rganilib, joylarda kelgusi baxtsiz hodisa takrorlanmasligi uchun profilaktik tadbirlar ishlab chiqiladi. Bu uslubni kamchiligi ko‘p vaqtni (1-3 yil) talab qiladi.
4.Monografik (keng tarzda tekshirish) uslub. Bu uslub yordamida jarohatlanishlar sinchkovlik bilan batafsil tekshiriladi. Bunda, asosan birgina (mono) texnologik jarayoni, qurilma, uskuna va ishlab chiqarish uchastkasiga xos bo‘lgan xavfli va zararli omillar keng tarzda tahlil qilinishdan iborat. Bu uslub bo‘yicha baxtsiz hodisalarni keltirib chiqargan barcha hollar batafsil tekshiriladi. Kerak bo‘lsa unga tegishli bo‘lgan tadqiqot va sinash ishlarini bajaradi. Bu uslub faqat ro‘y bergan baxtsiz hodisani tahlil qilishga foydali bo‘lmasdan kelgusida tekshirilayotgan hudud yoki unga o‘xshash maydonlarda baxtsiz hodisa ro‘y berishi mumkinligi aniqlash uchun kerak bo‘ladi. Olingan natijalarni yangi loyihalanuvchi ishlab chiqarish, qo‘llash uchun mehnat muhofazasi bo‘yicha tadbirlar ishlab chiqarishga yordam beradi.
Bundan keng tarzda ish sharoiti, ish joyi mashina mexanizmi, qurilma, uskuna va texnologik jarayonlar, sanitar-gigiyena sharoitlar, maxsus kiyim va shaxsiy himoya vositalari batavsil tekshiriladi. Baxtsiz hodisani keltirib chiqargan sabablar aniqlanadi. Bir vaqtni o‘zida o‘tgan davrlarda (yarim yil, bir yil) sodir bo‘lgan baxtsiz hodisalar o‘rganiladi. Buning natijasida ro‘y bergan baxtsiz hodisalarning faqat sabablari aniqlanmasdan, uni potensial xavfligini, zararligi, yashiringanligi va ishiga ish jarayoni me’yorida bo‘lganda yoki buzilganda zarari ta’sir etuvchi aniqlanmagan omillar oldindan o‘rganiladi. Bu uslub statistik uslub bilan tahlil qilishda ma’lum davr uchun mehnat muhofazasi holatini tekshirishda ham qo‘llaniladi.
5. Iqtisodiy uslub. Mehnat muhofazasi bo‘yicha tadbirlarni tadbiq etish va ularni yaratishda iqtisodiy samaradorligi sarf-xarajatini bilish uchun jarohatlanish keltirgan iqtisodiy zarar (ziyon) aniqlanadi. Lekin bu uslub jarohatlanish sabablarini aniqlay olmaydi.
U qo‘shimcha uslub hisoblanadi.
6.Ergonomik uslub.-“Odam - mashina (texnika) – ishlab chiqarish muhiti”ni kompleks o‘rganishga asoslanadi.
Ma’lumki, mehnat faoliyatini har bir ko‘rinishga insonning ma’lum fiziologik, ruhiy - fiziologik va psixologik (shaxsiy) sifatlari va uni antronometrik ko‘rsatkichlari mos kelishi kerak.
Aniq ko‘rsatilgan odam xususiyatlari mehnat faoliyatiga kopleks ravishda mos tushganda xavfsiz va samarali ish bajarilishi mumkin. Bu moslik bo‘lmasligi baxtsiz hodisani keltirib chiqaradi.
Bu uslubda tahlil qilishda odam salomatligi va ish qobiliyatiga organizmni biologik ritmda ishlashi va qo‘yosh geografik hodisalar (qo‘yoshning faolligi, oyning tortishi, erning magnit va tortishish maydoni) bog‘ligi hisobga olinadi.
Koinot jismlarini o‘zaro vaziyatini o‘zgarishdan hosil bo‘lgan tortishish kuchlar ta’siridan, er magnitizmi yoki atmosferani ionisaziyalanishi odam organizmida ma’lum o‘zgarishlar hosil bo‘ladi. Bu odam organizmini holati va xulqiga ta’sir etadi.
Qo‘yosh faolligi ko‘tarilgan paytda va ob-havo keskin o‘zgargan vaqtda baxtsiz hodisalarni sodir bo‘lishi ko‘payadi.
Ishni bajarish tartibi
1. Yillik N-1 shakldagi dalolatnomalar o‘rganiladi va 7-TVN shakldagi hisobot yoziladi.
2. Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarning sabablari aniqlanadi.
3. Statistikaviy uslub yordamida har bir talaba uchun berilgan variantidagi son qiymatlarini jadvaldan olib, ishlab chiqarishda ro‘y bergan baxtsiz hodisalarni takrorlanishi, og‘irlik va yo‘qotish koeffitsiyentlari hisoblanadi.
4. Ishlab chiqarishdagi jarohatlanishni tahlil qilish bo‘yicha xulosa qilish.
Ishlab chiqarishdagi ro‘y bergan baxtsiz hodisalarni takrorlanishi Kt, og‘irlik - Ko va yo‘qotish - Ky koeffitsiyentlarini hisoblash uchun qiymatlar;

  1. jadval




Variant

R

T1

Dya

Variant

R

T1

Dya

1

800

3

81

11

365

3

64

2

947

4

48

12

410

4

48

3

645

2

16

13

440

4

78

4

342

1

19

14

617

6

96

5

610

2

24

15

847

8

41

6

1105

5

65

16

565

6

85

7

1810

6

48

17

498

5

70

8

1960

7

112

18

369

4

49

9

764

4

64

19

817

2

23

10

545

5

55

20

645

1

29


Nazorat savollari:

1. Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarning asosiy sabablarini ayting?


2. Baxtsiz hodisalarni tahlil qilish usullarini ayting?.
3. Ishlab chiqarishdagi sodir bo‘lgan baxtsiz hodisalarning takrorlanish
koeffitsienti nima?
4. Jarohatlarning og‘irlik koeffitsienti nima?
5.Umumiy yo‘qotilgan kunlar qanday topiladi?


Download 1,08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish