Kurs ishi peregondagi xarakatni boshqarish tizimlari


Elektr torqi o’zgaruvchan tokli fazasezgir stansiya rels zanjirlari sxemlari



Download 9,19 Mb.
bet15/17
Sana04.02.2022
Hajmi9,19 Mb.
#431104
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Bog'liq
PXBT Qo\'ziboyev

Elektr torqi o’zgaruvchan tokli fazasezgir stansiya rels zanjirlari sxemlari. Elektr tortqi o’zgaruvchan tokdagi stansiyalar odatda DSSH-13 releli 25 Gs chastotali o’zgaruvchan tokli fazasezgir rels zanjirlari bilan loyihalanadi. Bunday rels zanjirlar yaxshi halaqitdan himoyalanganligiga ega va iqtisodiy jihatdan ancha arzon hisoblanadi. Birinchi SSSR temir yo’l tarmog’i o’zgaruvchan tok bilan elektrlashtirilgan stansiya uchastkalarida qo’llanilgan va boshqa turdagi rels zanjirlari: 75 Gs chastotali impulsli o’zgaruvchan tokli, 25 Gs chastotali impulsli. Buning sababi bunday rels zanjirlari loyihalanmaydi, hozirgi ish foaliyatida ular o’rganilmaydi va ular haqidagi ma’lumotlarni faqat ma’lumot kitobchalaridan olish mumkin.
Tarmoqlanmagan ikki ipli 25 Gs chastotali ikkita drossel-transformatorli va 25 Gs chastotali ALS kodli signallari joylashtirilgan rels zanjiri sxemasi avtonom tortqi uchun tarmoqlanmagan 25 Gs chastotali DSSH-13A releli rels zanjiri bilan o’xshashdir. Farqlari ta’minot va rele oxirlarida tortqi tokini o’tkazish uchun DT-1-150 turidagi drossel-transformatoridir, bundan tashqari ko’p marta ta’sir qiluvchi AVM1-5A avtomatik o’chirgichi mavjudligi. U ta’minot va rele oxirlarida joylashgan transformator qutisi ichidagi IT transformatori ikkilamchi cho’lg’amiga ketma-ket ulangan bo’lib, uskunalarni relslardagi tortqi toki qaytishidan himoyalash uchun qo’llaniladi.


9 rasm. Tarmoqlanmagan ikki ipli 25 Gs chastotali ikkita drossel-transformatorli va 25 Gs chastotali ALS kodli signallari joylashtirilgan rels zanjiri sxemasi.

Stansiyaning elektrlashtirilmagan yo’llarida, ya’ni qaytuvchi tortqi tokini o’tkazish uchun foydalanilmaydiganlarida drossel-transformatorsiz ikki ipli rels zanjirlari qo’llaniladi.

Bunday holda sxemadan ta’minot va rele oxirlaridan drossel-transformatorlari olib tashlanadi va rele oxiri transformator qutisidagi IT transformatori ikkilamchi cho’lg’amiga 2,2 Omli rezistor ketma-ket ulanadi (9 rasmga qarang).


Ta’minot oxirida kodlashsiz uchun a va b nuqtalari ulanadi. Rele oxirida qodlash bo’lmasa sxemadan KT transformator, Rk rezistor, RT va P1 rele kontaktlari, bundan tashqari rele oxiridagi transformator qutisidagi 2 A li saqlagich (predoxranitel’) olib tashlanadi. Bunday holatda sxemada v va g nuqtalari ulanadi.

10 rasm. Tarmoqlangan ikki ipli 25 Gs chastotali ikkita drossel-transformatorli va 25 Gs chastotali ALS kodli signallari joylashtirilgan rels zanjiri sxemasi



SHuni esda tutish kerakki, rele oxiridan ALS kodli signallari uzunligi 750 m dan oshiq ikkita yoki uchta drossel-transformatorli va 250 m dan oshiq bitta drossel-transformatorli yoki drossel-transformatorsiz rels zanjiri KT transformatori ikkilamchi cho’lg’ami 60 V dan ko’p kuchlanish tushganda jo’natiladi (10 rasm.). Bu holatda EM postidagi bitta PT-25A transformatoriga xuddi shu turdagi ikkita transformator ulanadi, birlamchi cho’lg’amlar parallel, ikkilamchilari esa ketma-ket.


25 Gs chastotali ikkita DT-1-150 drossel-transformatorliva 25 Gs chastotali ALS signallari joylashtirilgan rels zanjiri ta’minot oxiri sxemasi tarmoqlanmagan rels zanjiri sxemasi bilan o’xshashdir. Faqatgina tarmoqlanmagan rels zanjiridagi bitta 2,2 Omli rezistor o’rniga ikkita rezistor ketma-ket ulanadi. Ta’minot oxirida ALS kodli signallari yo’qligida a va b nuqtalari ulanadi.
A, B va V tarmoqlanishlar rele ta’minotlari ham tarmoqlanmagan rels zanjiri rele oxirlari sxemalari bilan bir hil. Tarmoqlanishdagi yo’l relelari zanjirlaridagi kuchlanishni moslash uchun transformator qutilaridagi IT transformatorlari ikkilamchi cho’lg’amlariga ketma-ket qilib 2,2 Omli rezistorlar o’rnatiladi. Aynan shu maqsadda A tarmoqlanishda (asosiy yo’lda) EM posti yo’l relesi yo’l obmotkasiga qo’shimcha 400 Omli rezistor ketma-ket o’rnatiladi. Rels zanjiri uzunligi lr.ts. = a + s + lA + lB + lv ≤ 600 m.
V tarmoqlanishda rels zanjiri uskunalari yo’qligi uchun B tarmoqlanishda tortqi tokini o’tkazib yuborish uchun DT-1-150 turidagi drossel-transformatorini o’rnatishga ruxsat berilgan. B tarmoqlanishi rele oxiridagi qurilmalar A tarmoqlanish rele oxiridagidek ulanadi, faqat bu holatda 400 Omli rezistor ulanmaydi.



Download 9,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish