9. Avtoblokirovkani ETS qurilmalari bilan bog’lash
ABni stansiya ETS qurilmalari bog’lash sxemalari majmui tarkibiga quyidagilar kiradi:
1) stansiyadan uzoqlashish va unga yaqinlashish blok-uchastkalari holatini nazorat qilish vositalari, shu jumladan ularning DSPdagi indikatsiyasi;
2) kirish oldi RSni ETS postidan kodlash (stansiyaga eng yaqin joylashgan yaqinlashish uchastkasi);
3) kirish oldi svetofori ko’rsatmalarini kirish svetofori signal ko’rsatmalari bilan bog’lash;
4) bir izli peregon uchun yo’nalishni almashtirishning to’rt simli sxemasi;
5) ikki izli peregonda peregon yo’llaridan biri bo’ylab poyezdlarning vaqtinchalik ikki tomonlama harakatini tashkillashtirishda yo’nalishni almashtirish va poyezdning noto’g’ri yo’ldan borishida uzoqlashish uchastkasi rel’s zanjirini kodlash (releli uchidan boshlab) sxemasi.
Stansiyada amalga oshiriladigan uzoqlashish blok-uchastkalar holatini nazorat qilish poyezdni jo’natishda chiqish svetofori ko’rsatmasini tanlash, bosh yo’l strelkali uchastkalariga ALSN kodlarini translyatsiya qilish va DSP boshqarish apparaturasida inlikatsiya chiroqlarini yoqish uchun zarur. RS uzoqlashish kodlarini rasshifrovka qilish uchun avtoblokirovka deshifratori DA ning BS va BK bloklari qo’llanib, ular RS impul’sli yo’l relesi bilan birga ETS postida joylashtiriladilar [2,3,6]. Stansiyaga yaqinlashish uchastkalari holatini nazorat qilish DSP boshqarish pul’tidagi indikatsiya chiroqlarini yoqish maqsadida amalga oshiriladi [2,3,6].
Kirish oldi va kirish svetoforlari ko’rsatmalari RS bo’ylab uzatiladigan kodli chignallar vositasida va ZS, OZS liniya zanjirini tashkillashtirish yo’li bilan o’zaro bog’lanadi.
Peregondagi yaqinlashish uchastkasi RS sini kodlash (ta’minlash) stansiyadagi uzluksiz RSni izolyatsiyalovchi uloqlar qisqa tutashganida u bilan qo’shni peregon RSsi ta’siridan himoya qilish maqsadida amalga oshiriladi. Bunday himoya izolyatsiyalovchi uloqlardagi bir zumlik qutbliliklar kuchlanishlari ketma-ketligiga rioya qilish orqali erishiladi. Stansiya RSsini uzoqlashish uchastkasi peregoni RSsidan stansiya RS sida ta’minlovchi (yo’l) transformatorini o’rnatish hisobiga himoya qilinadi. Peregon rel’s zanjirlari stansiyaning uzluksiz ta’minotidan bunday hollarda o’z ta’minotining impul’sli (kodli) ko’rinishi bilan himoya qilinib, RS yaqinlashish (uzoqlashish) uchastkalarini kodlash uchun ETS postida alohida transmitterlar va transmitterli relelar o’rnatiladi.
Yo’nalishni almashtirish sxemasi peregonning istalgan yo’li bo’yicha poyezdlar harakatini tashkillashtirish uchun to’rt simli va umumiy qilib ko’zda tutiladi s sootvetstvuyushey dlya etogo nastroykoy. Yo’nalishni o’zgartirishning namunaviy sxemalari bilan № 3,6 adabiyotlarda tanishish mumkin. Berilgan bo’g’iz uchun yo’nalishni almashtirish sxemasini keltirish lozim. AB ni ETS bilan bog’lash sxemalari kurs loyihasida berilgan stansiya sharoitlariga mos kelishi shart.
7-rasm. O’zgaruvchan tok elektr tortuvidagi ikki izli peregondagi O tipli signal qurilmasi
8-rasm. Ikki izli peregon kirish oldi signal qurilmasi relelar shkafining sxemasi
10 Stansiyaning bir va ikki ipli rejasi
Stansiyaning bir ipli rejasi
Qabul qilish, jo‘natish va poyezdlarni parkdan parkka yetkazish bo‘yicha barcha poyezdli qatnovlar signallar bo‘yicha amalga oshiriladi va albatta marshrutlashtiriladi.
Manyovrli harakatlanishlar ham marshrutlashtiriladi, stansiyani izoliyasiyalangan rayonlari bundan mustasno, u yerda saralash ishlari amalga oshiriladi va strelkalar mahalliy boshqariladi.
Poyezdlar to‘xtovsiz o‘tkaziladigan yoki yassi strelka bo‘ylab 50 km/soat dan yuqori tezlik bilan harakatlanadigan asosiy va yon yo‘llarda machtali svetoforlar o‘rnatiladi (Ч1).Qolgan chiqish va manyovr svetoforlari qoida bo‘yicha pakana svetoforlar bo‘lishi kerak.
Stansiyaning asosiy yo’llari rim raqamlari bilan belgilangan mos ravishda IП ва IIП, strelkalar peregon tomonidan belgilangan, toq yo’nalish bo’ylab harakatlanuvchi poyezd strelkalari arab toq raqamlari bilan raqamlandi: 1/3, 5, 7/9, 11, 13 (7.1-rasm). Undan keyin strelkali hududlarni seksiyalarga bo‘lishni amalga oshiriladi ( 1CП, 3CП, 5-7CП, 11CП, 9-13CП).
Ч2, Ч3, Ч4, Ч5 chiqish svetoforlari qabul – jo’natish yo’llari ixtisosligini hisobga olgan holda o’rnatildi.
Stansiyaning ikki ipli rejasi
Stansiyaning ikki ipli rejasi – bu tashqi izolyasiyalovchi tutashmalar bo‘shab chiqishi holatida xavfli ishdan chiqishga yo‘l qo‘ymaslik uchun ta’minot manbalari qanday ulanishi ko‘rsatiladigan ikki ipli ko‘rinishda tasvirlanadigan stansiya planidir.
Stansiyaning ikki ipli rejasi bir ipli reja asosida quriladi.
Stansiyaning ikki ipli rejasida quyidagilar inobatga olinishi kerak:
1.Stansiyada izostiklarni to’g’ri o’rnatish.
2. RZ larda faza-qutb almashinishiga e’tibor berish.
3. RZ qurilmalarida DT larni to’g’ri o’rnatish.
4.Seksiyalarni nomerlash.
Stansiyaning ikki ipli rejasida strelkali seksiyalar quyidagicha nomlanadi: 1CП, 3CП, 5-7CП, 11CП, 9-13CП. Strelkasiz seksiya esa quyidagicha nomlanadi: 1/9П.
Stansiyaga kirish svetoforidan keying yaqinlashish uchastkasi НАП,chiqish svetoforidan oldingi uchastka esa IП, IIП, 3П, 4П, 5П deb nomlanadi. Fazasezgirli yo‘l qabul qilgichli tarmoqlanmagan RZlarining ta’minot va rele uchlari shunday joylashtiriladiki, bir yo‘lli uchastkadagi stansiyalarlarda LAS kodlarini jo‘natish (kodlash) RZning ta’minot uchidan, ikki yo‘lli uchastkadagi stansiyalarda qabul qilish marshrutlarida – rele uchidan, jo‘natish marshrutlarida – ta’minot uchidan amalga oshirilsin.
Stansiyaning ikki ipli rejasiga izolyasiyalovchi tutashmalarni bir ipli rejadan ko‘chirib o‘tilgandan keyin qo‘shni rels zanjirlaridagi ta’minotning oniy qarama-qarshi qutblarining almashinuviga amal qilinayotganligiga ishonch hosil qilish kerak.
Izolyasiyalovchi tutashmalarni joylashtirishni to‘g‘riligini tekshirish har bir yopiq konturda tutashmalarning juft qiymatini ta’minlash usuli bo‘yicha amalga oshiriladi. Bunda strelka ulagichdan tok oqishi tekshiriladi ularning butunligini nazorat qilish uchun.
Bundan tashqari, stansiyalarda qabul qilish-jo‘natish yo‘llarining soni oltitagacha bo‘lsa, barcha izolyasiyalangan seksiyalar ikki ipliga ajratiladi. Qolgan hollarda bir ipli RZ qo‘llashga ruxsat etiladi.
Ta’minot va rele uchlari apparaturalari ikki ipli RZ ga DT ning signal cho‘lg‘ami orqali yoqiladi. RZ da DT lar soni RZ tipi va tortqi tokini kanalizatsiyalashning maxsus loyihalangan sxemasi orqali aniqlanadi.
Stansiya bo‘g‘izi va qabul qilish-jo‘natish yo‘llari oralig‘ida RZ dan yopiq konturlar vujudga kelishi mumkin. RZ ishlashining nazorat rejimini bajarilish shartlari bo‘yicha signal tokining aylanib o‘tish zanjirlarini mustasno qilish uchun drosselaro va yo‘llararo ulagichlar bo‘ylab va boshqa RZ dan bunday yopiq kontur fazasezgirli yo‘l qabul qilgichli RZ uchun va 50Gs chastotali 6 RZ dan kam, 25 Gs chastotali 10 RZ dan kam RZ ni o‘z ichiga olishi mumkin emas.
Do'stlaringiz bilan baham: |