Kurs ishi mavzu: Islom iqtisodiyotida investitsiya va uning turlari Bajardi: xmim yo’nalishi 3-kurs talabasi Yuldashev J. Y. Ilmiy rahbar: katta o’qituvchi Batirova N. Sh. Toshkent 2022 Mundarija Kirish


-rasm. Islomiy investitsiya jamgʻarmalarining tasnifi



Download 230,1 Kb.
bet9/11
Sana26.05.2022
Hajmi230,1 Kb.
#610015
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Islom iqtisodiyotida investitsiya va uning turlari

1-rasm. Islomiy investitsiya jamgʻarmalarining tasnifi.
Hissadorlik kapitali jamgʻarmasi (private equity). Mazkur jamgʻarmada investitsiyalar miqdori maʼlum bir kompaniyaning aksiyalariga joylashtiriladi. Foyda asosan aksiyalarni sotib olish va bahoning ortishi hisobiga, uni sotishdan olingan foyda hisobiga shakllanadi. Foyda, shuningdek, aksiyalari sotib olingan mos kompaniyalardan kelib tushgan dividendlardan ham olinishi mumkin.
Aniqki, agar firmaning asosiy faoliyati shariat nuqtai nazaridan noqonuniy boʻlsa, u holda islomiy jamgʻarma uning aksiyalarini sotib olishi, ushlab turishi va sotishi mumkin emas, chunki bu hissadorlarning man etilgan biznesda ishtirok etishiga olib keladi.
Koʻchmas mulk investitsiya trastlari (KMIT) – investorlar mablagʻlarini umumiy jamgʻarmaga jamlovchi trastlar yoki hissadorlik jamiyatlari boʻlib, mazkur mablagʻlar keyin mulklarni sotib olish, rivojlantirish yoki ijaraga berish uchun ishlatiladi. Islomiy KMIT – sharʼiy ruxsat berilgan koʻchmas mulkka jamoaviy investitsiya qilish usulidir.
Islomiy KMIT oʻzi ishlatadigan barcha investitsiya shakllari va moliyaviy vositalarning shariat qoidalariga muvofiqligini taʼminlashi shart.
Xuddi anʼanaviy KMITlar singari islomiy KMITlar ham quyidagi umumiy belgilarga ega:
– shariat qoʻmitasi tashkil etishni (majburiy emas!) oʻz ichiga olmagan holda jamgʻarma egalari, boshqaruvchi kompaniya, ishonchli mulkdor, mulk boʻyicha menejer va inspektorlar KMIT ishtirokchilari (tomonlari) hisoblanadi;
– KMITni tashkil etishdan koʻzlangan maqsad – aholining mablagʻlarini safarbar qilish va ularni koʻchmas mulk bozoriga olib kirishdir;
– jamgʻarma egalari dividend va kapital foydasi koʻrinishida oʻz investitsiyalaridan moliyaviy manfaat oladilar. Lozim boʻlgan taqdirda ular oʻz investitsion sertifikatlarini qayta sotishlari mumkin;
– islomiy KMITlar faoliyat mexanizmi shariat tomonidan butkul ruxsat etilgan boʻlishi shart;
– islomiy KMITlar mulki faoliyati shariatga muvofiq kelmaydigan tashkilotlarga ijaraga berilishi mumkin emas.
Ijara jamgʻarmasi islomiy jamgʻarmalarning yana bir shaklini oʻzida ifodalaydi. Ijara jamgʻarmasida yigʻilgan mablagʻlar koʻchmas mulk, avtomashina va boshqa asbob-uskunalarni keyinchalik ijaraga berish maqsadida sotib olish uchun ishlatiladi. Ushbu aktivlarga boʻlgan egalik huquqi jamgʻarmada qoladi, foydalanuvchilardan esa ijara toʻlovi undiriladi. Mana shu ijara toʻlovi jamgʻarmaning daromadi manbaini oʻzida ifodalaydi va u ishtirokchilar oʻrtasida mutanosib taqsimlanadi. Jamgʻarmaning har bir ishtirokchisiga ijaraga olingan mulkka mutanosib egalik huquqini tasdiqlovchi guvohnoma beriladi va bu daromadlarga uning ulush huquqini kafolatlaydi. Ushbu guvohnomani anʼanaviy islom fiqhida qabul qilingan atama – “sukuk” deb nomlanadi. Mazkur sukuklar likvidli miqdor (pullar) va qarzni emas, balki uning egalari (sukuk ushlovchilar)ga moddiy aktivlarga mutanosib mulkdorlikni oʻzida aks ettirgani bois, ular butkul muomalaga layoqatli hisoblanadi va ikkilamchi bozorda sotilishi hamda sotib olinishi mumkin. Ushbu hujjatni sotib olgan har qanday shaxs aktivlarga ulush huquqi egaligida sotuvchining oʻrnini egallaydi hamda unga asl mulkdorning huquq va majburiyatlari oʻtadi. Mazkur hujjatlarning bahosi, odatda, bozor omillari va ularning daromadliligi asosida aniqlanadi. Lekin ijara bitimlari shariat qoidalariga muvofiq kelishi lozimligini eʼtiborga olish kerak va u oddiy moliyaviy ijara shartnomalari toʻgʻrisidagi kelishuvlarda ishlatiladigan tartib va talablardan jiddiy farq qiladi. Uning asosiy qoidalari quyidagilardan iborat:
– ijaraga olingan aktivlar biron-bir foydali xususiyatga ega boʻlishi va mazkur foydali xususiyatlar ijara oluvchiga oʻtkazilgan vaqtdan boshlab ijara toʻlovi undirilishi lozim;
– ijaraga olingan aktivlar ulardan foydalanishning joiz (halol) boʻlishiga imkon beruvchi xususiyatga ega boʻlishi shart;
– ijaraga beruvchi aktivga boʻlgan egalik huquqidan kelib chiquvchi barcha majburiyatlarni oʻz zimmasiga oladi;
– ijara toʻlovi belgilangan va shartnoma avvalidayoq maʼlum boʻlishi shart.
Jamgʻarmalarning mazkur shaklida boshqaruv oʻzida omonatchilarning agentini ifodalaydi va shuning uchun u oʻz xizmatlari uchun toʻlov olish huquqiga ega boʻladi. Boshqarish uchun toʻlov oʻrnatilgan miqdor yoki olingan ijara toʻlovidan ulush shaklida boʻlishi mumkin. Aksariyat fiqhshunoslar bunday jamgʻarmani murobaha bitimi asosida tashkil etish mumkin emas deb hisoblaydilar, chunki, ularning fikricha, murobaha bitimi tovarlar sotish bilan cheklangan va xizmatlar koʻrsatish hamda ijara biznesiga tatbiq etilmaydi. Lekin hanbaliy mazhabiga koʻra, murobaha ijara va xizmatlar koʻrsatishga ham tatbiq etilishi mumkin.
Oldi-sotdining ushbu shakli zamonaviy islomiy banklar va moliyaviy muassasalar tomonidan qabul qilingan. Ular tovarni oʻz mijozlari uchun sotib oladilar, keyinchalik uni kelishilgan foyda meʼyori boʻyicha toʻlov muddatini uzaytirish asosida mijozlarga sotadilar. Agar jamgʻarma mana shunday oldi-sotdi shaklini amalga oshirish maqsadida tashkil etilsa, u yopiq jamgʻarma boʻlishi shart (uning paylari chetdagi kishilarga hamda ikkilamchi bozorda sotilishi mumkin emas). Buning sababi shuki, murobaha bitimlari qoʻllanadigan amaldagi moliyaviy muassasalarda tovarlar xariddan keyin mijozlarga darhol beriladi, shu bilan birga tovar bahosi toʻlanishi lozim boʻlgan qarzga aylanadi. Shuning uchun murobaha portfeli hech qanday moddiy aktivlarga ega boʻlmaydi. U naqd pullar yoki qarzlarni oʻz ichiga oladi. Shu sababli jamgʻarma paylari (omonatlari) faqat pul yoki qarzlarni ifodalaydi va ushbu ikki narsa avval ham aytib oʻtilganidek qayta sotilishi mumkin emas. Agar ular pullarga almashtiriladigan boʻlsa ham, faqat nominali boʻyicha alishtirilishi mumkin.
Islomiy jamgʻarmalarning joiz hisoblangan yana bir shakli – tovar jamgʻarmalaridir. Mazkur shakldagi jamgʻarmada yigʻilgan miqdor turli tovarlarni qayta sotish maqsadida sotib olish uchun ishlatiladi. Bunda olingan foyda jamgʻarma daromadi hisoblanadi va u omonatchilar oʻrtasida mutanosib taqsimlanadi. Jamgʻarma faoliyati shariatga muvofiqligini taʼminlash uchun savdo bitimlariga qoʻyiladigan barcha talablarga rioya etish zarur:
– tovar sotish davrida sotuvchiga tegishli boʻlishi shart, shu sababli kishi oʻzi tovarga egalik qilmagan holda amalga oshiriladigan qisqa sotuvlar deb ataluvchi savdolarga ruxsat etilmaydi;
– forvard (hali mavjud boʻlmagan tovarlarni) sotuvlari ham ruxsat etilmaydi, salam va istisnoʼ bundan mustasnodir;
– tovarlar sharʼan ruxsat etilgan boʻlishi lozim (masalan, spirtli ichimliklar, tamaki va boshqa shariat taqiqlagan mahsulotlar boʻlmasligi shart);
– tovar voqelikda yoki jismoniy jihatdan sotuvchining egaligida boʻlishi shart (voqelikda egalik qilish deganda har qanday harakat yordamida tovarga egalik qilish xatarining xaridorga oʻtkazilishi tushuniladi);
– tovar bahosi belgilangan va tomonlarga maʼlum boʻlishi shart. Shubhali hodisa bilan bogʻliq yoki gumonli har qanday baho bitimni qonuniy kuchidan mahrum etadi.
Islomiy jamgʻarmaning yana bir shakli yigʻilgan mablagʻlarni turli xildagi, masalan, aksiyalar, ijara, turli tovarlar va h.k. singari investitsiyalarga yoʻnaltirish maqsadida tiklanishi mumkin. Uni aralash shakldagi jamgʻarma deb ham atash mumkin. Bu holatda jamgʻarmaning moddiy aktivlari 51% dan ortiqni, shu bilan bir vaqtda likvidli aktivlari 50% dan ozroqni tashkil etadi, jamgʻarmaning pay (omonat)lari aylanma (jamgʻarmaga aloqador boʻlmagan kishilarga sotilishi mumkin) boʻlishi mumkin. Lekin likvidlilik va qarzlar mutanosibligi 50% dan oshib ketsa, aksariyat fiqhshunoslarning fikricha, jamgʻarma paylari sotilishi mumkin emas. Bu vaziyatda jamgʻarma yopiq shakldagi jamgʻarma boʻlishi lozim (bunda jamgʻarma sertifikatlari faqat uning omonatchilari orasida taqsimlanadi).
Islomiy investitsiya jamgʻarmalarining boshqarish samaradorligini baholash uchun islomiy fond indekslaridan foydalaniladi.
1999-yilda global islomiy indekslar joriy etilgan vaqtdan boshlab joiz boʻlgan oriyentir-indekslar diapazoni iqtisodiy va geografik miqyoslarda yanada kengaydi. Hozirgi vaqtda kapitalning islomiy bozorini qamrab olgan global islomiy indekslarning toʻrt asosiy manbasi mavjud.
Dow Jones (DJIM) bozor indekslari islomiy guruhi 69 ta mamlakatning rivojlangan va rivojlanayotgan bozorlarini qamrab olgan hamda shariatga muvofiq keluvchi qimmatli qogʻozlarni kuzatib borish uchun keng miqyosdagi mezonlarni taqdim etish imkonini beradigan darajada kengaydi. Dow Jones (DJIM) bozor indekslari islomiy guruhi, shuningdek, hududiy, tarmoqlar va bozor kapitallashuvi indekslarini hamda maxsus indekslar va xususiy baholovlarni oʻz ichiga olgan.
Islomiy fond indekslarining qatʼiy zarurligini eʼtirof etgan holda Standard & PoorʻS (S&P) 2006-yilda dastlab shariatga muvofiq keladigan uchta asosiy – S&P500, S&P Europe 350 va S&P Japan 500 indekslarini tanlab oldi.


Download 230,1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish