Kurs ishi mavzu: Islom iqtisodiyotida investitsiya va uning turlari Bajardi: xmim yo’nalishi 3-kurs talabasi Yuldashev J. Y. Ilmiy rahbar: katta o’qituvchi Batirova N. Sh. Toshkent 2022 Mundarija Kirish



Download 230,1 Kb.
bet2/11
Sana26.05.2022
Hajmi230,1 Kb.
#610015
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Islom iqtisodiyotida investitsiya va uning turlari

Kurs ishi maqsadi: Islom iqtisodiyotida investitsiya va uning turlari haqida ilmiy-metodik tavsiyalar ishlab chiqish.
Kurs ishi ob’ekti: Islom iqtisodiyotida investitsiya va uning turlari bilan tanishtirish jarayoni.
Kurs ishi predmeti: Islom iqtisodiyotida investitsiya va uning turlari ahamiyati bilan tanishtirish ko’nikmalari
Kurs ishining amaliy ahamiyati. Kurs ishi jarayonida ilgari surilgan fikrlardan, yondashuvlardan hamda samaradorligini ta’minlovchi Kurs ishi natijalaridan pedagogik fanlar bo‘yicha ma’ruzalar tayyorlash, qo‘llanmalar yaratish, shuningdek metodik tavsiyanomalar yaratishda, ish tajribalarini ommalashtirishda samarali foydalanishga xizmat qiladi.
Kurs ishi ishining tarkibiy tuzilishi va hajmi: ish kirish, 2 bob, 4 bo’lim, umumiy xulosalar va tavsiyalar, foydalanilgan adabiyotlar ro’yhatidan iborat.


I bob. Investitsiya haqida tushuncha va uning iqtisodiy mazmun mohiyati
1.1. Investitsiya haqida tushuncha va uning shakllari
Investitsiya haqida umumiy tushunchaga ega bo’lish uchun avvalo quyidagi savolga javob berib o’taylik. Nima uchun siz oliy ta’limga o’qishga kirdingiz? Siz bu davr mobaynida ketadigan vaqtingiz va pulingizni boshqa narsalar uchun masalan, ish yoki sayohat uchun sarflashingiz mumkin edi. Biroq siz oliy ta’limda o’qishni davom ettirishni tanladingiz va siz bu bilan kelajakda, bitirganingizdan so’ng yuqori maosh olishni, yaxshiroq hayot tarziga erishishni maqsad qilgansiz. Shuning uchun siz bugun pul va boshqa resusrlaringizni kelajakda ko’proq qaytarib olish uchun qurbon qilmoqdasiz. Xuddi shunday, kelajakdagi daromadlar uchun hozir qilinayotgan sarflar investitsiya hisoblanadi.
Investitsiya (lotincha “ivestio” – o’rash) – iqtisodiyotni rivojlantirish maqsadida xorijda yoki o’z mamlakatida iqtisodiy sohalarga, innovatsiyon loyihalarga uzoq muddatli kapital kiritishdir. Investisiyalarning iqtisodiy mazmuni va mohiyati haqida iqtisodchi olimlar o’rtasida turlicha qarashlar mavjud. Jumladan, iqtisodiyot bo’yicha nobel mukofoti laureati U. Sharp ta’kidlashicha: “investitsiyalar kelgusida (ehtimol, nomuayyan) qiymatlik olish maqsadida hozirgi vaqtda muayyan qiymatlikdan voz kechishdir”1. Yana bir qator iqtisodchi olimlardan Kempbell R. Makkonell, Stanli L. Bryu investitsiya tushunchasini quyidagicha sharhlaydilar: “investitsiya (investment) – bu moddiy zahiralarning ko’payishi, ishlab chiqarish vositalarining jamg’arilishi va ishlab chiqarishga xarajatlar”2. Ushbu ta’rif o’z mazmuniga ko’ra, ko’proq “kapital qo’yilmalar” tushunchasiga mos keladi. Shuningdek rossiyalik iqtisodchi olim L. Igoshina tomonidan: “investitsiyalar – pulni saqlash, ko’paytirish yoki ijobiy miqdordagi daromadni ta’minlashni hisobga olgan holda uni joylashtirish mumkin bo’lgan har qanday vosita sifatida ifodalanadi”3. Mamlakatimiz iqtisodchi olimlaridan A. Vaxabov, Sh. Xajibakiyev, N. Mo’minovlar tomonidan investitsiylarning mazmun-mohiyati bo’yicha bayon etilgan ta’rifda: “investitsiyalar – foyda olish hamda ijobiy ijtiomoiy samaraga erishish maqsadida tadbirkorlik obyektlariga va boshqa faoliyat turlariga qo’yiladigan pul mablag’lari, banklarning maqsadli omonatlari, aksiyalar, boshqa qimmatli qog’ozlar, texnalogiyalar, mashinalar, uskunalar, litsenziyalar, kreditlar, har qanday boshqa mol-mulk yoki mulkiy huquqlar, intellektual boyliklar”4 deb ta’riflangan.
Yuqoridagi ta’riflardan kelib chiqib investitsiya tushunchasi juda keng mazmun kasb etishini, uni har xil talqin etish mumkinligini bilib olish mumkin. Bu ta’riflarni umumlashtirib investitsiyalar kelajakda yuqori daromadga erishish uchun bugungi resurslarning sarflanishi sifatida belgilab, kiritilgan kapitalni ko’paytirish va qayta tiklashga, ishlab chiqarish quvvatini oshirishga qilingan sarf-xarajatlarning pul ko’rinishdagi shakli deb aytishimiz mumkin. U asosan pul mablag’lari, aksiya, bank kreditlari va qimmatli qog’ozlar orqali amalga oshiriladi. Shunga ko’ra investitsiya ikki turga nominal investitsiya va real investitsiyaga bo’linadi. Pul mablag’lari ko’rinishdagi investitsiya nominal investitsiya, mana shu mablag’lar evaziga sotib olish mumkin bo’lgan investitsion resurslar real investitsiyalar deb ataladi. Investitsiyaga kengroq ma’noda ta’rif bersak, u foyda yoki boshqa foydali maqsadga erishish uchun biron bir tadbirkorlik obyektiga (korxonaga) yoki boshqa faoliyatini yuritish uchun pul mablag’larini, qimmatbaho qog’ozlarni, pulda baholovchi mol-mulkni, jumladan mulkiy yoki boshqacha huquqlarni yo’naltirish deb tushunish zarur. Bunda ishlab chiqarish vositalarini investitsion tovarlar yoki invistitsion resurslar deb ataladi. Investitsion resurslar (tovarlar) va kapital sanoat korxonasida sinonim sifatida ishlatiladi. Ushbu terminlar mazmuniga pul kiritilmaydi, chunki u o’z - o’zidan hech narsa ishlab chiqarmaydi, ishlab chiqarish resurs sifatida ishlatilmaydi. Pul ishlab chiqarish resurslarini sotib olish uchun manbaa bo’lib hisoblanmaydi. Shunday qilib investitsion tovarlarni (resurslari) uzoq muddatda foydalanadigan ishlab chiqarish vositalari bo’lib u ko’plab tovarlar va xizmatlar ishlab chiqarish va foyda olish maqsadida foydalaniladi. Investitsiyalarni amlaga oshirish bo’yicha amaliy harakatlar investistion faoliyat deyiladi.
1-jadval

Download 230,1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish