Darsga oid kometensiya:
Tayanch va fanga oid kompetensiya: Fizika fani va qonunlari kompentensiyasi, fizik kattaliklar kompentensiyasi...
Fanlararo aloqadorlik: Matematika, astronomiya, biologiya, kimyo.
Darsning jihozlari: darslik, qo`shimcha adabiyotlar, tarqatma materiallar.
Asosiy tushuncha va atamalar: Maxsus nisbiylik nazariyasi asoslari. Relyativistik qonuni
Darsning blok chizmasi:
№
|
Dars bosqichlari:
|
Vaqti:
|
1
|
Tashkiliy qism
|
3 minut
|
2
|
O`tilganlarni takrorlash
|
10 minut
|
3
|
Yangi mavzuni bayoni
|
25 minut
|
4
|
Darsni mustahkamlash
|
5 minut
|
5
|
Uyga vazifa
|
2 minut
|
Darsni o`tish metodi: joriy, baxs munozara, savol- javoblar.
Darsni borishi:
Tashkiliy qism: O`quvchilar bilan salomlashish, davomatini aniqlash, navbatchilikni nazorat qilish.
O`tilgan darsni takrorlash: uyga vazifani tekshirish orqali o`tilganlarni takrorlash. Yangi mavzu bayoni:
Elektronning to’lqin xossasini ochilishi unga oddiy zarracha sifatida emas, balki to’lqin xossasiga ega bo’lgan murakkab bir borliq sifatida qarash kerakligini ko’rsatadi. Uni o’lchami, aniq traektoriyasi haqida gapirish qiyin. Elektron fotondan farqli zaryadiga ega bo’lib, uni fazodagi vaziyati va taqsimlanishi boshqa zarrachalar bilan, masalan atomda yadro bilan o’zaro ta’sirlashishiga bog’liq bo’ladi.
Klassik mexanikada moddiy nuqta bir vaqtning o’zida aniq koordinataga, impuls va traektoriyaga ega bo’ladi.
Mikrozarra to’lqin xossaga ega bo’lgani uchun u klassik mexanikadagi zarrachadan farq qiladi. Asosiy farq shundaki, mikrozarrachani traektoriyasi bo’lmaydi. Bundan tashqari uni aniq koordinata va impulsi haqida ham gapirish mumkin emas. Masalan, mikrozarrachani impulsini to’lqin uzunligi orqali ifodalashimiz mumkin. Ammo mikrozarracha to’lqin xossaga ega bo’lgani uchun u fazoda ancha katta oraliqni egallaydi va koordinatasining noaniqligi katta bo’ladi. Demak, zarrachani impulsi aniq bo’lsa, uni koordinatasi noaniq qoladi. Aksincha mikrozarrani koordinatasini aniq hisoblasak, uning impulsining noaniqligi r ortadi, ya’ni x0 bo’lganda r bo’ladi.
1927 yilda nemis olimi Verner Geyzenberg (1901-1976) mikrozarrachalarning to’lqin xossasini hisobga olib, ularning impuls va koordinatalarini bir xil aniqlik bilan hisoblab bo’lmaydi degan xulosaga keldi va o’zining noaniqliklar munosabati qonuni yaratdi.
Mikrozarraning impuls va koordinatasini aniq o’lchab bo’lmasligi o’lchov asboblari aniqlik darajasiga bog’liq bo’lmasdan mikrozarraning to’lqin xossasidan kelib chiqadi.
Agar mikrozarraning fazodagi koordinatalarini X, U, Z va impulsining o’qlardagi proekciyalari Rx, Ru, Rz desak, Geyzenberg noaniqlik munosabatlariga ko’ra koordinata noaniqligini impuls noaniqligiga ko’paytmasi Plank doimiysidan kichik bo’lmaydi, ya’ni :
(19.2)
Demak, koordinata noaniqligi impuls noaniqligiga ko’paytmasi doimo h dan katta bo’ladi. Impuls koordinata-lar juda katta aniqlikda o’lchanganda ularning ko’paytmasi h teng bo’lishi mumkin. (19.2) munosabatlardan ko’rinadiki, koordinatalrni juda katta aniqlikda o’lchab, uni noaniqligi X ni juda kichik bo’lishiga (X=0) erishish mumkin. Ammo bu vaqtda mikrozarra impulsini noaniqligi R ortib ketadi (r=). Doimo X ni R ga ko’paytmasi Plank doimiysi h dan katta bo’ladi. Bundan zarraning impulsi va koordinatasini bir xil aniqlikda o’lchab bo’lmasligi kelib chiqadi.
Bundan tashqari mikrozarraning energiyasi va vaqtini o’lchashdagi noaniqliklar uchun quyidagi munosabat ham mavjud:
(19.3)
Bu ifodadan yashash vaqti t bo’lgan zarrani energiyasi aniq bir W qiymatga ega bo’lmasligi kelib chiqadi. Zarraning yashash vaqti kamayishi bilan uning energiyasining noaniqligi ortadi.
Shunday qilib, noaniqliklar munosabatlari inson irodasiga bog’liq bo’lmagan o’zaro bog’lanishlarni ifodalaydi. Shuning uchun ham bu munosabatalarni tabiatning ob’ektiv qonuni deb qaramoq lozim.
Mustahkamlash:
Nisbiylik nazariyasi deb nimaga aytiladi ?
Eynshteynning nisbiylik nazariyasi deb nimaga aytiladi?
Tezliklarni qo’shishning relyativistik qonunini tushuntiring
Mikrozarra deb nimaga aytiladi?
Uyga vazifa: 7- betdagi savollarga javob yozish.
Baholash: dars davomida baholab jurnalga qayd qilish.
Do'stlaringiz bilan baham: |