Asosiy tushuncha va atamalar: Elektromagnit induksiya, Induksion E.Yu.K, Lens qoidasi...
Darsning blok chizmasi:
№
|
Dars bosqichlari:
|
Vaqti:
|
1
|
Tashkiliy qism
|
3 minut
|
2
|
O`tilganlarni takrorlash
|
10 minut
|
3
|
Yangi mavzuni bayoni
|
25 minut
|
4
|
Darsni mustahkamlash
|
5 minut
|
5
|
Uyga vazifa
|
2 minut
|
Darsni o`tish metodi: joriy, baxs munozara, savol- javoblar.
Darsni borishi:
Tashkiliy qism: O`quvchilar bilan salomlashish, davomatini aniqlash, navbatchilikni nazorat qilish.
O`tilgan darsni takrorlash: uyga vazifani tekshirish orqali o`tilganlarni takrorlash.
Yangi mavzu bayoni:
E
13.4 – расм.
lektr toki oqayotgan har qanday o’tkazgich o’zining “xususiy” magnit maydonida joylashadi. Shuning uchun konturdan oqayotgan tok kuchining o’zgarishi natijasida xuddi shu konturning o’zida elektromagnit induksiyasi ro’y beradi. Bu hodisani o’zinduksiya hodisasi deyiladi.
Konturdan o’tayotgan tok tufayli vujudga kelgan magnit oqimi tok kuchiga proporcional bo’ladi, ya’ni: (13.7)
bu erda L - konturning induktivligi, u konturning shakli va o’lchamlari, hamda muhitning magnit singdiruvchanligiga bog’liq kattalikdir. SI da induktivlikning birligi - genri (Gn) deb ataladi. Demak, 1Gn shunday g’altakning induktivligiki, bu g’altakdan 1A o’zgarmas tok o’tganda vujudga keladigan magnit oqimi 1 Vb bo’ladi. Uzunligi o’ramlar soni n bo’lgan solenoid (g’altak)ning induktivligi (13.8) ifoda bilan aniqlanadi.
Konturning induktivligi o’zgarmas bo’lgan hol uchun o’zinduksiya EYuK
(13.9) ifoda bilan aniqlanadi. Demak, induktivligi 1Gn bo’lgan konturdan o’tayotgan tok kuchi 1 sekundda 1A ga o’zgarsa, konturda 1V o’zinduksiya EYuK vujudga keladi. Tokning boshqa (qo’shni) konturda o’zgarish tufayli shu konturning o’zida induksion tokni hosil qilinishi o’zaro induksiya deb ataladi. Ikkita kontur olaylik (13.4-rasm). Birinchi konturdan oqayotgan tok kuchining dI1 ga o’zgarishi ikkinchi kontur yuzini kesib o’tayotgan magnit oqimi (13.10) ga o’zgaradi. Bu esa o’z navbatida ikkinchi konturda (13.11) induksiya EYuK ni vujudga keltiradi. Xuddi shuningdek, ikkinchi konturdan oqayotgan tok kuchining dI2 ga o’zgarishi tufayli birinchi kontur yuzini kesib o’tayotgan magnit oqimi (13.12) ga o’zgaradi. Natijada (13.13) induksiya EYuK vujudga keladi. L12 va L21 lar konturlarning o’zaro induktivligi deb ataladi. Tajribalar va nazariya ham L12 = L21 ekanligini isbotlaydi.
1833 yilda Lens induksiya tokining yo’nalishini aniqlaydigan umumiy qoidani tajriba yo’li bilan topdi, bu qoida Lens qoidasi deb ataladi: Yopiq konturda hosil bo’lgan induksion tok shunday yo’nalgan bo’ladiki, uning xususiy magnit maydoni bu tokni vujudga keltirayotgan magnit induksiya oqimining o’zgarishiga to’sqinlik qiladi. Biz ko’rgan barcha hollarda induksion tokning yo’nalishi Lens qoidasiga mos kelayotganini ko’rish mumkin. Masalan, 1 konturdagi tok ortganda (13.2-rasm) ikkinchi kontur orqali o’tayotgan induksiya magnit oqimi ortadi. Bu vaqtda ikkinchi konturda hosil bo’lgan induksion tokning xususiy magnit maydoni birinchi konturning magnit maydoniga qarama-qarshi yo’nalgan bo’ladi. Bundan induksion tokning yo’nalishi birinchi g’altakda oqayotgan asosiy tokka qarama-qarshi yo’nalishda ekanligi kelib chiqadi. Induksion tokning yo’nalishini galvanometr strelkasini o’ng yoki chapga og’ishi orqali aniqlash mumkin. Magnitning shimoliy qutbini g’altakdan uzoqlashtirilganda (13.1b-rasm) kontur orqali o’tayotgan magnit induksiya oqimi kamayadi. Bu kamayishini oldini olish uchun induksiya tokining xususiy maydoni, endi asosiy tokning maydoniga mos yo’nalishi kerak. Bunda parma qoidasiga muvofiq induksion tok soat strelkasi yo’nalishida bo’ladi. Shunday qilib, yuqoridagilardan xulosa qilib, Lens qoidasini yana ham soddaroq ta’riflash mumkin: Yopiq konturda hosil bo’lgan induksion tok shunday yo’nalganki, induksiyalovchi magnit oqim ko’payayotganda induksion tokning xususiy magnit oqimi uni kamaytirishga va aksincha, kamayayotganda uni ko’paytirishga intiladi.
Mustahkamlash:
Qanday hodisaga o`zinduksiya hodisasi deyiladi?
O`zinduksiya hodisasi kuzatiladigan zanjirni chizib, uni tushuntiring.
O`zinduksiya koeffisentining birligi nima?
O`zinduksiya EYuKning ifodasini yozing va uni tushuntiring.
Uyga vazifa: 31- betdagi savollarga javob yozish.
Baholash: dars davomida baholab jurnalga qayd qilish.
Do'stlaringiz bilan baham: |