Darsning blok chizmasi:
№
|
Dars bosqichlari:
|
Vaqti:
|
1
|
Tashkiliy qism
|
3 minut
|
2
|
O`tilganlarni takrorlash
|
10 minut
|
3
|
Yangi mavzuni bayoni
|
25 minut
|
4
|
Darsni mustahkamlash
|
5 minut
|
5
|
Uyga vazifa
|
2 minut
|
Darsni o`tish metodi: joriy, baxs munozara, savol- javoblar.
Darsni borishi:
Tashkiliy qism: O`quvchilar bilan salomlashish, davomatini aniqlash, navbatchilikni nazorat qilish.
O`tilgan darsni takrorlash: uyga vazifani tekshirish orqali o`tilganlarni takrorlash..
Yangi mavzu bayoni:
1-masala: uzunligi 30 cm bo`lgan o`tkazgichdan 2 A tok o`tmoqda. O`tkazgich induksiyasi 1,5 T bo`lgan bir jinsli magnit maydonning induksiya chiziqlariga 30º burchak ostida joylashgan. O`tkazgich Amper kuchi yo`nalishida 4cm ga ko`chganda qanday ish bajariladi?
Berilgan:
l=30cm =0,3m
I=2A
B=1,5T
α=30º
d=4cm=4*10-2m
|
Formulasi :
A=I*B*l*d*sin α
[A]=A*(N/A*m)*m*m=N*m=j
|
Yechilishi :
A=22*1,5*0,3*4*10-2*1/2 J=
=18*10-3 J
Javob :A=18*10-3J
|
Topish kerak :
A=?
|
2-masala: orasidagi masofa 1,6 m bo`lgan qo`sh ( ikki) simli o`zgarmas elektir toki uzatish liniyasi simlarining har bir metr uzunligiga to`g`ri keluvchi o`zaro ta’sir kuchini toping. O`tkazgichlardan o`tayotgan tok kuchining qiymatini 40 A ga teng deb oling.
Berilgan:
I1=I2= 40A
d=1,6m
µ0=4π*10-7N/A2
l=1m
|
Formulasi :
F= µ0*(I1*I2/2 π*d)*∆l
[F]=N/A2*(A*A/m)*m=N
|
Yechilishi :
F=4π*10-7*(40*40/2 π*1,6)*1N=
=2*10-4N
Javobi: F=2*10-4N
|
Topish kerak :
F=?
|
3-masala: elektron magnit maydon induksiyasi 12 mT bo`lgan maydon induksiya chiziqlariga tik uchib kirib, u qanday tezlik bilan maydonga uchib kirgan?
Berilgan:
B=12mT=12*10-3 T
e=1.6*10-19C
R=4cm=4*10-2m
α=90º
m=9,1*10-31kg
|
Formulasi :
F=q* ʋ*B*sin α
Fmik=m* ʋ2/R
FL=Fmik
ʋ=e*B*R/m
[ʋ]=C*T*m/kg=m/s
|
Yechilishi :
ʋ=(1,6*10-19*12*10-3*4*10-2)/9,1*10-31 m/s=
=8,4*107m/s
Javob : ʋ =8,4*107m/s
|
Topish kerak :
ʋ=?
|
Mustahkamlash:
1-masala: radiusi 10cm, oramlar soni 500 a bo`lgan g`altakdan qanday tok o`tganda uning markazida 25 mT magnit maydon induksiyasi hosil bo`ladi? (Javob: 8 A)
2-masala: radiusi 10 cm bo`lgaqn tokli halqa induksiyasi 20 mT bo`lgan bir jinsli magnit maydonga joylashgan. Agar halqadan 2 A tok o`tayotgan bo`lsa magnit maydon tomonidan unga qanday maksimal kuch momenti ta`sir qiladi? (javob: 1,26 mN*m)
Uyga vazifa: 20- betdagi 5- va 7- masalalar.
VI. Baholash: dars davomida baholab jurnalga qayd qilish.
Ko`rildi:O`IBDO`: _______________ /___________________________/
Fizika fani, sinf: 11- __, ___, ___. Vaqti____ __________ 201__y.
9- Mavzu: Nazorot ishi -1.
Darsning maqsadi:
Ta`limiy: O`quvchilarni o`quv yili boshidan buyon olgan bilimlarni tekshirish va mustahkamlash.
Tarbiyaviy: O`quvchilarni vatanga muhabbat ruhida tayyorlash.
Rivojlaniruvchi: Mavzuni ko`rgazmali qurollar va qo`shimcha adabiyotlardan foydalanib o`quvchilarni bilim, ko`nikma va malakalarini oshirish.
Darsga oid kometensiya:
Tayanch va fanga oid kompetensiya: Fizika fani va qonunlari kompentensiyasi, fizik kattaliklar kompentensiyasi...
Fanlararo aloqadorlik: Matematika, astronomiya, biologiya, kimyo.
Darsning jihozlari: darslik, qo`shimcha adabiyotlar, tarqatma materiallar.
Asosiy tushuncha va atamalar: nazorot testi.
Darsning blok chizmasi:
№
|
Dars bosqichlari:
|
Vaqti:
|
1
|
Tashkiliy qism
|
3 minut
|
2
|
O`tilganlarni takrorlash
|
10 minut
|
3
|
Nazorot testi
|
30 minut
|
4
|
Uyga vazifa
|
2 minut
|
Darsni o`tish metodi: joriy, baxs munozara, savol- javoblar.
Darsni borishi:
Tashkiliy qism: O`quvchilar bilan salomlashish, davomatini aniqlash, navbatchilikni nazorat qilish.
O`tilgan darsni takrorlash: uyga vazifani tekshirish orqali o`tilganlarni takrorlash..
Nazorot testi:
Elektr tokining magnit ta`siri tok qaysi muhitardan o`tganda kuzatiladi?
A) elektrolitlardan; B) metallardan;
C) vakuumdan; D) istalgan muhitdan.
2. Magnit oqimining birligini ko`rsating.
A) Tesla; B) Veber;
C) Amper; D) Ersted.
3. O`tkazgichdan o`zgarmas tok o`tganda uning atrofida qanday maydon hosil bo`ladi?
A) elektr maydon; B) magnit maydon;
C) elektroagnit maydon; D) gravitatsion maydon.
4. Rasmda 4 juft tok o`tish yo`nalishlari tasvirlangan. Qaysi holda ular o`zaro tortishadi?
A ) B)
C ) D)
5. Rasmda 4 juft tok o`tish yo`nalishlari tasvirlangan. Qaysi holda ular o`zaro itarishadi?
A ) B)
C ) D)
6. Magnit maydonda joylashtirilgan yuzasi 0,05m2 bo`lgan tokli ramkadan 2A tok o`tmoqda. Agar ramkani aylantiruvci maksimal kuch momenti 40mN*m bo`lsa, ramka joylashgan maydonning induksiyasi nimaga teng?
A) 4π*10-6 T B) 6π*10-6 T
C) 2π*10-6 T D) 8π*10-6 T
7. Radiusi 4 cm bo`lgan sim halqadan 0,8 A tok o`tmoqda. Halqa markazidagi magnit induksiyasini aniqlang.
A) 2T ; B) 0,4 T
C) 0,5 T D) 0,2 T
8. Induksiyasi 0,1 T bo`lgan magnit maydon hiziqlariga tik joylashgan 25 cm uzunlikdagi o`tkazgichga maydonning ta`sir kuchi 0,5 N ga teng. O`tkazgichdan o`tayotgan tok kuchi nimaga teng ?
A) 2,5 A ; B) 0,4 A ;
C) 1,25 A; D) 0,2 A.
9. Magnit maydon induksiya chiziqlariga tik yo`nalishda elektron va proton uchib kirmoqda. Protonning massasi elektronning massasidan 1800 marta katta. Zaralarning qaysi biriga ta`sir ko`rsatgan Lorens kuchi katta bo`ladi?
A) elektronga; B) protonga;
C) ikalasiga bir xil; D) ta`sir kuchi 0 ga teng.
10. Chap qo`l qoidasi yordamida qanday kattaliklarning yo`nalishi aniqlanadi?
A) Amper kchi; B) Lorens kuchi;
C) Amper va Lorens kuchlari; D) induksion tok yo`nalishi.
11. Quyidagi keltirilgan kuchlarning qaysi biri ish bajaraydi?
A) Amper kchi; B) Lorens kuchi;
C) Kulon kuchi; D) ishqalanish kuchi.
12. Lorens kuchi harakatdagi zaryadli zarraning tezligini qanday o`zgartiradi?
A) ortiradi; B) kamaytiradi;
C) o`zgartirmaydi; D) yo`nalishini o`zgartiradi.
13. Lorens kuchi ifodasini ko`rsating.
A) F=mʋ2/R ; B) F=I*B*i*sinα;
C) F=µ0*(I1*I2/2π*d)*∆I; D) F=q*ʋ*Bsinα.
14. Proton induksiyasi 40mT bo`lgan bir jinsli magnet maydon kuch chiziqlariga tik holda 2*107m/s tezlik bilan uchib kirganda u qanday radiusli aylana chizadi (mp=1,67*10-27 kg)?
A) 1,5 cm; B) 4cm;
C) 2,5 cm; D) 5,2 cm.
15. Bir jinsli magnet maydonga tik uchib kirgan elektronning aylanish davri 20*10-12 s bo`lsa, magnet maydon induksiyasini aniqlang (T).
A) 1,5; B) 1,8;
C) 2,5; D) 3,2.
Uyga vazifa: O`tilgan mavzularni takrorlash.
Do'stlaringiz bilan baham: |