platforma bo‘ylab pastga sirpanadi. Uzluksiz harakatli mashinalarga PNB turidagi
to‘plovchi panjali yuklash
mashinalari ham kiradi
(8.28-rasm.).
Bu qabul qilish
plitasidan iborat bo‘lgan ishchi organli o‘ziyurar gusenitsali mashina, yon
tomonlarida plita chetidan markazga harakatni amalga oshiruvchi ikkita to‘plovchi
richag joylashgan. Ular ruda yoki jinslarni qamrab oladi
va kichikroq uzunlikdagi
yuklash konveyeriga olib boradi, uning vositasida etkazish yoki tashish
vositalariga yuklanadi.
8.13-rasm. O‘ziyurar yuklash-etkazish va yuklash-tashish jihozlari sxemalari: a
–
orqadan
bo‘shatishli cho‘michli yuklash mashinasi; 6
-
avtosamosval; v
–
cho‘michli yuklash-etkazish
mashinasi; g
–
cho‘michli yuklash-tashish mashinasi; 1
-
cho‘mich; 2
-
ag‘daruvchi kuzov
(bunker).
Davriy harakatli yuklash mashinalari cho‘mich ko‘rinishidagi
ishchi
organga ega. CHo‘michning orqadan yuk bo‘shatishli relsli yoki gusenitsali
yurishdagi PPN turidagi mashinalar uni o‘zidan oshirib tashlaydi, cho‘mich sig‘imi
0,3-1 m
3
, unumdorligi - 0,8-3 m
3
/min
(8.14-rasm).
CHo‘mich sig‘imi 1 -1,2 m
3
EP (EO) turidagi er osti ekskavatorlari kamida 5 m balandlikdagi ochiq qazish
bo‘shlig‘ida shinali yurishdagi o‘ziyurar etkazish
texnikasidan foydalanishda
qo‘llaniladi.
Etkazish jihozi kon massasini faqat etkazish uchun mo‘ljallangan,
shuning uchun yuklaydigan jihozli kompleksda ishlaydi.
Uzluksiz
harakatli
jihozlardan,
ayniqsa,
Qozog‘istonning rangli
metallurgiya konlarida titratma ta’minlagichlar bilan birgalikda (titratma
komplekslar) ishlaydigan titratma konveyerlar eng ko‘p tarqalgan. Titratma
konveyerni montaj qilish qulay bo‘lishi uchun 2 m.gacha uzunlikdagi
seksiyalardan yig‘iladi. Titratma konveyerlar unumdorligi 90- 100 m
3
/s tashkil
etadi, bitta yuritmaga uzunlik - 20-30 m. YUmshoq rudalarni (masalan,
marganetsli) qazib oluvchi ayrim konlarda lentali konveyerlardan foydalaniladi.
Og‘ir yirik bo‘lakli rudalarni etkazish uchun lentali konveyerlarning maxsus
turlari qo‘llaniladi, ular bo‘laklar zarbi tufayli lentaning tez emirilishiga to‘sqinlik
qiladi. Noabraziv rudalarni etkazish uchun kurakli konveyerlardan foydalaniladi.
Ular
metalli lotokdan iborat, qaysiki ruda tortuvchi zanjirga mahkamlangan
kuraklar bilan sudraladi. Bunday konveyerlar marganets rudalarini qazib oluvchi
mexanizatsiyalashgan qazish komplekslari tarkibiga kiradi.
Abrazivli rudalarni
etkazish uchun lentali-telejkali konveyerlar qo‘llaniladi
Do'stlaringiz bilan baham: