"Kimyo va uni o`qitish metodikasi" kafedra mudiri, dotsent kafedrasi dotsenti t f. n



Download 0,68 Mb.
bet2/6
Sana05.06.2022
Hajmi0,68 Mb.
#637590
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
2 5422741672599491847

2.2.Dissotsiyalanish darajasi
Elektrolitlar dissotsiyalanish darajasi bilan xarakterlanadi.
Elektrolitning dissotsiyalangan molekulalar sonining umumiy erigan molekulalar soniga nisbati dissotsiyalanish darajasi deb ataladi. Dissotsiyalanish darajasi kasr sonlar bilan yoki foiz hisobida ifodalanadi.
Kuchli elektrolitlarga dissotsiyalanish darajasi 0.3 yoki 30% dan yuqori, kuchsiz elektrolitlarga esa dissotsiyalanish darajasi 0.3 yoki 30% dan past bo'lgan moddalar kiradi. Dissotsiyalanish darajasi konsentrasiyaga bog'lik bo'lib, eritma suyultirilgan sari ortadi. Chunki eritmaning kichik konsentrasiyasida ionlarning to'qnashish extimolligi kamayadi. Dissotsiyalanish darajasi temperaturaga bog'lik bo'lib, u ko'tarilishi bilan ortadi, chunki bu xolatda molekuladagi bog'lanishlar kuchsizlanadi. Kuchli elektrolitlarga kuchli asos, kuchli kislota va tuzlar; kuchsiz elektrolitlarga esa kuchsiz kislota, kuchsiz asoslar va barcha organik kislotalar misol bo'la oladi. Elektrolitlarning dissotsiyalanish darajasi (a) ni izotonik koeffisiyenti (i) yordamida quyidagi tenglama asosida hisoblash mumkin:

bu yerda n - eritmadagi umumiy ionlar soni.
Masalan, CaCl2 tuzi eritmada 1 ta Ca2+ ioniga va 2 ta Clioniga dissotsiyalanadi, demak bu eritmada umumiy ionlar soni (n) 3 ga teng.
Ko'p negizli kislotalar, asoslar, tuzlar bosqich bilan dissotsiyalanadi. Masalan, H3PO4 uch bosqichda quyidagicha (uch negizli bo'lgani uchun) ionlarga dissotsiyalanadi:
H3PO4 = H++ H2PO4 I-bosqich (a=24%)
H2PO4 = H++ HPO4 II-bosqich (a=0.11%)
HPO4 = H++ PO4 III-bosqich (a=0.001%)
2.3.Bosqichli dissotsiyalanish
Dissotsiyalanishning birinchi bosqichi kuchli boradi, ikkinchisi kuchsizroq, uchinchi bosqich esa juda kam kuchsiz bo'ladi. Neytral H3PO4 molekuladan vodorod ionini ajratib olish manfiy zaryadlangan H2PO4 ioniga nisbatan oson, HPO4 ionidan esa H ionini ajratib olish qiyinroqdir.
Ko'p negizli kislotalar kabi, ikki va undan ortiq valentli metallarning asoslari ham bosichli dissotsiyalanadi. Masalan, Mg(OH)ning dissotsiyalanishi quyidagicha bo'ladi:
Mg(OH) MgOH+ + OHI - boskich
MgOH+  Mg2+ + OHII- boskich
Ko'p negizli kislota va yuqori valentli metall asoslarining bosqichli dissotsiyalanishi nordon va asosli tuzlar hosil bo'ishini ko'rsatadi.
Asosni neytrallash uchun kam miqdorda kislota olingan bo'lsa, asosning bir qism gidroksidi kislota qoldig'iga almashadi, bunda hosil
bo'lgan tuz tarkibida suv qoldig'i bo'lib, u asosli tuz hosil qiladi.
Masalan,
Al(OH)+ H2SO4 = Al(OH)SO4 + 2H2O
Bi(OH)+ HNO3 = Bi(OH)NO3 + H2O
Agar asosdan kam miqdorda olingan bo'lsa, tarkibida metallga almashmagan kislotaning vodorodi bo'llgan nordon tuz hosil bo'lishi mumkin. Masalan:
H3PO4 + KOH = KH2PO4 + H2O
Amfoter elektrolitlar. Suvda kam eriydigan metallarning ko'p
gidroksidlari kislotali muxitda asos kabi, asosli muxitda esa kislota kabi reaksiyaga kirishadi.
Bunday molekulalar ikki xil: ham kislota, ham asos kabi dissotsiyalanishi mumkin. Masalan, Zn(OH)molekulasi ham asos (I), ham kislota (II) kabi dissotsiyalanadi:
(I) ZnOH+ + ONZn(OH)H+ +HZnO2-
(II)Zn2+ + ONH+ +ZnO22-
Kislota ishtirokida, ya'ni H+ ionlari ortiqcha bo'lganda dissotsiyalanish II tipda bormay I bo'yicha boradi, ishqor ishtirokida OHionlar ortiqcha bo'lganda I tip bo'yicha dissotsiyalanish to'xtab, ionlarga parchalanish II tip bo'yicha boradi.

Download 0,68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish