"Kimyo va uni o`qitish metodikasi" kafedra mudiri, dotsent kafedrasi dotsenti t f. n


Kuchli elektrolitlarning eritmadagi holati



Download 0,68 Mb.
bet4/6
Sana05.06.2022
Hajmi0,68 Mb.
#637590
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
2 5422741672599491847

2.5.Kuchli elektrolitlarning eritmadagi holati

Kuchli elektrolit eritmalar spektrlarini o'rganish eritmada dissotsiyalanmagan molekulalar yo'qligini tasdiqlaydi. Kristallarni rentgenografik o'rganish (masalan KCl ni), ular ionli kristall panjaraga ega ekanligini ko'rsatadi. Kristall modda eritilganda kristall panjara yemiriladi va ionlar eritmaga o'tadi. Lekin elektr o'tkazuvchanlikni o'lchash kuchli elektrolit eritmalarida to'liq dissotsiyalanish mavjudligini tasdiklamadi, chunki eritmalarning elektr o'tkazuvchanligi faqat elektrolitning dissosilanish darajasiga boglik bo'lmay, ionlarning harakat tezligiga ham bog'liqdir. Kuchli elektrolit eritmalarida ionlar soni juda ko'p va ular bir-biri bilan shunday yaqin masofada joylashganki, ular orasida elektrostatik tortishish va itarilish kuchlari vujudga keladi.
Buning natijasida har qaysi ion o'z atrofida qarama-qarshi zaryadli ionlardan iborat "ion atmosferani" hosil qiladi va u eritmada ionlar harakatiga tusqinlik qiladi. Bu esa elektr o'tkazuvchanlikni kamaytiradi. Shuning uchun elektrolitning elektr o'tkazuvchanligini o'lchab topilgan
dissotsiyalanish darajasi birdan kichik bo'lib, uni effektiv yoki ko'rinma dissotsiyalanish darajasi deyiladi.
Effektiv dissotsiyalanish darajasining qiymati, ionlar orasida o'zaro ta'sir kuchi bo'lgani uchun, elektrolit elektr tokini xuddi hamma ionlarga dissotsiyalangandek o'tkazishini ("ion juftlari" hosil bo'lishini) ko'rsatadi. Ionlar orasidagi kuchlar eritmaning osmatik bosimiga, muzlash va qaynash temperaturasiga, ionlarning kimyoviy reaksiyaga kirishish qobilyatiga va boshqa xossalarga ham ta'sir qiladi.
Kuchsiz elektrolit xossasini xarakterlovchi qonunlarning matematik ifodasini kuchli elektrolitlarga qo'llash uchun ionlar "aktivligini" yoki "aktiv konsentratsiyasini" aniqlash kerak. Ionning aktivligi deb, eritmaning ma'lum xossalariga javob beradigan ionning effektiv konsentratsiyasi tushuniladi. Ionning aktivligi -aion ionning konsentratsiyasi Cion ga to'g'ri proporsional
aion = f.Cion
Bu yerda: f-proporsionallik koeffisiyenti (uni aktivlik koeffisiyenti ham deyiladi), aion Cion lar mol/l bilan ifodalanadi. Odatda aktivlik koeffisiyenti birdan kichik va faqat juda ham suyultirilgan eritmada 1 ga teng bo'ladi. Bu holda aion = Cion Agar f>1 bulsa, ionlar aktivligi ularning konsentratsiyasidan kichik buladi.
aion = f Cion
Elektrolit eritmalarida reaksiya molekulalar orasida bormay, erigan moddaning ionlari orasida boradi. Elektrolit eritmalarda boradigan reaksiyalarni molekulyar tenglama ko'rinishida emas, balki ion tenglama ko'rinishida uch qatorda 1) molekulyar, 2) ion va 3) ionlar ishtirok etishini ko'rsatadigan tenglama holida ifodalanadi.
Elektrolit eritmalarda reaksiya borishi uchun:
1) Qiyin eriydigan moddalar
2) gazsimon moddalar
3) kam dissotsiyalanuvchi moddalar hosil bo'lishi kerak.
Agar shu moddalar hosil bo'lmasa reaksiya bormaydi
1. Qiyin eriydigan birikmaning hosil bo'lishi
BaCl2 + H2SO4  BaSO4 + 2HCl
Ba2+ + 2Cl + 2H+ + SO42-   BaSO4 + 2H+ + 2Cl-
Ba2+ + SO42-   BaSO4
Agar reaksiyada bir necha qiyin eriydigan moddalar hosil bo'lsa, u holda oldin juda kam eriydigan modda cho'kmaga tushadi.
2.Gazsimon moddaning hosil bo'lishi.
K2SO3 + 2HCl  2KCl + H2SO3
2K+ + SO32- + 2H+ +2Cl2K+ + 2Cl+ H2O + SO2
SO32- + 2H+  H2O + SO2
3. Kam dissotsiyalanuvchi moddalarning hosil bo'lishi.
KOH + HCl  KCl + H2O
K+ + OH+ H+ + Cl-  K+ + Cl+ H2O
OH+ H+  H2O
Eritmadagi cho'kma sirtida erigan moddaning ionlari bo'ladi. Agar
qiyin eriydigan birikmaning biror soni ion erituvchi bilan biriksa, u holda modda eriydi.
Pb(OH)+ 2HCl  PbCl2 + 2H2O
Pb(OH)+ 2H+ + 2Cl PbCl2 + 2H2O
Bu misolda PbCl2 cho'kmaga tushadi va kam dissotsiyalanuvchi suv hosil bo'ladi, natijada Pb(OH)eriydi.
Agar kuchli elektrolit eritmalarini aralashtirsak ularning ionlari orasida qaytar reasiya boradi, ya'ni eritmada molekula hosil bo'lmay, bu elektrolitlarning ionlari o'zgarmay qoladi.

Download 0,68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish