Kardanli uzatma



Download 5,24 Mb.
bet8/10
Sana07.04.2022
Hajmi5,24 Mb.
#533662
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Kardanli UZATMA

35.3. KARDANLI UZATMALAR
Kardanli uzatma detallaridagi nosozliklarni bartaraf etish uchun uni avtomobildan yechib olinadi va stendda qismlarga ajratiladi. Qismlarga ajratishdan oldin detallarga, yig'ish chog'ida ularni boshlang'ich vaziyatini saqlab qolish maqsadida belgilar qo'yish tavsiya etiladi. Kardanli uzatma detallarinig asosiy nuqsonlari bo'yinlar, podshipniklar, krestovina (chorbarmoq) salnigi, valik teshiklari, val va ayri shlitsalaridagi yeyilishlar, vallarning egilishi va burilishi, oraliq valning tayanch podshipnigidagi yeyilishlardir.
Chorbarmoqning yeyilgan bo'yinlari xromlash yo'li bilan tiklanadi. Salniklar va yeyilgan podshipniklar yangisiga almashtiriladi. Hatto bir dona roligi yetishmaydigan ninasimon podshipniklarni ishlatish mumkin emas. Agar chorbarmoq bo'yinlarida rolikdan qolgan ezilishlar bo'lsa, u holda chorbarmoq podshipniklar bilan birga almashtiriladi.
Kardan sharnirining shlitsalari yeyilgan sirg'aluvchi ayrisi odatda yangisiga almashtiriladi. Shlitsalari tashqi diametr va qalinlik bo'yicha yeyilgan ayrilarni teskari qutbli o'zgarmas tokdan foydalanib, suyultirib qoplash usulida tiklash mumkin. Suyultirib qoplashdan so'ng 860° li qizdirish haroratida normallashtirish, mexaniq ishlov berish (yo'nish va shlitsa ochish), toblash, bo'shatish va tashqi diametr bo'yicha jilvirlash ishlari amalga oshiriladi. Sirg'aluvchi ayrilar, kardan valining shlitsali qismi bo'ylab qadalmasdan erkin surilishi kerak. Shuningdek, sezilarli darajadagi radial lyuft ham bo'lmasligi lozim.
Kardan vallarining depsinishi (tepishi) indikator yordamida, prizmalarga o'rnatib tekshiriladi. Valning uzunligi bo'ylab joylashgan har qanday nuqtasidagi tepishi texnik shartlarda belgilangan qiymatdan katta bo'lmasligi kerak. Buralib ketgan hamda shlitsalari yeyilgan va ezilgan vallar yangisiga almashtiriladi. Kardanli uzatmani yig'ishda kardan sharnirining ayrilari bitta tekislikda joylashishlari lozim. Ketingi , ko'prikning kardan vali va oraliq val maxsus stendda muvozanatlanadi. Disbalans miqdori texnik shartlarda ko'rsatilgan qiymatdan ortib ket-masligi kerak.
Asosiy ta'mirlashga qabul qilingan avtomobillardan yetaklovchi ko'priklar yechib olinadi, tashqi tomoni yuviladi, alohida uzellar va detallarga qisman yoki to'liq ajratiladi, so'ng yuviladi hamda saralanadi. Ko'priklar quyidagi uzellarga ajratiladi: asosiy uzatma; yetaklovchi konussimon shesterna; differensial (g'ildiraklararo, o'qlararo); yetakla-nuvchi konussimon shesterna; yarim o'qlar.
Asosiy uzatma, differensial va yarim o'qlar detallarida uchraydigan asosiy nuqsonlar - tishlarni sinishi yoki yeyilishi, shesternalarni ilashi-shini noto'g'ri rostlanganligi, podshipniklar va ular o'tkaziladigan joylar-ni yeyilishi, satellit va yarim o'q shesternalarining tores yuzalarining hamda chorbarmoq bo'yinlarining yeyilishi, yarim o'qtsagi shlitsalar va shponkali birikmalar, salniklar hamda ular o'tqazilgan joylarning yeyilishi kabilardir.
Ortdagi ko'prik karterida ko'pincha ushbu nuqsonlar bo'ladi: yoriq-lar, orqa g'ildirak gupchagining tashqi va ichki podshipniklari o'tkazi­ladigan bo'yinlarning yeyilishi, rezbalarning yeyilishi yoki uzilishi.
Ortdagi ko'prik karterining flanesidagi darzlar, agarda ular yonma-yon joylashgan va ikkitadan ortiq bo'lmagan hamda yonma-yon joylashmagan va uchtadan ko'p bo'lmagan rezbali teshiklar orqali o'tgan bo'lsa payvandlab qo'yiladi. Shuningdek, buzilgan payvand choklar ham payvandlab qo'yiladi. Yeyilgan bo'yinlarni flyus ostida suyultirib qoplash bilan yoki vibroyoy usulida tiklanadi va ularga mexanik ishlov berib nominal o'lchamga keltiriladi.
G'ildirak gupchagining podshipnigini mahkamlaydigan gayka tushadigan rezbani suyultirib qoplash va unga nominal o'lchamdagi rezba ochish orqali tiklanadi. Rezbasining ikkitadan ortiq o'rami yeyilgan yoki uzilgan teshiklar esa kattalashtirilgan ta'mirlash o'lcha-midagi rezba ochib yoki nominal o'lchamdagi rezbasi bo'lgan burama detal o'rnatib tiklanadi.


Reduktor karteri va differensial podshipniklarining qopqoqlari egasizlantirilmaydi, chunki ularga birgalikda ishlov berilgan. Shuning uchun qismlarga ajratilgandan so'ng qopqoqlarni karterga bog'lab qo'yiladi. Reduktor karteridagi asosiy nuqsonlar darzlar va ko'chib tushishlar, teshiklardagi yeyilishlar, rezbaning uzilishi yoki yeyilishla-ridir. Reduktor karteridagi darzlar va uning flanesidagi ushalib ketgan qismlar payvandlab qo'yiladi, so'ng payvand chok asosiy metall bilan bir tekis qilib tozalanadi. Yetaklovchi konussimon shesterna valining rolikli podshipnigi o'rnashadigan hamda yetaklovchi silindrsimon shesterna valining uyasi ostidagi yeyilgan teshiklarni qo'shimcha detal-vtulka o'rnatib yoki po'latlash usulida tiklanadi va ularni yo'nish orqali nominal yoki ta'mirlash o'lchamiga keltiriladi.
Differensial podshipniklari o'tkaziladigan yeyilgan teshiklarni suyultirib qoplash usulida tiklanadi. Qoplashdan oldin teshik yo'nib kengaytiriladi. Karter va qopqoqqa podshipniklar uyalari aylana bo'ylab payvandlanadi. Payvandlash uchun diametri 5 mm bo'lgan O3H-1 elektrodi va teskari qutbli o'zgarmas tok ishlatiladi. Payvandlashdan so'ng ajraluvchi tekislik yassi egovda yaxshilab tekislanadi. Qopqoq karterga mahkamlab teshiklar nominal o'lchamga yo'niladi. Uzilgan yoki yeyilgan rezbalar yuqorida ko'rib chiqilgan usullar bilan tiklanadi.
Differenitsal qutisining kosachalaridagi asosiy nuqsonlar - tirna-lishlar, chizilishlar, teshiklarning yeyilishidir. Yarim o'q shesternasi shaybasi ostidagi tores yuzaning, shuningdek, satellitlar shaybalari ostidagi sferasimon yuzaning tirnalishlari, chizilishlari yoki notekis yeyilishlar ta'mirlash o'lchamidagi shayba o'rnatish yoki yo'nish orqali bartaraf etiladi. Differensial chorbarmog'ining turumlari joylashadigan teshiklar yyeyilganda eski teshiklarga nisbatan 45° burchak ostida yangi teshiklar parmalanadi.
Tortuvchi boltlar o'tadigan teshiklar yeyilganda eski teshiklar orasiga yangilari parmalanadi va ularni ikki tomonidan zenkerlanadi. Yarim o'q shesternasining bo'yni joylashadigan yeyilgan teshikni vtulka o'rnatib tiklanadi va vtulka teshigi yo'nish orqali nominal o'lchamga keltiriladi.
Rolikli podshipnik o'tkaziladigan yeyilgan bo'yinlar suyultirib qoplash, siqib kengaytirish va xromlash kabi usullarda tiklanadi. Qop­lashdan oldin differensial kosachasi tokarlik dastgohining planshay-basidagi moslamaga o'rnatiladi va bo'yin yo'niladi. Suyultirib qoplashni vibroyoy usulida olib boriladi. Qoplashdan so'ng bo'yinni yo'nib va jilvirlab nominal o'lchamga keltiriladi.
Differensial kosachasining bo'ynini siqib kengaytirish bilan ham tiklash mumkin. Buning uchun zichlab yoki sidirish dastgohida bo'yin teshigidan sharsimon moslama o'tkaziladi. Shundai keyin bo'yinni, nominal o'lchamga keltirish uchun jilvirlanadi. Bo'yindagi yeyilishlar uncha katta bo'lmaganda xromlash usulidan foydalanish maqsadga muvofiqdir.
Yetaklovchi konussimon shesterna vali podshipnigining stakanida quyidagi nuqsonlar bo'ladi: teshiklarning yeyilishi, rezbaning uzilishi yoki yeyilishi. Rolikli katta va kichik podshipniklar o'rnashadigan yeyilgan teshiklar vtulka o'rnatib yoki vibroyoyda qoplab, so'ng ularni yo'nish orqali nominal o'lchamga keltirib tiklanadi. Rezbasi uzilgan yoki yeyilgan teshiklar burama detal o'rnatib ta'mirlanadi.
Differensial chorbarmog'ida asosan, turumning yeyilishi va tirna­lishlari mavjud bo'lib, ularni xromlash, po'latlash, suyultirib qoplash va ta'mirlash o'lchamiga jilvirlash kabi usullar bilan bartaraf etiladi. Turumi ta'mirlash o'lchamiga keltirilgan chorbarmoqlarni, teshiklari ta'mirlash o'lchamiga yo'nilgan yoki teshiklari orasiga yangi teshiklar parmalangan differensial kosachalarga o'rnatiladi. Turumdagi yeyilishlar uncha katta bo'lmaganda xromlash usulidan, katta bo'lganda esa po'latlash va vibroyoyli qoplash usullaridan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Tiklangan turumlar nominal o'lchamda jilvirlanadi.
Yarim o'qlar quyidagi nuqsonlarga ega: buralish, yarim o'q yoki flanesning egilishi, shlitsalar, teshiklar va rezbalarning yeyilishi. Buralib ketgan yarim o'qlar yaroqsizga chiqariladi. Egilgan yarim o'qlar zarb ostida to'g'rilanadi. To'g'rilangandan so'ng flanesni ichki tores yuzasi, uni texnik shartlarda ruxsat etilgan minimal qalinligini saqlagan holda yo'niladi. Yeyilgan shlitsalarni suyultirib qoplash yoki qo'shimcha detal o'rnatish yo'li bilan tiklanadi.
Suyultirib qoplangan shlitsali bo'yin tokarlik dastgohida yo'niladi, so'ng frezalash dastgohida chervyakli frezadan foydalanib shlitsalar ochiladi. Shundan keyin yarim o'qning shlitsali uchiga K74T uskunasida termik ishlov beriladi. Qo'shimcha detal o'rnatish usulida, shlitsali qism kesib tashlanadi va uning o'rniga yangisi payvandlanadi. Tiklab bo'lgandan so'ng yarim o'qni tepishi tekshiriladi, zarur bo'lsa to'g'ri­lanadi. Keruvchi vtulkalar joylashadigan yeyilgan konussimon teshik­larni ham payvandlab qo'yish usulida ta'mirlanadi. Ajratgich boltlari tushadigan teshiklardagi shikastlangan yoki yeyilgan rezbalar o'rniga ta'mirlash o'lchamidagi rezbalar ochiladi.
G'ildirak gupchagida quyidagi nuqsonlar uchraydi: podshipnik halqalari va g'ildirakni mahkamlovchi shpilkalar o'rnatiladigan teshik­larning yeyilishi, tormoz barabani mahkamlanadigan flanesni qiy-shayishi, yarim o'q flanesi mahkamlanadigan (orqa g'ildirak gupchak-laridagi) shpilkalar yoki boltlar qotiriladigan rezbalarning yeyilislii yoxud uzilishi. Podshipniklar o'rnashadigan yeyilgan teshiklarni vtulka




. Yetaklovchi silindrsimon va yetaklanuvchi konussimon shesternalarni parchin mixda biriktirish uchun moslama:
/,¥-prujinalar; 2-itaigich; J,5-vtulkalar;
6-puanson; 7-stopor vint; /0-stoyka (tayanch); 72-plita.
o'rnatib yoki suyultirib qop-


Download 5,24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish