Kardanli uzatma



Download 5,24 Mb.
bet9/10
Sana07.04.2022
Hajmi5,24 Mb.
#533662
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Kardanli UZATMA

tt
11

lash usulida tiklanadi. Gup-chakdagi teshik maxsus moslamada yo'nib kengayti-riladi va unga ta'mirlash vtulkasi zichlab joylashti-riladi. Shundan so'ng vtulka teshigiga ishlov berib, nomi­nal o'lchamga keltiriladi. Yeyilgan uyalarni suyultirib qoplashni vibroyoy usulida, diametri 1,6 mm bo'lgan Cs-08 rusumli simdan foy-dalanib amalga oshiriladi. Qoplash uchun ushbu rejim tavsiya etiladi: tok kuchi-100-110 A, kuchlanish-16-18 V, detaining aylanish chastotasi-0,8 min"1, qoplash qadami-3,3 mm/ayl, simning uzatish tezligi -1,3 m/min. Qoplashdan so'ng uya yo'ni-lib, nominal o'lchamga kelti­riladi.
Tormoz barabani mah-kamlanadigan flanesdagi qiy-shayishlarni tokarlik dast-gohida flanes yo'nib bartarf etiladi. Bunda gupchak moslamaga mahkamlanadi. Salniklar o'rnashadigan yeyilishlar vtulka o'rnatib yoki elektr impulsli qoplash usulida tiklanadi.
G'ildiraklarni mahkamlovchi shpilkalar o'rnatiladigan yeyilgan teshiklar vtulka o'rnatib tiklanadi. Ishlov berish chog'ida olib-qo'yila-digan konduktor vtulkalari bo'lgan reduktor ishlatiladi va teshiklarni parmalash, zenkeflash hamda razvyortkalash ishlari amalga oshiriladi. Razvyortkalangan teshiklarga vtulkalar zichlab o'tkaziladi. Rezbasi shikastlangan (ikkitadan ortiq o'rami yeyilgan yoki uzilgan) teshiklarni burama detal o'rnatib tiklanadi yoki ular orasiga yangi teshiklar parmalanadi va rezba ochiladi.
Yetaklovchi silindrsimon va yetaklanuvchi konussimon shesterna-lardagi asosiy nuqsonlar tishlarning ishchi yuzalaridagi uvalanishlar va


. Oldingi ko'prik to'sinini chizg'ich yordamida tekshirish shakli.
ko'chib tushishlar, tish­larning qalinligi bo'yicha yeyilishi, rolikni podship­nik o'tkaziladigan joylarni yeyilishidir. Tishlarining ishchi yuzalaridagi yeyi­lishlar, uvalanishlar va ko'­chib tushishlar texnik shart-larda ruxsat etilgan qiymatlardan ortib ketgan shesternalar yaroqsizga chiqariladi. Podshipnik o'tkaziladigan joylar yeyil­gan bo'lsa ularni xrom-lash, po'latlash yoki suyultirib qoplash orqali tiklanadi. Xromlash va po'latlashdan oldin bu joylar (bo'yinlar) jilvirlanadi. Xuddi shuningdek, tiklangan yuzalarni ham nominal o'lchamga keltirish uchun jilvirlanadi. Agar shesternalardan biri yaroqsiz deb topilsa ular bir-biridan ajratiladi. Buning uchun parchin mixlar olib tashlanib, konussimon shesternani zarb ostida chiqarib olinadi. Yetaklovchi silindrsimon va yetaklanuvchi konus­simon shesternalarni bir-biriga biriktirish uchun maxsus moslama hamda zichlovdan foydalaniladi (35.3-chizma). Biriktirish chog'ida shesternalarni vtulka (3) teshigiga podshipnik o'tiradigan bo'yni bilan o'rnatiladi.
Oldingi ko'priklar to'sinidagi asosiy nuqsonlar egilish va buralishlar, ressor maydonchalaridagi, shkvoren bo'rtmasidagi, shkvoren va ponasimon stoporlar joylashadigan teshiklardagi yeyilishlardir. Har qanday darzlarga va sinib tushishlarga ega bo'lgan oldingi ko'prik to'sinlari yaroqsizga chiqariladi. Oldingi ko'prik to'sinidagi egilish va buralishlar stendda, moslamada yoki chizg'ich yordamida tekshiriladi (35.4-chizma). Chizg'ichda ikkita shkala bo'lib, ular ko'rsatgichlarni -harorat (fadus) va minutlarda (daqiqalarda) hisoblash uchun imkon beradi. Gorizontal tekislikdagi egilishni aniqlash uchun chizg'ich barmoqlari shkvoren joylashadigan teshikka o'rnatiladi. Chizg'ich barmoqlari ponasimon stopor joylashadigan teshikka o'rnatilib vertikal tekislikdagi egilish aniqlanadi. Nuqsoni bor to'sin maxsus stendda sovuqlayin to'g'rilanadi (35.5-chizma). Bu stend to'sinni turlicha tekis-likda to'g'rilashga, egilish hamda buralish miqdorini tekshirishga imkon beradi.


Oldingi ko'prik to'sinlarini sovuqlayin to'g'rilash uchun stend:


/-stanina; 2-stoyka; J-domkratlar; 4-kulochoklar; 5-to'sin
egilishini o'lchaydigan burchak o'lchagich; 6-vintli qisqichlar;
7-buriluvchi kronshteyn; (?-boshqarish pulti.
Ressorlar mahkamlu-nadigan yeyilgan maydon-chalar suyultirib qoplash va mexanik ishlov berish orqali tiklanadi. Maydon-chalar bitta tekislikda (1,0 mm oralig'ida) yotishi va to'sinning simmetriya o'qi-ga perpendikular bo'lishi lozim. Balandligi bo'yicha yeyilgan shkvoren bo'rt-malari, yeyilish izlari yo'qol-gunga qadar frezalab ta'mirlanadi. Bo'rtmaga bir paytning o'zida ikkita fre-zada ishlov beriladi va shu bilan shkvoren o'qiga bo'l-gan perpendikularlik saq-lanadi. Bo'rtma balandli-gining kamayishi, shayba qo'yish orqali to'ldiriladi.
Shkvoren joylashadigan teshiklardagi yeyilish uncha katta bo'lmasa, ularni, sidirish orqali ta'mirlash o'lchamiga keltiriladi. Ularga kattalash-tirilgan o'lchamdagi shkvorenlar o'rnatiladi. Agar shkvoren joylasha­digan teshiklardagi yeyilish katta bo'lsa, u holda ular vtulka o'rnatib tiklanadi va nominal yoki ta'mirlash o'lchamiga keltiriladi. Ponasimon stopor joylashadigan teshikni esa kattaroq o'lchamga razvyortkalanadi. Buriluvchi sapfalardagi asosiy nuqsonlar gupchak podshipnigi o'tiradigan bo'yinni, gupchak salnigi joylashadigan halqani va vtulka teshiklarining yeyilishlari, sapfa gaykasi qotiriladigan rezbaning yeyilishi va uzilishidir. Podshipniklar o'tiradigan yeyilgan bo'yinlarni xromlash, po'latlash, metallash va suyultirib qoplash usullarida tiklanadi hamda nominal o'lchamda jilvirlanadi. Bo'ynidagi yeyilish uncha ko'p bo'lmasa, buriluvohi sapfa xromlanadi, yeyilish 0,15 mm dan ko'p bo'lsa, po'latlanadi yoki qoplanadi. Har qanday ko'rinishdagi yoriqlar va sinishlar bo'lgan sapfalar yaroqsizga chiqariladi. Gupchak salnigi joylashadigan halqadagi yeyilishlar xromlash yoki po'latlash orqali yo'qotiladi. Halqaga ishlov berilib, nominal o'lchamga keltiriladi.
Teshiklari yeyilgan shkvoren vtulkalari yangisiga almashtiriladi. Zichlab joylashtirilgandan so'ng vtulka teshiklariga, nominal yoki ta'mirlash o'lchamiga keltirish uchun ishlov beriladi. Sapfa gaykasi qotiriladigan rezbani tiklash uchun avval suyultirib qoplanadi va nomi­nal o'lchamdagi rezba bchiladi.
Buriluvchi sapfaning shkvorenlari sapfa o'rnatiladigan joylaridan yeyiladi. Ularni xromlash yoki po'latlash orqali tiklanadi. Xrom qatla-mining qalinligi 0,15 mm dan ortmasligi lozim, jilvirlash uchun quyim 0,05 - 0,10 mm atrofida bo'ladi. Po'latlashda esa qoplamaning qalinligi 0,3 mm dan ortib ketmasligi kerak. Ishlov berish ishlari shkvorenni nominal yoki ta'mirlash o'lchamiga jilvirlab yakunlanadi.

Download 5,24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish