Kamoliddin behzod nomidagi milliy rassomlik va dizayn instituti san’atshunoslik va muzeyshunoslik


II.2. Ataxan Allabergenovning “Xorazm viloyati Ogahiy nomidagi viloyat musiqali drama va komediya teatri”dagi faoliyati



Download 3,96 Mb.
bet8/12
Sana14.07.2022
Hajmi3,96 Mb.
#797184
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
BMI.Ataxan Allabergenov ijodi

II.2. Ataxan Allabergenovning “Xorazm viloyati Ogahiy nomidagi viloyat musiqali drama va komediya teatri”dagi faoliyati
“Teatr-bu ibodatxonadur”
Mahmudxo‘ja Behbudiy

“Teatr — eng qadimgi san’at turlaridan biridir. Asli teatr so‘zi yunoncha bo‘lib, “theatroon” so‘zidan olingan, ya’ni “tomoshaxona” degan ma’noni bildiradi. Teatr san’ati voqelikni obrazlar sistemasi vositasida ko‘rsatadi. Teatr sintetik san’at bo‘lib, u adabiyot, musiqa, opera, operetta, libretto, balet, tasviriy san’at va me’morlikning ajralmas birligidan tashkil topadi.
Shu ma’noda spektakl dramaturg, rejissyor, aktyor, bastakor, dekoratsiyachi rassom singari ixtisoslikdagi mutaxassislar hamkorligida dunyoga keladi. Teatrning turli janrlari mavjud. Xususan, dramatik teatr, opera va balet teatri, musiqali drama, qo‘girchoq teatri va h.k”.70
XX asrning 1960 yillarimimg oxirlaridan Toshkent Davlat teatr va rassomlik institutining Teatr rangtasviri (schenografiyasini) bitirgan bir guruh oliy ma’lumotli rassomlarning mamlakatimiz teatriga kirib kelishi bilan sahna asarlarining tarkibiy qismi (kompnenti) bo‘lmish tasviriy vositalarda yangi davr boshlandi.
“Ustoz rassomlar I.Valdenberg, V.Riftin va boshqalardan saboq olgan G.Brim, A.Jiboyedov, R.Tumankov, A.Shibayev, ulardan biroz keyinroq A.Allabergenov, V.Mixalichenko, T.Shorahimov, M.Eshonxo‘jayev, E.Muhamedov, U.Saydaliyev, O.Aliyeva kabi yosh rassomlar ilk ijod qadamlaridanoq jahon teatri tarixini va zamonaviy izlanishlarini rassomlik san’atida ro‘y bergan uslubiy o‘zgarishlarni ich-ichidan chuqur idrok etgan bo‘lib, dekoratsiya san’ati va u bilan bog‘liq libos va oro pardoz sohalarida tub o‘zgarishlar yasashga otlangan, teatrning bu komponentini dastgoh va mahobatli rangtasvir darajasiga ko‘tarishga ahd qilgan avlod sifatida ko‘zga tashlandi”.71
“San’at turlarining barchasi chambarchas bog‘liq bo‘lib yillar va asrlar davomida bir birini to‘ldirib, sayqallab yangi va yangi ijod namunalari paydo bo‘lishiga ilhomlantirib keladi. Bu jarayonda teatr san’atining rassomlar ijodiga bo‘lgan ta’siri juda katta. Teatr san’atida hayotni, insonlar taqdirini, umuminsoniy tuyg‘ularni xissiy ifodalovchi asarlari tasviriy san’at vakillarini doimo ruhlantirib kelgan”.72
Ataxan Allabergenov ijodi to‘g‘risida gap ketganda, birinchi navbatda, uning ko‘p tomonlama faoliyat olib borganligini alohida ta’kidlash joiz. Ataxan Allabergenov teatr sahna rassomi, pedagog, rangtasvirchi rassom sifatida faoliyat ko‘rsatgan. Ijiodkor hayotining asosiy qismi teatr bilan bog‘liq tarzda kechgan.
Ataxan Allabergenov o‘rta maktabni tugatgach 1966 yilda Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedogogika universitetining chizmachilik fakultetiga o‘qishga qabul qilinadi. Ammo yigitlik vazifasini o‘tash maqsadida 1966 yilda harbiy xizmatga jo‘nab ketadi. 1968 yilda harbiy xizmatni o‘tab, imtiyozli yo‘llanma bilan qaytgach, shu yili Toshkent teatr va rassomlik san’ati instituti (hozirgi Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti)ning teatr rassomi bo‘limiga talabalikga qabul qilinadi.
Talabalik davridayoq Muqumiy nomidagi drama teatrida sahnalashtiruvchi rassom bo‘lib ishlay boshlaydi. 1973 yili mazkur dargohda E.Sobitovning “Hijron”, F.Musajonovning “Olifta” nomli sahna asarlariga dekoratsiyalar yaratadi. Ataxan Allabergenov yosh dramaturg Farhod Musajonovning “Olifta” komediyasini sahnalashtirishda, dekoratisyalarni voqealar mazmuniga mos ravishda, aktyorlarning ifodali harakat qilishlarni inobatga olgan holda yondoshadi. Ishlangan shartli sahna bezaklari sahnada tasvirlangan ikkita yarim aylana devor va unga osilgan ba’zi detallarning tez-tez o‘zgarib turishi, orqa plandagi parda turli joylarni aks ettiruvchi preoktorlarning tushurib turilishi voqealarning rivojlanishida katta rol o‘ynaydi.
Ataxan Allabergenov 1974 yilda Toshkent teatr va rassomlik san’ati institutini tamomlagach, shu institutda, teatr dekoratsiyasi kafedrasida talabalarga saboq bera boshlaydi. Ijod faoliyatini teatr sahnasi bilan chambar-chas bog‘lashni istagan Ataxana Allabergenov ustozi G.Brim maslahati bilan 1975 yildan Xorazm viloyati Ogahiy nomidagi viloyat musiqali drama va komediya teatri bosh rassomi bo‘lib ishlay boshlaydi.
Ijodkorning yetuk mutaxasis sifatida shakllanishda ustozi G.Brim alohida o‘rin egallaydi. Dekorator rassomlarning o‘zbek milliy maktabini yaratgan ustoz rassomlardan biri Georgiy Brim ijod faoliyatini ta’kidlab o‘tishimiz joiz.
“Georgiy Robertovich Brim 1935 yil 18 sentyabrda sobiq ittifoq tarkibida bo‘lgan Ozarbayjonning Kirkov qishlog‘ida dehqon oilasida dunyoga keladi. G.Brim 11 yoshidan maktabga bora boshlaydi. Tasviriy san’atga bo‘lgan mehri tufayli yosh Georgiy 1953-1958 yillarda Ashxabod shahrida joylashgan Turkmaniston davlat san’at maktabida tahsil oladi. 1961-1967 yillar A.N.Ostrovskiy nomidagi Toshkent teatr va rassomchilik institutida tasviriy san’at borasidagi bilimlarini mustahkamlaydi. G.Brim teatr rassomi sifatida Xamza teatrida o‘z faoliyatini boshlaydi. Rassomning keng dunyoqarashi, mulohazali tabiati ijodiga kuchli ta’sir ko‘rsatgan. Rassom har bir spektaklga yaratayotgan dekoratsiyasida asar bosh g‘oyasini, maqsadini ramzlar bilan ifodalashga intiladi. Uning bu urinishlari g‘oyat xalqchil, tushunarli va shu bilan birga ta’sirli sahna dekoratsiyalari yaratishiga sabab bo‘ladi.
G.Brim turli janrdagi “Shox Edip” (1969), “Mariya Styuart” (1969), “Boy ila xizmatchi” (1973), “Abu Rayxon Beruniy” (1973), “Kelinlar qo‘zg‘oloni” (1977), “Nodirabegim” (1979) kabi va yana ko‘plab spektakllar dekoratsiyalarini katta mahorat bilan ishlagan. Uning Xamza nomidagi o‘zbek milliy drama teatri, A.Navoiy nomidagi Davlat akademik Katta opera va balet teatri, “Ilxom” teatri, Muqimiy nomidagi o‘zbek musiqali teatrlaridagi ijodi takrorlanmas rang-barangdir. Tomoshabinlar uchun tarixiy asarlar ahamiyati 1980 yildan boshlab o‘sadi. Ushbu ehtiyoj G.Brim va B.Yo‘ldoshovlarning sermahsul ijod qilishiga turtki bo‘ladi. Ular hamjixatlikda yaratgan o‘nlab spektakllar bugungi kungacha o‘z zalvorini yo‘qotmay kelmoqda. G.Brim o‘z ishining asl fidoiysi sifatida namuna bo‘ladigan rassomdir. U yaratgan falsafiy, kuchli ruhiy ta’sirga ega dekoratsiyalari bugungi yosh teatr rassomlari uchun maktab vazifasini o‘taydi”.73
1975 yildan boshlab Ataxan Allabergenov Ogahiy nomidagi viloyat musiqali drama va komediya teatrida 24 yil davomida faoliyat olib boradi. Teatr dramaturgiyasi sahna asarlarini o‘zining yuksak mahorat tajribasi bilan bog‘lagan holda katta yutuqlarga sazovor bo‘ladi. Ogahiy nomidagi viloyat musiqali drama va komediya teatrida bosh rassom, direktor lavozimlarida faoliyat olib borgan. Salkam bir asrga teng teatr tarixiga nazar tashlaydigan bo‘lsak, teatr 1922 yil 22-aprelda Xiva shahrida “Xorazm Hukumat teatri” sifatida tashkil topadi. Uning ilk rejissyori Muhammad Sharif Polvonov “Hukumat teatri”da o‘z faoliyatini kichik sahna asarlarini sahnalashtirishdan boshlagan. Keyinchalik to‘laqonli dramatik asarlarni sahnalashtira boshlaydi. Hamzaning “Boy ila xizmatchi”, “Xiva inqilobi”, “Tuhmatchilar jazosi”, “Zaharli hayot”, Mannon Uyg‘urning “Farg‘ona fojealari”, “Turkiston tabibi”, G‘ulom Zafariyning “Erk bolalari” kabi pyesyalar shular jumlasidandir. 1933 yilda Xorazmning markazi Urganchga ko‘chganligi munosabati bilan teatrning asosiy ijodiy jamoasi ham Xorazmning yangi poytaxti Urganchga ko‘chiriladi va “Xorazm okrug davlat musiqali drama teatri” nomida faoliyat yuritadi.
1959 yil Muhammad Rizo Ogahiy tavalludining 150 yilligi munosabati bilan teatrga Ogahiy nomidagi Xorazm Davlat musiqali drama va komediya teatri nomi beriladi. Bu davrda teatrning ijodiy jamoasi malakali kadrlar, iqtidorli ijodkorlar hisobiga o‘sib bordi.
Mamlakatimiz mustaqillikka erishgandan keyingi yillar davomida Ogahiy nomidagi Xorazm viloyat musiqali drama va komediya teatrining repertuarida ham turli mavzulardagi, istiqlolimizni targ‘ib va tarannum qiluvchi zamon ruhiga mos voqealar aks ettirilgan, milliy urf-odatlarimiz, vatanparvarlik, mehr-muhabbat, insoniy tuyg‘ular singdirilgan tarbiyaviy ahamiyatga ega bo‘lgan asarlarni sahnalashtirilishi teatr faoliyatini yanada yuksalishiga sabab bo‘ldi. Jumladan: A.Navoiyning “Layli va Majnun”, X.Rasulning “Tili asalim”, “Dilbar yuraklar”, Y.Yunusovning “Oshiq G‘arib va Shohsanam”, E.Samandarovning “Jaloliddin Manguberdi”, E.Vohidning “Ikkinchi tumor”, E.Xushvaqtovning “Chimildiq” kabi spektakllari sahnalashtiriladi.
O‘zbekiston teatr san’atini targ‘ib etishda xalqimizga samarali va fidoyi xizmat qilgan, ijodiy barkamol teatr xodimlari munosib taqdirlanadi. Jumladan: O‘zbekiston Respublikasi san’at arbobi unvoni bilan Ataxan Allabergenov, O‘zbekiston Respublikasi xalq artisti unvoni bilan taniqli san’atkorlardan Bikajon Rahimova, Gulora Rahimova, Shirin Romazonova, O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist unvoni bilan aktyorlardan Bekchon Otajonov, Xajixon Artiqov, Odamboy Bobojonov, Shuxrat Devonov, Baxtiyor Omonboyev, Orazqilich Toganov, Jumabay Nurlayev, Komilbay Tojiboyev kabi yetuk ijodkorlar taqdirlanadi.
Teatr uchun turli – tuman dekoratsiyalarni yaratishda rangtasvir katta rol o‘ynaydi. Sahnadagi san’at asarining bo‘lib o‘tayotgan joyi, vaqti, davri, stil va janrini aniq bera oladi. Teatr dekoratsiyasi rangtasviri faqat asar xarakteriga emas, balki spektakilning rejissurasiga va rassomning individual ijodiy yondashuviga ham bog‘liq. Shuning uchun ham turli bezatilishda turlicha ahamiyat kasb etadi.
“Rassom ijodi ko‘p qirrali bo‘lsa-da, ijodining bosh maqsadi, asosiy g‘oyasi ko‘pincha bitta bo‘ladi. Teatr rassomi bo‘lganim uchun sahna bezaklari, dekoratsiyalar ishlaganimda ham milliy urf-odatlar, xalqimizning boy tarixi, serquyosh zaminning tasvirini asos qilib olaman”.74
Ataxan Allabergenov nafis san’atning butun sehri, jozibasi, maftunkorligi, fikr erkinligi, hayotiy falsafasini sahna asarlarida sahnalashtirgan yuzdan ortiq sahna dekoratsiyasini yuksak mahorat va maroq bilan yaratadi. Ijodkor eskizlarda yaratilgan badiiy g‘oyani sahna bezaklariga to‘liq ko‘chirishga erishadi. Jumladan, Ataxan Allabergenov “Beruniy” (1976), K.Yashinning “Nurxon” (1977), O.Matjoning “Platina” (1977), Y. Marsinkevikiusning “Mindaugas” (1979), H.H.Niyoziyning “Maysaraning ishi” (1983), K.Omarovning “Yagona guvoh” (1985), A.Qahhorning “Tobutdan tovush” (1986), E.Samandarovning “Jaloliddin Manguberdi” (1987) , A.Navoiyning “Layli va Majnun”, O‘.Hoshimovning “Baland dorga osilma”, K.Matrizayevning “Munozara davom etadi”, E.Vohidovning “Somonchi”, “Ruhlar isyoni”, “Makbet”, “Afandi”, N.Dumbadzening “Quyoshni ko‘ryapman”, O.Abdullinning “O‘n uchinchi rais”, E.Roblesning “O‘limdan kuchli” va shu kabi ko‘plab spektakllarni badiiy bezashda dekoratsiyalar yaratgan.
“Teatrning bosh rassomi bo‘lish sahna olamini hammadan yaxshiroq ko‘rish, spektakil g‘oyasini to‘laqonli ochib berish ma’suliyatli vaziflardan hisoblanadi. Manashunday vazifalarni yurakdan his etish Ataxan Allabergenovga xos hislatlardan. 1979 yilda Ogahiy nomidagi Xorazm Davlat musiqali drama va komediya teatri jamoasi “Mindaugas” spektakilini repertuariga kiritadi. Mazkur sahna asarini badiiy bezashda samarli ijod etadi va rassom mahorati to‘liq namoyon bo‘ladi. Tarixiy voqea asosida sahnalashtirilgan “Mindaugas” spektakilining mazmun, mohiyatini tomoshabinga to‘laqonli ochib berish maqsadida ijodkor sahnani davr muhitga xos tarzda, Litvia hayotidagi keskinlik, knayzlar urushi avj olgan jarayonni ko‘rsatishda qurol aslahalar, qilichlarni qo‘llash orqali talqin etadi. “Teatr jamoasi “Mindaugas” spektakilining sahna bezagi uchun eng yaxshi teatr asarlari butun ittifoq konkurisining lauriati bo‘ladi va birinchi darajali diplomga sazovor bo‘ladi”.75
1983 yilda Ogahiy nomidagi Xorazm Davlat musiqali drama va komediya teatrda H.H.Niyoziyning “Maysaraning ishi” sahnalashtirilgan spektakil uchun Ataxan Allabergenov dekoratsiya ishlaydi. Dekoratsiya qurilishida joy eski turmushga xos, paxsa devorlar, ro‘zg‘or buyumlari sodda. Obrazlar liboslarida mursak to‘n, jiyakli ko‘ylak, yigitlarda qo‘sh belbog‘, chorik kiyimlar, ro‘parada takmon (sandiq-ko‘rpasi bilan) o‘ng tomonda tokcha (idish-tovoqlari bilan) so‘l tomonda ikki tokcha, orasida eshik bo‘lib, cho‘pon bilan Oyxon xasratlashib o‘tirgan paytda to‘siq ko‘tariladi.
“Maysaraning ishi” spektakli uchun xolatni eskizlashtirish besh xil ko‘rinish uchun, besh xil eskiz ishlanadi. Asosan matoga 120x200 hajmda gruntlanib guashda ochiq ranglardan foydalanilgan. Eskizlar asarda keltirilgan uchta to‘siqqa moslangan. Ikkinchi to‘siq quyidagicha tariflanadi: Madrasa xujrasi, tokchalarda har turli ashyolar, chap tomonda mehrob, mehrobda sandiq, sandiq ustida ko‘rpachalar taxlami. O‘ng tomonda darcha har xujraning qaziog‘i bo‘lib qazioqdan sahnaga eshik ochiladi. Holatni jonlantirish qo‘shimcha detallardan ham foydalanilgan. Jumladan, madrasa xujrasiga xos buyumlar; kitob javonlari, idishlar va hakazolar.
Oyxon “Maysaraning ishi” asarida keltirilgan saroyning ikkinchi xovlisi uchinchi eskizda tasvirlangan. Eskizda asardagi asosiy voqealar ro‘y berdaigan xovli tasvirlangan va detallarga alohida e’tibor qaratilgan. Chunki voqealar rivoji aynan shu xovlida avjiga chiqadi va tunda oy to‘lgan kechada sodir bo‘lishini inobatga olgan holda, rassom eskiz fonini to‘q ko‘k ya’ni qoramtir osmon fonida ishlaydi. Osmonda yarim oy porlab turgan, oy nurli xovlidagi so‘ri va detallarni yoritib turadi. Asardagi xovli ixcham, devorlari pasttak, asosiy eshik taxtadan bo‘lib pastligidan odam egilib kiradi. Mazkur holat asarda uchinchi to‘siq sifatida keltirilgan.
To‘rtinchi ko‘rinishda ko‘cha va shu davrga hos xovlilar, darchalar va madrasalar uyg‘unlashgan holati aks ettirilgan. Tasvirda asosan to‘q ranglar gammasining uyg‘unligi tashkil etadi. Tungi holat asarga o‘zgacha joziba baxsh etgan. Shu ko‘chalar orqali epizodlar birma-bir o‘tib, Oyxonning ikkinchi uyiga kelishadi.
“Maysaraning ishi” asar voqealari Vodiyning So‘x shahrida chekka qishlog‘ida ro‘y beradi. Beshinchi ko‘rinishda mazkur hududning quyosh nuriga to‘yingan ko‘chalari aks etgan bo‘lib, asosan issiq ranglar gammasidan unumli foydalanilgan.
Spektakil sahnasini bezatishda turli xil kartonlar, yog‘och bo‘laklari, xas-cho‘plar, turli gazlama matolar, somon naychalari, loydan yasalgan turli xil ko‘za va xumdonlar, ro‘zg‘or buyumlari, devorlani tiklashda mayda tosh bo‘laklari, qum zarralaridan foydalanilgan. Saxna o‘zgarishini to‘siq ortida buyumlarni o‘zgartirish orqali amalga oshirilgan.
Ataxan Allabergenovning yana bir mashhur ishlaridan 1987 yilda “Jaloliddin Manguberdi” asariga ishlangan dekoratisyasidir. Spektakilga dekoratsiya ishlash jarayoniga to‘xtalar ekan, rassom quyidagilarni aytgan: “Bu mening ona diyorim, shu chog‘da savol tug‘iladi: Nega aynan ushbu “Xorazmshoxlar davlati” mavzusini tanladim? Qalban va aqlan javob bersam ham bitta narsa: bu ona xalqimning tarix zarvaraqlari, vatan tuprog‘ining isi, bu qalbimda “Vatan” tuyg‘usini shakllantirgan mahallam yodi. Bilmadim g‘ayritabiy kuch shu mavzuni tanlashimga undadi”.76
Mazkur sahna asarida Xorazm davlatining 1220 yillardagi siyosiy va ijtimoiy ahvoli yoritilgan. Sahna asarida Xorazmshoxlar davlatining ichki tanazulidan to mo‘g‘illarga qarshi kurashi o‘rin egallagan. Shunday og‘ir damda Jaloliddin Manguberdining tarix sahnasiga chiqishi va xalqni dushmandan ximoya qilish asosiy maqsadi, atrofidagilarning unga bo‘lgan dushmanli qarashlari, Jaloliddin Manguberdining ma’nan qiyin axvolga tushib qolishi talqin etiladi. Rassom tomonidan spektakl uchun yaratgan dekoratsiyalarda davr ruhi, tarixiy muhitni mahoratli tarzda ochib berishga erishadi.
“ “Somonchi”, “Makbet”, “Afandi”, “Jaloliddin Manguberdi” kabi spektakllarga ishlagan ijodiy ishlari diqqatga sazovor. Xususan, “Somonchi”da (E.Vohidov asari) kompozitsiyasida qo‘llanilgan eski arava, somon g‘aramlari va sahifalari sochilgan kitoblar uyumi qahramonning salbiy xususiyatlarini ochib beradi”.77
“Tomoshabinlar ko‘zi oldida baland qo‘rg‘on namoyon bo‘ldi. U deyarli butun sahnani egallaydi, zulmat, uning bag‘rini dam-badam yoritishga intilayotgan nur og‘ushida daxshatli bir qiyofa kasb etadi.
Ogahiy nomidagi teatr rassomi Otaxon Ollaberganovning o‘ziga xos bir xususiyati bor. U biror spektakl ustida ishlar ekan, yangilikka, yangi obrazlar, ramziy ko‘rinishlar, diqqatni tortuvchi, kishini mulohazaga qaratishga undovchi detallar yaratishga harakat qiladi.
Mindaugas yashagan paytlarda Litvada feadal tarqoqliklar, knyazlar o‘rtasida urushlar avj olgan edi. Shuning uchun sahnada qilichlar obrazidan foydalandi.
O.Ollaberganov teatr rassomi bo‘lishi bilan birgalikda, o‘zi mustaqil suratlar, eskizlar ham chizadi. Uning “Birinchi o‘qituvchi”, “Dekret”, “Toshlar tilga kirdi” rasmlari ijodkor tafakkurining teranligi, rang-barangligi bilan diqqatga sazovordir”.78
Ataxan Allabergenov teatr, ijod, pedagogik faoliyati bilan cheklanib qolmasdan jamoat arbori sifatida ham o‘z tashabbuskorligi, odamlarni ergashtira bilish qobilyati bilan viloyat madaniy hayotidagi turli madaniy-ma’rifiy tadbirlar, bayramlar, ko‘rik-tanlovlar, mahorat darslari, uchrashuv va anjumanlarda tashkilotchi, hay’at a’zosi, bosh rassom sifatida ham faol bo‘lgan.
Viloyatda o‘tkaziladigan “Navro‘z”, “Mustaqillik” umumxalq bayramlariga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish, bayram tadbirlari bo‘lib o‘tadigan sahna, maydonlar, shaharni bayramona badiiy bezashda sahnalashtiruvchi rassom sifatida ishtrok etib kelgan.
Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti bitiruvchilarining davlat imtihonlari hay’ati raisi, “Yangi avlod”, “Kelajak ovozi”, ko‘rik-tanlovlari viloyat bosqichlari, “Ma’mun akademiyasining 1000 yilligi” va qayta ochilishi, “Xivaning 2500 yilligi”, “Jaloliddin Manguberdi” tavalludi va haykalining ochilishi, 2011 yilda S.Ayniy nomidagi Buxoro viloyati musiqali drama teatrining yangi binosi ochilishi marosimidagi “Ibn Sino” spektakilini badiiy bezatishdek ma’sulyatli vazifalarni yuksak darajada bajargan. Shuningdek, Respublika va xorijda o‘tkaziladigan turli tanlov, ko‘rgazma, ijodkorlarning hamkorlik uchrashuvlarida, qo‘shma ko‘rgazmalarida ham muntazam ishtirok etgan. 2005 yilda O‘zbekiston “Koreya Respublikasi madaniyati kunlari” doirasida “O‘zbek-Koreys rassomlari qo‘shma ko‘rgazmasi”, 2012 yilda “O‘zbek-Xitoy rassomlari namoyish etadi” ijodiy ko‘rgazmalari doirasida Xorazm viloyatida bo‘lib o‘tgan uchrashuv, tajriba almashuv va mahorat darslarini tashkil etish, xitoy rassomlarini qadim va navqiron Xorazm vohasi, uning madaniyati, san’ati, tarixi, bugungi kundagi istiqboli bilan yaqindan tanishtirishda Badiiy ijodkorlar uyushmasi Xorazm viloyati bo‘limi raisi sifatida jonbozlik ko‘rsatgan.
Ataxan Allabergenov o‘zining boy g‘oyalari, dunyo qarashi, ona yurtiga, xalqiga bo‘lgan chuqur hurmati, o‘z kasbiga, san’atga bo‘lgan muhabbati mohirona ishlagan asarlarida ranglar jilosi orqali sayqal topdi.
Xulosa
Mustaqillik yillarida mamalakatimiz ijtimoiy va madaniy hayotida juda katta o‘zgarishlar amalga oshirildi. O‘zbekiston san’ati uchun ijodiy erkinlik davri sifatida muhirlandi. Bu davrda turli yo‘nalishlar, har xil ijodiy tajribalar namoyon bo‘ldi. Davlatimiz mustaqilligi bilan bog‘liq mafkuraviy vazifalar, hayot haqiqati, milliy madaniy qadriyatlar tizimiga bo‘lgan ulkan e’tibor san’at doirasidagi masalalarga yangi g‘oyaviy yondashuvlarni shakllantirdi. Bu holat ayniqsa tasviriy san’atda, xususan, rangtasvirda yaqqol ko‘zga tashlandi. O‘zbekiston zamonaviy san’atining rivojlanishida “Sotsirealizm” aqidalari taziyqidan xalos bo‘lish eng muhim omillardan biri bo‘ldi. Bu jarayon san’atning barcha tur va yo‘nalishlarda me’morlik, teatr, musiqa, kino, tasviriy va amaliy san’atning o‘ziga xos ichki xususiyatlaridan kelib chiqgan holda namoyon bo‘ldi. Bundan tashqari san’atda milliy an’analrning qayta tiklanib, zamonaviy san’at bilan uyg‘unlashgan holda o‘zgacha ko‘rinish kasb etdi.
Rassomlarning ijodiy faoliyatlarida realistik talqinda va ijtimoiy mavzularga erkin yondashish, ijodkor o‘zi anglagan olamini ifodalsh, ijodlarida turli uslublarni qo‘llagan holda madaniy meros an’analariga va jaxon badiiy jarayonidagi ilg‘or oqimlarga murojati bosh mezonga aylandi. Hozirgi zamon san’ati rivojlanishiga rassomning ijodiy izlanishi, yangi g‘oya, insonlarning ma’naviy-ma’rifiy talablarini inobatga olgan holda yondoshmog‘i zarurdir.
Tasviriy san’atda o‘z uslubi va yo‘lini topish har qanday ijodkorning orzusidir. Ijod pillapoyalaridan sеkin-asta ko‘tarilar ekansiz, o‘zinigizga tanish va notanish hislar olamiga kirib borayotganingizni his qilasiz. Ijod bu eng sеhrli va zavqli jarayonki, unda ijodkor toblanadi va durdona asarlar yaratishga musharraf bo‘ladi. Ataxan Allabergenov ana shunday ijodkorlardan biridir. Rassomning ijod olamiga kirib kelishi 1970-1980 yillarga to‘g‘ri keladi.
1970-1980 yillar o‘zbek san’ati tarixida yangi bosqich bo‘lib, milliy san’at xususiyatlarining yanada mustahkamlanishi, san’atda milliy o‘ziga xoslikni izlash bilan birga bu davrning muhim belgilaridan biri ijtimoiy-jamoviy fikrlashdan individual fikrlashga, san’atda pand nasihat yo‘nalishidan shaxsiy intim xis tuyg‘ularini ifodalashga o‘tib borilishi bilan xarakterlanadi. Bu narsa o‘z navbatida uslubiy rangbaranglikni oshirib, tasviriy va ifoda vositalarining kengayishiga olib keldi. Rassomlar fikrlarini ifoda etishda turli ramziy obraz va shartli belgilardan, rang, shakl, chiziq, faktura imkoniyatlaridan to‘liqroq foydalana boshladilar. Mazkur davr san’atida O‘zbekiston rangtasvirida milliy o‘ziga xoslik masalalariga e’tibor kuchayagan, “yangi to‘lqin” rassomlari tomonidan G‘arb va Sharq madaniyati an’analariga murojat, 1920 – 1930-yillar rangtasviri estetikasini qayta idrok etish jarayonlari ustunlik qilgan. Ataxan Allabergenov ham o‘z ijod yo‘lida 1970 – 1980-yillar badiiy maktabiga murojat etgan holda keying rangtasvir san’atining rivojiga o‘z hissasini qo‘shgan.
Rassomning rangtasvir asarlari turkum voqealikni aniq talqin etish bilan xarakterlanadi. Asarlari badiiy talqinning professionalligi, rang surtmalarining o‘tkir va yorqinligi, kompozitsiyaning umumiy olinishi, issiq gammaning ustunligi, pastel ranglardan mahorat ila foydalana olishlik, nur-soyaga boyligi asarlarida impersionizmga xos monera va umumlashma rangtasvirda ishlanishi bilan ajralib turadi.
O‘ziga xos akvareldagi ishlarida esa yangi kompozitsiya va faktura imkoniyatlarini izlashini ko‘ramiz. Rassomning grafik asarlarida mavzuga o‘zgacha yondashish, milliy o‘ziga xoslik, kundalik voqealikni, xalq turmush tarzini, umulashma tipik xolatlarni topishga xarakat etish, davr mazmuni talqinini ko‘rsatishga intilish, voqealikni to‘laqonli ochib berish va mavzularning rang-barangligi namoyon bo‘lgan. Rassom fazoviy kenglikni yorqin, kompozitsion ko‘p syujetli yechimda ishlaydi. Fazo va vaqt masalalariga erkin yondashib, bir-biridan vaqt jihatdan ajralib turadigan hayotiy lahzalarni aniq tasvirlaydi.
Ijodkorning portert asarlarida turli yoshdagi insonlar tasviri namoyon bo‘ladi. Ularda inson qalbining ichki olami, ruhiy kechinmalari, kasbi, turmush tarzi, o‘zining yengil va suronli davrini ko‘rgan yoshi ulug‘ kishilari, zamondoshlar siymosida soda, mehnatkash, qat’iyatli va ochiq xarakterga ega inson obrazlari o‘rin egallaydi. Mazkur tasvirlarda plastikaning yengilligi, ranglar gammasining o‘ziga xos tarzda uyg‘unligi bilan portertlardagi insonlar obrazini haqqoniy tasvirlashga erisha olgan.
“Xiva” va “Ko‘hna Urganch” turkum asarlarida qadimiy shahar manzarasi yaqqol namoyon bo‘ladi. Muallif tarixiy shaharning ma’naviy makoniga e’tibor qaratadi, hayotdan olingan har bir epizod, hatto mayda detal ham rassom nazaridan chetda qolmaydi. Unda eski ko‘chalar, loy suvoqli paxsa uylar, qadimiy me’moriy inshootlar, tor ko‘chadan iz qoldirib ketayotgan ot aravalar, gavjum bozorlar, mahaliy aholining kundalik turmush tarzini yorqin ifoda etishga erishgan.
Shahar va ko‘chalarni turli sesanslarda tasvirlash, rang surtmalarining uyg‘unligi, nur-soya bilan to‘yinganlik asarlariga o‘zgacha maftunkorlik baxsh etgan. Bu esa ko‘hna voha jozibasini haqqoniy tasvirlashga zamin yaratgan.
Rassom har bir tabiat go‘zalligidan ilhomlangan. Bu betakrorlikni, serquyosh zaminning sirli dunyosi shakl va ranglar jilosi orqali matoga ko‘chirgan. Uning manzara janrida yaratilgan ishlari bir birini takrorlamasligi, o‘ziga xos falsafiy mazmun bilan to‘yinganligi bilan e’tiborlidir.
Ijodkorning tarixiy janrda yartagan asarlari ham diqqatga sazovor. Xususan, rassom tomonidan ishlangan “Jaloliddin Manguberdi” nomli asarlarida tasvir moxiyatini yorqin ifoda eta olishi, tarixiy voqealarni aniq ochib berishi, ranglarning emotsionaligi va mayda detallardan ham to‘g‘ri foydalan olilganligi bilan yuksak e’tiborga molik tarixiy janrdagi asarini yaratgan.
Ataxan Allabergenov nafis san’atning butun sehri, jozibasi, maftunkorligi, fikr erkinligi, hayotiy falsafasini sahna asarlarida sahnalashtirgan yuzdan ortiq sahna dekoratsiyasini yuksak mahorat va maroq bilan yaratadi. Ijodkor eskizlarda yaratilgan badiiy g‘oyani sahna bezaklariga to‘liq ko‘chirishga erishadi. 1975 yildan Ogahiy nomidagi viloyat musiqali drama va komediya teatridagi faoliyati davomida ijodkor yuzdan ortiq spektakllarni sahnalashtirishda dekoratsiyalar yaratadi. Jumladan, Ataxan Allabergenov “Beruniy”(1976), K.Yashinning “Nurxon” (1977), O.Matjoning “Platina” (1977), Y. Marsinkevikiusning “Mindaugas” (1979), H.H.Niyoziyning “Maysaraning ishi” (1983), K.Omarovning “Yagona guvoh” (1985), A.Qahhorning “Tobutdan tovush” (1986), E.Samandarovning “Jaloliddin Manguberdi” (1987) , A.Navoiyning “Layli va Majnun”, O‘.Hoshimovning “Baland dorga osilma”, K.Matrizayevning “Munozara davom etadi”, E.Vohidovning “Somonchi”, “Ruhlar isyoni”, “Makbet”, “Afandi”, N.Dumbadzening “Quyoshni ko‘ryapman”, O.Abdullinning “O‘n uchinchi rais”, E.Roblesning “O‘limdan kuchli” va shu kabi ko‘plab spektakllarni badiiy bezashda dekoratsiyalar yaratgan.
O‘zbekistonda san’at va madaniyatni yuksaltirishda fidokorona mehnat qilgan va xalqimiz qalbidan chuqur joy olgan buyuk utoz musavvir Ataxan Allabergenov 2021 yil 26-iyulda Xorazm viloyati Urganch shahridagi o‘zi yashab istiqomat qiladigan uyida olamdan ko‘z yumadi. Mazkur bitiruv malakaviy ishi O‘zbekistonda teatr schenografiyasi va rangtasvirning rivojlanishiga katta hissa qo‘shgan O‘zbekiston Badiiy akademiyasi akademigi (2003), O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi (1981), Mehnat shuhrati ordeni va O‘zbekiston Badiiy akademiyasi “Kumush medali ” sohibi (2000), Respublika va chet davlatlarda o‘tkaziladigan barcha tanlov va ko‘rgazmalar ishtirokchisi, Xorazm rassomlari orasida o‘zining alohida ijodiy maktabini yaratgan rangtasvirchi rassom Ataxan Allabergenov ijodining yorqin xotirasiga bag‘ishlanadi.
Ataxan Allabergenov ijod olamida o‘z dasxatiga ega bo‘lgan rassomlardan. Rassom tabiatdan olgan ta’surotlarini his tuyg‘ulari orqali ifoda etishga erishgan. Ataxan Allabergenov yetuk rangtasvir ustasi bo‘lishi bilan bir qatorda, mohir pedagog ham edi. Ustoz rassom shogirdlari bugungi kunda O‘zbekiston rangtasvirining yuksalishida samarali ijod etib kelmoqdalar.

Download 3,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish