Kamoliddin behzod nomidagi milliy rassomlik va dizayn instituti san’atshunoslik va muzeyshunoslik


Bitiruv malakaviy ishining tarkibiy tuzilishi



Download 3,96 Mb.
bet5/12
Sana14.07.2022
Hajmi3,96 Mb.
#797184
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
BMI.Ataxan Allabergenov ijodi

Bitiruv malakaviy ishining tarkibiy tuzilishi: Mazkur bitiruv malakaviy ishi kirish ikki bob, to‘rt bo‘lim, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati va ilovalardan iborat.


I BOB. MUSTAQILLIK YILLARIDA O‘ZBEKISTON TASVIRIY SAN’ATINING RIVOJI
I.1. O‘zbekiston tasviriy san’atiga doir adabiyotlarning sharxi.

Biz o‘z oldimizga mamlakatimizda Uchinchi Renessans poydevorini barpo etishdek ulug‘ maqsadni qo‘ygan ekanmiz, buning uchun yangi Xorazimiylar, Beruniylar, Ibn Sinolar, Ulug‘beklar, Navoiy va Boburlarni tarbiyalab beradigan muhit va sharoitlarni yaratishimiz kerak”


Sh.M.Mirziyoyev18
O‘zbekiston mustaqillikka erishgach xalqimiz tarixida yangi sahifa ochildi. Mustaqillik natijasida ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy va ma’naviy sohani yuksaltirishda keng ko‘lamli islohatlar amalga oshirib kelinmoqda. Bu borada O‘zbekiston xalqaro huquqiy obyektga aylanib, 1992-yil BMTga, 1993-yilda YUNESKOga a’zo bo‘ldi. Bugungi kunda O‘zbekiston buyuk davlatga aylanib, dunyoning barcha davlatlari bilan teng huquqli asosda hamkorlik ishlarini keng yo‘lga qo‘ydi.
“O‘zbekistonning eng yangi tarixi va biz erishgan olamshumul yutuqlar mard va matonatli xalqimiz har qanday qiyinchilik, to‘siq va sinovlarni o‘z kuchi va irodasi bilan yengib o‘tishga qodir, deb baralla aytishga to‘la asos beradi.
Biz ajdodlarimizning yorqin xotirasini asrab-avaylab qalbimizda, yuragimizda abadiy saqlaymiz. Bukilmas iroda, fidoiylik va jasorat namunasini amalda namoyon etib, o‘z hayotini aziz Vatanimizning har tomonlama ravnaq topishiga bag‘ishlangan ustoz va murabbiylarimiz, zamondoshlarimiz bilan birga cheksiz faxrlanamiz”.19
Milliy istiqlol tufayli Vatan va xalq, davlatchilik tarixi, badiiy madaniyat va san’at tarixi, milliy qadiryatlar, urf-odatlarning san’at va turlaridagi talqinlari asl holatida qayta tiklana boshladi. Vujudga kelgan ijodiy erkinlik, ta’qiblardan xalos bo‘lishi natijasida o‘zbek tasviriy san’atida ham yangilanish, o‘zgarishlar yuz berdi va bugungi kunda ham yangidan-yangi ijodiy izlanishlar davom etib kelmoqda. Tasviriy san’at - san’atning eng nafis turlaridan biri bo‘lib, uni o‘rganish, yoritish va tahlil etishda har tomonlama yondashish muhim ahamiyat kasb etadi. O‘zbekiston tasviriy san’atidagi ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy, ma’naviy o‘zgarishlarni, yutuq va kamchiliklarni yoritib berishda ko‘plab san’atshunos olimlarimiz tomonidan o‘rganilgan bo‘lib, ular tomonidan yaratilgan kitob, darslik, o‘quv qo‘llanmalar, monogafiyalar, ilmiy maqola, kataloglar va adabiyotlar O‘zbekiston tasviriy san’atini o‘rganish va tadqiq etishda asosiy ilmiy manbalar bo‘lib xizmat qilmoqda.
Mazkur bobni yoritishda o‘tmish san’atimizni yangi davr nigohi bilan kuzatib, O‘zbekiston tasviriy san’atini qadimiy shakllanish bosqichlaridan to bugungi kunga qadar bo‘lgan ilmiy jarayonlarni, ayniqsa mustaqillik yillarida erishilgan yangi ijodiy yutuqlarni o‘rganish keng qamrab olindi. Bunda esa ko‘plab ilmiy adabiyotlar, o‘quv qo‘llanmalar, monografiyalar, kataloglar, ilmiy jurnallar, dissertatsiya, avtoreferat va turli ilmiy maqolalardan foydalanildi.
Xususan, R.Taktash “Искусство Советского Узбекистана (1917-1972)”20 kitobida Turkistonga kelib ijod qilgan rassomlar haqida aniq ma’lumotlar keltirilgan. Bu manba ikki bobga ajratilgan bo‘lib, asosan O‘zbekistondagi badiiy hayot, ya’ni rangtasvir, qalamtasvir, haykaltaroshlik, teatr dekoratsiyasi va xalq amaliy bezak san’atining shakllanishi va ularning asoschilari borasida to‘xtalib o‘tilgan.
R.Taktashning “Художественно-критические этюды. Пути и проблемы становления узбекского изобразительного искусства”21 monografiyasida 1920 – 1980-yillar O‘zbekiston tasviriy san’atidagi badiiy jarayonlari, ijtimoiy taraqqiyoti qamrab oladi. Monografiyada kitob grafikasi, haykaltaroshlik, rangtasvir borasidagi yutuq va kamchiliklar borasida to‘txalib o‘tilgan. Unda mazkur davrlarda ijod etgan rassomlar ijodi hamda tashkil etilgan ko‘rgazmalar borasida yoritligan. Muallif tomonidan yozilgan tanqidiy maqolalar ham mazkur monografiyada keltirib o‘tilgan. Monografiya uchta yirik bob va boblar bo‘limlardan tashkil topgan.
T.Rogovaning “Молодые художники Узбекистана”22 albomida 1970 -1980-yillar tasviriy san’ati va muammolari rangtasvir, haykaltaroshlik va amaliy bezak san’ati asarlarining illyustratsiyalari berilgan. Ma’lumotlar rus va ingliz tillarida yozilgan.
N. Oydinovning “Ўзбекистон тасвирий санъати тарихидан лавҳалар”23 nomli mazkur kitobda qadimdan to XX asrning 70-yillarga qadar bo‘lgan davridagi tasviriy san’atnig tur va janrlari, O‘zbekistin hududida mavjud bo‘lgan o‘ziga xos tarixdan lavhalar yoritilgan. O‘quv qo‘llanma kirish, to‘rt bob va bo‘limlardan tashkil topgan. Bitiruv malakaviy ishga mazkur kitobning birinchi bobida tasviriy san’at, kompozitsiya, tur va janrlar borasidagi ma’lumotlar, hamda, to‘rtinchi bobda XIX asr oxiri va XX asr boshlarida O‘zbekistonda samarali ijod etgan rassomlarning ijodiy faoliyatiga to‘xtalganligi asos bo‘ldi.
X. Karamatovning “O‘zbekiston san’ati (1991-2001 yillar)”24 adabiyot san’atning yangi tarixiy sharoitdagi taraqqiyoti tahliliga bag‘ishlangan bo‘lib, unda 1991 – 2001-yillarda O‘zbekiston san’atida, badiiy-madaniy hayotida kechgan jarayonlar, yangi ijodiy yo‘nalishlar va an’anaviy shakllarning mutanosibligiga qaratilgan. Kitobda san’atning mavjud sohalari – tasviriy va amaliy san’at, me’morlik, musiqa, teatr, kino, televidenya va bu sohalarning taraqqiyoti, badiiy izlanish jarayonlari va asosiy rivojlanish tamoyillari aks ettirilgan. “O‘zbekiston San’ati”(1991-2001) kitobi kirish, uch bob, xulosa, adabiyotlar ro‘yxati va yilnomadan iborat bo‘lib asosan birinchi va uchinchi boblaridan foydalanildi.
T.Qo‘ziyev tahriri ostida “Ijodimiz haqida gapirsak”25 1-j. Rangtasvir, grafika, haykaltaroshlik albomlar turkumi nomli kitobida yurtimizda faoliyat olib borayotgan rassomlar hayoti va ijodi talqin etilgan. Mazkur qo‘llanmada Ataxan Allabergenov fikrlari orqali ijodi borasida ham yoritilgan.
N.Abdullayevning “O‘zbekiston san’ati tarixi”26 kitobida O‘zbekiston hududida san’at shakllanishining qadimdan to yurtimizning istiqlol yillariga qadar bo‘lgan davrni o‘z ichiga olgan. Kitobda me’morlik, tasviriy, amaliy bezak san’ati turlarining evolyutsion tarraqqiyot bosqichlari yoritilgan. Mazkur adabiyot kirish, to‘rt bob va bo‘limlardan iborat bo‘lib, bitiruv malakaviy ishini yoritishda uchunchi va to‘rtinchi bo‘limlardan foydalanildi.
A.Hakimovning “Искусство Узбекистана: история и современность”27 nomli kitobda Markaziy Osiyo mintaqasining, ko‘proq O‘zbekiston san’atidagi zamonaviy badiiy jarayonlarni o‘rganishga bag‘ishlangan. Mazkur kitobning asosini O‘zbekiston san’atining tarixiy rivojlanishidagi yo‘nalishini va umumiy badiiy harakatining o‘ziga xos xususiyatlarini, shuningdek, o‘tmish va zamonaviy rassomlarning ijodiy izlanishlari ilmiy jihadan yoritilgan. Monografiya beshta katta bobdan iborat bo‘lib, asosan XX asr O‘zbekiston rangtasviridagi o‘zgarishlar, badiiy jarayonlar yoritib berilgan.
A.Hakimovning “Новая узбекская живописъ”28 mustaqillik davri milliy rangtasvir fenomenini o‘rganishga qaratilgan bo‘lib, kitobda XX-XXI asrlar boshlarida O‘zbekistonning yetakchi rassomlari ijodidagi mavzu va uslubdagi o‘zgarishlarning mohiyati respublika hayotidagi muhim tarixiy va ijtimoiy-siyosiy o‘zgarishlar sharoitida ko‘rib chiqilgan. Mazkur kitob bo‘limlarga bo‘lingan va har bir qismida keng qamrovli tahliliy ma’lumotlar berib o‘tilgan.
A.Hakimovning “История Искусств Узбекистана” 29 kitobida O‘zbekiston san’at tarixi davriylashtirilib qadimgi davrdan to bugungi kunga qadar bo‘lgan tarixiy va badiiy jarayonlar aks ettirilgan. Mazkur adabiyot 32 ta mavzudan tashkil topgan.
N.Ahmedovaning “Живопись Центральной Азии ХХ века: Традиции самобытность диалог”30 monografiyasida XX asrning murakkab jarayonlari fonida kechgan Markaziy Osiyo davlatlari rangtasvirining shakllanishi va rivojlanishdagi muammolari ko‘rib chiqilgan hamda tahlil etilgan. Rassomlar ijodida etnik madaniy o‘ziga xoslikni izlash va yangilangan uslubiy yondashuvlar asaosida mintaqa san’atidagi tarixiy, madaniy o‘zgarishlarning o‘ziga xos xususiyatlari talqin etilgan. Monografiya uchta katta bobdan iborat bo‘lib, har bir bobda Markaziy Osiyo davlatlari san’atidagi zamonaviy izlanishlar hamda tarixiy madaniy jarayonlar kesimida mintaqa rangtasvirining rivojlanishi, sharq va g‘arb badiiy tizimlarining dialogi keng yoritib o‘tilgan.
D.Pulatovning “O‘zbekiston san’ati”31 o‘quv-qo‘llanmasida O‘zbeksiton tasviriy san’ati o‘rganilgan bo‘lib, uning tarixiy taraqqaiyotidan hamda ijodiy rivojlanish jarayonlari va asosiy jihatlari yoritib berilgan bo‘lib, mustaqillik yillari san’ati davrining ijodiy yutuqlarini ham o‘z ichiga qamrab olgan. Mazkur o‘quv qo‘llanmada O‘zbekiston san’atini ibtidoiy jamoa davridan boshlangan tarixiy shakllanishi, uning qadimgi davri, ilk istilolar payti, Grek-Baqtriya, Kushonlar davri, O‘rta asrlar san’ati, arab istilosidan keyingi davr, Amir Temur va temuriylar davri hamda XX asrda kechgan ijodiy masalalar va mustaqillik yillaridagi san’atda ro‘y bergan rivojlanish jarayonlari aks etgan. O‘quv qo‘llanma kirish qismi, uchta bob va bo‘limlardan tashkil topgan. Mavzu yuzasidan o‘quv qo‘llanmaning uchinchi bobidan keng foydalanildi. Mazkur bob XX asr O‘zbekiston san’ati deb nomlangan bo‘lib, XIX asr oxirlaridan to mustaqillik yillari san’ati rivojlanish jarayonlarni qamrab olgan.
U.Mamatov “Ўзбекистон маданиятида тарихий жанрдаги тасвирий санъат асарлари (ХХ аср иккинчи ярми-ХХI аср бошлари)”32 monografiyasida XX asr ikkinchi yarmi va XXI asr boshlaridagi tarixiy mazmunga ega bo‘lgan asarlar yoritilgan bo‘lib, ushbu asarlar O‘zbekistonda ijod etgan va ijod qilib kelayotgan san’at ustalari tomonidan yaratilgan asarlar tashkil etadi. Mazkur monografiyada aynan madaniy merosni, mustaqillik yillari O‘zbekistn madaniyatidagi tasviriy san’atning tarixiy janrlardagi asarlarini obyektiv nazariy jihatdan yoritib berilgan. Bundan tashqari O‘zbekiston tasviriy san’atining rivojlanishdagi badiiy jarayonlar, mazkur yillar oralig‘ida amalga oshirilgan ishlar va rassomlarning ijodiy faoliyatlari borasida ham ma’lumotlar keltirib o‘tilgan. Monografiya kirish, to‘rt bob va bo‘limlardan iborat. Bitiruv malakaviy ishini yozishda ushbu managrafiyadan asosan tarixiy mazmunga ega bo‘lgan O‘zbekiston tasviriy san’at ustalarining asarlari va ularning badiiy talqin etilganligi asos bo‘ldi.
“O‘zbekiston milliy portret san’ati”33 albomining kirish so‘zi N.Abdullayev tomonidan yozilgan bo‘lib O‘zbekiston hududida tasviriy san’atning qadimdan paydo bo‘lganligi va shu davrdan boshlab kishilarning qiyofalari o‘z aksini topganligi haqida tushuncha berilgan. Markaziy Osiyo hududida dastlabki ishlangan portretlar, IX-XIII asrlarda ham tasviriy san’at man etilgan bo‘lsada portret janrida yaratilgan asalar borasida, Temur va temuriylar davrida tasviriy san’atning gullagan davrini boshidan kechirganligi va sharq miniatyura maktabining shakllanishdagi K. Behzod ijodi va uning shogirdlari haqida qisman ma’lumotlar keltirilgan. XVI asr ikkinchi yarmidan boshlab portret san’atining asosiy sabablaridan xonlar o‘z portretlarini ishlata boshlaganliklari va shu davrning mashxur musavvirlari Abdullo Buxoriy, Manuchexr, Jamoliddin Yusuf kabi rassomlar nomlari keltirilgan. XIX asr oxiri XX asr boshlarida tasviriy san’at jarayonlari, XX asr o‘zbek zamonaviy tasviriy san’atining shakllanish va rivojlanishda milliy uslubning ortishi hamda rangtasvirda Yevropa realistik san’atiga xoslik, yangi shakllangan avangard san’atining rivoji haqida yozilgan. Bu davrlarda portert janrining rivojlanishida A.Siddiqiy, L.Nasriddinov, portert san’atida samarali ijod etigan Sh.Hasanova, B.Hamdamiy, O‘.Tansiqboyev, A.Abdullayev, Ch.Ahmarov, X.Raximov ijodiy faoliyatlari hamda portret janrini rivojlantirish va ular tomonidan yaratilgan asarlar keltirilgan. Bundan tashqari mazkur albomda XX asrning 1960-1980 yillar, mustaqillik davri portret janrining samarali rivoji va shu davrda ijod etgan rassomlar, jumladan, M.Nabiyev, N.Qo‘ziboyev, Q.Basharov, J.Umarbekov, E.Masharipov, A.Aliqulov, T. Kuryazov va shu kabi ko‘plab rassomlar, yosh rassomlar qatorida B. Хajimetov, F.Ahmadaliyev, T.Karimov, D.Rahmonbekova, Z.Sharipova singari ijodkorlarning portret janrida ishlangan asarlari o‘rin olgan.
D.Alimkulovaning “1920 – 1930-yillar rangtasviri O‘zbekiston tasviriy san’atining rivojlanish jarayoni kesimida”34 monografiysiada 1920 – 1930-yillarda shakllangan badiiy-uslubiy jarayonlar tadqiq etilgan. 1920 – 1930-yillar rangtasvirida bir paytining o‘zida ham realistik, ham avangard badiiy uslubning shakllanganligi va oqimlarning mavjudligi borasida, unda O‘zbekistonda tasviriy san’atning shakllanishi bilan bog‘liq jarayonlar ikki davr talqinida rassomlarning ijodiy jarayonlari va faoliyatlari yoritib berilgan. Bundan tashqari 1920 – 1930-yillar rangtasviri O‘zbekiston zamonaviy tasviriy san’atining milliy o‘ziga xosligi shakllanishida xizmat qilganligi va uslubiy xilma-xillik, sharq va G‘arb an’analrining o‘zaro ta’siri va badiiy jarayonlarning bog‘liqligi hususida to‘xtalib o‘tilgan. Monografiya kirish, uchta yirik bobdan iborat bo‘lib, har bir bob bo‘lim va qisimlardan tashkil topgan. Bitiruv malakviy ishini yozishda asosan so‘ngi bobidan foydalanilgan bo‘lib, unda 1920 – 1930-yillar oralig‘ida shakllangan o‘zbek avangardi an’analarining zamonaviy O‘zbekiston san’atidagi o‘rni yoritib o‘tilgan.
“O‘zbekiston Badiiy akademiyasi”35 faoliyati borasidagi jurnalda akademiyaning tashkil etilishi, uning faoliyati, akademiya a’zolari va ularning ijodi, san’at va madaniyatni rivojlantirish borasidagi badiiy jarayonlar, akademiya mukofotlari, O‘zbekiston Badiiy akademiyasi muassasalari nomlari va faoliyati, O‘zbekiston badiiy ijodkorlar Uyushmasi va yurtimizda san’at va madaniyatni yuksaltirish borasidagi amalga oshirilgan qator islohatlar borasidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan.
D.Umarovaning San’atshunoslik fanlari bo‘yicha falsafa doktori ilmiy darajasini olish uchun yozilgan “Mustaqillik davri O‘zbekiston rangtasivirining asosiy tendensiyalari"36 nomli dissertatsiya avtoreferatidan foydalanilgan bo‘lib, ushbu dissertatasiya avtoreferatida XX asr oxirlari – XXI asr boshlarida (1991- 2017 yy.) O‘zbekiston zamonaviy rangtasviridagi asosiy tendensiyalar asosida badiiy jarayon va ijodiy talqin munosabatlari, milliy rangtasvir tarqqiyoti, tarixiy mavzularning dolzarbligi, tasviriy san’atdagi ramziy-metaforik, shartli-dekorativ tendensiyalarning shakllanishida Sharq ma’naviy-poetik an’nalarning ta’siri va zamonaviy san’at yangilanish jarayonidagi milliy merosning yetakchilik roli bilan bog‘liq jarayonlar, ularning o‘ziga xos xususiyatlari va rivojlanish dinamikasi o‘rganilgan. Bitiruv malakviy ishini yozish mobaynida dissertatsiyaning birinchi bobning birinchi bo‘limi “O‘zbekiston rangtasvirini tadqiq etishning ilmiy-nazariy aspektlari, ikkinchi bobning ikkinchi bo‘limlari “Rangtasvirda tarixiy mavzuning yoritilishi”, “Zamonaviy rangtasvirda shartli-dekorativ tendensiyaning yangilanish xususiyatlari” nomli bo‘limlaridan foydalanildi.
N.Kultashevaning San’atshunoslik fanlari bo‘yicha falsafa doktori ilmiy darajasini olish uchun yozilgan “O‘zbekiston muzeylarida milliy rangtasvir kolleksiyalarining shakllanishi”37 mavzusi bo‘yicha dissertatsiya avtoreferatidan foydalanildi. Dissertatsiya avtoreferatida sovet yillari san’atshunosligiga oid ijtimoiy-tarixiy, metodologik yondashuvdagi izlanishlar va mustaqillik davriga doir izlanishlar yoritilgan bo‘lib, O‘zbekiston rangtasivirini o‘rganishda muzey fondalaridagi kolleksiyalarga tayangan holda XX asr milliy rangtasvir tarixiga oid tamoyillar, yangilangan ma’lumotlar tadqiq etilgan va muayyan davrdagi badiiy jarayonlar, rassomlar ijodi milliy rangtasvir tarixidagi tamoyillar ochib berilgan. Bundan tashqari muzey kolleksiyalarini o‘rganish asosida milliy rangatsvir rivojining asosiy bosqichlariga mansub kam o‘rganilgan yoki avvallari noma’lum bo‘lgan manbalar ilk marotaba tahlil etilgan; portret, manzara kabi janrlarning shakllanish tamoyillari xususiyatlari yoritilgan. Mazkur avtoreferatning asosan ikkinchi bobidagi 1970 – 1980-yillradagi badiiy jarayonlardagi kolleksiyalar tarkibi va mazkur bobning “Mustaqillik davrida rangtasvir kolleksiyasining komplektasiya masalalari nomli bo‘limi va uchinchi bo‘limlaridan foydalanildi.
D.Alimkulovaning San’atshunoslik fanlari bo‘yicha falsafa doktori ilmiy darajasini olish uchun yozilgan “1920 – 1930-yillar rangtasviri O‘zbekiston tasviriy san’atining rivojlanish jarayoni kesimida”38 mavzusi bo‘yicha dissertatsiya avtoreferatidan ham foydalanildi. Mazkur dissertatsiya avtoreferatida XX asr rangtasviring O‘zbekiston milliy badiiy maktabining shakllanishida poydevor va yangi tendensiyalarni belgilovchi asos sifatida qaralib, mustaqillik davri O‘zbekiston rangtasviridagi yangi tendensiyalarni tahlil etish, zamonaviy rassomlar tayangan obrazli-estetik konsepsiyalarni aniqlashdagi muhim ahamiyat kasb etganligi borasida so‘z borgan. Bundan tashqari mazkur dissertatsiyada 1920 – 1930-yillarga oid ommaga nomalum rangtasvir asarlari kirtilgan bo‘lib, ularni o‘rganish natijasida “O‘zbek avangardi” fonomeni shakllanganiligi yoritilgan. Oradan bir asar o‘tib ham, bugungi kunga kelib “O‘zbek avangardi” an’analari tasviriy ifoda sifatida rangtasvir va grafika san’atida ta’siri kuzatilayotganiligi asoslab o‘tilgan.
R.Taktashning “San’at” jurnali 1998 yil №1 sonidagi “San’atning makoni xususida”39 maqolasida san’at va madaniyatning taraqqiyoti va rivoji borasida so‘z borgan bo‘lib, xususan mustaqillikga erishilgandan keyingi yurtimizdagi siyosiy, badiiy rivojlanish jarayonlardagi o‘zgarishlar aynan, san’at va madaniyatning yuksalishi ayniqsa bu jarayoning jadallashuviga 1997 yilda O‘zbekiston Badiiy аkademyasining tashkil topishi turtki bo‘lganligi. O‘zbekiston tasviriy san’tidagi yangi tendensiyalar va bu yangi tendensiyalarning rassomlar ijodiga ta’siri, respublika badiiy bilim yurtlarida shuningdek, Moskva, Leningrad, Kievda badiiy o‘quv yurtlarida rassomlarning ta’lim xususida, O‘zbekistn san’atining butun jahon san’ati badiiy tamoyillari bilan aloqadorligi va taraqqiyoti borasida yoritilgan.
A.Hakimovning “San’at” jurnali 2016 yil №2 sonidagi “O‘zbekiston san’ati ikki asr oralig‘ida: tanlash strategiyasi va davr uslubi xususiyatlari”40 maqolasida aynan XX asr san’atining siyosiy mafkura taziyqi ostiga tushub qolganligi va 1930-1980 yillar sotsirealizmning rassomlar ijodining asosiy mezoni bo‘lgani. 1980 yillar oxirida esa san’atda ikkilanish xususiyatlarining yuzaga kelganligi urg‘u bergan holda, mamlakatamiz mustaqillikga ershgach tasviriy san’atning ilg‘orlash jarayonlari yoritilgan. Aynan mustaqillik tufayli yurtimizda san’atni rivojlantirish borasida moddiy-texnik jihatdan qo‘llab quvvatlashga qaratilgan institutsional amalga oshirlgan islohatlar jarayonlari haqida aytib o‘tilgan. Xususan, birinchi Prezdentimiz I.A.Karimov farmoni bilan 1997 yil O‘zbekiston Badiiy akademyasining tashkil topganligi va buning natijasida qator imkoniyatlarga sharoit yaratilganligi, ko‘plab ko‘rgazma va anjumalar tashkil etilganligi, shular orasida 2000 yillar boshida birinchi bo‘lib mamalakatimizda Xalqaro biennale o‘tkazilganligi va buning natijasida ijodkorlar salohiyatlarini va milliy san’atimizning o‘ziga xosligini namoyish etish kabi imkonyatlarning qo‘lga kiritilganligi borasida yoritilgan. Mazkur maqolada 1990 – 2000-yillarda rassomlar dunyoqarashida yuzaga kelgan bir qator ijodiy o‘zgarishlar va jarayonlar xususida, zamonaviy san’atda instalyatsiya, videoart, fotokollaj, performans singari dolzarb san’at asarlarining shakllanganligiga to‘xtalgan. Tasviriy san’atda rangtasvirining yetakchilik qilganligi va unda ijod etgan rassomlarning yutuqlari tilga olib o‘tilib, Art-trio guruhining ijodi esa muallif tomonidan tanqid etib ketilgan. Bundan tashqari O‘zbekistonda mahobatli rangtasvirda an’analarning yo‘qolib ketmasdan yangi an’ana va tamoyillar bilan birgalikda shakllanib, rivojlanib kelayotganligi, iste’dodli ijodkorlar nomlari tilga olinib ular tamonidan yurtimiz inshoatlarida tarixiy asarlardan olingan syujetlar, tarixiy shaxslar obrazlarning talqini xususida bir qator ma’lumotlar keltirib o‘tilgan.
A.Hakimovning “San’at” jurnali 2015 yil №1 sonidagi “XX asr oxiri – XXI asr boshi o‘zbek rangtasviridagi o‘zgarishlar”41 maqolasida mazkur davrlar oralig‘ida yurtimizda rangtasvirdagi yangi tamoyillarning paydo bo‘lishi va unda yuz bergan badiiy jarayonlar xususiga to‘xtalgan. Aynan, O‘zbekistonda dastlabki 1998 yilda birinchi ijodiy guruh “23 lar uyushmasi” bo‘lib shakllangan rassomlar a’zolari B.Jalolov, J.Umarbekov, A.Mirzaey, A.Nur, V.Axunov, A.Turdiev, A.Sharjanov, K.Yusupov, E.Mansurov, A.Isaev, M.Abdullayev, M.Isanov, F.Axmadaliyev va boshqlardan iborat uyushma a’zolari va ularning ijodi borasida so‘z borgan. Ularning ijodida O‘zbekistonda sho‘rolar hokimyati o‘rnatilgan davr hamda 1980-yillardagi stalincha qatag‘on voqealarini tanqid qiluvchi g‘ayrioddiy noxush kolorit va fojeali ohang yuzaga kelganligi, bundan tashqari rassomlar o‘z asarlarida an’anaviy qadiryatlarni tiklashga da’vat qilganlari haqida yozilgan. Mazkur uyshmaning bir guruh rassomlari tomonidan (A.Krikis, M.Vardanyan, K.Titov, G.Kapchan, A.Turdiyev, Sh.Jamilova va b.qlar) tomonidan 1988 – 1989-yillarda konseptual g‘oyaga ega bo‘lgan ko‘rgazma haqida ma’lumot keltirilgan. Maqolada XX asr oxiri va XXI asr boshlaridagi O‘zbekiston rangtasviri stratigrafiyasi uning rivoji va uslublaridagi yangilanishlarga to‘xtalgan.
“O‘zbekiston san’ati-yoshlar nigohida: yosh olimlarning ilmiy-nazariy anjumani tezislar to‘plami”42 mazkur tezislar to‘plamida mavzular dolzarb va xilma-xil bo‘lib asosan mamalakatimizda san’atni rivojlantirish borasidagi jarayonlarni yortish bilan bog‘liq maqolalar o‘rin olgan.
“O‘zbekiston zamonaviy san’ati: Badiiy san’at talqini, rivojlanish tamoyillari”43 konferensiyasi to‘plami Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti kengashining 2017 yil 30-iyundagi 11-sonli qarori bilan nashrga tavsiya etilgan. Mazkur to‘plamda “O‘zbekiston zamonaviy san’ati: innovatsion va texnologiyalar”, “XXI asrda muzey va ta’lim: yangi amaliyot istiqbolli rivojlanishi”, “Badiiy san’at talqini: tarix, falsafa, adabiyot va madaniy nutq orqali yoshlar dunyoqarashini rivojlantirish” muammolar va yechimiga doir masalalar muhokama etilgan. To‘plamda tasviriy va amaliy san’at, san’at va madaniyatning rivoji yo‘lida davlatimiz tominidan amalga oshirilayotgan islohatlar hamda ularning rivojiga tegishli takliflar, xulosalar o‘rin olgan.
“Badiiy ta’limda innovatsion jarayonlar: rivojlanish strategiyasi, nazariyasi va amaliyoti”44 xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya to‘plami O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 2-martdagi 78-F sonli farmoyishiga asosan, 2021 yil 23-aprelda Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutida o‘tkazilgan “Badiiy ta’limda innovatsion jarayonlar: rivojlanish strategiyasi, nazariyasi va amaliyoti” mavzusida xalqaro onlayn ilmiy-amaliy koneferensiya materiallari asosida nashr etilgan bo‘lib, asosini tasviriy va amaliy san’atdagi zamonaviy san’at jarayonlari hamda jahon badiiy ta’limining istiqbolli rivojlanishiga doir izlanishlar tashkil etgan. Mazkur konferensiyada Rossiya Federatsiyasi, Belarus Respublikasi, Avstraliya, Turkiya, Armaniston, Ozarbayjon, Tojikiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va O‘zbekistondan olimlar dolzarb masalalar va innovatsion tadqiqotlari bilan ishtirok etishgan. Konferensiya to‘plamida milliy rangtasvir maktabining taraqqiy etishi, rassomlar ijodida yangi uslublarning vujudga kelayotganligi, zamonaviy badiiy jarayonlarning rassomlar ijodiy yuksalishidagi ahamiyatiga oid muammolarning yechimi borasidagi jarayonlar dolzarb ahamiyat kasb etgan. “Badiiy ta’limda innovatsion jarayonlar: rivojlanish strategiyasi, nazariyasi va amaliyoti” xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya sohadagi to‘plamida yangi ma’lumotlar, ilmiy tahlilar, innovatsion tadqiqotlar mavzusi bilan boyitilgan.
A.Hakimovning “San’at” jurnali 1999 yil №1 sonidagi “Moviy arg‘umoqlar – sariq tovus: 1990 yillar rangtasvirida qochirmalar”45 nomli maqolasida mamlakatimizda rangtasvir san’atning 1920 – 1980-yillarda kechgan jarayonlari va davr sharoitlari bilan boshlanib, 1990 yillarga kelib esa rangtasvir san’atining rassom ijodida kechgan yangicha noan’anaviylik, yangicha boyitilgan o‘ziga xos badiiy shakllar va ifoda etishning shaxsiylashtirilganligiga hamda Yevropa madaniy falasafasiga yaqinroq bo‘lgan qarashlarning vujudga kelganligi borasida bir qator rassomlar ya’ni, V.Oxunov, S.Alibekov, F.Ahmadaliyev, G‘.Boymatov, Sh.Bobojonov, B.Ismoilov, F.Qodirov, A.Nuriddinov, J.Usmonov, J.Umarbekov, Sh.Hakimov, R.Yo‘ldoshov, B.Jalolov ijodiy faoliyati orqali yoritib o‘tilgan. Ushbu guruh vakillarining 1990 yilardagi mavzulari o‘zlari dildan sevgan mavzular, shaxsiy fikirlash, plastikaga murojat etishning ustunligi va buning zamirida pand-nasihat, ichki mafkuraviy taziqqa nisbatan munosabatlari borligi ko‘rsatib o‘tilgan. Mustaqillikning qo‘lga kiritilishda esa rassomlar ijod faoliyatining kengayganligi borasida va yutuqlari haqida ham maqolada so‘z borgan.
D.Umarovaning “San’at” jurnali 2014 yil №4 sonidagi “Rassom ijodida milliy an’analarning zamonaviy talqini”46 nomli maqolasida zamonaviy o‘zbek san’atida milliy badiiy uslub chizgilarining, o‘zbek xalq an’analarining davom etib kelayotganligi va bu qadiryatlarning mifopoetik obrazlar, motivlar, ona tabiatdan ilhomlanish, badiiy an’analardan foydalanish asosida namoyon bo‘layotganligi haqida to‘xtalgan.


Download 3,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish