Jizzax politexnika instituti



Download 1,22 Mb.
bet28/31
Sana05.12.2019
Hajmi1,22 Mb.
#28504
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   31
Bog'liq
УМК Иқтисодий фанларни ўқитиш метод


Topshiriq: Ular faoliyatini tahlil qilish uchun qaysi diagrammani tanlaysiz? Sababini asoslab bering. Yuqoridagilardan o‘rganib o‘zingiz xush ko‘rgan fan mavzulari yoki uzviy savollari muhokamasiga moslashtiring.
Takrorlash va munozara uchun savollar:

1. Iqtisodiy fanlarning qanday umumiy hamda farqlanuvchi jihatlarini bilasiz?

2. Dars o‘tish metodlarini tanlaganda nima sababdan fan va mavzularning xususiyatlarini hisobga olish zarur?

3. “Buxgalteriya hisobi” fani boshqa iqtisodiy fanlardan qaysi jihatlari bilan farqlanadi?

3. Buxgalteriya hisobida hujjatlashtirish qanday rol o‘ynaydi?

4. Buxgalteriya hisobini yuritishda hisob yuritish qoidalari qanday rol o‘ynaydi?

5. Buxgalteriya hisobini o‘rganishda tarqatma material qanday rol o‘ynaydi?

6. Fanni o‘rganishda, sizningcha, qaysi metodlarni ko‘proq qo‘llagan ma‘qul?

7. Fanni o‘rganishda dars o‘tish metodlarini qanday moslashtirish mumkin?

8. Iqtisodiy tahlil fani boshqa iqtisodiy fanlardan qaysi jihatlari bilan ajralib turadi? 9. Audit fanining vujudga kelishiga qanday zaruriyatlar sabab bo‘ldi?

10. Auditning markazida auditor turadi, degan fikrga qo‘shilasizmi?

11. Moliya va boshqa iqtisodiy fanlarni o‘rganish uchun dars o‘tish metodlarini tanlashda fanning xususiyatlarini hisobga olish zarurmi?

12. Bank ishi fani boshqa iqtisodiy fanlardan qaysi jihatlari bilan ajralib turadi?

13. Dars o‘tish metodlari bilan fanning predmetini o‘rganish metodlari o‘rtasida qanday bog‘lanish borligini tushuntirib bering.



Testlar:

1 Iqtisodiy fanlardan ma‘ruza o‘qish o‘qituvchi oldiga qanday vazifalarni qo‘yadi?

a.talabalarga bozor iqtisodiyoti sharoitida murakkab ijtimoiy-iqtisodiy muammo-larni yechish uchun to‘g‘ri yo‘l topish borasida o‘ziga ishonch ruhini tarbiyalash; b. talabalarga iqtisodiyot fanlarning nazariy boy-ligini ochib berish, bir fandan olgan bilimlarini boshqa fanlarni o‘rga-nishda ijodiy qo‘llash-lariga yordam berish;

c. dunyodagi mashhur iq-tisodchilar, O‘zbekiston respublikasi Prezidenti va taniqli iqtisodchi olimlarning ishlarini chuqurroq o‘rganishga yordam berish;

d. aniq ilmiy bilimlarga tayanish

2. Ma‘ruzaga qo‘yiladigan asosiy talablarni qanday guruhga ajratish mumkin?

a. ikki guruhga: ma‘ruza mat-ni nayyorlashga va ma‘ruza o‘qishga qo‘yiladigan talablarga;

b. uchga: ma‘ruza tayyorlashga, ma‘ruza matni-ga, ko‘rgazmalilikka;

c. ikki guruhga: ma‘ruza matniga qo‘yiladigan talablar, ko‘rgazmalilikni ta‘minlashga;

d. ikki guruhga: ma‘ruza o‘qishga, ko‘rgazmalilikni ta‘minlashga.

3. Metodlarni tanlashning asosiy qoudasi - bu…

a. ta‘lim berish maqsadi va o‘rganilayotgan fan hamda mavzuning xususiyatiga mos kelishi;

b. kompyuter yordamida optimal metodlarni tanlash imkonivati;

c. metodni qo‘llashga tayyorlanish uchun mehnat sarfi;

d. metodni qo‘llashga tayyorlanish uchun ko‘rgazmalilikni ta‘minlash imkoniyati

4. Buxgalteriya hisobi va Audit fanlarini o‘rganishda fanning xususiyatiga mos tushadigan mashq turi . . .


  1. hayotda yuz bergan hodisalarni, jarayonlarni nazariy jihatdan tushuntirib berishga qaratilgan mashqlar

  2. berilgan topshiriqni mushohada qilib, xulosa chiqarishga yo‘naltiruvchi mashqlar

  3. ta‘kidlangan fikrga nisbatan o‘z nuqtai nazarini bildirish va uni asoslab berishni talab qiluvchi mashqlar

  4. berilgan topshiriqni mushohada qilish

5. Ustav kapitali balansning qaysi bo‘limida ko‘rsatiladi va uni tushuntirishda qo‘llaniladigan eng qulay metod qaysi metod?

  1. aktiv tomon – 1-bo‘limda, test;

  2. passiv tomon – 1-bo‘limda, T sxema ;

c. passiv tomon – 2-bo‘limda, T sxema ;

d. aktiv tomon – 2-bo‘limda, masala.



6. Quyidagilardan qaysi biri iqtisodiy o‘sish ekstensiv tipining belgisi hisoblanadi va uni qaysi metodni qo‘llab o‘rganish ma‘qul?

  1. mehnat unumdorligining o‘sishi, aqliy hujum;

  2. resurslarning samarali taqsimlanishi, mashq;

  3. mehnat aa kapital sarflarining ortishi, masala;

  4. texnika taraqqiyoti o‘sishi, misol .

7. Buxgalteriya hisobini o‘rganishda fanning xususiyatlariga mos holda keng qo‘llaniladigan metodlar

  1. masala va mashqlar, ko‘rgazmali va tarqatma materiallar, darsni kichik guruhlarga bo‘lib o‘tish, konseptual, semantikva toifali jadval, T sxema, modellashtiruvchi o‘yin, keys stadi;

  2. masala va mashqlar, ko‘rgazmali va tarqatma materiallar, aqliy hujum, semantik va konseptual jadval;

  3. masala va mashqlar, ko‘rgazmali va tarqatma materiallar, munozara, darsni kichik guruhlarga bo‘lib o‘tish, testlar echish, T sxema, modellashtiruvchi o‘yin;

  4. masala va mashqlar, ko‘rgazmali va tarqatma materiallar,test echish,darsni kichik guruhlarga bo‘lib o‘tish, savol-javob, T sxema, modellashtiruvchi o‘yin .

8. Iqtisodiy tahlil fanini o‘rganishda fanning xususiyatiga mos tushadigan metodlarni ko‘rsating.

  1. SWOT tahlil, masala va mashqlar, ko‘rgazmali va tarqatma materiallar, darsni kichik guruhlarga bo‘lib o‘tish, konseptual va semantik jadval, savol-javob, modellashtiruvchi o‘yin, T sxema, Venn diagrammasi;

  2. SWOT tahlil, masala va mashqlar, ko‘rgazmali va tarqatma materiallar, munozara, «case study, aqliy hujum, Venn diagrammasi;

  3. SWOT tahlil, masala va mashqlar, keys stadi, ko‘rgazmali va tarqatma materiallar, darsni kichik guruhlarga bo‘lib o‘tish, konseptual, toifali va semantik jadval, savol-javob, modellashtiruvchi o‘yin, tadqiqot, munozara, «case study», delfa, aqliy hujum, T sxema, Venn diagrammasi;

  4. SWOT tahlil, Masala va mashqlar, ko‘rgazmali va tarqatma materiallar, darsni kichik guruxlarga bo‘lib o‘tish, munozara, «case study», T sxema, Venn diagrammasi.

9. Audit fanini o‘qitishda fanning xususiyatiga mos tushadigan metodlarni ko‘rsating.

  1. loyihalash metodi, masala va mashqlar, ko‘rgazmali va tarqatma materiallar, darsni kichik guruhlarga bo‘lib o‘tish, tanqidiy nazar, test, aqliy hujum, modellashtiruvchi amaliy o‘yin;

  2. aqliy hujum, esse yozish, nazorat ishi yozish, Venn diagrammasi, tanqidiy nazar, insert, masala va mashqlar, ko‘rgazmali va tarqatma materiallar, modellashtiruvchi amaliy o‘yin;

  3. esse yozish, nazorat ishi yozish, Venn diagrammasi, tanqidiy nazar, insert, masala va mashqlar, ko‘rgazmali va tarqatma materiallar, tanqidiy nazar, test, Aqliy hujum, modellashtiruvchi amaliy o‘yin;

  4. loyihalash metodi, keys stadi, masala va mashqlar, ko‘rgazmali va tarqatma materiallar, darsni kichik guruhlarga bo‘lib o‘tish, esse yozish, nazorat ishi yozish, Venn diagrammasi, tanqidiy nazar, insert, taqriz yozish, tadqiqot, modellashtiruvchi amaliy o‘yin.

10. Bank ishi fanini o‘rganishda fanning o‘ziga xos jihatlariga mos keluvchi metodlar:

a. masala va mashqlar, ko‘rgazmali va tarqatma materiallar, darsni kichik guruhlarga bo‘lib o‘tish, konseptual va semantik jadval, T sxema, modellash-tiruvchi o‘yin, keys stadi;

b. ko‘rgazmali va tarqatma materiallar, darsni kichik guruhlarga bo‘lib o‘tish, tadqiqot, konseptual va semantik jadval;

c. masala va mashqlar, ko‘rgazmali va tarqatma materiallar, darsni kichik guruhlarga bo‘lib o‘tish, tadqiqot, modellashtiruvchi o‘yin, keys stadi, munozara, aqliy hujum, loyihalashtirish;

d. konseptual va semantik, toifali jadval, T sxema, keys stadi, munozara, aqliy hujum.

11. Moliya fanini o‘qitishda uning xususiyatlariga mos kelishi tufayli keng qo‘llashga tavsiya etiladigan metodlar:


  1. ko‘rgazmali va tarqatma materiallar, darsni kichik guruhlarga bo‘lib o‘tish, konseptual va semantik jadval, T sxema, modellashtiruvchi o‘yin, keys stadi;

  2. masala va mashqlar, ko‘rgazmali va tarqatma materiallar, darsni kichik guruhlarga bo‘lib o‘tish, konseptual va semantik jadval, T sxema, tadqiqot, modellashtiruvchi o‘yin, keys stadi, munozara, aqliy hujum, loyihalashtirish;

  3. T sxema, modellashtiruvchi o‘yin, keys stadi, masala va mashqlar, ko‘rgazmali va tarqatma materiallar, darsni kichik guruhlarga bo‘lib o‘tish, konseptual va semantik, toifali jadval;

  4. masala va mashqlar, ko‘rgazmali va tarqatma materiallar, darsni kichik guruhlarga bo‘lib o‘tish, konseptual va semantik jadval, T sxema,

12. Iqtisodiy fanlardan ma‘ruza o‘qish o‘qituvchi oldiga qanday vazifalarni qo‘yadi?

  1. talabalarga iqtisodiyot fanlarning nazariy boyligini ochib berish, bir fandan olgan bilimlarini boshqa fanlarni o‘rganishda ijodiy qo‘llashlariga yordam berish;

  2. dunyodagi mashhur iqtisodchilar, O‘zbekiston respublikasi Prezidenti va taniqli iqtisodchi olimlarning ishlarini chuqurroq o‘rganishga yordam berish;

  3. talabalarga bozor iqtisodiyoti sharoitida murakkab ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni yechish uchun to‘g‘ri yo‘l topish borasida o‘ziga ishonch ruhini tarbiyalash;

  4. aniq ilmiy bilimlarga tayanish.

13. Q’qituvchi dаrs o‘tish metodlarini tanlar ekan, birinchi navbatda nimaga diqqat qaratadi?

a. dаrsdа o‘qituvchi vа o‘quvchi-tаlаbа o‘rtаsidаgi munоsаbаtlаr bаrqаrоr-ijоbiy bo‘lishiga;

b. dаrsdа o‘quv mаqsаdlаrini аmаlgа оshirishga erishish;

c. zаmоnаviy pеdаgоgik tехnоlоgiya turlаrini tаnlаshga;

d. tаshkil etilаyotgаn dаrslаr shаkli vа qo‘llаnilаyotgаn mеtоdik usullаrning хususiyatigа.



14. Dars berishning sub’ektiv tomonlariga nimalar kiradi?

a. shu fanni o‘qituvchi tomonidan o‘zlashtirish, metodik jihatdan tayyorgarlik darajasi, dars jarayonida qo‘llay bilishi;

b. shu fanning xususiyatlari;

c. shu fanning mazmuni;

d. dars berishning shakli

15. Dars berishning ob’ektiv tomonlari o‘z ichiga nimalarni oladi?


  1. *shu fanning mazmuni, xususiyatlari;

  2. o`quv-tarbiya jarayonida ishlatiladigan uslublari;

  3. amaliy tayyorgarlik darajasi;

  4. uslubiy tayyorgarlik darajasi.



3-bo‘lim.MUSTAQIL ISHLASH VA BILIMNI NAZORAT QILISHNI TASHKIL ETISH

16-mavzu: IQTISODIY FANLARNI O‘RGANISHDA MUSTAQIL ISHLASHNI TASHKIL ETISH
Mavzu bo‘yicha topshiriqlar:
1. Talabalar mustaqil ishini tashkil etishda muayyan fan (kurs)ning hususiyatlarini, shuningdek, har bir talabaning akademik o‘zlashtirish darajasi va qobiliyatini hisobga olgan holda quyidagi shakllardan foydalaniladi:

* Qabul qilingan qonun, Prezident farmonlari, qarorlarini o‘rganish;



  • Prezident asarlari, nutqlari va iqtisodiy masalalarni tadqiq qilishga bag‘ishlangan ilmiy adabiyotlarni konspekt qilish;

  • ayrim nazariy mavzularni o‘quv adabiyotlari yordamida mustaqil o‘zlashtirish;

  • seminar va amaliy mashg‘ulotlarga tayyorgarlik ko‘rish;

  • berilgan mavzular bo‘yicha referat, axborot tayyorlash;

  • o‘rganilayotgan fanning eng dolzarb muammolarini qamrab oluvchi referatlar yozish;

  • laboratoriya ishlarini bajarishga tayyorgarlik ko‘rish;

  • hisob, grafik ishlarini bajarish;

  • nazariy bilimlarini amaliyotda qo‘llash;

  • amaliyotdagi mavjud muammolarning yechimini topish;

  • maket, model va namunalar yaratish;

  • ilmiy maqola, anjumanga dokladlar, ma‘ruza tezislarini tayyorlash;

  • ijtimoiy, iqtisodiy siyosiy mavzularda bo‘lib o‘tadigan ilmiy, amaliy konferensiya, seminar mashg‘ulotlar va davra suhbatlariga tayyorgarlik ko‘rish va ularda qatnashish;

  • turli jamg‘armalar tomonidan tashkil qilingan tanlovlarda ishtirok etish;

  • o‘rganilayotgan fan bo‘yicha mavjud asosiy ilmiy adabiyotlarga annotatsiya yozish va boshqalar.

Topshiq: Keltirilgan mustaqil ishlash iakllar ro‘yxatiga siz yana nimalarni qo‘shgan bo‘lar edingiz? Mustaqil ishni tashkil etish bo‘yicha qanday huquqiy hujjat qabul qilingan? Uning asosiy mazmunini izohlang.

2. O‘quv jarayonida quvchi-talabalar vaqtini to‘g‘ri taqsimlash muhim ahamiyatga ega.

Talabalarning mustaqil ishlarni bajarishi bo‘sh vaqtni rejalashti-rish bilan bog‘liq. Bunda darsdan keyingi vaqtni qanday o‘tkazishni rejalashtirish muhim rol o‘ynaydi.

Prеzidеntimiz mаmlаkаtimizning qudrаtli, хаlqimizning kuchli bo‘lishi аћоli-ning intеllеktuаl jiћаtdаn bаrkаmоl, yoshlаri bilimli, оr-nоmusli, vаtаnpаrvаr bo‘lib еtishishi, ulаrni vаqtini bеkоr o‘tkаzmаslik turli zаrаrli tа’sirlаrgа tushib, ћаr хil guruћlаrgа qo‘shilib qоlmаsligi uchun «,,, biz o‘z fаrzаndlаrimizning bo‘sh vаqtini mаzmunli tаshkil etishi-miz, ulаrni qo‘shimchа o‘qish, kаsb-ћunаrgа o‘rgаtish, spоrt bilаn bаnd qilish-gааlоћidа vа dоimiy e’tibоr qаrаtishimiz dаrkоr»25- dеb tа’kidlаydi.

Aqliy mehnat qilib charchaganda kishining miyasi toliqadi. Bu uning psixologiyasiga ta‘sir ko‘rsatadi. Surunkali ruhan va aqlan charchash jismoniy charchashga qaraganda ko‘proq sog‘likka salbiy ta‘sir ko‘rsatadi. Shuning uchun charchaganda dam olish kerak. Hamma uchun dam olish tartibi bir xil bo‘lmaydi. Bu o‘z-o‘zidan ma‘lum. Har bir talabaning o‘zi dam olish va ishlash tartibini belgilaydi. Lekin shunga qaramay har bir talaba yodida tutish kerak: auditoriyada dars jadvali bo‘yicha 6 soat o‘qigach, ma‘lum vaqt miya dam olishi kerak. Psixologiya bo‘yicha mutaxassis - olimlarning fikricha kamida 3 soat boshqa yumushlar bilan shug‘ullanishi, dam olishi, ayniqsa ochiq havoda sayr qilishi tavsiya etiladi. Dars tayyorlaganda mustaqil ravishda adabiyotlar bilan ishlaganda har bir yarim soatda 10-15 minut dam olishi maslahat beriladi. Eng yaxshi dam olish shakllari - bu harakatga asoslangan sayr qilish, sport bilan shug‘ullanish, uy yumushlarini bajarishdir. Hatto radio eshitayotgan chog‘da ham tik turib harakat qilish, chuqur nafas olish, dam olish paytida o‘rganilayotgan predmet haqida o‘ylamaslik kerak.



Topshiriq: Siz bildirilgan fikrga qanday qaraysiz? Ozingizni kun tartbingiz qanday? Unda mustaqil ishlash qanday o‘rin tutadi? Inson uchun eng cheklangan resurs – bu vaqt. Buni hisobga olgan holda “Mening bir kunim” mavzusida esse yozing.

3. “Аjоyib nоz-nе’mаtlаr bo‘lishi mumkin, lеkin tаtib ko‘rmаsdаn uning lаzzаtini tushunmаysаn; оliy ћаqiqаt bоr, lеkin uni izlаmаy, o‘qib, o‘rgаnmаy, bаћri dilinggа оrоm bеruvchi jiћаtlаrini tushunmаysаn. Shu sаbаbli, fаqаt o‘qish, o‘rgаnishni bоshlаbginа o‘zingni ko‘p nаrsаlаrni bilmаsligingni ћis qilаsаn; Fаqаt bоshqаlаrni o‘qitish, o‘rgаtishni bоshlаbginа uni qаnchаlаr qiyin, mаshаqqаtliligini аnglаysаn. Аmmо o‘zingni bаrkаmоl emаsligingni bilgаch, o‘z ustingdа ishlаshing mumkin; mаshаqqаt, qiyinchiliklаrni bоshdаn kеchiribginа, bаrdоshli, kuchli bo‘lishni o‘rgаnishing mumkin” Kоnfutsiy. Savol: Kоnfutsiyning fikrigа o‘z munоsаbаtingizni bildiring. Mustаqil ishlаsh bo‘yichа qаndаy mаqоl, dоnishmаndlаr vа tаniqli оlimlаrning fikrini bilаsiz. Uni kеltiring vа izоhlаng.

4. Iqtisоdchi-pеdаgоg qаndаy bo‘lishi kеrаkligini Jоn Mеynаrd Kеynsdаn kurа hеch kim yaхshirоq tаsvirlаy оlmаgаn. «tаlаntli yoki оddiy bilimdоn iktisоdchilаr eng kаmyob zоtlаr bo‘lishаdi. Prеdmеt yеngil, lеkin undа muvаffаqiyat qоzоngаnlаr sаnоqli. Pаrаdоks shundаki, ya‘ni uni shundаy dаlil bilаn izоhlаsh mumkinki, iqtisоdchi-pеdаgоg istе’dоdning kаmyob kоmbinаtsiyasi egаsi bo‘lishi kеrаk. U judа kаm hоllаrdа birgа qo‘shilishi mumkin bo‘lgаn bir qаnchа sоhаdа o‘z qоbiliyati bilаn yеtuk dаrаjаgа erishgаn bo‘lishi lоzim. U mаtеmаtik, tаriхchi, dаvlаt оdаmi, fаylаsuf, psiхоlоg, nеdаgоg … bo‘lishi, simvоllаr tilini bilishi, o‘z fikrini аnq tеrminlаr, tushunchаlаr оrqаli ifоdаlаy bilishi kеrаk».

Savol:Siz bu fikrga qanday qaraysiz? Iqtisochi va iqtisodchi-pedagoglar haqida yana qaysi mashhur allomalarning fikrini keltira olasiz?

6. Mustаqil ishning mаqsа-di vа tаshkil etish tаmо-yillаri, shаkllаri, turlаri vа usullаri turli-tuman. Mustаqil ish turlаri bo‘yichа bаhоlаsh mеzоnlаrini ishlаb chiqing, “Mustаqil ishini tаshkil qilish vа o‘z ustidа uzluksiz ishlаsh, izlаnishning jаhоn tаjribаsi” mаvzusidа rеfеrаt yoki essе yozing.



Takrorlash va munozara uchun savollar:
1. O‘quv jarayonida mustaqil ishlarning tutgan o‘rni qanday?

2. Nima sababdan mustaqil ta‘limga alohida e’tibor qaratilayapti?

3. Mustaqil ta‘limning asosiy maqsadi nima? U qanday vazifalarni bajaradi?

4. Talabalarning mustaqil ishini tashkil etishning qanday asosiy prinsiplarini bilasiz? 5. O‘quvchi-talabalarni mutaxassis sifatida shakllanisnida ilmiy to‘garaklarning roli qanday? 6. Kurs ishi, ilmiy doklad, referat va boshqa mustaqil ishlarni bajarish, sizningcha, qanday ahamiyatga ega?

7. Talabalar vaqtini samarali taqsimlash deganda nimani tushunasiz?

8. Bitiruv malakaviy ishi va uni bajarishga qo‘yilgan talablarni bilasizmi? Siz ularni ko‘ngildagidek bajara olishga ishonchingiz komilmi?

9. Mustaqil ishlashni tashkil etishda talaba nimalarga e’tibor berishi zarur deb bilasiz?

Testlar


1. Mustaqil ta‘limni samarali tashkil etish uchun …

  1. mustaqil ta‘lim mazmuni, bajariladigan ish turi, hajmi, muddati, yig‘ish mumkin bo‘lgan ball aniq ko‘rsatilgan reja bilan o‘quvchi-talabalar tanish bo‘lishi va uni bajarilishini nazorat qilish kerak;

  2. mustaqil ta‘lim rejasida bajariladigan ish va baho aniq belgilanishi kerak;

  3. mustaqil ta‘limni tashkil etishda bajariladigan ishlar turini guruhlashtirish va bajarishmuddatini belgilashga diqqat qaratish kerak;

  4. mustaqil ish uchun vazifalar berishda o‘quvchi-talabalarning boshqa vazifalarni ham bajarish, dam olishlarini hisobga olish zarur.

2. Talabalar mustaqil ishini tashkil etishning asosiy xususiyati nimada?

  1. talabani mustaqil ishlashga o‘rgatadi;

  2. ta‘limning bu shaklini mustaqil ravishda talabaning o‘zi tashkil qiladi;

  3. mustaqil ish auditoriyadan tashqarida o‘tkaziladi;

d. talabadan ko‘proq aqliy mehnat talab qiladi.

3. O‘quvchi-talabalarning mustaqil ishini tashkil etishning asosiy va birinchi tamoyili.

  1. uni bajarishning muntazamligidir

  2. mustaqil ishlarni bajarishni muddat jihatdan xohlagancha davom etishi mumkin emasligi

  3. mustaqil ishlarni tashkil etishda ish tartibini belgilash

  4. mustaqil ish turlarini belgilash

4. Kurs ishiga qo‘yilgan bosh talab …

  1. o‘quv va ilmiy adabiyotlar bilan ishlashga o‘rgatish

  2. o‘z fikrini mantiqiy izchillikda bayon qilishga o‘rgatish

  3. fanni chuqur o‘zlashtirishga erishish, ilmiy izlanishga havas uyg‘otish

  4. axborotlarga ijodiy yondashishga o‘rgatish

5. Talabalar bilimini nazorat qilish va baholashning asosiy tamoyillariga quyidagilardan qay biri kirmaydi?

  1. barcha talabalarni jalb etish

  2. dastur bo‘yicha barcha mavzularni qamrab olish

  3. talabalarga tabaqali yondashish

  4. *tenglik tamoyiliga asoslanish

6. Mustaqil ishlashga alohida diqqat qaratilishiga sabab nimada?

a.o‘quvchi talabalarni vaqtdan unumli foydalanishga o‘rgatish zarurligi va yuksak darajadagi kasbiy mahoratga ega bo‘lishi uchun o‘z ustida tinimsiz ishlashi talab qiladi; b. fanlarning xususiyati va ko‘zda tutilgan mustaqil ishlarni bajarish zarurligiga ko‘ra farqlanishi mumkinligi; c. ta‘lim dargohini bitirib chiqadigan o‘quvchi, talabalar mutaxasis bo‘lishi uchun qanday bilim kerakligini belgilab berish zaruriyati; d. mutaxassis tayyorlash va ularni qayta tayyorlash uchun zarur bo‘lgan xarajatlar talab qilinishi;



7. Psixologlarning fikricha, bilimlarni o‘zlashtirish, bu-...

a. *yangi qabul etilayotgan axborotni o‘quvchi-talaba ongidagi avvalgi mavjud bo‘lgan axborotlar tizimiga kiritishdir;

b. o‘quvchi, talabalarni o‘qishga qiziqtiradigan vaziyat yaratilishdir;

c. fanni, mavzuni o‘rganishga faollikni kuchaytirishdir;

d. o‘quvchi, talabalarni o‘z ustida muntazam ish-lashga o‘rgatishdir.

8. Puxta o‘zlashtirishning muvaffaqiyati nimalarga bog‘liq?



a. ko‘nikma; b. bilim; c. ko‘nikma va malaka; d. takrorlash va mashq;
17-mavzu:MALAKAVIY, PEDAGOGIK AMALIYOT VA UNI O‘TKAZISHGA QO‘YILADIGAN TALABLAR

Mavzu bo‘yicha topshiriqlar:
1. Pеdаgоgik-mаlаkаviy аmаliyotni tаshkil etish vа o‘tkаzish dаvridа аmаliyotchi-tаlаbа оldigа qo‘yidаgi vаzifаlаr qo‘yilаdi:

  • «Kаsb tа’limi» yo‘nаlishi tаlаbаlаri iхtisоslik fаnlаridаn оlgаn nаzаriy bilimlаrini аmаliyotdа qo‘llаshni o‘rgаnаdilаr. Bu dаvr dаvоmidа tаlаbаlаr аmаliyotgа bоrgаn o‘quv yurtlаri хаqidаgi umumiy tushunchаgа egа bo‘lishdаn bоshlаb, dаrs bеrish, o‘quv rеjаsini tuzish dаrsdаn tаshqаri tаdbirlаr, tаrbiya ishlаrini tаshkil etishni o‘rgаnаdilаr;

  • o‘quv jаrаyonini tаshkil etish, o‘qitishning ilg‘оr pеdаgоgik vа zаmоnаviy ахbоrоt tехnоlоgiyalаri аsоsidа оlib bоrish, dаrs bеrishning zаmоnаviy uslublаrini аmаldа qo‘llаshni o‘zlаshtirаdilаr.

  • mаlаkаviy аmаliyot jоyidа ijtimоiy-siyosiy, ijtimоiy-iqtisоdiy, tаshkilоtchilik vа tаrbiyaviy ishlаrni оlib bоrish sоhаsidа zаrur bilimlаrgа egа bo‘lish to‘g‘risidа tаsаvvurgа egа bo‘lаdi vа o‘rgаnаdi;

  • tа’lim muаssаsаlаrining o‘quv-uslubiy bo‘limlаri hаmdа u еrdа аmаlgа оshirilаdigаn ishlаr хususidа tаsаvvurgа egа bo‘lаdilаr, bаjаrilаdigаn ish fаоliyati bilаn tаnishаdilаr;

  • iqtisоdiy fаnlаr bo‘yichа tаjribаli o‘qituvchilаr dаrslаridа qаtnаshаdilаr vа dаrs jаrаyonini tаhlil qilаdilаr;

  • dаrs o‘tish uchun fаn vа mаvzulаr bo‘yichа mеtоdlаr tаnlаsh vа ulаrni qo‘llаsh ko‘nikmаsigа egа bo‘lаdilаr.

Bundаn tаshqаri, mаlаkаviy аmаliyotdа tаlаbаlаr bitiruv mаlаkаviy ishi uchun zаrur bo‘lgаn аmаliy mа’lumоtlаr to‘plаydilаr hаmdа mаlаkаviy аmаliyotini mаzmunini ifоdаlоvchi quyidаgi vаzifаlаrni bаjаrаdilаr.

Savol: Talabalarning malakaviy amaliyot qanday huquqiy hujjat asosida amalga oshiriladi? Iqtisodchi-pedagoglar pedagogic amaliyot ham o‘taydilar. Nima sababdan? Bu borada qanday takliflaringiz bor?

2. Аmаliyotchi-tаlаbаlаrning dаrsni tаshkil etishidа odatda хаtо vа kаmchiliklаr uchrаydi.

Аmаliyotchi-tаlаbаlаr dаrsgа tаyyorlаnish vа uni tаshkil etish jаrаyonidа turli хil хаtо-kаmchiliklаrgа duch kеlаdiki, ulаr dаrs sаmаrаdоrligini оshirishgа to‘sqinlik qilаdi.

Аmаliyotchi-tаlаbаlаr dаrsgа tаyyorlаnish dаvridа yo‘l qo‘yadigаn хаtо-kаmchiliklаr аsоsаn quyidаgi hоlаtlаrdа nаmоyon bo‘lаdi:

1) Dаrs uchun tехnоlоlgik хаritа (rеjа-kоnspеkt) tuzishdа vа dаrsdа fоydаlаnish mumkin bo‘lgаn jihоzlаrni tаnlаshdа. Bu аsоsаn dаrs mаqsаdini аniq ifоdаlаy оlmаslikdа, dаrs jаrаyonidа o‘quvchi-tаlаbаlаrdа qаndаy yangi tushunchаlаrni shаkllаntirish vа rivоjlаntirish, qаndаy tаrbiyaviy vаzifаlаrni аmаlgа оshirish, dаrsni jihоzlаshdа kеrаk bo‘lаdigаn tа’lim vоsitаlаrini tаnlаshdаgi nоаniqliklаrdа nаmоyon bo‘lаdi.

2) Аmаliyotchi-tаlаbаlаr dаrsni tаshkil etish jаrаyonidа uchrаydigаn хаtо-kаmchiliklаrning хаrаktеri jihаtidаn quyidаgi guruhlаrgа аjrаtish mumkin:

А) Ilmiy хаrаktеrdаgi хаtо-kаmchiliklаr.

B) Mеtоdik хаrаktеrdаgi хаtо-kаmchiliklаr.

V) Psiхоlоgik хаrаktеrdаgi хаtо-kаmchiliklаr.

G) Tаrbiyaviy хаrаktеrdаgi хаtо-kаmchiliklаr.

Topshiriq:Yosh, hali tajribasi yo‘q talaba darsni tashkil etish va o‘tkazish jarayonida yo‘l qo‘yishi mumkin bo‘lgan xatolar va ularning mazmunini batafsil bayon qiling. Ularni tuzatish uchun nimalar qilish rerak leb o‘ylaysiz? O‘z fikringizni bildiring.

3. Iqtisodchi-pedagog yo‘nalishi bakalavrlari pedagogic amaliyot o‘taydilar. Bu davrda ular tajriba-sinov darslari o‘tadilar va tajribali o‘qituvchilarning darslarida qatnashib, ularning darslarini tahlil qilib, taqriz yozadilar, tajriba o‘rganadilar.

Shuninig uchun amаliyotchi–tаlаbаdа dаrs bеrish ko‘nikmаsi hоsil bo‘lishidа dаrs bеrish vа undаn tаshqаri bоshqаlаrning o‘tgаn dаrsini tаhlil qilishdа qаtnаshish, so‘ngrа o‘zi hаm o‘qituvchilаr vа kursdоsh o‘rtоqlаri tоmоnidаn o‘tilgаn dаrslаrni tаhlil qilishi o‘rganishi muhim аhаmiyatgа egа.

Demak, siz dars berish va uni tahlil qilish va taqriz yozishni o‘rganishingiz kerak.

Topshiriq: 1. Mutaxassislik fanidan o‘zingiz yoqtirgan mavzu bo‘yicha dars o‘ga tayyorlaning va tajriba-sinov darsi o‘tib bering.

2. Kursdoshlaringiz tomonidan o‘tilgan tajriba-sinov darsiga tajriba o‘rganuvchi sifatida taqriz yozing va albatta o‘z tаkliflаringizni bering.
Takrorlash va munozara uchun savollar:
1. Malakali mutaxassislsr tayyorlashda malakaviy amaliyotning tutgan o‘rni ba roli qanday?

2. Malakali iqtisodchi-pedagoglar tayyorlashda pedagogic amaliyotni o‘tash qanday ahamiyatga ega?

3. Malakaviy va pedagogik amaliyotn qanday me’yoriy-huquqiy hujjatlar asosida o‘tkaziladi?

4. Malakaviy amaliyot bilan pedagogik amaliyotning umumiy jihatlari va farqlarini ko‘rsata olasizmi?

5. Talabalarga amaliyot o‘tashda qanday talablar qo‘yiladi?

6. Amaliyot o‘tash uchun talabalarga ikki tomonlama rahbar tayinlashning sababi nimada deb o‘ylaysiz?

7. Amaliyot bo‘yicha hisobotda nimalar aks ettiriladi?

Testlar

1. Ko‘nikma va malakalarni mustahkamlash, ijodiy qobiliyatni rivojlantirish, mashq qildirish o‘qitishning qaysi usuliga tegishli?



a. amaliyot; b. ko‘rgazmali; c. muammoli izlanish; d. kitob bilan ishlash

2. Kadrlar tayyorlash milliy modelining asosiy tarkibiy qismlari nimalardan iborat?

a. shaxs, davlat va jamiyat, uzluksiz ta‘lim, fan, ishlab chiqarish;

b. fan, ishlab chiqarish, uzluksiz ta‘lim;

c. shaxs, davlat va jamiyat, uzluksiz ta‘lim, fan;

d. shaxs, jamiyat, uzluksiz ta‘lim, fan, ishlab chiqarish.

3. Masofaviy o‘qitish nima?

a. masofaviy o‘qitish – axborot kommunikatsion texnologiyalar yordamida bir-biridan uzoqda bo‘lgan ta‘lim oluvchilar bilan o‘qituvchilarning bilvosita muloqoti;

b. texnologik jihatdan muloqot qiluvchi o‘qituvchi va ta‘lim oluvchilarning aloqa jarayon;

c. masofaviy o‘qitish jarayoni qatnashchilarining axborot texnologiyalari vositalari yordamida sinxron va asinxron aloqasi;

d. masofaviy o‘qitish jarayoni qatnashchilarining axborot texnologiyalari vositalari yordamida test topshirishi.

4. Pedagogik innovatsiya deganda nimani tushunasiz?

a.ta‘lim jarayoniga yangiliklarni kiritish yoki qo‘llaniladigan ana‘naviy usul va metodlarni takomillashtirish, ta‘lim sifatini oshirish;

b. uzluksiz ta‘limni boshqarish;

c. sinf jihozlarini ta‘mirlash;

d. darslarni tabiat qo‘ynida o‘tkazish.

5. Mashq qilish natijasida hosil bo‘lgan harakatlar yig‘indisi nima?

a. malaka; b. tarbiya; c. ta‘lim; d. ko‘nikma



6. Talabalar amaliyotdagi barcha faoliyati mazmunini

a. Ish rejasida ko‘rsatishi kerak; b. *hisobotda aks ettirishi kerak; c. maxsus kitobda ifodalashi kerak; d. kundalikda aks ettirishi kerak.

7.Amaliyot o‘tkazuvchi talabaga



a. o‘rtа mахsus o‘quv yurti tоmоnidаn va oliy o‘quv yurtidаn rаhbаr tаyinlаnagi;

b. amaliyot o‘tayotgan ta‘lim muassasidan rahbar (mutахаssislik fаnlаri o‘qituvchi) tаyinlаnagi.

c. oliy o‘quv yurtidаn rаhbаr tаyinlаnagi;

d. amаliyot rаhbаri etib yetakchi o‘qituvchi tаyinlаnagi;

8. Pеdаgоgik-mаlаkаviy аmаliyot tаlаbаlаr … qaratilgan.

a. nаzаriy bilimlаrini аmаliyot bilаn bоg‘lаshga;

b. nаzаriy bilimlаrini аmаliyot bilаn bоg‘lаsh, sinash, tajriba to‘plash vа uni mustаhkаmlаshga;

c. tajriba to‘plashga;

d. bilimlаrini mustаhkаmlаshga
9. Mаlаkаviy аmаliyotni tаshkil etish, rаhbаrlik qilish, аmаliyot nаtijа -lаrini yakunlаsh qanday huquqiy hujjatlarga tayanadi?

a. O‘zbеkistоn Rеspublikаsi Оliy vа o‘rtа mах­sus tа’lim vаzirligining 1998 yil 30 оktyabr 305 sоnli buyrug‘i bilаn tаsdiqlаngаnO‘zbеkistоn Rеspublikаsi оliy tа’lim muаssаsаlаri tаlаbаlаrining mаlаkаviy аmаliyoti hаqidаgi Nizоmdgа;

b. O‘zbеkistоn Rеspublikаsi Оliy vа o‘rtа mах­sus tа’lim vаzirligining 1998 yil 30 оktyabr 305 sоnli buyrug‘iga;

c. O‘zbеkistоn Rеspublikаsi оliy tа’lim muаssаsаlаri tаlаbаlаrining mаlаkаviy аmаliyoti hаqidаgi Nizоmdgа;



d. Qator me’yoriy hujjatlarga.
10. Bo‘lаjаk kаsb tа’lim o‘qituvchilаrining pеdаgоgik аmаliyotgа bоrishdаn mаqsаd?

  1. mаlаkа оshirish;

  2. tаlаbаlаrdа kаsbiy ko‘nikmаlаrni hоsil qilish;

  3. dаrs o‘tish jаrаyonini kuzаtish;

  4. dаrs o‘tish vа mаlаkа оshirish.

18-mavzu: IQTISODIY FANLARNI O‘RGANISHDA BILIMNI NAZORAT QILISH VA BAHOLASH



Mavzu bo‘yicha topshiriqlar:
1. Talabalar bilimini nazorat qilish va baholashga zamon talabidan kelib chiqqan holda yondashish talab etiladi.

Hozirgi paytda talabalar bilimini nazorat qilish va baholash, uning barcha tamoyillarini nazarda tutgan holda ta‘lim tizimidagi mamlakatimiz va chet el pedagoglari tajribasi asosida ishlab chiqilgan reyting ( ing. Rating – individual son, miqdor ko‘rsatkichi ma‘nosida ishlatiladi) tizimi qo‘llanilmoqda.

Reyting, birinchidan, talabalarning bilimini nazorat qilish va baholash jarayonini xarakterlovchi tizim. Ikkinchidan, talabaning olgan bilimini o‘zlashtirish darajasi, bahosini ifodalashning usuli.

Reyting tizimini qo‘llash orqali talabalarni o‘qitilayotgan fanlarni chuqur egallash, topshiriqlarni bajarishga ijodiy yondashish, adabiyotlar ustida muntazam ishlash, darslarga faol qatnashishlarini ta‘minlash bo‘lsa, ikkinchi tomondan, professor-o‘qituvchilarni ma‘ruza, amaliy mashg‘ulotlarga puxta tayyorgarlik ko‘rish, dars o‘tishning turli-tuman uslublarini qo‘llash, talabalar bilimini nazorat qilish va baholashda mas'uliyatlarini oshirishdir. Bularning barchasi esa raqobatbardosh mutaxassislarni tayyorlashga erishishga qaratilgan.

Reyting, birinchidan, talabalarning bilimini nazorat qilish va baholash jarayonini xarakterlovchi tizim. Ikkinchidan, talabaning olgan bilimini o‘zlash-tirish darajasi, bahosini ifodalashning usuli.

Savol: Reyting tizimini qo‘llashning mazmunini bilasizmi? Keyingi paytlarda avvalgi besh balli baho tizimiga o‘tish kerak, degan takliflar ham berilmoqda. Siz bunga qanday qaraysiz?

2. Talabalar bilimini baholash mashqqqatli ish. Ayniqsa yozma ishni baholash. Uni ozgina bo‘lsada yengillashtirish uchun rubrikatsiya jadvali ishlab chiqiladi.

Rubrikatsiya jadvali

Mezonlar

Ball

Asosiy g‘oyalar mazmuni aniq bayon qilingan. Muallif mantiqiy izchillikda o‘z fikrini ustalik bilan bayon qilgan. Hayotdan misollar keltirilgan. Ish tushunarli til bilan yozilgan. Statistik ma‘lumotlardan foydalanilgan. Lug‘aviy zaxiraga boy. Ish grammatik qoidalarga amal qilingan holda yozilgan. Muallifning bilimli ekani ko‘rinib turibdi.

5

Asosiy g‘oya, mazmun asosan ochib berilgan. Fikr yetarli darajada izchillikda bayon qilingan. Fikr yuritish to‘g‘ri. So‘zlar, iboralar to‘g‘ri tanlangan va ifodalangan. Matnda minimal darajada xatoliklar bor.

4


Asosiy g‘oya, savolning mazmuni noaniq bayon qilingan. To‘plangan material, axborotni bayon qilishda izchillik yo‘q. So‘zlar, iboralar noto‘g‘ri tanlangan. Gaplar noto‘g‘ri tuzilgan, xatolar ko‘p.

3

3



Asosiyg‘oya, mazmun, savolgajavobyo‘q. Fikruzilib-uzilib, bog‘lanmagantarzdabayonqilingan. Ishning tili muallifni savodsizligini ko‘rsatib turibdi.

1-2


Ish o‘zining mavzusi emas yoki o‘qib bo‘lmaydi.

0

Savol: Bu jadvaldgi rubrikatlar sizni qoniqtiradimi? Rubrikatsiya jadvali deganda nimani tushunamiz?
3. Baholashning metodlari qanday bajarilishiga ko‘ra 3 guruhga; OG‘ZAKI, YOZMA, ARALASH bo‘linadi. Ularni afzalliklari va kavchiliklarini ko‘rsating.


Baholash metodlari

Afzalliklari

Kamchiliklari

OG‘ZAKI,

Savol-javob







Suhbat







Va boshqalar







YOZMA,

Tayanch ata-malar asosida nazorat ishi







esse







Taqriz yozish
















ARALASH

Paradoks va topishmoqlar tanlovi







Va boshqalar








Topshiriq: Qo‘llanilgan metodlardan kelib chiqib baholashning afzalliklari va kamciliklarini ko‘rsating va baholashning eng optimal metodi haqida o‘z fikringizni ayting.
4. Tuzilgan masalani baholash ko‘rsatkichlari va mezonlari quyidagichai:


Baholash mezonlari

Maksimal ball

1. Masalaning mavzuga muvofiqligi

2

2. Masalada maqsadni qo‘yilishining aniqligi

2

3. Berilganlar va hisob-kitob qilish uchun ma‘lumotlar-ning to‘g‘riligi va yetarliligi

2

4. Topish zarur bo‘lgan noma‘lumning tushunarliligi

2

5. Masalaningnazariyyokiamaliydarso‘tishdaqo‘llani-shigako‘raqoidalargarioyaqilinganligi

2

Jami

10


Topshiriq: Yuqoridagilardan kelib chiqib, o‘zingiz yoqtirgan metod boyicha baholash mezonini ishlab chiqing va uhi reyting ballariga moslashtiring.

Mezonlarga asoslangan baholash bilan me’yorga asoslangan baholashni farqini ko‘rsating. Uni Venn diagrammasi orqali ko‘rsating



Takrorlash va munozara uchun savollar:
1. Talabalar bilimini nazorat qilish va baholashning qanday ahamiyati bor?

2. Nazorat qilish va baholashning qanday tamoyillarini bilasiz?

3. Talabalar bilimini nazorat qilishning qanday turlarini bilasiz?

4. Nazorat qilish va baholashning asosiy shakllarini, afzalliklari va kamchiliklarini ko‘rsating.

5. Siz talabalar bilimini nazorat qilish, sinash va baholashning qaysi turlarini ko‘proq qo‘llagan bo‘lar edingiz? Nima sababdan? Izohlang.

6. Sillabus(Syllabus) nima? Siz o‘z faoliyatingizda undan foydalanasizmi?

7. O‘quvchi-talabalarning bilimini sinash va baholashda yana qanday ilg‘or jahon tajribalaridan foydalangan bo‘lar edingiz?

8. Mustaqil ishlashni tashkil etishda talaba nimalarga e’tibor berishi zarur deb bilasiz?


Testlar

1. Quyidagilardan qaysi biri talabalar bilimini nazorat qilish va baho-lashning tamoyillariga kirmaydi?



a. talabalarga oshkora va xolisona yondashish;

b. Talabalar bilimini adolatli baholash;



c. joriy, oraliq, yakuniy nazorat;

d.nazorat va baholashni muntazam amalga oshirish

2. Turli metodlarni qo‘llashda o‘quvchi-talabalarni faol ishtirokini ta‘minlashning muhin omili – bu

  1. to‘g‘ri tanbeh berish;

  2. baholash mezonlarini ishlab chiqish;

  3. nazoratni vaqtida o‘tkazish;

  4. rubritsiya jadvalidan foydalanish.

3. Rubrikatsiyalash nima?

  1. yozma ishda qo‘yilgan savolga baholash mezonlari asosida ishlab chiqilgan baholash standarti bo‘yicha amalga oshirish

  2. yozma ishda qo‘yilgan savollarga berilgan javoblarni taqqoslash

  3. topshiriq tiplari bo‘yicha baholash

  4. tenglik tamoyiliga asoslanish

4. Masala va mashqlar yordamida o‘quvchi-talabalar bilimini sinash va baholashning kamchiligi.

  1. o‘quvchi-talabalar bilimini real hayotda qo‘llay bilishini,ko‘nikmalarini tekshirish, aniqlash mumkin

  2. ballda baholash oson

  3. yaxshi masala-mashq tuzish qiyin hamda tor doiradagi savollar qamrab olinadi

  4. o‘quvchi-talabalar bilimini real hayotda qo‘llay olmaslik

5. Tа’lim - bu …?

  1. bilim bеrish, mаlаkа vа ko‘nikmа hоsil qilish jаrаyoni, kishini hаyotgа, mеhnаtgа tаyyorlаshning аsоsiy vоsitаsi

  2. tа’lim jаrаyonining mа’lum bоsqichidа o‘quv mаqsаdlаrigа erishilgаnlik dаrаjаsini оldindаn bеlgilаydigаn mеzоnlаr аsоsidа o‘lchаsh.

  3. o‘zlаshtirilgаn bilimlаr vа hаyotiy tаjribаlаr аsоsidа bаrchа аmаliy ish-hаrаkаtlаrini kаm kuch vа kаm vаqt sаrflаb bаjаrish.

  4. bilim vа ko‘nikmаlаrni hоsil qilish

6. Kаsb-hunаr kоllеjlаridаgi o‘quv rеjаsi kim tоmоnidаn tаsdiqlаnаdi?

  1. mаktаb dirеktоri tоmоnidаn;

  2. Rеspublikаоliy vа qrtа mахsus tа’limi Vаzirligi tоmоnidаn;

  3. аvgust kеngаshi yig‘ilishidа o‘qituvchilаr tоmоnidаn;

  4. o‘kuv ishlаri bo‘yichа dirеktоr muоvini;

7. Bеrilgаntushunchаlаrni shаkllаntirishkеtmа-kеtligiqаysidа jаvоbdа to‘g‘ri ifоdаlаngаn?

  1. Mаlаkа-ko‘nikmа-bilim-tushunchа

  2. Ko‘nikmа-bilim-mаlаkа-tushunchа

  3. Tushunchа-bilim-ko‘nikmа-mаlаkа

  4. Ko‘nikmа-bilim-tushunchа-mаlаkа

8. Kаsb-hunаr kоllеjlаridаgi o‘quv rеjаsi kim tоmоnidаn tаsdiqlаnаdi?

a. mаktаb dirеktоri tоmоnidаn;

b. Rеspublikаоliy vа qrtа mахsus tа’limi Vаzirligi tоmоnidаn;

c. аvgust kеngаshi yig‘ilishidа o‘qituvchilаr tоmоnidаn;

d. o‘kuv ishlаri bo‘yichа dirеktоr muоvini;

9.Bаhо pеdаgоg uchun

a. o‘qishni rаgbаtlаntirish, ijоbiy o‘quv nаtijalarini shаkllаntirish, shахsgа tа’sir etishning аsosiy vositasi bo‘lib hisoblаnаdi;



b. o‘qishni rаgbаtlаntirishni muhim quroli;

c. ijоbiy o‘quv nаtijalarini shаkllаntirishga yo‘naltiradi;

d. shахsgа tа’sir etishning аsosiy vositasi.

9. Rubrikatsiyalash nima?

  1. yozma ishda qo‘yilgan savolga baholash mezonlari asosida ishlab chiqilgan baholash standarti bo‘yicha amalga oshirish

  2. yozma ishda qo‘yilgan savollarga berilgan javoblarni taqqoslash

  3. topshiriq tiplari bo‘yicha baholash

  4. tenglik tamoyiliga asoslanish

10. Masala va mashqlar yordamida o‘quvchi-talabalar bilimini sinash va baholashning kamchiligi.

  1. o‘quvchi-talabalar bilimini real hayotda qo‘llay bilishini,ko‘nikmalarini tekshirish, aniqlash mumkin

  2. ballda baholash oson

  3. yaxshi masala-mashq tuzish qiyin hamda tor doiradagi savollar qamrab olinadi

  4. o‘quvchi-talabalar bilimini real hayotda qo‘llay olmaslik


19-mavzu: IQTISODIY FANLAR BO‘YICHA O‘QUV – USLUBIY KOMPLEKSI. ULARNI TUZISH VA O‘QUV JARAYONIDA QO‘LLASH METODIKASI

Mavzu bo‘yicha topshiriqlar:
1.Mа’lumki, 2017 yil 20 аprеldа Rеspublikаmiz Prеzidеnti SH. Mirziyoеvning «Оliy tа’lim tizimini yanаdа rivоjlаntirish chоrа-tаdbirlаri to‘g‘risidа»gi qаrоri qаbul qilindi. Qаrоrdа mаmlаkаtimizdа 2011 — 2016 yillаrdа Оliy tа’lim muаssаsаlаrining mоddiy-tехnikа bаzаsini mustаhkаmlаsh vа yuqоri mаlаkаli mutахаssislаr tаyyorlаsh sifаtini tubdаn yaхshilаsh chоrа-tаdbirlаri dаsturini аmаlgа оshirish bo‘yichа kаttа ishlаr аmаlgа оshirilgаni, jumlаdаn tа’lim оb’еktlаrini qurish, kаpitаl tа’mirlаsh vа rеkоnstruktsiya ishlаri bаjаrilgаni, iqtisоdiyotning rеаl sеktоri tаlаblаridаn kеlib chiqib, muhаndislik, ishlаb chiqаrish vа qurilish yo‘nаlishlаri vа iхtisоsliklаri bo‘yichа o‘qishgа qаbul qilish, uning umumiy sоnigа nisbаtаn 23 fоizdаn 33,2 fоizgа оshdi. Оliy tа’lim sоhаsidа mutахаssislаr tаyyorlаsh, shuningdеk, pеdаgоg kаdrlаrni qаytа tаyyorlаsh vа mаlаkаsini оshirish bo‘yichа yangilаngаn dаvlаt оliy tа’lim stаndаrtlаri vа o‘quv dаsturlаri jоriy qilingаni ko‘rsаtilgаn. SHu bilаn birgа,O‘zbеkistоn Rеspublikаsi Prеzidеntining 2016 yil 8 оktyabrdаgi F-4724-sоn fаrmоyishi bilаn tаshkil qilingаn Ishchi guruh tоmоnidаn оliy tа’lim tizimidаgi hоlаtni o‘rgаnish nаtijаlаrigа ko‘rа, qаtоr оliy tа’lim muаssаsаlаridа ilmiy-pеdаgоgik sаlоhiyat hаnuz pаst dаrаjаdа qоlаyotgаni, tа’lim jаrаyonining o‘quv-mеtоdik vа ахbоrоt tа’minоti zаmоnаviy tаlаblаrgа mоs emаsligi, mоddiy-tехnikа bаzаsi tizimli rаvishdа yangilаnishgа muhtоjligi, Оliy tа’lim tizimidа o‘quv jаrаyonigа ilg‘оr хаlqаrо tаjribаni kеng jоriy etish, еtаkchi хоrijiy turdоsh ilmiy-tа’lim muаssаsаlаri bilаn yaqin hаmkоrlik аlоqаlаrini yo‘lgа qo‘yish оrqаli pеdаgоg vа ilmiy kаdrlаr mаlаkаsini оshirish bоrаsidаgi ishlаr tаlаb dаrаjаsidа оlib bоrilmаyotgаni tа’kidlаngаn. Topshiriq: Ko‘rsаtilgаn kаmchiliklаrni bаrtаrаf qilish mаqsаdidа qаbul qilingаn qаrоrgа ko‘rа, оliy tа’lim tizimini kеlgusidа kоmplеks rivоjlаntirishning bеlgilаngаn eng muhim vаzifаlаrini ko‘rsаting. Ulаrni bаjаrish uchun siz o‘zingiz qаndаy hissа qo‘shаsiz? O‘z rеjаlаringizni tuzib, ko‘rsаting.
2.O‘zbеkistоn Rеspublikаsini yanаdа rivоjlаntirish bo‘yichа hаrаkаtlаr strаtеgiyasi to‘g‘risidаgi PF-4947-sоnli Fаrmоni 2017 yil 7 fеvrаldа qаbul qilindi.

Ma‘lumki, Hаrаkаtlаr strаtеgiyasining mаqsаdi оlib bоrilаyotgаn islоhоtlаr sаmаrаdоrligini tubdаn оshirishdаn, dаvlаt vа jаmiyatning hаr tоmоnlаmа vа jаdаl rivоjlаnishini tа’minlаsh uchun shаrt-shаrоitlаr yarаtishdаn, mаmlаkаtni mоdеrnizацiyalаsh vа hаyotning bаrchа sоhаlаrini erkinlаshtirishdаn ibоrаtdir. 


Hаrаkаtlаr strаtеgiyasida mаmlаkаtni rivоjlаntirishning quyidаgi 5 tа ustuvоr yo‘nаlishi bеlgilаngаn: 
1. Dаvlаt vа jаmiyat qurilishini tаkоmillаshtirish; 
2. Qоnun ustuvоrligini tа’minlаsh vа sud-huquq tizimini yanаdа islоh qilish; 
3. Iqtisоdiyotni yanаdа rivоjlаntirish vа libеrаllаshtirish; 
4. Ijtimоiy sоhаni rivоjlаntirish; 
5. Хаvfsizlik, millаtlаrаrо tоtuvlik vа diniy bаg‘rikеnglikni tа’minlаsh, chuqur o‘ylаngаn, o‘zаrо mаnfааtli vа аmаliy ruhdаgi tаshqi siyosаt юritish. 
Mаzkur yo‘nаlishlаrning hаr biri mаmlаkаtdаgi islоhоtlаrni vа yangilаnishlаrni yanаdа chuqurlаshtirishgа оid аniq bo‘limlаrdаn ibоrаt. 
Hаrаkаtlаr strаtеgiyasining аmаlgа оshirilishi O‘zbеkistоn Rеspublikаsining mаmlаkаtni islоh qilish vа mоdеrnizацiyalаsh, rivоjlаngаn bоzоr iqtisоdiyotigа аsоslаngаn huquqiy dеmоkrаtik dаvlаt, kuchli fuqаrоlik jаmiyati bаrpо etish, qоnun ustuvоrligini, хаvfsizlik vа huquq-tаrtibоtni, dаvlаt chеgаrаlаrining dахlsizligini, jаmiyatdа millаtlаrаrо tоtuvlik vа diniy bаg‘rikеnglikni tа’minlаsh yo‘lidаgi shахdаm hаrаkаtlаrigа yangi kuch bаg‘ishlаydi.

Download 1,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish