Jizzax davlat pedagogika instituti jismoniy madaniyat fakulteti


-Mavzu: Sportchilarni tanlab olish usullari



Download 3,44 Mb.
bet3/204
Sana14.01.2022
Hajmi3,44 Mb.
#363907
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   204
Bog'liq
Mажмуа хакамлик

2-Mavzu: Sportchilarni tanlab olish usullari

Reja:


  1. Sportchilarni tayyorlash usullari

  2. Sportchilarni tayyorlash tizimida moddiy - texnik ta'minoti

  3. Sportchilarni tanlash va saralashda chiqarilgan qonun va qarorlar tahlili


Tayanch iboralari:

Musobaqalarning ahamiyati, uni tashkil qilish, musobaqa turlari, dasturi, nizom ishlab chiqish tartibi, tayyorgarlik ko’rish, musobaqa o’tkazish, joy tanlash, gigienik talablar, hakamlik qilish, musobaqa bosqichlari, yakunlash, mukofotlash, hisobot berish.

Bugungi sportchilar erishgan yuksak ko'rsatkichlar darajasini yanada yuksaltirish uchun , olamni eng yukori malakali sportchilar tayyorlash uslubini , shuningdek , sportchini tayorlashda uzok yillardan beri ko'llanilib kelayotgan bugungi - metodik usulni xam batamom takomillashtirish talab kilinadi.

- Eng yirik sport musobakalarida erishilgan yutuklarning natijalari tobora oshib borayotgani sababli, musobaka kurashlari nixoyatda keskinlashib ketdi. Bu xol sportchilarning texnik amaliy maxoratini samaradorligi, barqarorligi va ustvorligi, ularning ustma-ust bo'lib turadigan ma'suliyatli startlar sharoitda axloqiy irodaviy va ruxiy tayyorgarlikka bo'lgan talabni benixoya oshiradi.

- Yuksak malakali sportchilar maxsus jismoniy tayyorgarlikning shu qadar yuksak cho'qqisiga chiqqanlarki, endi undan yuqoriroqqa ko'tarilishi eng og'ir va murakkab vazifa bo'lib koldi, shunga ko'ra, maxsus jismoniy tayyorgarlik samaradorligini oshirish zaxiralarini qidirish va shu bilan birga umuman, mashq jarayoni tizimida yangicha usul va uslublar zarur.

- Mashq yuklamalarini xajmi va shu qadar kattalashib, ogi'irlashib ketdiki, uni yillik sikl doirasida xamda uning xar bir bosqichi ichiga oqilona singdirish masalasi ko'ndalang qilib qo'yiladi. Shu bilan birga mashg'ulot samaradorligini oshirishning birdan bir usuli deb e'tirof etilgan munosabatda zaruriyati tug'ildi. Shunga ko'ra birinchidan turlicha inqirozli yo'nalishlarda bo'lgan yuklamalar o'rtasidagi eng ko'p foyda beradigan nisbatini, ikkinchidan, mashklarning tashkil kilishning yangi usullarining kidirish zarurati vujudga keldi, zero bunday mashqlar sportchida energiya zaxirasining sarflanishi va qayta tiklanish o'rtasidagi aniq munosabatga suyangan xolda, uning o’rganish faoliyatidagi moslanish imkoniyatlarini to'la amalga oshirish uchun eng maqbul sharoitni ko'zda tutadi.

- Mashqning metodik masalalarini xal qilishda fannjing fazifasi oshdi yuqori malakali sportchilarni tayyorlab yetkazish, sportchi organizmidagi xayotni ta'minlovchi funksional uslublarga to'la qonli ta'sir ko'rsatish va bunday uslublarni o'ta yuksak faoliyat darajasiga ko'tarish bilan bevosita bog'liqdirki, endilikda sportchini zamonaviy usulda tayyorlab yetkazishning o'ta murakkab muamolarni ilmiy-metodik ma'lumotlarsiz, faqat sog'lom aql va xissiyotga suyangan xolda xal qilib bo'lmaydi.

Sportchilarni tayyorlash tizimida moddiy - texnik ta'minoti muhim ahamiyatga ega. Sport bazalarini yaratish va ularni to'ldirish, mashg'ulot joylaridan hamma vaqt ham omilkorlik bilan to'g'ri foydalanish, sport anjomlarini sotib olish axborot berish, tahlil qiluvchi maxsus apparatlar bilan ta'minlanishi kerak. Sport anjomlarini ishlab chiqarish va ular bilan sport ahlini ta'minlash masalalari yaxshi yo'lga quyilmagan, sport ashyo-anjomlari (ham standart, ham nostandart anjomlar, ham bolalar uchun mo'ljallanganlari) ning sifati past, trenajyor uskunalari yetishmaydi.

Sport formalari, anjomlari, uskunalari o'zgarmoqda, sport natijalarining bo'lg'usi qiyofasi ham o'zgarmoqda. Hozirgi shifokorlar sportchining mashg'ulotga chidamlilik holati xaqida faqat o'z amaliy ko'rsatkichlari bilan chegaralanib sportchining umumiy mashg'ulotga qay darajada chidamli ekanligi xaqida gapirmaydi.

Mamlakatimizda yosh sportchilar bilan ishlash sharoitlari yildan-yilga yaxshilanib bormoqda, yangi jihozlar, sintetik to‘shamalar yaratilmoqda, jihozlar tayyorlash uchun yangi materillardan foydalanilmoqda, trenajyor moslamalar tayyorlanmoqda. O‘qitish mashq qilishni tashkil qilishning rivojlangan shakllari keng tarqalmoqda, bolalarning o‘qitish va sportga tayyorgarligi qo‘shib olib borilmoqda. Bolalar va o‘smirlarning sport maktablari soni ortib bormoqda. Sport tayyorgarligining qisman sport tayyorgarlik metodikasida eng yaxshi murabbiylar bilan birgalikda tanlangan sport turlarida tor mutaxassislik bo‘yicha mashqlarni bajarishga kirishishdan oldin har tomonlama jismoniy tayorgarlikdan o‘tish, sport ustaligining yuqori pog‘onasiga chiqish oldindan mustaqkam poydevor qurish tavsiya qilinadi. Sport maktablari uchun tayyorlangan dasturlarda har tomonlama tayyorgarlik turlari, o‘quv-mashq qilish guruhlarini shakllantirishni aniqlash oxirgi vaqtga qadar yosh sportchilar va ularning murabbiylarini tor mutaxassislik bo‘yicha juda erta tanlash ko‘rsatilgan. Lekin 11 yoshli qiz va o‘g‘il bolalar orasidan qanday qilib balandlikka sakrovchilar va nayza, bosqon irg‘ituvchilarni, qisqa va uzoq masofaga yuguruvchilarni ajratish mumkin? Bolalar bilan mashq qilish ularni o‘ziga tortib, jalb qiluvchi o‘yin tarzida bo‘lishi, ulardan ayrimlarining texnikasigina mashaqqatli va qiyin bo‘lishi kerak va zarur. Bu ayrim mashg‘ulotlar sportchining sport malakasi va yoshining oshib borish bilan birga ko‘payishi lozim. Bolalarni sportga tayyorlashda turlicha tashkiliy shakllardan foydalaniladi. Mashg‘ulotlarni o‘tkazishning eng keng tarqalgan turi umumta’lim maktablaridagi sport to‘garaklaridir. To‘garak sport va jismoniy tarbiyaga qiziquvchilarni birlashtiradi. Bolalar va o‘smirlar sport maktabi sport zahiralari masalasini hal qiladi va qobiliyatli bolalarni tanlab oladi. SHu bilan birga maktab to‘garaklari turli yoshdagi va turlicha tayyorgarligi bo‘lgan bolalarni birlashtiradi. Bu omil o‘quv-mashq qilish jarayonlarining optimal qurilishini qiyinlashtiradi. BO‘SMlarda bunday qiyinchilik bo‘lmaydi, lekin bolalar bilan mashg‘ulot o‘tkazishning bu turlari maktab o‘qituvchisining kun tartibini to‘g‘ri tuzilishiga halal beradi, o‘qish mashqlar, siyosiytarbiyaviy ishlarni qo‘shib olib borishni qiyinlashtiradi.



Katta murabbiy sport turi bo‘yicha jamoaning respublika va xalqaro musobaqalarda ishtirokini va tayyorgarligini ta’minlaydi. Jamoa tarkibini shakllantiradi. Jamoa murabbiylari va boshqa mutaxassislar bilan birgalikda jamoa tayyorgarligining joriy rejalari va umumiy dasturlarni ishlab chiqadi va ularning bajarilishini ta’minlaydi, tasdiqlangan rejalar va zamonaviy ilmiy-uslubiy talablar asosida sportchilarning shaxsiy (individual) rejalarining shakllanishi va bajarilishini nazorat qiladi, jamoa sportchilari bilan o‘quv-mashg‘ulot va tarbiyaviy ishlarni tashkil qiladi va olib boradi. (Jamoa murabbiylari va boshqa mutaxassislari 20 ishlariga rahbarlik qiladi va boshqaradi.) U mablag‘lar xarajatini nazorat qiladi, xarajat va ularning maqsadli foydalanilishi uchun javobgardir. O‘rnatilgan tartibda sportchilar va murabbiylarni rag‘batlantirish, etakchi sportchilar va murabbiylarni xorijga ishga yuborish haqida taklif kiritadi. Mamlakatimizda sportning rivojlanish istiqbollari va yo‘nalishlarini aniqlab beruvchi uslubiy va me’yoriy hujjatlarni, yuqori malakali sportchilar va sport kelajagini tayyorlash uslubida vatanimiz va xorij fanining yutuqlarini; texnika xavfsizligi qoidalarini; sanitar-gigienik me’yorlarni; mehnat qonunchiligining asoslarini bilishi kerak. Sport bo‘yicha murabbiy-o‘qituvchi jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanish istagida bo‘lgan va tibbiy tomondan qarshilik bo‘lmagan shaxslarni sport maktabiga, bo‘limiga, sport va sog‘lomlashtirish guruhlariga tanlashni amalga oshiradi, ular bilan o‘quv-mashg‘ulot va tarbiyaviy ishlarni olib boradi, eng istiqbolli bolalar va o‘smirlarni tanlaydi va kelajakda ularning sport natijalarining takomillashtirish bo‘yicha ishlarni olib boradi. SHug‘ullanuvchilarning jismoniy, teoretik, ahloq - irodasini, texnik va sport tayyorgarligini oshirishni, mashg‘ulot jarayonida ularning sog‘lig‘ini saqlash va mustaqkamlashni, o‘quv-mashg‘ulot davrida xavfsizlikni ta’minlaydi. Sportchilar tomonidan turli qil dopinglar qabul qilish xollarini yo‘q qilishga ko‘mak beradi. Tayyorgarlik bo‘yicha yillik va joriy rejalarni ishlab chiqadi, shug‘ullanuvchilar bilan ishlashda o‘z ishi natijalarini umumlashtirib, doimiy (sistematik) ravishda belgilab boradi va tahlil qiladi. O‘z faoliyatida shug‘ullanuvchilarning sport tayyorgarligi va sog‘lomlashtirishda eng samarali uslublardan foydalanadi. O‘quvchilarning sport mashg‘ulotlarida ta’lim-tarbiya, jismoniy tayyorgarlik usullarini; texnika xavfsizligi qoidalarini; sanitar-gigienik me’yorlarni bilishi kerak. Yo‘riqchi-uslubchi sport maktabiga shug‘ullanuvchilarni tanlab olish bo‘yicha ishlarni muvofiqlashtiradi va uslubiy ta’minlaydi, ularning o‘quv mashq va tarbiyaviy jarayonlarini, sport yo‘nalishlarini muvofiqlashtirib boradi. O‘quv mashq va tarbiya jarayoni natijalarini, o‘quv guruhlarini jamlash, ta’minlash bo‘yicha nazoratni olib boradi, tashkil qiladi. Sport bo‘yicha murabbiy o‘qituvchilar malakalarini oshirish bo‘yicha ochiq o‘quv mashg‘ulotlarini tashkil etadi. Sport maktabi, bo‘limlari yoki tayyorlov bosqichi natijalarining ko‘p yillik hisoboti, natijalarning tahlili va umumlashtirilishini olib boradi. Sport maktabi natijalari. Ko‘rsatkichlari bo‘yicha statistik hisobotlarni tayyorlaydi yoki tayyorlashda ishtirok etadi. U sport maktabi sportchi-o‘quvchilari tayyorgarligini belgilovchi, ifodalovchi me’yoriy hujjatlarni bilishi shart. 21 Tibbiyot xodimi vazifalarini yagona tarif-malaka ma’lumotnomasi (ETKS) bo‘yicha sport maktabi direktori belgilaydi. Tibbiy xodim o‘quv mashg‘ulotlarini olib borish jarayonini nazorat qiladi, sportchi o‘quvchilarning tibbiy ko‘rikdan o‘z vaqtida o‘tishlari uchun javobgar hisoblanadi. Sport maktabi jamoasi ish faoliyatini tashkil etish, ishchi xodimlar va o‘quvchilar hukuq va burchlari ichki mehnat intizomi qoidalari bilan tartibga solinadi. Jamoa bo‘lib qaror chiqarish maqsadida sport maktabi xodimlari pedagogik va murabbiylar kengashlari, yoki jamoachilik asosida boshqa uyushmalar tashkil etishlari va hukuqlarini belgilab olishlari mumkin. Ommaviy jismoniy tarbiya tashkilotlari: bolalar o‘smirlar sport maktablarida, ixtisoslashgan olimpiya zaxiralari bolalar o‘smirlar sport maktablari, oliy sport mahorati maktablari, olimpiya zaxiralari kollejlari, sport-tomosha tashkilotlari, jismoniy tarbiya sog‘lomlashtirish va sport inshootlari, alpinistik lagerlar, turistik bazalar, o‘quv mashg‘ulot bazalari va markazlari, shaxmat-shashka bazalari «jismoniy tarbiya va salomatlik» tashkilotlari, sport turlari bo‘yicha sport klublari, otish joylari, kichik kalibirli va pnevmatik tirlar. Katta murabbiyga malakaviy talablar. Jismoniy tarbiya bo‘yicha bakalavr (oliy) ma’lumoti, sport bo‘yicha murabbiy-oliy o‘qituvchining birinchi malaka toifasi bo‘lishi va mutaxassisligi bo‘yicha 5 yildan kam bo‘lmagan ish tajribasi bo‘lishi kerak. Sport bo‘yicha murabbiy-o‘qituvchiga malakaviy talablar 1. Sport bo‘yicha murabbiy o‘qituvchi: jismoniy tarbiya bo‘yicha oliy-bakalavr (o‘rta maxsus) ma’lumoti mehnat faoliyatiga takdim etish talab etilmaydi. 2. Sport bo‘yicha murabbiy o‘qituvchilarga (keyingi o‘rinlarda murabbiylar) malaka toifalar (keyingi o‘rinlarda toifalar) 2-ilovadagi baholash mezoniga asosan erishgan natijalari, amalga oshirgan ishlariga beriladi (taqdim kilinadi). 3. Jismoniy tarbiya sport tashkilotlarida murabbiy o‘qituvchi, tashkiliy-uslubiy va boshqaruv ishlarida 2-ilova talablarini bajargan holatlarda murabbiyga toifa berish xukuki beriladi. 4. «O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan murabbiy» faxriy unvoni mavjud murabbiylarga cheklanmagan muddatga oliy toifa beriladi. 5. II toifa talablarini bajargan murabbiylar tayyorlagan sportchilari boshqa murabbiylarga o‘tgan bo‘lsa ham, tayyorlagan sportchilarning O‘zbekiston Respublikasining qaysi xududi (viloyat, tuman) bo‘lishidan yoki qaysi tashkilot tasarrufidagi sport tashkilotida hamda sport turlarida o‘z mahoratlarini oshirib 22 borayotganlaridan qatiy nazar undan yuqori toifalar olishga haklidirlar. 6. Jismoniy tarbiya institutini, Universitet va pedagogika institutlarining jismoniy tarbiya fakultetlarini a’lo baholarga tomomlagan hamda mazkur o‘quv yurtlarini tamomlaganligi to‘g‘risidagi diplom va «Sport ustasi», «O‘zbekiston sport ustasi» unvonlari mavjud bo‘lsa II toifa taqdim qilish huquqini beradi. Mazkur toifalar diplom berilgan vaqtdan boshlab beriladi yoki taqdim etiladi. Toifalar berilgan vaqtdan boshlab 5 yil muddatgacha haqiqiydir. Yo‘riqchi-uslubchiga malakaviy talablar Sport maktabining yo‘riqchi-uslubchisi: jismoniy tarbiya mutaxassisligi bo‘yicha oliy-bakalavr (o‘rta maxsus) ma’lumotli. Tibbiy xodimga malakaviy talablar Tibbiy xodim oliy, o‘rta maxsus ma’lumotga ega bo‘lishi, malaka oshirish kurslarida o‘kigan va Respublika yoki joylardagi tibbiy muassasalarda maxsus suxbatdan o‘tgan bo‘lishi kamida 5 yil ish faoliyatiga ega bo‘lishi lozim.
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI


Download 3,44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   204




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish