Jizzax davlat pedagogika instituti jismoniy madaniyat fakulteti


SPORT TURLARI BO‘YICHA IXTISOSLASHTIRILGAN DAVLAT MAKTAB-INTERNATLARI FAOLIYATINI TAKOMILLASHTIRISH TO‘G‘RISIDA



Download 3,44 Mb.
bet4/204
Sana14.01.2022
Hajmi3,44 Mb.
#363907
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   204
Bog'liq
Mажмуа хакамлик

SPORT TURLARI BO‘YICHA IXTISOSLASHTIRILGAN DAVLAT MAKTAB-INTERNATLARI FAOLIYATINI TAKOMILLASHTIRISH TO‘G‘RISIDA

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Futbolni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» 2018 yil 16 martdagi PQ-3610-son qarori ijrosini ta’minlash, shuningdek, futbolni qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, yosh iqtidorli sportchilarni tanlab olish, ularda professional mahorat va ko‘nikmalarni rivojlantirish, sport turlari bo‘yicha mamlakat terma jamoalariga sport zaxirasini tayyorlash, davlat ixtisoslashtirilgan maktab-internatlari faoliyatini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:

1. O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi, O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasining:

a) O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi huzurida Respublika bolalar-o‘smirlar futbol akademiyasini (keyingi o‘rinlarda respublika akademiyasi deb ataladi) tashkil etish;

b) O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi (keyingi o‘rinlarda Vazirlik deb ataladi) tizimidagi 1-ilovaga muvofiq futbol bo‘yicha davlat ixtisoslashtirilgan maktab-internatlari negizida ularning amaldagi moliyalashtirish tartibini saqlab qolgan holda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi huzurida bolalar-o‘smirlar futbol akademiyalarini (keyingi o‘rinlarda hududiy akademiyalar deb ataladi) tashkil etish;

v) Vazirlik tizimidagi 2-ilovaga muvofiq futbol bo‘yicha davlat ixtisoslashtirilgan maktab-internatlarini olimpiya va milliy sport turlari bo‘yicha davlat ixtisoslashtirilgan maktab-internatlari (keyingi o‘rinlarda maktab-internatlar deb ataladi) etib qayta ixtisoslashtirish to‘g‘risidagi takliflariga rozilik berilsin.

2. Quyidagilar respublika akademiyasi va hududiy akademiyalarning asosiy vazifalari etib belgilansin:

futbol bo‘yicha yuqori iqtidorga ega bo‘lgan yosh futbolchilarni saralab olish (seleksiya) tizimini yo‘lga qo‘yish, ularni o‘qitish, tarbiyalash va individual xususiyatlarini rivojlantirish, futbol sohasidagi sport qobiliyatini shakllantirish;

bolalar-o‘smirlar futbolini rivojlantirish uchun ishonchli zaxirani shakllantirish, iste’dodli va iqtidorli bolalarni futbolga jalb etish va futbol bo‘yicha salohiyatini doimiy ravishda o‘stirib borish, ularda sog‘lom turmush tarziga intilishni uyg‘otish;

professional futbolchilarni tayyorlash tizimini tashkil etish, mamlakat futbolini futboli rivojlangan mamlakatlar bilan xalqaro darajada raqobat qiladigan darajaga etkazish, turli yosh toifasidagi respublika terma jamoalarga va professional futbol jamoalariga etuk futbolchilarni tayyorlash;

futbol rivojlangan xalqaro mamlakatlarda o‘tkaziladigan musobaqalar va o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarida ishtirok etish orqali respublika va hududiy akademiyalar o‘quvchilarining professional saviyasini oshirib borish.

3. Quyidagilar maktab-internatlarning asosiy vazifalari etib belgilansin:

olimpiya va milliy sport turlari bo‘yicha yangi ilmiy-metodik tavsiyalar va yutuqlar asosida sport zaxiralarini, terma jamoalarga yuqori mahoratli sportchilarni tayyorlash;

davlat ta’lim standartlari, o‘quv reja va dasturlari talablari asosida o‘quvchilarning ta’lim tayyorgarligini ta’minlash;

zarur hollarda olimpiya sport turlari bo‘yicha xorijiy trenerlar va mutaxassislarni taklif qilgan holda ilg‘or ilmiy-metodik tavsiyalar asosida yosh sportchilarni tayyorlash borasida o‘quv-mashq jarayonlarini yuqori darajada tashkil etish;

o‘quvchilarning jismoniy tayyorgarligi va texnik-taktik ko‘nikmalarini takomillashtirish, professional fazilatlarini rivojlantirish, shuningdek sportni rivojlantirish xalqaro talablariga muvofiq holda O‘zbekiston milliy terma jamoalari zaxirasini tayyorlash darajasini oshirish;

o‘quvchi-sportchilar va trenerlar tarkibining professional mahoratini oshirish uchun xorijiy sport maktablari va klublari bilan tajriba almashish bo‘yicha hamkorlikni kengaytirish.

4. Belgilab qo‘yilsinki:

a) respublika akademiyasi va hududiy akademiyalar qobiliyatli yosh futbolchilarni tanlab oluvchi va tayyorlovchi, maktabdan tashqari sport-ta’lim muassasasi hisoblanadi;

respublika akademiyasi o‘quvchilarining umumiy kontingenti 132 nafar, har bir hududiy akademiyaning umumiy kontingenti 154 nafarni tashkil etadi;

respublika akademiyasiga hududiy akademiyalarning o‘quvchilari orasidan eng iqtidorli va belgilangan sinov imtihonlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan o‘quvchilar 2018/2019 o‘quv yilidan boshlab har yili 7-sinfga qabul qilinadi;

hududiy akademiyalarga belgilangan sinov imtihonlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan iqtidorli o‘quvchilar 2018/2019 o‘quv yilidan boshlab har yili 5-sinfga qabul qilinadi;

respublika akademiyasi va hududiy akademiyalar o‘quvchilarining ta’lim olishi tegishlicha mazkur akademiyalarga yaqin joydagi umumta’lim maktablarida umumta’lim dasturi bo‘yicha amalga oshiriladi;

o‘quv dasturini o‘zlashtirgan va yakuniy davlat attestatsiyasidan o‘tgan respublika akademiyasi va hududiy akademiyalarning 11-sinflari bitiruvchilariga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda davlat namunasidagi diplom beriladi;

respublika akademiyasi va hududiy akademiyalarni bitirganlik to‘g‘risidagi diplom berilgan mutaxassislik bo‘yicha mehnat faoliyatini amalga oshirish yoki o‘qishning kelgusi bosqichida ta’lim olishni davom ettirish huquqini beradi;

respublika akademiyasi va hududiy akademiyalarning rahbar va pedagog xodimlariga ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internatlari uchun belgilangan mehnatga haq to‘lash va moddiy rag‘batlantirish shartlari qo‘llaniladi;

b) maktab-internat o‘quvchilarining umumiy kontingenti 350 nafardan ko‘p bo‘lmagan o‘quvchidan iborat etib shakllantiriladi;


Download 3,44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   204




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish