Jilvirlash dastgohlari va ularda bajariladigan ishlar



Download 18,43 Kb.
bet2/3
Sana14.04.2022
Hajmi18,43 Kb.
#552626
1   2   3
Bog'liq
Jilvirlash dastgohlari va ularda bajariladigan ishlar


ga teng bo‘ladi. Jilolash (yaltiratish) usulidan ishlov beriiayotgan detal
yuzasini ko‘zgudek yaltiroq qilish uchun foydalaniladi. Jilolashda
namat, rezina yoki qalin kanop mato qoplangan yumshoq elastik doiralardan foydalaniladi. Doiralaming yuzasiga elektr-korund, kremniy
karbidining abraziv kukuni yoki pasta yelim yordamida surtiladi.
Pasta sifatida xrom oksid, krokus, vena ohagi, kukun ishlatiladi.
Jilolangan yuzalarning tozaligi 7 dan 12-sinfga to‘g‘ri keladi.
Jilolash usulidan, ko‘pincha, detallaming yuzalarini pardozlash,
shuningdek, galvanik qoplash (xromlash, nikellash va h.) oldidan
yuzalami tayyorlashda foydalaniladi.
Abraziv (jilvirlovchi) materiallar. Abraziv materiallar juda qattiq
tabiiy yoki sun’iy moddalar boiib, ulaming donalari kesuvchi
asboblardir.
Abraziv materiallaming qattiqligi ishlov beriladigan detal
materialining qattiqligidan yuqori boMishi kerak, aks holda kesishni
amalga oshirib bo‘lmaydi. Abraziv donalari tabiiy yoki sun’iy
jilvirlovchi materiallami yanchish yo‘li bilan olinadi.
Tabiiy jilvirlovchi materiallar jumlasiga olmos, korund, kvars,
chaqmoqtosh, pemza kabilar kiradi.
Hozirgi vaqtda tabiiy abraziv materiallar jilvirlash asbobi
tayyorlash uchun deyarli ishlatilmaydi, chunki ulaming kesish va
mexanik xossalari ancha past.
Abraziv asbob tayyorlash uchun quyidagi yuqori sifatli sun’iy
jilvirlovchi materiallardan foydalaniladi:
Elektr-korund. Bu material toza giltuproqni elektr pechlarida
suyuqlantirish yo‘li bilan olinadigan kristall holidagi aluminiy oksid (A 1203) dan iborat. Elektr-korund tarkibidagi aluminiy oksidning miqdoriga qarab, quyidagi turlarga bo‘linadi:
a) tarkibida 87-97 % aluminiy oksidi bo‘lgan E markali normal
elektr-korund (alund), rangi qizish-pushti yoki jigarrang bo‘ladi;
b) tarkibida 97-99 % aluminiy oksid boigan EB markali oq
elektr-korund.
Elektr-korund tarkibida, aluminiy oksiddan tashqari 0,4-0,2 %
temir oksid (Fe20 3) va ozroq miqdorda Si02; T i0 2 va CaO bo‘ladi,
ular oq, oqish, kulrang yoki och pushti rangda boiadi.
Elektr-korund donalarining suyuqlanish harorati 1950 dan 2050
°C gacha boiadi. Elektr-korund toblanmagan va toblangan poiat,
bolg‘alanuvchan cho‘yan, yumshoq bronzaga ishlov berishda
ishlatiladi.
Monokorimd (M). Bu abraziv material tarkibida 0,9 % temir (III) -
oksid boiadi. Monokorundning kesish va mexanik xossalari E va EB
elektr-korundlamikiga qaraganda ancha yuqori. Monokorunddan
tayyorlangan toshlar kesuvchi asboblami charxlash va yuzalarni
yuqori tozalikda jilvirlash uchun foydalaniladi.
Kremniy karbidi SiC (karborund). Bu material kremniy bilan
uglerodning kimyoviy birikmasi boiib, toza kvars qumiga neft koksi
yoki antratsit qo‘shib, elektr pechlarda 1900-2100 °C haroratda
suyuqlantirish yoii bilan olinadi. Sanoat miqyosida karbidning ikki
turi ishlab chiqariladi:
a) qora tusli kremniy karbidi. Uning tarkibida 97-98 % SiC va
0,6-0,7 % Fe 203 boiadi. Bu karbid aluminiy, bronza, jez, mis,
cho‘yan va plastikligi past boshqa materiallami jilvirlash uchun
ishlatiladi;
b) yashil kremniy karbidi. Uning tarkibida 96-99 % SiC boiadi.
Bu materialning mexanik xossalari ancha yuqori boiib, qattiq
qotishma bilan ta’minlangan har xil kesuvchi asboblami charxlash va
muhim ishlami bajarish uchun ishlatiladi. Yashil kremniy karbididan
jilvirlash toshlarini olmossiz qayrashda keng koiamda foydalaniladi.
Bor karbidi (bor bilan uglerod birikmasi B4C). Bu material texnik
borat kislotaga neft koksi qo‘shib, elektr pechlarda suyuqlantirish
orqali olinadi. Uning tarkibida 95 % gacha kristall holidagi bor
elementi boiadi. Bor karbidining qattiqligi olmosning qattiqligiga
yaqinlashib boradi, ammo u mo‘rt boiadi. Suyuqlantirib qotishtirilgan
bor karbid tashqi ko‘rinishi jihatidan qora tusli massa boiib, juda
mayda abraziv donalariga aylantirilgan holda, ya’ni kukun tarzida
oichamiga yetkazish, ishqalab moslash ishlarida foydalaniladigan
qattiq qotishma bilan ta’minlangan kesuvchi asboblami charxlash va
qayrash uchun ishlatiladi.
Borsilikokarbid. Bu abraziv material borat kislotasi, ko‘mir va
qumni elektr yoyli pechda suyuqlantirish yo‘li bilan olinadi. Borsilikokarbid o‘zining jilvirlash xossalari jihatidan bor karbidga nisbatan
ustunroq.
Abraziv materiallar elektr pechlarda suyuqlantirilgunga qadar
katta-katta xarsanglar shaklida bo‘ladi, bu xarsanglar maydalagichlarda maydalanadi, tuyiladi va kesuvchi o‘tkir qirrali donalar hosil
qilinadi. Sun’iy abraziv materiallar tuyilgandan keyin donalarining
o‘lchamlariga ko‘ra saralanadi. Elektr-korund donalari kesuvchi qirralarining yumaloqlik radiusi 8-14 mk, kremniy karbidi donalariniki esa
6 - 1 2 mk bo‘ladi.
Olmos jilvirlovchi materiallar ichida eng qattig‘i hisoblanadi va u, asosan, jilvirlash toshlarini qayrashda (o‘tkirlashda), olmosli
keskichlar tayyorlashda va juda toza yuzalarining o‘lchamlari esa aniq
bo‘lishi talab etiladigan detallarni jilvirlashda ishlatiladi. Olmosdan
qattiq qotishmadan qilingan (shtamp detallari va boshqalarga ishlov
berishda) hamda qattiq qotishma bilan ta’minlangan kesuvchi
asboblami qayrashda ham foydalaniladi.
Donadorlik. Donadorlik deganda, abraziv maydalanganda hosil
bo'ladigan donalarining o‘lchami tushuniladi.
Jilvirlash donalarining va jilvirlash kukuni zarralarining
o‘lchamlari va ulaming raqamlari elakning abraziv donalari o‘tadigan
ko‘zlarining chiziqli o£lchamlari bilan aniqlanadi va millimetming
yuzdan bir ulushlarida oichanadi.
DS ga ko‘ra, donadorligi bo‘yicha jilvir kukunlaming uch guruhi
bor:
1. 16, 20 raqamli mayda donali 25, 32, 40, 50 raqamli o ‘rtacha
Download 18,43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish