mulkni sotish yoki uni boshqacha yo‘l bilan tasarruf qilish huquqini o‘z ichiga oladi.
Rivojlangan bozor iqtisodiga o‘tgan mamlakatlarning davlat korxonalari bilan xususiy
korxonalarini bir-biriga taqqoslab ko‘rish borasida olib borilgan amaliy tadqiqotlar (1980-
yillarda o‘tkazilgan) natijasida shunday xulosaga kelindiki, xususiy kompaniyalarda ish
unumdorligi, mexnat faoliyati ko‘rsatkichlari davlat korxonalaridagidan yuqori bo‘lar ekan.
Sanoati rivojlangan mamlakatlar va rivojlanayotgan mamlakatlarda
xususiylashtirishga qadar,
xususiylashtirishdan keyin korxonalarning ishini tahlil qilish borasida keyingi vaqtlarda olib
borilgan tadqiqotlar natijasi - xususiy mulkchilik shakllarining afzalliklari kattligini ko‘rsatadi.
Masalan, Jahon banki tomonidan 18 ta mamlakat (6 ta rivojlanayotgan, 12 ta rivojlangan
mamlakatlar) dagi 61 ta xususiylashtirnlgan kompaniyaning ishini taxlil qilish shuni ko‘rsatdiki,
kamida 60% holatda rentabellik, savdo hajmi, ish samaradorligi, mablag‘lar qo‘yish hajmi
o‘sganligi aniqlangan, bunda ish bilan bandlik darajasi pasaymagan. Bozor iqtisodi rivojlangan
mamlakatlarda, daromad darajasi o‘rtacha yoki yuqori bo‘lgan rivojlanayotgan mamlakatlarda
korxonalarning iqtisodiy samaradorligini belgilashda xususiy mulkchilik
shakli asosiy omil
bo‘lganligi amalda hech qanday shubha tug‘dirmaydi.
O‘tish davrini boshidan kechirayotgan boshqa mamlakatlarga nisbatan Polshada
xususiylashtirish sekinroq kechdi. Xulosa: 1994 yildan mamlakatda kuzatilgan yalpi milliy
mahsulotning 6%li yillik o‘sishi xususiylashtirish shart emasligidan dalolat beradi. Iqtisodning
yuksalishiga sabab, davlat korxonalarining samaradorlik darajasi emas, balki yangi korxonalar
tashkil etish hisobiga xususiy sektorning kengayganligidir.
Bu mamlakatlar uchun Yangi Zelandiya tajribasi ibratlidir. Unga ko‘ra, qat’iy budjet
cheklashlari, raqobat yordamida ba’zi davlat korxonalarining ishini yaxshilash mumkin, bunda
mulkchilik shaklini o‘zgartirish shart emas.
Ommaviy xususiylashtirish yaqin kelajakda ideal mulk egalarini paydo qilmasligi ham
mumkin, lekin u kapital bozorlarining rivojlanishini, iqtisodning umuman faoliyat ko‘rsatishini
nazorat qilib turadigan institutlarning takomillashishini ta’minlasa,
oqibat natijada yana
mukammalroq korporativ boshqaruvga olib kelishi mumkin.
Xo‘sh, korporativ boshqaruv degani nima? Kichik korxonalarda korporativ boshqarish
bevosita amalga oshiriladi: odatda, korxona egasi korxona faoliyatini boshqaradi. Biroq, yirik
korxonalarda egalik qilish va boshqarish vazifalari bir-biridan ajratilgan. Shuning uchun korxona
egasi ma’muriyatning faoliyatini nazorat qilib turishi lozim. Bunday nazorat usullaridan biri -
aksiyadorlar tomonidan amalga oshiriladigan bevosita nazoratdir. Ikkinchi usul - korxonaning
ish ko‘rsatkichlari yomonlashgan hollarda aksiyalarni sotishni ko‘zda tutadi: aksiyalar kursining
pasayishi menedjerlarni intizomga chaqirishi, ya’ni ularni hushyor torttirishi lozim.
Korxonalarii xususiylashtirish usullari
Jahon amaliyotida hozircha xususiylashtirishning quyidagi uch usuli qo‘llangan:
1.Korxonalarni tashqi mulkdorlarga sotish.
Bu usul bozor iqtisodi shakllanib bo‘lgan mamlakatlar (Buyuk Britaniya), daromad
darajasi o‘rtacha bo‘lgan rivojlanayotgan mamlakatlar (Chili)da muvaffaqiyat bilan qo‘llangan.
Biroq, korxonalarni bunday usulda sotish qimmat turadigan,
sekin amalga oshadigan,
kutilganidan murakkabroq bo‘lgan jarayon va asosiysi, bunday usulda ayrim korxonalargina
sotilgan. Buning sabablaridan biri - mahalliy kapitalning kamligi, sotib olishga qurbi yetmasligi,
xususiylashtarilgan korxona chet el kapitaliga bog‘liq bo‘lib qalgani tufayli siyosiy keskinlikning
vujudga kelishidir.
Korxonalarni chet elliklarga sotish usuli jamiyatda adolatsizlik bilan qilingan jarayon deb
idrok qilinadi. Oddiy fuqarolar bu jarayonda ishtirok eta olmaydi va xususiylashtirishning bu
usuli oshkoralikdan holi u o‘zboshimchalik va korrupsiyaga yo‘l ochib beradi, deb hisoblaydilar.
2. Davlat korxonalariiing ma’muriyat va xodimlar tomonidan sotib olinishi.
Korxonani uning ma’muriyati, xodimlari tomonidan sotib olinishi xususiylashtirishga
muqobil usul, bu usul Polsha,
Ruminiya, Sloveniya va Xorvatiyada keng tarqaldi.
Aytish joizki, bu usul ba’zi kamchiliklardan xoli emas. Kamchiliklardan biri -
boyliklarning notekis taqsimlanishi: yaxshi ishlab turgan serdaromad korxona xodimlari
qimmatli aktivlarni olishadi, ayni paytda ziyon ko‘rib ishlayotgan korxona xodimlari qo‘liga past
qiymatli aktivlar tegadi yoki uzoq vaqt hech qanday daromad ololmasliklari mumkin. Uning
yana bir kamchiligi - korporativ boshqaruvga putur yetkazishidir.
3. Aholi o‘rtasida xususiylashtirish cheklari (vaucherlar) tarqatish va vaucher egalari
o‘rtasida mulkni nisbatan teng taqsimlash.
Xususiylashtirishning bu shakli birinchi marta Litva, Mongoliya, sobiq
Chexoslovakiyada qo‘llangan. Keyin Albaniya, Armaniston, Qozog‘iston, Moldova, Polsha,
Ruminiyada takrorlangan. Vaucherdan Rossiya va Gruziyada
foydalanilganda bu yerlarda
korxonalarning ma’muriyati va xodimlariga ustunlik berishdi. Natijada ziyon ko‘rib ishlayotgan
korxonalarda uning samarasi juda past bo‘ldi va vaucherlar begonalar qo‘liga o‘tib ketdi.
Vengriya, sobiq Yugoslaviya, Makedoniya Respublikasi va O‘zbekiston vaucherlardan umuman
yuz kechgan bir necha mamlakat jumlasiga kiradi. Bu mamlakatlar o‘z qarorlarining sababini
shu bilan izoxlashdiki, aksiyalarning tarqatilishi ularni qabul qilib oluvchilar nazarida
aksiyalarning qiymatani yo‘qotadi, vaucher dasturlari esa "haqiqiy" mulk egalari paydo
bo‘lishini kechiktirib yuboradi.
Kichik korxonalarni xususiylashtirish
Yirik korxonalarni xususiylashtirishga nisbatan kichik korxonalarni xususiylashtirish
oson. Ularning ko‘pchiligi savdo-sotiq va xizmat ko‘rsatish bilan shug‘ullanadi. Bu faoliyat
turlari oddiy texnologiyalardan foydalanishni, bozorga erkin kirib borishni ko‘zda tutadi.
Kichik
korxonalarni xususiylashtirishda katta kapitalning mavjudligi, qayta tuzish zarurati, tartibga
solish, boshqarishdagi kamchiliklar kabi jiddiy muammolar paydo bo‘lmaydi. Kichik
korxonalarni xususiylashtirish vazifasini mahalliy hokimiyat o‘z zimmasiga olishi mumkin.
Yirik korxonalarni baholashga nisbatan kichik korxonalarni baholash ancha oson bo‘lganligi
uchun ularni sotishdagi ochiq savdoda zarur bo‘ladigan ma’lumotlarga istagan odam ega bo‘lishi
mumkin.
Davlat korxonalarini xususiylashtirish o‘tish davrini boshidan kechirayotgan
mamlakatlarning uzoq muddatli rivojlanishidagi muhim omil hisoblanadi. Shu bilan birga, yangi
firmalarni ochishga ko‘maklashish ham muhimdir. Yirik korxonalarning mulkini taqsimlash
uzoq davom etadigan jarayon bo‘lganligi uchun aynan shu yangi xususiy korxonalar tezroq
foyda ko‘rilishini "ta’minlaydi. Masalan, Polshada juda sekinlik bilan amalga oshirilgan rasmiy
xususiylashtirish
dasturlari emas, balki juda ko‘p yangi korxonalarning tashkil qilinishi
mamlakatda iqtisodiy rivojlanishga sabab bo‘ldi. Tajriba shuni ko‘rsatadiki, texnika taraqqiyoti
va mehnat unumdorligining oshishi aynan yangi tashkil qilingan kompaniyalarda yuz berdi.
Do'stlaringiz bilan baham: