Жаћон иќтисодиёти ва дипломатия университети


SEMINAR MASHG‘ULOTLARI REJASI



Download 0,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet83/94
Sana19.01.2023
Hajmi0,85 Mb.
#900507
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   94
Bog'liq
portal.guldu.uz-JAHON IQTISODIYOTI

SEMINAR MASHG‘ULOTLARI REJASI 
 
1. OTH hududidagi davlatlar iqtisodiy rivojlanishining asosiy xususiyatlari qanday? 
2. Hududdagi integratsiya jarayonlarining asosiy sabablari va ularning xususiyatlarini 
tushuntiring. 
3. OTH davlatlarining haqiqiy iqtisodiy o‘zaro bog‘liqligining darajasi va sohasi. 
4. OTHda hamkorlikni rasmiylashtirish tashkil etilishining xususiyatlari. 
5. OTIK faoliyati g‘oyasining asosiy tamoyillari va ularning xususiyatlarini tushuntiring. 
 
ADABIYOTLAR 
 
1. 
Арин
О

Геометрия
взаимозависимости
. — 
ж
."
Азия
и
Африка
сегодня
". - 
М
., 1998, 

3. 
207 
2. 
Арии
О

Миф
о
Азиатско
-
тихоокеанском
регионе
. — 
ж
."
Азия
и
Африка
сегодня
". — 
М
., 
1988, 

1. 
3. 
БасовскийА
.
Е

Мировая
экономика

Курс
лекций

М
., 
ИНФРА
-
М
, 2003. 
4. 
Требеншиков
Э

Диалог
США
-
АСЕАН
в
новом
Тихоокеанском
контексте

ж
."
МЭ
и
МО
", 
М
., 1992. 
5.
Гребеншиков
Э

Тихоокеанская
региональная
интеграция

ж
."
МЭ
и
МО
" - 
М
., 1993, 

1. 
6.
Косшин
Л

Экономическая
рост
стран
Восточной
Азии
и
интеграция
. - 
ж
."
МЭ
и
МО
" - 
М
:. 1996, 

3. 
7. 
Ломакин
В
.
К

Мировая
экономика
М
., 
Финансы
, 1998. 
8.
Мальцева
О
., 
Семенов
Е

Экономическая
интеграция
в
АТР
. -
ж
"
МЭ
и
МО
", 
М
.,1995, 

19. 
9.
Окита
С

Тихоокеанский
регион

Перспективы
развития
.—
ж
. "
Азия
и
Африка
сегодня
". 

М
., 1990, 


10.
Раджабова
З
.
К

Мировая
экономика
М
., 
ИНФРА
-
М
, 2004. 
11.
Чудодеев
А

Смена
ориентиров
. — 
ж
." 
Новое
время
". 
М
, 1989,

50 
12.
Целишев
И

Сотрудничество
в
АТР

Основа

возможности
специфика
(
Статья
1). - 
ж
."
МЭ
и
МО
", 
М
„ 1991, 

11. 
13.// 
Целишев
И

Сотрудничество
в
АТР

Основа

возможности
специфика
(
Статья
2). - 
ж
."
МЭ
и
МО
", 
М
., 1991, 

12. 
14.
Доклад
о
человеческом
развитии
за
1998 
г

Нью
-
Йорк
, . 
Оксфорд
Юниверсити
пресс

1998, 
табл
.26. 212-
бет

15. World invesrment report 1998:
 
Trends and Determenants. UN New York and Geneva, 1998. 


16.
Тге
nds and Development Report, 1998, UN, New York and Geneva, 1998. 
 
III BO‘LIM 
IQTISODIY O‘TISH DAVRIGA XOS MAMLAKATLAR 
 
1-BOB 
REJALI TIZIMDAN BOZOR MUNOSABATLARIGA O‘TISH: 
VAZIFALARI, SHAKLLARI, MUAMMOLARI 
O‘tish jarayonining uzoq muddatga mo‘ljallangan maqsadi, har bir mamlakatda iqtisodiy 
islohotlarni amalga oshirishdan ko‘zlangan maqsad kabi, aholining hayot darajasi izchil o‘sib 
borishini ta’minlaydigan barqaror bozor iqtisodini yaratishdir. O‘tish davrida hali ko‘p ishlar 
yakunlanmay, turli-tuman muhim masalalarga javob topilmaydi. Shu bois bozor tizimiga 
o‘tishda bugungacha to‘plangan tajribalar bilan tanishish dolzarblik kasb etadi. Oldiniga rejali 
tizimning muvaffaqiyatlari ancha zal-vorli bo‘ldi:
- Xalq xo‘jaligini industrlashtirishdan so‘ng ishlab chiqarish hajmi o‘sdi; 
- ijtimoiy kafolatlar umumiy ta’limni, turar-joyni, sog‘liqni saqlashni, butun aholining ish bilan 
bandligini o‘z ichiga oldi; 
- 1930-yillardagi buyuk inqiroz bu mamlakatlarni chetlab o‘tdi; 
- daromadlar nisbatan teng taqsimlandi; 
- asosiy tovarlar va xizmatlar hammaning qurbi yetadigan darajada bo‘ldi.
Biroq, vaqt o‘tishi bilan markazlashgan rejalashtirish tizimi samaradorligining pastligi 
sezilib qoldi va bu quyidagi oqibatlarga olib keldi: 
- rejalashtirish organlari bozor iqtisodi sharoitida narxlarga doir barcha ma’lumotlarga ega 
bo‘lmadi; 
- rejalashtirishning muvaffaqiyati shaxsiy munosabatlar va aloqalarga bog‘liq bo‘lib, bu sanoat, 
qishloq xo‘jaligi uchun halokatli oqibatlarga olib keldi; 
- qattiq nazorat mexanizmining kiritilishi oqibatida shaxsiy tashabbus so‘ndirib turildi, bu 
ko‘pincha shaxsga sig‘inishga, tizimdagi oliy mansab namoyandalarining korrupiiyaga 
berilishiga olib keldi.
Ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning sifati pasayishi, ko‘p mehnat va energiyani talab 
qilishi rejali tizim yaratgan rag‘batlantirish omillarining buzilgan mahiyatini aks ettirdi, iqtisodi 
markazlashtirilgan mamlakatlarni jahon bozorlari va bevosita chet el investitsiyalaridan ajratib 
qo‘ydi.
Quyidagi asosiy alomatlar o‘tash davri iqtisodi uchun xos: 
1. Iqtisodning nobarqarorligi, ishlab chiqarishning qisqarishi, ishsizlikning ko‘payishi, 
inflatsiyaning kuchayishi.
2. O‘tish davri iqtisodining alohida shakllari mavjudligi. Masalan, mulkchilikning aksiyadorlik 
shakli, nomenklatura-korporativ mulkchilikning bir turi ekanligi va h.k. 
O‘tish davri iqtisodining asosiy vazifalari: 
Korxonalarni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish, tadbirkorlikni 
rivojlantirish.
Davlat tasarrufidan chiqarish - xo‘jalikni to‘g‘ridan-to‘g‘ri boshqarish vazifalarini davlat 
zimmasidan soqit qilish, mulkchilik xarakterini o‘zgartirmagan holda tegishli vakolatlarni 
korxonaning o‘ziga berish, demakdir.
Xususiylashtirish davlat mulkini turli shartlarda iqtisodiy subyektlarga berish yo‘li bilan 
mulk egasining o‘zgartirilishini nazarda tutadi. Yangi mulk egasi mulkidan o‘z xo‘jalik 
faoliyatida foydalanadi va uning natijalari uchun to‘liq mulkiy javobgarlikni o‘z zimmasiga 
oladi. 
2. Bozor infrastrukturasini shakllantirish, xo‘jalik munosabatlarini o‘rnatishning yangi 
mexanizmlarini, tovar, jamg‘arma, valuta, bank, mexnat birjalari va h.k.ni tashkil qilish.
3. Iqtisodni monopoliya ta’siridan chiqarish. Bu tadbir raqobatni kuchaytirish, bozorda 


muvozanatga erishish (firmalar o‘rtasida ro‘y beradigan kelishuvchilik, qo‘shilish, har xil 
bitimlarga qarshi cheklashlar tizimini ishlab chiqish)ni nazarda tutadi. 
4. Narx belgilash ustidan davlat nazoratini bekor qilish yo‘li bilan narxlarni erkinlashtirish, 
narxlarni bozor qonunlari, talab va taklifga moslab shakllanishiga o‘tish. 
5. Muomaladagi pul massasini cheklash maqsadida qatyiy pul-kredit siyosatini o‘tkazish yo‘li 
bilan moliyaviy-iqtisodiy barqarorlashtirish (bunday siyosatni o‘tkazmay turib, narxlar ustidan 
nazoratni bekor qilish inflatsiyaning yuqori sur’atlarda yuz berishiga olib keladi). 
6. Aholining kam ta’minlangan qismi bozor iqtisodi sharoitlariga oson moslashishi uchun kuchli 
ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash tizimini joriy qilish. 
7. Iqtisodni iste’mol tovarlari ishlab chiqarish, xizmatlar ko‘rsatishni ilgarilama rivojlanish 
yo‘nalishiga qayta tashkil qilish, ishlab chiqarishning moslashuvchanligini, uning talab 
o‘zgarishlari va yangi texnologiyalarga uyg‘unligini oshirish. 
Bozor iqtisodiga o‘tish asosan ikki yo‘nalishdan iborat. Birinchi yo‘nalish qisqa 
muddatlar ichida iloji boricha ko‘p tub islohotlarni amalga oshirishni ko‘zda tutadi. Ikkinchi 
yo‘nalish qisman o‘zgarishlarni amalga oshirish, ularni bosqichma-bosqich chuqurlashtirib 
borishga asoslanadi.
Birinchi - tub islohotlar yo‘nalishida markazlashgan rejalash tizimi o‘rniga bozor iqtisodi 
asosiy elementlarini barpo qilishga qaratilgan islohotlar majmui ko‘zda tutiladi. Bu esa narxlarni, 
savdoni zudlik bilan erkinlashtirish, narxlarning turg‘unligini ta’minlashga qaratilgan izchil 
barqarorlashtirish dasturini amalga oshirishdan iboratdir. Boshqa tadbirlar quyidagilarni o‘z 
ichiga oladi: joriy operatsiyalar uchun valutani erkin ayirboshlashga o‘tish, yangi xususiy 
korxonalar tuzish uchun shart-sharoitlar yaratish, davlat korxonalarini xususiylashtirish, sanoatni 
monopoliyadan chiqarish, buxgalteriya xisobining yangi standartlarini qabul qilish va h.k.
Polsha iqtisodiyotida 1990 yilda o‘tkazilgan keskin islohotlar, Markaziy-Sharqiy 
Yevropaning boshqa mamlakatlaridagi ko‘p sonli dasturlar, 1992 yildan keyin esa yangi mustaqil 
davlatlardagi tadbirlar umuman yuqorida aytilgan kompleks modelga mos keladi. Polsha va 
boshqa mamlakatlarning tajribalari shuni ko‘rsatadiki, ba’zi o‘zgarishlar haqiqatan ham tez yuz 
berishi mumkin ekan. 
Biroq, bozor tipidagi huquqiy institutlar moliya tizimining shakllanishi uchun yillar va 
hatto o‘n yillar kerak bo‘ladi.
Ikkinchi modelda islohotlar oldiniga tajriba tartibida o‘tkazilib, keyin muvaffaqiyatli 
chiqqan tajribani keng yoyish mumkin. Bu ijtimoiy himoyalangan bozor munosabatlariga 
o‘tishni nazarda tutadi.
Islohotlarni bosqichma-bosqich o‘tkazish, masalan, Xitoy olib borayotgan yo‘l 
hisoblanadi. Xitoy 1978 yidda narxlarni erkinlashtirishga kirishdi. Oldiniga islohotlarning 
barchasi qishloq xo‘jaligini tiklashga qaratildi, ayrim joylarda xo‘jalik yuritishning jamoat usuli 
o‘rniga dehqon xo‘jaliklari tuzildi, keyinchalik mamlakatning boshqa viloyatlarida ham shunday 
xo‘jaliklar tuzishga ruxsat berildi. Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini sotish narxlari ko‘tarildi, 
dehqonlarning daromadlari oshirildi. Bozor asosida ishlaydigan qishloq xo‘jaligi kooperativlari 
tuzishga ruxsat berildi. 1984 yilga kelib islohotlar shaharlarda ham boshlandi. Mahalliy o‘z-
o‘zini" boshqarnsh organlari katga moliyaviy mustaqillikka erishdi. Davlat korxonalarini 
boshqarish tizimida islohotlar o‘tkazildi, ilgari davlat budjetidan mablag‘ bilan ta’minlanadigan 
korxonalarni mablag‘ bilan ta’minlash endi talabchan bank tizimi zimmasiga yuklandi. Savdo-
sotiqqa, chet el kapitali kiritilishiga ko‘yiladigan cheklashlar asta-sekin yumshatildi, ko‘pgina 
institutsional islohotlar o‘tkazildi, xususan, markaziy bank ishlari butunlay qayta tashkil etildi.
Rejali xo‘jalik yuritish tizimidan bozor tizimiga o‘tishning ikki modeli mavjud degani, 
hali barcha mamlakatlar xohdaganini shunday tanlash imkoniyatiga ega ekanligini bildirmaydi. 
Har bir variant uchun o‘zining iqtisodiy, siyosiy, tarixiy va boshqa shart-sharoitlari majmui 
mavjuddirki, ular o‘z yondashuvini taqozo etadi. 
Markaziy-Sharqiy Yevropa mamlakatlari islohotlarni o‘tkazishga ancha qulay 
makroiqtisodiy, strukturaviy, institutsional sharoitlarda kirishdi. Islohotlar inflatsiya sur’ati 
ancha past bo‘lgan sharoitda boshlandi. Bu mamlakatlarning geografik jihatdan qulay 


joylashganligi yangi savdo munosabatlariga kirishishlari uchun qo‘l keddi.
Bozor iqtisodiga o‘tish variantlari: 
- Bozor institutlarini asta-sekin tashkil qilishning evolyutsion yo‘li (Xitoy, Vengriya va boshqa 
mamlakatlar);
- iniqilobiy yo‘li - radikal, tub o‘zgarishlar zudlik bilan o‘tkaziladi (Sharqiy Yevropaning 
ko‘pchilik mamlakatlari, Polsha va h.k.). 
Ko‘rsatilgan variantlar o‘rtasidagi farq-tafovut izchil o‘zgartirishlar, barqarorlash
tadbirlarini o‘tkazish muddatlari, xalq xo‘jaligini bozor mexanizmlari bilan qamrab olish 
darajasi, davlatning tartibga solib turish faoliyati ko‘lami bilan izohlanadi.
Bozor iqtisodiga evolyutsion yo‘l bilan yoki rezolyutsion yo‘l bilan o‘tishni tanlash faqat 
siyosiy rahbariyatning xohishiga emas, balki siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, tarixiy kabi omillarga 
ham bog‘liq bo‘ladi. 
Mutaxassislar fikricha, quyidagi shart-sharoitlar mavjud bo‘lganda bozor iqtisodiga 
evolyutsion yo‘l bilan o‘tgan ma’qulroq:
- Xususiy tadbirkorlik ko‘nikmalarini saqlab qolgan avlodlar ishlaydigan tarmoqlar va ancha 
taraqqiy etgan qishloq xo‘jaligi hamda hunarmandchilik ishlab chiqarishlari borligi; 
- og‘ir sanoat va harbiy sanoat kompleksining nisbiy ulushi uncha katta emasligi; 
- barqaror moliya tizimi; 
- siyosiy va xo‘jalik oliy namoyandalari ichida islohotlarni o‘tkazishdan manfaatdor 
qatlamlarning ko‘pchilikni tashkil qilishi.
Inqilobiy usulni tanlash odatda noilojlikdan qilingan tadbir hisoblanadi. U ko‘pchilik 
hollarda ma’muriy buyruqbozlik tizimidan qutilish ehtiyoji yig‘ilib qolgan tuzilmaviy 
nomutanosibliklar oqibatida kelib chiqqan o‘tkir tovar taqchilligi bilan bog‘liq. 
Bozor iqtisodiga o‘tishning evolyutsion yo‘liga xos umumiy alomatlar 
1. Islohotlarning boshlanishi quyidagi tadbirlar yordamida iste’mol bozorida dinamik 
muvozanat o‘rnatilishi bilan bog‘lanadi: 
- Bozor o‘zgarishlariga moslashuvchan narxlar tazimi yordamida; 
- xususiy sektorda iste’mol mollari ishlab chiqarishni va xizmat ko‘rsatishni tezroq yo‘lga 
qo‘yish, ularga bo‘lgan bozor ehtiyojlarini qondirish yordamida. 
2. Bozor munosabatlari oldiniga iste’mol tovarlarini ishlab chiqarish va sotish sohalarini qamrab 
oladi, shundan keyingina investitsiya tarmoqlariga yoyiladi. 
3. Narxlarni erkinlashtirish islohotning keyingi bosqichlarida amalga oshiriladi va monopoliya 
an’analari kuchli bo‘lgan tarmoqlarda narxlar ustidan davlat nazorati saqlanib qoladi. 
4. Inflatsiyaning kuchayishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida keskin moliya siyosati o‘tkaziladi. 
5. Bozor infrastrukturasi jadal shakllantiriladi, xususiy tadbirkorlik rag‘batlantiriladi.
Evolyutsion yo‘lning o‘ziga xos alomati - odatda islohotlar qishloq xo‘jaligidan 
boshlanadi, chunki bu sohada xususiy xo‘jalik tashabbusi uchun muayyan muhit ochiladi. 
Qishloq xo‘jaligining, iste’mol tovarlari ishlab chiqarish bo‘yicha u bilan bog‘liq 
tarmoqlarning rivojlanishi uchun berilgan turtki bozor mexanizmlarining yoyilishi uchun o‘ziga 
xos harakatlantiruvchi kuchga aylanadi va ayni paytda iste’mol bozorining ehtiyojini qondirish 
bilan birga islohotlarni yanada chuqurlashtirish uchun qulay ijtimoiy muhit yaratadi. 
Iqtisodni isloh qilishga inqilobiy yondashuv (falaj qilib davolash - shok terapiyasi) usuli
Inqilobiy yondashuv chuqur institutsional islohotlarni amalga oshirishni, mulkchilik 
shakllarini keskin o‘zgartirish (xususiylashtirish)ni nazarda tutadi. 
Rossiya va Polshada falaj qilib davolash tarafdorlari o‘z iqtisodiy dasturlarini amalga 
oshirishning ikki bosqichini ajratib ko‘rsatishadi.
Birinchi bosqichda (1—2 yil) bozor va moliyaviy muvozanatga erishish uchun 
inflatsiyaga qarshi keskin choralar ko‘rish.
Ikkinchi bosqichda (10-15 yil) iqtisodda belgilangan tub o‘zgarishlarni amalga oshirish, 
uning rivojlanishini ta’minlash ko‘zda tutiladi.
Islohotlarni o‘tkazish yo‘lidagi yutukdarni baholash uchun ushbu to‘rt asosiy 
ko‘rsatkichdan foydalaniladi: erkinlashtirish, mulkiy huquqlar va xususiy mulkchilikni 


rivojlantirish, tegishli institutlarning mavjudligi hamda ijtimoiy siyosatning yo‘nalishi.

Download 0,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   94




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish