Жаћон иќтисодиёти ва дипломатия университети



Download 0,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/94
Sana19.01.2023
Hajmi0,85 Mb.
#900507
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   94
Bog'liq
portal.guldu.uz-JAHON IQTISODIYOTI



JAHON IQTISODIYOTI VA DIPLOMATIYA UNIVERSITETI 
R.H. Shodiyev, E.R. Mahmudov 
JAHON IQTISODIYOTI 
Oliy o‘quv yurtlari uchun darslik 
G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi 
Toshkent – 2005 


Ushbu darslik O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta 
maxsus ta’lim vazirligi qoshidagi Respublika 
muvofiqlashtiruvchi kengash tomonidan tasdiqlangan va 
nashr uchun tavsiya etilgan. 
Iqtisodiyot fanlari doktori, professor 
R.S.Qosimov
umumiy tahriri ostida. 
SH-m 0604000000-97
qat’iy buyurtma 2005
 
М
352 (04)-2005
 
© R.H.Shodiyev, E.R.Mahmudov, 
G‘.G‘ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi, 2005 yil. 
 
ISBN 5-635-02297-9


SO‘Z BOSHI 
Insoniyat XXI asrga qadam qo‘ydi. O‘tgan asrning oxirida xalqlarning siyosiy, ijtimoiy, 
iqtisodiy va ma’naviy-ma’rifiy hayotida yuz bergan jiddiy voqea-hodisalar dunyo qiyofasini 
tubdan o‘zgartirib yubordi. Jahon tarixida yangi davr boshlandi. Bu davrning o‘ziga xos 
xususiyatlari shundan iboratki, davlatlar, xalqlar orasida yaqinlashuv, hamkorlik aloqalari tobora 
kuchayib, yaxlit siyosyy, iqtisodiy makonlar va ittifoqlar vujudga kelib, yagona xalqaro 
me’yorlar, qoidalar, andozalarga o‘tish jarayonlari yuz bermoqda. Bugungi kunda 
umuminsoniyat sivilizatsiyasining istiqbollari jahon xo‘jalik tizimining samarali faoliyat 
ko‘rsatishiga bog‘liq bo‘lib qoldi. 
"Yer kurrasining oltidan bir qismida tub islohotlar davom etmoqda. Bu esa yangi tuzilgan 
mustaqil davlatlarda davlat qurilishi va ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar o‘tkazish muammolari 
mintaqalarning doiralaridan tashqari chiqib, haqli ravishda umumjahon tusini olganidan yaqqol 
dalolat beradi".
1
 
Endilikda bozor iqtisodiga asoslangan jamiyat qurish barcha xalqlar hamda davlatlarning 
muqarrar yo‘li bo‘lib qoldi. O‘z mohiyat e’tibori bilan bozor internatsional bo‘lib, milliy hudud 
va chegaralarni tan olmaydi. Bozor iqtisodining internatsional mohiyati xalqaro mehnat 
taqsimoti asosida mamlakatlar o‘rtasida tashqi iqtisodiy aloqalar qaror topishidan, bozor 
xo‘jaligining rivojlanishiga omil bo‘luvchi iqtisodiy qonuniyatlardan kelib chiqadi. 
O‘tish davri iqtisodiga xos mamlakatlar qaytib kirishi muqarrar bo‘lgan jahon bozori 
tobora ko‘proq integratsiyaga yuz tutmoqda. Keyingi o‘n besh yil ichida jahon savdosi 
umumjahon ishlab chiqarishiga nisbatan ancha ildamroq rivojlanishi buning dalilidir. Shuni ham 
ta’kidlash joizki, keyingi yillar mobaynida rivojlanayotgan mamlakatlardagi bevosita chet el 
investitsiyalari miqdori olti baravar ko‘payib, ularning iqtisodiyoti dunyoga ko‘proq yuz tutib, 
ochiq tusga kira boshladi, buning natijasida ular jahon xo‘jalik tizimida tobora faolroq
ishtirok etib, yalpi ichki
mahsulotlaridagi eksport va import salmog‘i bundan o‘n yil avval 33 foizni tashkil etgan bo‘lsa, 
bugunga kelib 43 foizga ko‘tarildi. 
Uzoq yillar davom etgan yakkalanishlardan so‘ng o‘tish davriga xos mamlakatlar iqtisodi 
xalqaro integratsiyadan ko‘proq naf olishlari mumkin, chunki jahon xo‘jaligiga 
integratsiyalashuv ichki bozorni erkinlashtirishdan kelib chiqadigan iqtisodiy samaralardan bir 
necha baravar foydaliroqdir. 
Shunga ko‘ra, o‘tish davrida o‘z qobig‘iga burkanib yashab bo‘lmaslikni tushunishning 
o‘zi kifoya qilmay, hayotning yangidan-yangi voqeliklariga javob beradigan yaratuvchanlik 
tafakkuri puxta rejalarga asoslangan tafakkurni talab etadi. Turli darajadagi iqtisodiy tizimlar 
o‘rtasida o‘zaro hamkorlik bir-biri bilan chambarchas bog‘lanib ketayotgan dunyo uchun eng 
muhim muammodir. Bu tizimlar nafaqat o‘zining taraqqiyot darajasi bilan, balki jahon mehnat 
taqsimoti va jahon xo‘jaligiga qay darajada jalb qilinganligi bilan ham ajralib turadi. Milliy 
iqtisodiy tizimlarni jahon xo‘jaligiga tezroq jalb etish ehtiyojlari XXI asr boshi uchun xos 
bo‘lgan umumiy qonuniyatdir.
Aslini olganda O‘zbekiston mustaqil davlat sifatida endi-endi jahon sahniga chiqib 
kelmokda. Ochiq iqtisodga o‘tish siyosati O‘zbekiston uchun bozor iqtisodiga o‘tish 
jarayonining ajralmas bir qismi bo‘lib qoladi.
Mustaqillik yillarida ochiq iqtisod poydevorini barpo etish uchun zarur bo‘lgan siyosiy, 
huquqiy, tashkiliy zaminlar yaratildi. Tashqi faoliyat sohasidagi milliy iqtisodiy yo‘l-yo‘riqlar 
jahon tajribasini hisobga olgan holda ishlab chiqildi. Jahon tajribasi esa shundan dalolat beradiki, 
har tomonlama rivojlanishni istagan har qanday davlat muayyan tamoyillarga amal qilmog‘i 
shart. O‘zbekiston ham o‘z navbatida tashqi siyosatining asosiy tamoyillarini shakllantirib oldi.
Ushbu tamoyillarning mohiyati avvalo shundan iboratki, O‘zbekiston o‘zining tashqi 
siyosatida teng huquqlilik. 
1
Karimov I. O‘zbekiston buyuk kelajak sari, T., “O‘zbekiston”, 1998, 69-bet. 


Xalqaro iqtisodiy ittifoqlar doirasidagi hamkorlikni kengaytirish, o‘zaro manfaatdorlik 
aloqalarini o‘rnatish shartlariga amal qiladi. Respublikada amalga oshirilayotgan iqtisodiy 
islohotlar jarayonida mustaqillikning o‘n uch yili ichida makroiqtisodiy vaziyat barqarorlashdi, 
1997 yildan boshlab mamlakatda nafaqat yalpi ichki mahsulotning umumiy hajmi bo‘yicha, 
balki uning aholi jon boshiga taqsimoti bo‘yicha ham iqtisodiy o‘sishga erishilmoqda, 
iqtisodning salmoqli bo‘g‘inlarida jiddiy tarkibiy o‘zgarishlar ro‘y bermoqda.
Shuning bilan birga, mamlakat ichki bozorining nisbatan torligini hamda eksport 
masalasi jahon bozorida xom ashyo mahsulotlari narxining o‘zgarib turishiga bog‘liq ekanligini 
nazarda tutgan holda, import tovarlari o‘rnini bosuvchi ishlab chiqarishga e’tibor berish 
siyosatidan ko‘proq eksportni kengaytirish siyosatiga o‘tishni taqozo qiladi. Iqtisodiy 
rivojlanishni ta’minlash, ishlab chiqarish samaradorligini oshirish muammolari O‘zbekiston 
jahon bozorida faqat xom ashyo emas, balki tayyor mahsulotlar eksport qiluvchi mamlakat 
sifatida ham namoyon bo‘lishi bilan chambarchas bog‘langan.
Buning uchun vaqt hamda tashqi iqtisodiy munosabatlarni olib borishda ko‘nikma talab 
etiladi. Chet ellik sheriklarning ishonchini qozonish uchun tashqi bozorda mohirona ishlay bilish, 
tashqi iqtisodiy siyosat qonun-qoidalariga so‘zsiz amal qilish lozim bo‘ladi.
Tashqi iqtisodiy aloqalarni muvaffaqiyatli olib borish masalasi o‘z navbatida davlatning 
turli ehtiyojlarini qoplash, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishni sog‘lomlashtirish, uning 
samaradorligini oshirishda muhim vositalardan biri hisob-lanadi va millat ravnaqini 
jadallashtiradi, oqibatda davlat kuch-qudratining yuksalishiga, aholi turmush darajasining 
oshishiga olib keladi. 
Tashqi iqtisodiy aloqalarning ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati, tuzilishi, ko‘lami sherik 
mamlakatlardagi, umuman, jahon xo‘jaligidagi ishlab chiqarish kuchlari bilan ishlab chiqarish 
munosabatlarining qay darajada ekanligiga qarab belgilanadi.
Hozirgi zamon jahon iqtisodiyotining qaror topishi, rivojlanishi xalqaro mehnat taqsimoti 
keng tus olayotganligi, dunyo mamlakatlari moddiy va ma’naviy boyliklarini hamkorlikda ishlab 
chiqarish jarayoniga tobora ko‘proq jalb etilayotganligi bilan bevosita bog‘liqdir. Xalqaro 
miqyosda (shuningdek, alohida bir davlat doirasida) moddiy va ma’naviy boyliklarni ishlab 
chiqarish, ularning taqsimoti, ayirboshlanishi, iste’moli jahon (yoki mamlakat) iqtisodining 
asosini tashkil etadi. Umumjahon qayta (takror) ishlab chiqarish jarayonidagi ana shu qayd 
etilgan bosqichlarning har biri ham umumiy miqyosda, ham alohida mamlakatlar doirasida butun 
jahon xo‘jalik tizimining faoliyatiga bevosita ta’sir qiladi. Takror ishlab chiqarish jarayonining 
bir butunligini tashkil etuvchi halqalarining mantiqi ham, Umumjahon takror ishlab chiqarish 
jarayonidagi har bir bosqichning zarralarini o‘ziga jo qilgan jahon iqtisodining murakkabligi ham 
ana shunda.
Takror ishlab chiqarish jarayoni biror mahsulot (yoki xizmat) ishlab chiqarishdan 
boshlanib, uning taqsimlanishi va iste’mol qilinishi bilan tugallanadi. Demak, tizim sifatida 
jahon iqtisodiyotining vazifa, maqsadi inson ehtiyojlarini qondirishdan iboratki, bu extiyojlar o‘z 
navbatida moddiy ne’matlar, xizmatlarga oshib borayotgan talab hamda takliflarni keltirib 
chiqaradi. 
Shunday ekan, "jahon ihtisodi" yoki "jahon xo‘jaligi" deganda nimani tushunish kerak, 
degan savol tug‘iladi.
Aytish kerakki, hozirgi zamon iqtisodiyot adabiyotlarida bu tushuncha turlicha talqin 
qilinadi. Bular orasida eng ko‘p tarqalgani quyidagi ikki talqindir:
1. "Jahon iqtisodi" deganda — xalqaro mehnat taqsimoti, iqtisodiy va siyosiy 
munosabatlar tizimi orqali bir-biri bilan o‘zaro bog‘langan milliy xo‘jaliklar yig‘indisi 
tushuniladi. 
2. "Jahon iqtisodi" deganda - o‘zaro iqtisodiy munosabatlar tizimi, milliy xo‘jaliklar 
o‘rtasidagi keng ko‘lamli aloqalar nazarda tutiladi. Bu holda, tabiiyki, jahon iqtisodi tizimi 
moliya va savdo munosabatlari, kapital va ishchi kuchini taqsimlash masalalarini o‘z ichiga 
qamrab oladi. 
"Jahon iqtisodi" tushunchasining boshqa talqinlari ham mavjud bo‘lib, bularda jahon 


xo‘jaligining asosiy tarkibiy qismlari, shu jumladan, uning moddiy asosi o‘z aksini topgan. 
Shulardan birida "jahon iqtisodi" tushunchasi ishlab chiqarish kuchlari, ishlab chiqarish 
munosabatlari hamda muayyan ustqurma munosabatlari darajasida ko‘rilib, ushbu iqtisodni 
tashkil etuvchi milliy xo‘jaliklar mazkur uchta darajaning har birida o‘zaro qanchalik kelisha 
olish qobiliyatlariga mos ravishda muttasil qayta ishlab chiqaruvchi iqtisodiy tizim sifatida 
ta’riflanadi (YU.V. Mishkov, V.K. Lomakin va boshqalarning talqini). Bu talqin garchi to‘g‘ri va 
anchagina mukammal bo‘lishiga qaramay, u ilmiy jihatdan g‘oyat murakkabligi hamda ko‘proq 
nazariyligi bilan oqsaydi. 
Demak, jahon iqtisodi deganda, doimiy o‘zgarishda va harakatda bo‘ladigan, bir-biriga 
o‘zaro ta’sir etuvchi, xalqaro aloqalarga intiluvchi milliy xo‘jaliklar yig‘indisini tushunish 
maqsadga muvofiqroqdir. Bu aloqalar obyektiv bozor qonunlari asosida olib borilgani uchun 
murakkab, qarama-qarshiliklarga xos, lekin yaxlit jahon iqtisodi tizimini tashkil etadi. 
Bundan ko‘rinadiki, barcha talqinlar ayni paytda "jahon iqtisodi" ma’lum darajada yaxlit 
bir tizimdan iborat ekanligini tan oladi. Tizimning yaxlitliligi, bir butunliligi uning barcha 
tarkibiy qismlari milliy va jahon bozorlarida barqaror darajada o‘zaro iqtisodiy hamkorlik 
qilishini nazarda tutadi. 

Download 0,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   94




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish