Жаћон иќтисодиёти ва дипломатия университети



Download 0,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/94
Sana19.01.2023
Hajmi0,85 Mb.
#900507
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   94
Bog'liq
portal.guldu.uz-JAHON IQTISODIYOTI

 
2-bosqich:
Bu bosqich "buyuk turg‘unlik" davri bilan, undan chiqish va urushdan keyingi yillar bilan 
bog‘likdir. Inqiroz sira kutilmaganda, 1929 yilning 24 oktabrida yuz berdi ("qora payshanba"), 
ushbu paytda AQSHning jamg‘arma birjasida 13 mln aksiya nihoyatda past narxda sotildi. 
Zavodlar, korporatsiyalar, dehqon fermalari xonavayron bo‘lib yopila boshladi. 
Amerika iqtisodi uchun bu mudhish vaziyat quyidagi noxush oqibatlarga olib keldi: 
- ishchanlik faoliyati juda pasayib ketdi, buning natijasida mamlakatda sanoat ishlab 
chiqarish darajasi 1932 yilga kelib 1929 yildagiga qaraganda 2 barobardan ko‘p qisqardi; 
- ishsizlik ortdi, 1935 yilda butun ishchi kuchining 25%ni tashkil qildi; 
- boshpanasizlar soni ortdi — 1932 yilda 2 mln kishi; 
- hatto millionerlar soni kamaydi; 513 kishidan 20 kishiga tushib qoldi. 
Bu ortiqcha ishlab chiqarish tufayli yuz bergan inqirozning xarakterli namunasi edi. 
Buning bosh sababi - 20-yillardagi iqtisodiy o‘sish davrida kapitalning ortiqcha to‘planib qolishi, 
ishlab chiqarishni kengaytirishga, qurilishga juda ko‘p mablag‘ sarflanishi, ish haqining juda 
sekin o‘sishidir. Bu esa o‘z navbatida talabning ortishini cheklab qo‘yardi.
Buning ustiga daromadlardagi tabaqalashuv keskin ortib ketdi. 20-yillar oxirlarida 
aholining atigi 5% barcha shaxsiy daromadlarning 33 foizini olar edi. Natijada jamg‘arma bilan 
iste’mol o‘rtasida katta uzilish yuzaga keldi. Daromadlarning o‘sish sur’ati ishlab chiqarish 
hajmining o‘sishiga nisbatan nihoyatda pasaydi. 
Bu tang vaziyatdan chiqish yo‘lini AQSH prezidenti F.Ruzvelt ma’muriyati taklif qildi va u 
"Yangi yo‘l" deb atalib, o‘z ichiga mamlakatdagi ahvolni muvofiqlashtirishga qaratilgan 
ijtimoiy-iqtisodiy tadbirlarning butun bir majmuasini olardi. 
Jumladan, quyidagi muhim qonun loyihalari qabul qilindi: 
- Banklar to‘g‘risidagi favqulodda qonun; 
- qishloq xo‘jaligini tartibga keltirish to‘g‘risida; 
- sanoatni tiklash to‘g‘risida; 
- "ichkilik man etilgan qonun"ni bekor qilish to‘g‘risida; 
- mehnat munosabatlari haqida; 
- ijtimoiy sug‘urta to‘g‘risida, bu qonunga muvofiq, jumladan, kasaba uyushmalari 
rasmiy deb e’lon qilindi, ishsizlarga nafaqa to‘lana boshlandi.
Hukumat davlat ishlariga, uy-joy qurilishiga, harbiy kemalar barpo etishga juda katta 
mablag‘ (3,3 mlrd dollar) ajratdi. Bu tadbirlar odamlarning ish bilan ko‘proq ta’minlanishiga, 
ishlab chiqarishning jonlanishiga, oxir-oqibatda talabning ortishiga yordam berdi. 
Ish haqining eng kam tarif stavkasi 25 sent, ish haftasining eng ko‘p muddati 44 soat 
qilib belgilandi.
Hukumat ishsizlar uchun mehnat lagerlari barpo etdi, ular bu yerda ko‘chat o‘tkazishar, 
yo‘llarni tuzatishar, ko‘priklar qurishardi. Ularning har biri boshpanalik bo‘ldi, ish bilan 
ta’minlandi, kuniga 1 dollar ish haqi oldi.
Qishloq xo‘jaligini rag‘batlantirish uchun ham alohida chora-tadbirlar ko‘rildi. Fermerlar 
don mahsulotlarini davlatga paritet (teng) narxlarda sotish huquqi hamda imkoniyatiga ega 
bo‘ldi. Bu xarid narxlari fermerlar sotib olayotgan yonilg‘i, o‘g‘it, texnika va boshqa xarajatlar 
narxlaridan ancha yuqori qilib belgilangashgagini anglatardi. Bundan maqsad, ishlab chiqarishni 
daromadli qilish, dehqonlarning xonavayron bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik edi. Ekin ekiladigan 
yerlarni sotish 3 yilga ta’qiqlab qo‘yildi. Aks holda millionlab fermerlar qarzlari tufayli 
fermalaridan judo bo‘lardi. Darvoqe, bu qarzlarni uzishda ham hukumat ularga katta yordam 
berdi.


Bu ishlarga kerak pulni yig‘ib olish uchun qishloq xujalik mahsulotlarini qayta ishlab 
chiqaradigan korxonalarga qo‘shimcha soliq solindi. Keyinchalik davlat asosiy qishloq xo‘jalik 
maxsulotlarini ishlab chiqarish uchun har yili norma (bu aslini olganda milliy reja edi) belgiladi. 
Natijada davlat omborlarida 3 yilga yetadigan don g‘amlab qo‘yildiki, bu urush yillarida juda 
asqotdi. Hukumat fermerlarning o‘z mahsulotlarini sotishlarida qiyinchilik tug‘ilmasligi uchun 
chetdan mamlakatga olib kelinayotgan tovarlarni ham nazorat ostiga oldi. Bu tartib hozir ham 
saqlanib qolgan. 
Shunday qilib, jahon kapitalizmida ilk bor aholini ijtimoiy himoya qilishning 
mexanizmlari ishlab chiqildi va qabul qilindi. Bundan maqsad erkin tadbirkorlik tizimini 
qaytadan tuzib chiqish; unga davlat yo‘li bilan tartibga solib turish elementlarini kiritish edi. 
F.Ruzvelt bozorni mukammal iqtisodiy mexanizm deb hisoblamasdi, unga (bozorga) 
davlat quyidagicha tuzatishlar kiritishi bilan ta’sir qilishini e’tirof etardi:
- qo‘shimcha talablarni rag‘batlantirish bilan; 
- davlat buyurtmalarini joylashtirish orqali; 
- ijtimoiy sektorda ish joylarini barpo etish bilan; 
- milliy daromadni qayta taqsimlash bilan. 

Download 0,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   94




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish