Жаћон иќтисодиёти ва дипломатия университети


Ishlab chiqarish kuchlari internatssonallashuvining asosiy shakllari va yo‘nalishlari



Download 0,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/94
Sana19.01.2023
Hajmi0,85 Mb.
#900507
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   94
Bog'liq
portal.guldu.uz-JAHON IQTISODIYOTI

Ishlab chiqarish kuchlari internatssonallashuvining asosiy shakllari va yo‘nalishlari. 
Ma’lumki, ishlab chiqarishning internatsionallashuvi mehnatni xalqaro ixtisoslashtirish
taqsimlashni chuqurlashtirish natijasi. Ayni o‘sha ishlab chiqarishni xalqaro miqyosda 
ixtisoslashtirish ishlab chiqarish kuchlari internatsionallashuvining asosiy shakllari va 
yo‘nalishlarini keltirib chiqaradi. 
B u l a r:
1) Tovarlar va xizmatlarning milliy chegaralar orqali ko‘chib yurishi; 
2) kapital va ishchi kuchining xalqaro migratsiyasi; 
3) jahonning turli mintaqalaridagi integratsion jarayonlar. Ishlab chiqarishni xalqaro 
ixtisoslashtirish har doim u yoki bu mamlakatda mahsulotning muayyan turi ishlab 
chiqarilishidagi sarf-xarajatlar bilan bog‘liq nisbiy afzalliklarga tayanadi. 
Sarf-xarajatlardagi nisbiy afzalliklar doimiy bo‘lmay, ular bir qator holatlarga bog‘liqdir. 
XX asrning so‘nggi choragida milliy iqtisodiyotning xalqaro ixtisoslashuvini 
belgilovchi asosiy omillar. 
Qayd etilayotgan omillar quyidagilardan iborat:
1. Tabiiy resurslar, geografik holat, o‘tmishdagi ishlab chiqarish tajribasi, mamlakatning 
o‘tmishda qaror topgan ishlab chiqarish imkoniyati singari xalqaro ixtisoslashtirish an’anaviy 
omillarining pasayishi.
Lekin bu an’anaviy omillar amal qilinishini to‘xtatib qo‘yadi, degan ma’noni 
bildirmasdan, balki fan-texnika taraqqiyoti natijasida yangi qo‘shimcha omillarining paydo 
bo‘lishini anglatadi. Masalan, industrial mamlakatlarda bugungi kunda ikki muhim va uzoq 
muddatli jarayonlar ko‘zga tashlana boshlandi: 
- bir tomondan, milliy xo‘jaliklarni tuzilmaviy jihatdan qayta qurish asta-sekin yangi 


texnika-texnologiyalarga o‘tish orqali ularga ketadigan energiya va material xarajati miqdorini 
qisqartirish, energiya, xom ashyoga bo‘lgan ehtiyoj kamayadigan yangi texnika-texnologiyalarga 
o‘tish; 
- ikkinchi tomondan, o‘z tabiiy resurslarini o‘zlashtirish, tabiiy xom ashyo o‘rnini
bosuvchi turli sun’iy materiallarni ishlab chiqaruvchi tarmoqlarni rivojlantirish hisobiga 
mamlakatlar ehtiyojlarini to‘laroq, qondirish imkoniyatini yaratish. 
2. Xalq xo‘jalik tuzilmalarini maqbullashtirish va shunga yarasha milliy mahsulotlar 
sotiladigan bozorlar ko‘lamini moslashtirish.
U yoki bu mamlakat ishlab chiqarish imkoniyatidan foydalanish milliy doiradagina emas, 
balki mehnatni xalqaro taqsimoti doirasida ham ixtisoslashtirish jarayonini chuqurlashtirish bilan 
bog‘liq. Bu esa o‘z navbatida keng ixtisoslashtirilayotgan milliy ishlab chiqarishlarning jahon 
bozoriga chiqishini, mazkur mamlakatning yuksak darajadagi iqtisodiy samaradorligini 
ta’minlay olmaydigan milliy ishlab chiqarishni rivojlantirishdan voz kechishni taqozo etadi. 
3. Korxonalarning normalarini odatdagi milliy normalardan jahon normalariga 
aylantirish.
Sanoat korxonasi iqtisodiy samaradorligining asosiy sharti - uning qudrati hamda texnik 
qurollanishi jihatidan eng muvofiq jahon talablariga mos kelishi bo‘ldi. Lekin milliy ehtiyojlar, 
milliy bozor, ayniqsa, ko‘lami kichik va o‘rtacha mamlakatlarda, ixtisoslashtirilgan ishlab 
chiqarish korxonalari mahsulotlarini sotish uchun tobora torlik qila boshladi. Bu mazkur 
mamlakatlardagi sanoatning yetakchi sohalari taqdirini tashqi bozorlarga bog‘liq qilib qo‘ydi.
Shuning uchun ham yirik mamlakatlardagi ko‘pchilik sanoat tarmoqlari, masalan, 
aviatsiya sanoati, elektron-hisoblash mashinalarini chiqaruvchi sanoat korxonalari avval 
boshdanoq tashqi bozorni mo‘ljallab ish ko‘rishdi. Hatto ko‘pincha chet el iste’molchilariga 
xizmat ko‘rsatish korxona faoliyatida yetakchi o‘rinni egalladi. Jumladan, G‘arbning kichik va 
o‘rta industrial mamlakatlaridagi ko‘pchilik mashinasozlik tarmoqlari mahsulotining 75-90%i 
eksportga ketadi. 
Bulardan ko‘rinadiki, eksportni mo‘ljallab ish ko‘rish industrlal rivojlangan eng yirik 
mamlakatlar sanoati taraqqiyoti uchun muhim mezon va omildir.
4. Iste’mol qilinuvchi (bu yerda iste’mol mollari ma’nosida emas) mahsulotlar 
nomenklaturasining tez kengayishi, bu hozirgi zamon sanoat taraqqiyotining xarakterli 
xususiyatidir. Shu bilan birga, fan-texnika taraqqiyoti ayrim mamlakatlarning to‘la yoki 
nihoyatda ko‘p tarmoqli milliy majmualarni yaratish imkonini cheklab qo‘yyapti, chunki sanoat 
mahsuloti nomenklaturasining darajasi bugun shu qadar balandki, biron-bir mamlakat jahonda 
ishlab chiqarilayotgan barcha mahsulotlarni o‘zida iqtisodiy jihatdan samarali ishlab chiqarishni 
ta’minlay olmaydi.
5. Tarmoqlararo mehnat taqsimoti bilan bir qatorda tarmoq ichidagi mehnat taqsimoti va 
bunga tegishli ravishda ishlab chiqarishni tarmoqlar ichida ixtisoslashtirish yanada keng 
rivojlandi.
Hozirgi sharoitda xalqaro savdo rivoji tamoyili shundayki, kelgusida foydalanishi 
jihatdan o‘xshash, lekin o‘ziga xos texnik-iqtisodiy xususiyatlari bilan bir-biridan farq qiluvchi 
sanoat buyumlarini o‘zaro almashish tobora ko‘proq ahamiyat kasb eta boradi (stanoklar 
stanoklarga, ilmiy uskunalar ilmiy uskunalarga). Bu jarayon, masalan, ko‘p jihatdan bir-biriga 
o‘xshash sanoat tuzilmalariga ega bo‘lgan industrial mamlakatlar o‘rtasida tashqi iqtisodiy 
aloqalarning tez o‘sishida o‘z ifodasini topdi. 
Shubhasiz, mazkur tamoyil ayrim mamlakatlar xalq xo‘jaligi tuzilmalari universalligini 
kelgusida yanada cheklab qo‘yadi.
6. So‘nggi mahsulot bo‘yicha ixtisoslashtirishdan detallar, uzellar, butlovchi buyumlar 
bo‘yicha ixtisoslashtirishga o‘tishdan boshlanuvchi tarmoqlararo mehnat taqsimoti taraqqiyoti.
Hozirgi zamon mashinasozligida, masalan, mashinalar barcha detallarining 15-
20%igina o‘ziga xos noyob bo‘lib, qolgan 75-85%i bir-birining o‘rnini bosadigan detallar yoki 
mashina va asbob-uskunalarning ko‘pgina turlari uchun bir xil texnik tavsifga ega detallardir. 
Shubhasiz, ishlab chiqarishni bunday universallashtirish millatlararo va xalqaro sanoat 


kooperatsiyalashuvining yanada rivojlanishiga olib keladi.
80-yillarning oxirlaridayoq millatlararo va xalqaro kooperatsiya yo‘li bilan mol yetkazib 
berish industrial mamlakatlar sanoatining yetakchi tarmoqlari mahsulotlari qiymatining 50-
60%ini tashkil etdi. Ular o‘rtasidagi tovar oborotining 30% dan ortig‘i kooperatsiya yo‘li bilan 
o‘zaro mol yetkazib berishga to‘g‘ri keldi. 
7. Ayrim mamlakatlar iqtisodiy yo‘nalishlarini shakllantirishda, ularning xalqaro 
mehnat taqsimotidagi o‘rni va rolini belgilashda milliy fan-texnika imkoniyatlari ahamiyatining 
keskin ko‘tarilishi.
Bunga sabab - ilmiy tekshirish, tajriba-konstruktorlik ishlariga (NIOKR) ketadigan sarf-
xarajatlarning ancha oshirilishi edi. Hozirgi zamonda bunday maqsadlar uchun qilinadigan sarf-
xarajatlar har 5-6 yilda kamida ikki baravar ortib, G‘arbning yetakchi mamlakatlarida ular milliy 
daromadining 2-3% idan ko‘prog‘ini tashkil etadi. 
Bunday sharoitda eng rivojlangan mamlakatlar ham zarur fundamental, amaliy tadqiqot 
ishlarining butun yukini yakka o‘zi ko‘tarishga qodir emas.
8. Milliy xo‘jaliklarning tobora ko‘proq "ochiqlikka" intilishi, ishlab chiqarishning asosiy 
omillari: tovar, ishchi kuchi, kapital, ilmiy-texnik bilimlarning xalqaro miqyosda ko‘chib yurishi 
uchun to‘siqlarning kamayishi. Jumladan, tariflar, bojxona cheklashlarini kamaytirish yo‘li bilan.
Xo‘jalik hayoti, fan-texnika taraqqiyotining internatsionallashuvi xalqaro mehnat 
taqsimotining iqtisodiy omillarini va ishlab chiqarishni xalqaro ixtisoslashtirish omillarini qat’iy 
ravishda birinchi o‘ringa olib chiqadi.

Download 0,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   94




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish