Жаћон иќтисодиёти ва дипломатия университети


Bozor iqtisodiga asoslangan mamlakatlarda davlatning roli



Download 0,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet45/94
Sana19.01.2023
Hajmi0,85 Mb.
#900507
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   94
Bog'liq
portal.guldu.uz-JAHON IQTISODIYOTI

Bozor iqtisodiga asoslangan mamlakatlarda davlatning roli 
 
Ushbu mavzudan kelib chiqqan holda quyidagi omillar birinchi darajali ahamiyatga ega:
- Maktablar, kasalxonalar, jamoat transporti kabilar tomonidan ta’minlanib turiladigan 
xizmatlar sifati, bularning tez moslashuvchanligi; 
- tartib-intizomning mavjud ahvoli; 
- shahar qurilishi
- ijtimoiy to‘lovlar va h.k. 
Rivojlangan mamlakatlarda ana shu vazifalarning ko‘pchiligi davlat zimmasiga 
yuklangan (2, 3, 4-jadvallarga qaralsin). 
Davlatning iqtisodda tutgan rolini belgilovchi eng muhim omillardan biri davlat 
mulkining ko‘p-ozligidan (mikdoridan) iboratdir. 
1980-yillar xususiy sektorga ishonch kuchaygan o‘n yillik hisoblanadi. Bu davrda 
xususiylashtirish Meksikadan to Yaponiyagacha yetib bordi. 1980 yildan 1988 yilgacha Buyuk 
Britaniyada ishlab chiqarishdagi jamoat sektorining 40 foizdan ko‘prog‘i xususiy korxonalarga 
aylantirildi. 80-yillarning boshlarida hamma joylarda ishlab chiqarish samaradorligini oshirish va 
ko‘lamini kengaytirishning vositasi sifatida keng miqyosda xususiylashtirishni joriy etish yo‘li 
bilan davlat xarajatlarini cheklash borasida faol siyosat olib borildi. Buning oqibatida ko‘pgina 
mamlakatlarda yalpi ichki mahsulot ko‘payishi bilan bir qatorda bu xarajatlar tejalib, bir qolipga 
tushdi. 
Buyuk Britaniya bu sohada ko‘p yutuqlarga erishdi. Biroq, xususiy kapitalni yanada 
kengroq ko‘lamda iqtisodga jalb etish rejasi kutilgan natijalarni bermadi. 
Jamoatchilik fikrini o‘rganish natijalariga ko‘ra "aholi ko‘rsatilayotgan xizmatlarning 
sifatidan norozi". Maorif, tibbiy xizmat, transport singari sohalarda bu narsa yaqqol namoyon 
bo‘ddi. 
1990-yillarning boshlariga kelib ahvol ancha o‘zgardi, davlat sektoriga bo‘lgan e’tibor 
tobora kuchaydi.
Nima sababdan? 
1. Bizning xohish-irodamizga mutlaqo aloqasi bo‘lmagan holda davlat sektoridagi 
ko‘rsatkichlar hayotimizning sifatini belgilashda hal qiluvchi ahamiyatga ega, degan tushuncha 
tobora kengroq qaror topmoqda. Bu narsa esa oqibatda iqtisodiy rivojlanish maqsadi hisoblanadi.


Darqaqiqat, kapitalizm turli-tuman mollar ishlab chiqarishda yuksak samaradorlikni 
ta’minlaydi. Bu tushunarli: kapitalizmning maqsadi foyda olishdir. 
Lekin alohida bir shaxs uchun avtomobil, televizor, dastgoh va h.k. o‘z-o‘zidan yaxshi 
hayotni ta’minlab bera olmaydi. Natijada quyidagilarni amalga oshirish zarur, degan fikr -yuzaga 
keladi: 
a) 80-yillarda amalga oshirilgan davlat xarajatlarini tejash siyosatidan voz kechish. Lekin 
bu narsa soliqlarning keskin oshishiga sabab bo‘lishi mumkin; 
b) hozirgi xarajatlarni (yalpi ichki mahsulatga nisbatan) saqlab turgan holda, qat’iy 
islohotlar yordamida davlat sektoridagi raqobatchilik unsurlarini kuchaytirgan holda ushbu 
sektorga oid xizmatlar sifatini oshirish. 
2. Bozor "inson omili" degan tushunchaning tub ma’nosini ta’minlay olmaydi 
"kelajakdagi ko‘pgina ijtimoiy zararlar yoki afzalliklarga yetarlicha baho bera olmaydi yoki 
ularni oldindan ko‘ra olmaydi". 
3. Bozorning narxlar tushimi tabiiy boyliklarni taqsimlab berayotganida ko‘p jihatdan 
ularning tugab borishini, bu hol atrof-muhitga uzoq vaqt salbiy ta’sir qilishi mumkinligini 
hisobga olmaydi. 
4. Ilmtalab mahsulotlar va eng yangi g‘oyalar bilan xalqaro miqyosda erkin 
almashuvning bir o‘zi ilg‘or texnologiyalarning keng joriy etilishiga olib kelolmaydi. Ularni 
o‘zlashtirish esa ongli ravishda murakkab bilimlar to‘plashni, tajriba orttirishni talab etadi, bu hol 
esa davlat oldindan tashabbus ko‘rsatishi lozimligini taqozo qiladi.
Ijtimoiy taraqqiyotdagi davlatning roliga umuman tarixiy nuqtai nazardan yondashilsa, 
shu narsa ma’lum bo‘ladiki, xususiy kapital iqtisodga tobora kengroq ko‘lamda jalb 
etilayotganiga qaramay, jamoat sektorining hissasi uzluksiz oshib boradi. G‘arbdagi ko‘pgina 
yetakchi mamlakatlarda xususiylashtirish siyosati keng ko‘lamda olib borilayotganiga qaramay, 
ularning iqtisodida davlat sektorining ishtiroki o‘sib bormoqda. 
Davlatning umuman iqtisoddagi roli davlat mulkining salmog‘i bilan bir qatorda yalpi 
ichki mahsulotdagi davlat xarajatlari ulushi ko‘rsatkichlari bilan ham belgilanadi.
XIX asrning oxirlarida sanoati rivojlangan mamlakatlarda yalpi ichki mahsulotdagi 
davlat xarajatlarining salmog‘i o‘rtacha 8,3 % ni (AQSHda - 4%, Fransiyada - 12,6%) tashkil 
etgan bo‘lsa, XX asrning 20-yillarida bu raqam 15,4% ga ko‘tarildi.
Sanoati rivojlangan mamlakatlarda davlatning milliy resurslarini taqsimlashdagi o‘rni 
1929-1933 yillardagi Buyuk (depressiya) turg‘unlikdan keyin salmoqli bo‘ldi. 60-yillarda bu 
ko‘rsatkich 27,9%ni. 80-yillarning boshlarida 42,6%ni tashkil etdi, bu esa o‘tgan yuz yil 
mobaynida ta’lim, temiryo‘l transporti, telegraf, pochta, ijtimoiy ta’minot, sog‘liqni saqlash, 
sanitariya xizmatlari davlat zimmasiga yuklatilganligi bilan izohlanadi. Bu raqam keyinchalik 
mazkur mamlakatlarning birortasida ham 30%dan pastga tushgani yo‘q. Masalan, 1998 yilda 
AQSHda yalpi ichki mahsulotdagi davlat xarajatlari salmog‘i 38,7%ni, Yaponiyada 34,9%, 
GFRda 50,8%, Fransiyada 54,2%, Angliyada 54,8%ni tashkil etdi. Rivojlangan mamlakatlarda 
o‘rtacha ko‘rsatkich 1998 yilga kelib yalpi ichki mahsulotda 47,2%ga yetdi. To‘rtinchi jadvaldan 
ma’lum bo‘lganidek, dunyodagi yetakchi mamlakatlarda yalpi ichqi mahsulotdagi davlat 
xarajatlari satmog‘i keyingi yillarda ham muttasil oshib borgan. 

Download 0,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   94




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish