Жаћон иќтисодиёти ва дипломатия университети


-jadval  Dunyoning rnvojlangan mamlakatlaridagi 100 ta eng yirik korooratsiyalarda



Download 0,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/94
Sana19.01.2023
Hajmi0,85 Mb.
#900507
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   94
Bog'liq
portal.guldu.uz-JAHON IQTISODIYOTI

 
2-jadval 
Dunyoning rnvojlangan mamlakatlaridagi 100 ta eng yirik korooratsiyalarda 
mahsulotlarning tarmoqlar bo‘yicha taqsimlanishi
(1990, 2000 yillar) 
 
Tarmoq 1990 
2008 
Elektronika (elektron asbob-uskunalar) 
14 
17 
Kimyo va farmatsevtika tovarlari 
18 
16 
Avtomobil qurilishi 
13 
14 
Neft mahsulotlarini qazib olish 
13 
14 
Qayta ishlash va taqsimlash 
Oziq-ovqat mahsulotlarini va ichimliklarni ishlab chiqarish 

12 
Xilma-xil ishlab chiqarish (Diversited) 


Telekommunikatsiya 2 

Savdo 7 

Mashinalar va asbob-uskunalar 


Metallar 6 

Qurilish 4 

Vositachilik (Media) 


Boshqalar 7 

Jami: 100 
100 
 
Manba: World Investment Report 2001. Table 11,5. 
 
Xalqaro korporatsiyalarning jahon iqtisodini 
 rivojlantirishdagi roli. 
Xalqaro korporatsiyalarning jahon iqtisodiga ta’siri birinchi navbatda ishlab 
chiqarishning nihoyatda keng shaxobchalari va taqsimlanishi orqali olinayotgan nisbiy afzalliklar 
tufayli namoyon bo‘ladi. Ulardan foydalanish chet el shahobchalari orqali ham vertikal (tik), 
ham gorizontal (yotiq) integratsiyalashuv vositasida ta’minlanadi. 
Vertikal integratsiyalashuv tufayli ko‘pgina xalqaro korporatsiyalar firma ichidagi 
savdoni samarali rivojlantirish orqali xom ashyo materiallari va oraliq tovarlari bilan 
kafolatlangan darajada ta’minlanish imkoniyatiga ega bo‘lib, chet el bozorlarida uchraydigan 
muammolarni yengib, taqsimlash, xizmat ko‘rsatish shahobchalarini yaxshi ta’minlay oladilar.
Xalqaro korporatsiyalar gorizontal integratsiya vositasida o‘zining chet el firmalari orqali 
monopolistik hukmdorligini yaxshiroq himoya qiladi va foydalana oladi, mahsulotlarini mahalliy 
shart-sharoit va odamlar didiga moslashtiradi, uning yuqori sifatli bo‘lishini ta’minlaydi.
Xalqaro korporatsiyalar nisbiy afzalliklarining mohiyati shundaki, ular quyidagilarni 
ta’minlaydi:
- ishlab chiqarishning katta hajmi, ko‘lami hisobiga mahsulot birligiga ketadigan sarf-
xarajatlarni tejashni; 
- ishlab chiqarishning katta ko‘lami hisobiga mehnat taqsimoti va ixtisoslashtirishni 
yanada chuqurlashtirishni
- kapitalning xalqaro bozori xizmatidan foydalanishdagi katta imkoniyatlarni, jumladan, 
yirik loyihalarni moliyalashtirishni; 
- tadqiqotlarni amalga oshirish uchun loyihalarni konsentratsiyalashni, texnika hamda
kadrlar bilan ta’minlash nuqtai nazaridan to‘g‘ri keladigan bir yoki bir necha mamlakatlarda 
ularni rivojlantirishni; 


- sho‘ba kompaniyalar orqali ular joylashgan mamlakatlar haqida axborotlarni to‘plash va 
ulardan foydalanishni;
- tashqi muhitning o‘zgarishlariga (bozor, siyosiy vaziyat) kichkina kompaniyalarga 
qaraganda tezroq moslashishni. 
Ushbu afzalliklardan tashqari ular:
- ishlab chiqarishning keng diversifikadiya qilinishi tufayli tahlikali ahvolga kam 
tushishadi va ko‘pincha mayda firmalarga qaraganda yuksak daromad olishadi; 
- nihoyat soliq ko‘p solinadigan mamlakatlardaga filiallariga yetkazib beriladigan 
tovarlar narxini sun’iy oshirish, bu mamlakatlardagi filiallaridan olib kelinadigan tovarlar 
bahosini pasaytirish orqali millatlararo korporatsiyalar (MNK) soliqlar bilan bog‘liq bo‘lgan 
talofatlarini kamaytirishlari mumkin.
Hozirgi kunda jahon ishlab chiqarishining 20% idan ko‘prog‘i MNK ulushiga to‘g‘ri 
keladi va firmalar ichidagi savdo (asosiy kompaniyalar bilan uning chet eldagi sho‘ba 
kompaniyalari o‘rtasidagi) qayta ishlovchi sanoat mahsulotlarining dunyo bo‘yicha savdosining 
25% dan ko‘prog‘ini tashkil etadi.
Ayrim xalqaro korporatsiyalar yiliga o‘nlab milliard, dollar miqdorida savdo qilishga 
erishmoqdaki, bu ayrim davlatlar umumiy milliy daromadidan ko‘pdir.
Bundan tashqari, hozirgi kunda dunyodagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalarning 
ko‘pchiligi (90%) ham ana shu korporatsiyalar tomonidan amalga oshirilmoqda. Shuning uchun 
ham G‘arbdagi u yoki bu mamlakatni boshka davlatlarda joylashtirilgan "ikkinchi iqtisodi" 
ko‘lamlarini hisobga olmasdan turib, ularning iqtisodiy salohiyatini baholab bo‘lmaydi.
80-yillarning boshida Amerika korporatsiyalarining chet ellardagi filiallari 
mahsulotlarining qiymati AQSH yalpi ichki mahsulotining 41,4% tashkil qildi.
Moddiy ishlab chiqarishda "ikkinchi iqtisod"ning roli yanada ortadi: masalan, amerika 
kompaniyalarining chet ellardagi filiallarining mahsuloti 2000 yilning birinchi yarmida 
AQSHning o‘zidagi moddiy ishlab chiqarishning taxminan 60% ini tashkil etgan. Binobarin, ular 
uchun ichki va tashqi bozorlar o‘rtasidagi farqning asta-sekin yo‘qolib borishi tabiiy holdir.
Shuni ta’kidlash lozimki, xalqaro korporatsiyalar tashqi operatsiyalarining asosiy 
geografik yo‘nalishi - bu kapitallarning G‘arbning yuksak rivojlangan mamlakatlar milliy 
xo‘jaliklariga tobora chuqur kirib borishidir.
Bu korporatsiyalar faoliyatining eng muhim sohalari - birinchidan, boshqa 
mamlakatlarning ichki bozorlarida ish ko‘rayotgan korxonalaridan to‘g‘ridan-to‘g‘ri foyda olish.
Amerika xalqaro korporatsiyalari, masalan, chet eldagi filiallari mahsulotlarining salkam 
65%ini mahalliy bozorlarda, shu jumladan, bozor iqtisodi rivojlangan davlatlarda 75%ini va 
rivojlanayotgan davlatlarda 43%ini sotdi.
Ular faolligining ahamiyatini ko‘rsatuvchi ikkinchi muhim soha - xalqaro korporatsiyalar 
eksportini kengaytarish. 80-yillarning boshlarida bozor iqtisodiga o‘tgan mamlakatlarda jahon 
eksportining 65-70% ana shu korporatsiyalar ulushiga to‘g‘ri keladi.
90-yillarning ikkinchi yarmida xalqaro korporatsiyalar savdosi umumiy hajmining 
o‘rtacha 45%ini eksport tashkil qildi. Bundan tashqari, xomashyoni xalqaro miqyosda sotishni 
ham ular to‘la nazorat qilib borardi. Jahon bozorlarida sotilayotgan bug‘doy, qahva, 
makkajo‘xori, yog‘och materiallari, tamaki, jut va temir rudasining 90%, mis va boksitning 90%, 
choy va qalayning 80%, banan, natural kauchuk va neftning 75%i ularning ulushiga to‘g‘ri keldi 
(V.Kuznetsov. Chto takoye globalizatsiya? MEiMO, 1998, 

3 16-bet).
Bunda asosiy kompaniyalar bilan ularning chet eldagi filiallari o‘rtasidagi ichki 
korporativ almashuvlar muhim va tobora ko‘proq rol o‘ynaydi. Bugungi kunda eng yangi 
texnologiyalarni transfert qilish bilan bog‘liq to‘lovlarning ko‘pchilik qismi xalqaro 
korporatsiyalarda ishlab chiqariladi (AQSH va Buyuk Britaniyada - 80%, Germaniyada - 90% 
gacha).
Ko‘p sonli transmilliy komplekslarning paydo bo‘lishi sezilarli yo‘nalish bo‘lib, ularga 
ko‘ra turli mamlakatlarning ixtisoslashtirilgan va o‘zaro kooperativlashgan korxonalari u yoki bu 
mahsulotni ishlab chiqarish uchun birlashadilar.


Bu jarayonga rivojlanayotgan mamlakatlar, ayniqsa, "yangi industrial mamlakatlar" asta-
sekin qo‘shilmoqda. Ular rivojlangan davlatlar sanoati uchun ixtisoslashtirilgan buyumlar, 
uzellar, tarkibiy qismlar yetkazib beruvchi sifatida faol ish yuritmoqda. Masalan, 2000 yilning 
boshlarida Singapur elektron va elektrotexnika sanoati eksportining 86%, Tayvanning 78%, 
Janubiy Koreyaning 68%, Braziliyaning mashinasozlik mahsuloti eksportining 65%i dan 
ko‘prog‘i yirik G‘arb korporatsiyalarining chet el filiallari hissasiga to‘g‘ri keldi.
Turli korporatsiyalar o‘rtasidagi raqobatning tobora o‘sishi hozirgi zamon 
iqtisodiyotining o‘ziga xos xususiyati bo‘lib, ayni bir vaqtda ular o‘rtasidagi ishlab chiqarish va 
tijorat sohasidagi aloqalar yanada kuchaydi.
Shubhasizki, xalqaro korporatsiyalar birinchi navbatda ularni barpo etishga o‘z 
mablag‘larini sarflagan yuridik shaxslarga xizmat qiladi. Shuni ta’kidlash kerakki, ularning 
faoliyati tayanch mamlakatlar va qabul qilayotgan mamlakatlarning umummilliy manfaatlariga 
hamisha mos kelavermaydi.

Download 0,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   94




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish