Jahon tarixi fanidan «xi – XV asr birinchi yarmida Vizantiyaning siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy tarixi»


II BOB. XI – XV ASRLARDA VIZANTIYA IMPERIYASINING MADANIY HAYOTI



Download 1,15 Mb.
bet2/2
Sana18.04.2023
Hajmi1,15 Mb.
#929615
1   2
Bog'liq
Vizantiya

II BOB.
XI – XV ASRLARDA VIZANTIYA IMPERIYASINING MADANIY HAYOTI
Vizantiya madaniyat jihatidan yuksak cho'qqiga erishgan. Har sohada ildam bo'lgan. Misol uchun uning tibbiyoti. Vizantiyada rivojlangan tibbiyot mavjud boʻlgan. 4-asrda pergamlik shifokor Oribasiy tibbiy ensiklopediya yaratgan, shifokor Nikshba jarroxlik boʻyicha darslik yozgan. Konstantinopolda maxsus jarrohlik va ayollar kasalliklari boʻlimlari boʻlgan kasalxonalar tashkil etilgan, ularning huzurida tibbiyot bilim yurtlari ochilgan. Simeon Sif ovqatning xossalari haqida kitob yozgan (11-asr). Nikolay Mireps farmakopeyaga oid qoʻllanma tuzgan (13-asr). Ioann Aktuariy tibbiyotga doir asarlarida oʻzining amaliy mushohadalarini bayon etgan. Falsafasi imperiya qaror topishi va xristianlik tarqalishi tufayli (6—7-asrlardan) paydo boʻla boshladi. Uning taraqqiyotida rasmiy cherkov aqidalari 6-n dunyoviy fan, falsafiy fikr vakillarining qarashlari oʻrtasidagi kurashning taʼsiri bor. Yunon cherkovining peshvolari Prokopiy (465—525), vizantiyalik Leontiy (475—543), Ioann Damaskin bu falsafaning oʻtmishdoshlari boʻlganlar. Vizantiya falsafasi asosan Platon — Aristotel gʻoyalari hamda asarlarini tushuntirish va tarqatishdan iborat edi; u „Kutubxona“ toʻplami (857 yilgacha)ning muallifi Fotiy (820—891)dan boshlanib, Mixail Psell (1018—78) va Nikifor Vlemmid (1272-yil Vizantiya e.) ijodida oʻzining yuksak choʻqqisiga chiqdi. Keyin Italiyada Uygʻonish davrida qayta rivojlandi. Bunda Vizantiya Vissarion (1403—72), trapezundlik Georgiy (1396—1484) va boshqalarning xizmati kattadir. VIZANTIYA falsafasidagi irratsional oqim Simeon (1025—92) mistikasi va Nikolay Kavasila (14-asr) gʻoyalarida namoyon boʻldi. Vizantiya falsafasi oʻrta asr sxolastikasi, Italiya Uygʻonish davri va slavyan mamlakatlari, Gurjiston, Armanistondagi falsafiy fikrning rivojlanishiga katta taʼsir oʻtkazdi. Vizantiyada tarix fani bir muncha rivojlangan. Kesariylik Yevseviy qadimiy zamonlardan milodiy 324 yilgacha boʻlgan dunyo tarixini, jumladan, Shim. Qora dengiz boʻyining tarixini bayon etishga harakat qilib koʻrdi. Kesariylik Prokopiy va Agafiy imperator Yustinian davridagi Vizantiya tarixini yoritdilar. 6— 10-asrlarda jahon tarixi voqeanavisligi Ioann Malala, Feofan Ispovednik, Feofilakt Simokatta, Georgiy Amartol kabi tarixchilarning asosiy tarixiy janrlari boʻldi. 11—12-asr oʻrtalarida vizantiyalik tarixchilar (Lev Diakon, Nikita Xoniat va boshqalar) oʻzlari shohid boʻlgan voqealarni qalamga olishga intildilar. 13-asrdan Vizantiya tarix fani inqirozga yuz tutdi. Huquqshunosligi. Vizantiya madaniyatiga xos anʼanaviylik va izchillik Vizantiya huquqshunosligida ayniqsa yaqqol koʻzga tashlanadi. Rim huquqini muntazam tartibga solish, fuqarolik huquqi majmualarini tuzish bilan Vizantiya huquqshunosligiga asos solindi. Ulardan eng muhimi Corpus juris civilis („Kanonik huquq majmuasi“)dir (6-asr) — Vizantiya huquqshunosligi ayni shu majmuaga tayandi, huquqshunoslar vazifasi asosan shu majmuani talqin qilish va qayta bayon etishdan iborat boʻlib qoldi. 6—7-asrlarda Corpus juris civilis qisman lotin tilidan yunon tiliga tarjima qilindi. Mazkur tarjimalar Vasiliki qurama toʻplamining asosini tashkil etadi, undan koʻpincha hoshiyalardagi izohlari bilan birga qayta-qayta nusxa koʻchirildi. Vasilikilarga ilova tarzida xilma-xil maʼlumotnoma — qoʻllanmalar, shu jumladan „sinopsislar“ tuzilgan, ularda maqolalar huquqqa oid ayrim masalalar boʻyicha alifbo tartibida joylashtirilgan. Vizantiya huquqshunosligida Rim huquqidan tashqari cherkov soborlarining qaror (qoida)lariga asoslangan cherkov fatvolari huquqi ham oʻrganilgan. Konstantinopolda oliy huquq maktabi tashkil etilgach, 11-asrda sud qarorlari toʻplami — „Pir“ („Tajriba“)da Konstantinopol sudining tajribasi umumlashtirildi. 12-asrda Vizantiya huquqshunoslari (Zonara, Aristin, Valsamon) cherkov soborlari qoidalari talqin etilgan bir necha kitob chiqarib, unda cherkov fatvolari huquqi bilan Rim huquqini muvofiqlashtirishga urinishdi. Vizantiyada notariat ham tashkil qilingan, 13—14-asrlarda ayrim femlarning mahkamalari hujjatlar uchun mahalliy xizmat daftarchalari tuzib chiqqan.
Har bir davlat agar adabiyoti rivojlanmagan bo'lsa, demak uninh madaniyati ham rivojlanmay qoldi. Vizantiya Adabiyoti oʻziga xosligi, yangi shakl va janrlarning boyligi bilan ajralib turadi. Uning tarixi 3 asosiy davrga boʻlinadi. Birinchi davrda (4—6-asrlar) u antik adabiyot anʼanalarini davom ettirdi, ayni vaqtda unga xristian dini mafkurasi taʼsir oʻtkazdi (shoirlar Nonna, 4—5-asrlar, Agafiy, Pavel Silensiariy, 6-asr). Avliyo-anbiyolar qissasi (agiografiya) ni yaratish avj oldi. Ikkinchi davrda (7—9-asrlar) cherkov taʼsirida diniy adabiyot ustunlik qila boshladi (kritli Andrey, Ioann Damaskin, Feodor Studit). Shoirlardan Kassiya, Ioann Grammatik, Ignatiy, patriarx Fotiy dunyoviy asarlar yozishdi. Xalq ijodiyoti rivojlandi. Oxirgi, uchinchi davrda (10—15-asrlar) diniy, dunyoviy, badiiy va ilmiy adabiyotning turli janrlari rivojlandi. Imperator Konstantin VII Bagryanorodniy, Svida, Simeon Metafrasiy va boshqa shu davrning eng taniqli yozuvchilaridir. Mixail Asell, mitilenlik Xristofor (11-asr), Manuil Olobol, Manuil Fil (13— 14-asrlar) saroy adabiyoti vakillaridir. Bu davrda hajviya keng ommalashgan (12-asr).
Vizantiya meʼmorligining rivojlangan davri 6-asrga toʻgʻri keladi. Bu davrda Konstantinopol jahondagi yirik shaharlardan biri hisoblangan. Shahar atrofi mustahkam qalʼa devorlari bilan oʻralib, xandaqlar qazilgan (5-asrning 1-yarmi). Shahar markazi (Agustion maydonida Qadimiy Rim meʼmorligi taʼsirida zafar toki (ark) lari, forumlar, cherkov binolari, imperator saroyi, otchopar, akveduklar qurilgan. Vizantiya meʼmorlik maktabida „plinfa“ (yassi keng gʻisht) koʻp qoʻllanilgan. Ibodatxona qurilishida bazilika uslubidan foydalanilgan. Keyinchalik bu uslub qoʻshni mamlakatlar meʼmorligiga taʼsir qilgan. Ibodat-xonalar tashqi koʻrinishi qoʻpol va ogʻir boʻlib, ichki koʻrinishi esa, aksincha, oʻta hashamdor boʻlgan (Salonikidagi Avliyo Dmitriy bazilikasi, 5-a; Avliyo Georgiy rotondasi, 4-asr oxirida qayta qurilgan). Konstantinopoldagi Ayo Sofiya ibodatxonasi (532— 537) yuksak mahorat bilan qurilgan mahobatli inshoot boʻlib, gumbazining diametri 31,4 m, bal. 55 m dir. Turar joy binolari asosan koʻp qavatli, bosh tarzi ravoqli qilib qurilgan, pastki qavatida savdo rastalari va ustaxonalar joylashgan.
7—9-asrlarda Vizantiya ibodatxona qurilishida oʻrta asr italyan meʼmorligi uslubiga xos boʻlgan renessans anʼanalari asosida inshootlarning xochsimon gumbazli mumtoz turi qoʻllanilgan (Nikeyadagi Uspeniya cherkovi, 7-asr; Salonikidagi Ayo Sofiya cherkovi, 8-asr). 9— 13-asrlarda binolar poygumbazidagi qalqonsimon bagʻallar tosh boʻlaklari va gʻishtdan mavjli bezakdor qilib terilib, ravoqsimon pogʻonali shaklda koshin qoplanib, rangli suratlar ishlangan [Mireleyon ibodatxonasi (turkcha Budrum jome, 930 yil), Feodor cherkovi (turkcha Kilise jome, 11-asrning 2-yarmi), Pantokrator ibodatxona majmuasi (Zeyrek jome, 12-asr) va 6.J. 14—15-asrlar meʼmoriy bezaklarida Bolqon slavyan meʼmorligi taʼsiri koʻzga tashlanadi [Salonikidagi besh gumbazli Apostol cherkovi (turkcha Souksu jome, 12—15-asrlar); pastqam P-simon shakldagi galereyali markaziy katta gumbazli xona va atrofidagi 4 burchakda joylashgan kichik gumbazli xonalardan iborat boʻlgan]. Pastki qavati bazilika shaklida, yuqori qavati esa xochsimon gumbazli koʻrinishdagi binolarning (Konstantinopoldagi Tekfur saroyi, 14-a; Mistra hukmdorlari saroyi 13—15-asrlar) intererlari bezaklarida Mistra sh. manzaralari va monastir majmualari (Afon va boshqalar) koʻrinishi aks ettirilgan.
Tasviriy sanʼati. Qadimgi davrdan oʻrta asrlarga oʻtish badiiy madaniyatda chuqur inqirozlarni yuzaga keltirdi; tasviriy sanʼatning ayrim turlari vujudga keldi, mavjudlari yoʻqolib ketdi. Cherkov va davlat ehtiyojlari bilan bogʻliq boʻlgan sanʼat turlari (ibodatxona tasvirlari, ikona va kitob miniatyurasi) muhim ahamiyat kasb etdi. Qad. ijodiy uslub oʻrniga oʻrta asrlarga xos xususiyatlar (jumladan, shartlilik) shakllandi; haykaltaroshlik inqirozga uchradi, qad. nafis shakllar yemirildi, maʼlum davrdan keyin Vizantiya sanʼatida haykaltaroshlik butunlay yoʻqolib, faqat boʻrtma tasvirlarda saqlanib qoldi. Badiiy hunarmandlik buyumlari (tosh, suyak, metall), 4—5-asrlar cherkov koshinlari (Avliyo Georgiy cherkovi, 4-asr oxiri)dagina qad. ohanglar muhim boʻlib, borliq goʻzalligini avvalgidek his etish sezilib turadi. Qad. usullar Vizantiya sanʼatida kitob miniatyuralarida takrorlandi („Iisus Navin oʻramli yozuvlari“); rang tasvirning barcha turlari diniy mavzudagi tasvirlarni ishlashga boʻysundirildi, meʼmoriy manzaralar oʻrnini mavhum hashamdor tilla zamin egalladi, tasvirlar tekis yuzali qilib ishlandi.
9— 10-asrlarda ibodatxona devoriy rasmlari doimiy bir tizimga keltirildi; devor va gumbazlar qatʼiy tartibdagi koshinkori bezaklar va freskalar bilan qoplandi, ichki bezaklarda yagona mazmunga boʻysundirilgan meʼmoriy badiiy muhit (bunga ikonalar ham kiradi) yaratildi: Ayo Sofiya ibodatxonasi (6—12-asrlar), Afina yaqinidagi Dafna monastiri (11-asr) mozaikalari, „Vladimir Momo Havosi“ ikonasi va boshqa
Kitob miniatyurasi taraqqiy etdi, bu davrda zargarlik bezagidan unumli foydalanildi, rasmlarda aniq hayotiy lavhalar, tarixiy shaxslar portretlari oʻz aksini topdi. Haykaltaroshlik Galla Platsidiya maqbarasining ichki bezagi naqshli ikona va oʻymakori bezaklar (kapitel, mehrob toʻsiklari va sh.k.)da koʻzga tashlanadi. Amaliy bezak sanʼati (badiiy mato, rang-barang emal toʻsiqlar, fil suyagi va metalldan ishlangan buyumlar) yuksak darajada rivojlandi. Vizantiyaning bu davrdagi tasviriy sanʼati anʼanalari yunon oʻrta asrlar sanʼatidan oʻzlashtirilgan hamda Markaziy, Sharqiy va Jan. Yevropa mamlakatlarida bir qancha milliy badiiy maktablarning shakllanishiga kuchli taʼsir koʻrsatgan.
Teatri. Vizantiya dunyoviy teatri antik teatrning vorisi boʻlgan. 4-asrda Konstantinopolda 4 ta teatr bor edi, mim va pantomima (soʻzsiz, imo-ishorali) hangomalar hamda dolzarb mavzudagi tomoshalar koʻrsatilardi. Cherkov tomosha koʻrsatishni xristian diniga dushman, maʼjusiylik unsuri deb hisoblab, Vizantiyadagi antik teatr anʼanalarini yoʻqotib, aktyorlarni xristian jamoalaridan chiqarib yubordi. Teatr inshootlari buzib tashlandi, drama asarlarining qoʻlyozmalari yoʻq qilindi. Cherkov mimlarga ayniqsa shafqatsizlik qildi, ammo ularning anʼanalari xalq ommasi orasida davom etaverdi. Vizantiya cherkovi diniy targʻibot maqsadida Bibliya va ibodat rasm-rusumlari ruhidagi dramalarni avj oldirdi.
Musiqasi. Vizantiya dunyoviy professional musiqasida saroy bayram — ibodatlarida tabrik soʻzlari koʻpchilik tomonidan qiroat bilan aytilishi (akklamatsiya), sheʼriy parchalar cholgʻular joʻrnavozligida jimjimador ohanglarda kuylanishi (evfemiya) hamda tantanali tadbirlarda kupovozli madhiya (polixromiya)larni ijro etish keng tarqalgan. Sozlardan gidravlos (suv organi), truba, simbala, keyinchalik pnevmatik organ kabilar mashhur boʻlgan. Diniy musiqada Bibliya matnlarini bir ovozda, joʻrsiz, oʻziga xos ohang bilan oʻqish (psalmodiya), 4-asrdan boshlab xalq ohanglariga yaqin boʻlgan badiha (tropar)lar, kuyi rivojlangan falsafiy lirik qoʻshiq (gimn)lar asosiy oʻrin egallagan. 5—6-asrlarda yashagan shoir va musiqachi Roman Xushxon shaklan rivojlangan asar (kondaklar)lar yaratgan. Ioann Damaskin (7— 8-asrlar) diniy madhiyalarning eng atoqli muallifidir. 9-asrgacha Yevropada peshqadamlik qilgan Vizantiyamusiqasi keyinchalik inqirozga uchragan. Soʻnggi davr sanʼatkorlaridan Ioann Kukuzel (14—15-asrlar) musiqa nazariyotchisi hamda madqiyalar muallifi sifatida mashhur boʻlgan.
Vizantiyaning madaniyati, fani, sanʼati, maorifi va adabiyoti Osiyo, Shim. Afrika, Yevropadagi koʻpgina mamlakatlarning madaniy taraqqiyotiga katta taʼsir oʻtkazdi. Shu sababli Vizantiya madaniy merosi olimlar tomonidan hamon oʻrganib kelinmoqda.

Foydalanilgan adabiyotlar


1. ↑ Halsall, Paul „Byzantium“. Fordham University (1995). 22-avgust 2011-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 21-iyun 2011-yil.
2. ↑ Millar 2006, ss. 2, 15;James 2010, s. 5: „But from the start, there were two major differences between the Roman and Byzantine empires: Byzantium was for much of its life a Greek-speaking empire oriented towards Greek, not Latin culture; and it was a Christian empire.“
3. ↑ Treadgold 1997, s. 847.
4. ↑ Benz 1963, s. 176.
5. ↑ Ostrogorsky 1969, ss. 105–107, 109; Norwich 1998, s. 97; Haywood 2001, ss. 2.17, 3.06, 3.15.
6. ↑ Andoza:1a1=Millar
7. ↑ Cameron 2006, ss. 54–61.
8. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Download 1,15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish