1907 - 1997
𝐐𝐔𝐃𝐃𝐔𝐒 𝐌𝐔𝐇𝐀𝐌𝐌𝐀𝐃𝐈𝐘
1
“Chuvalachi”
2
“Tong oʻyini”
3
“Paranji”
4
“Ahmad va asalari”
Bir umr kichkintoylarning katta adabiyotini yaratish uchun samarali ijod qilgan otaxon shoirlardan biri Quddus Muhammadiyda shunday misralar bor:
Egri shoxni bogʻbon ham
Kesib tashlar koʻrgan dam.
Shu sabab toʻgʻri oʻzar
Egri esa ozar, toʻzar.
Ha, kimki bola tarbiyasida xuddi bogʻbon kabi yoʻl tutadigan boʻlsa, uning farzandi kelajakda oʻqimishli, aqlli, hushli boʻladi. Zero, Quddus Muhammadiyning ham maqsad-murodi shunday. Otaxon shoirning har bir asaridan kichkintoylarni to^riso^z, oʻqimishli boʻlishga chorlovchi misralarni topish mumkin.
Kichkintoylarning buyuk shoiri Quddus Muhammadiy 1907 yilda, Toshkent shahrida mehnatkash dehqon oilasida dunyoga keldi. Boʻlajak shoirning otasi Muhammad Alibek Abdurahmonbekov savodli kishi edi. U dastlabki maʼlumotni otasidan oldi.
1925 yilda otasi vafot etgach, Quddus Muhammadiy avval amakisinikida, soʻngra esa maktab-internatda tarbiya oladi.
Internatda Q. Muhammadiyning birinchi sheʼri – “Chuvalachi” maydonga keladi va bu yerda chiqadigan “Quyosh” nomli devoriy gazetada eʼlon qilinadi.
U yetti yillik maktabni muvaffaqiyatli tamomlab, Toshkent qishloq xoʻjalik texnikumiga oʻqishga kiradi.
1931 yildan Muhammadiy maktabda botanika oʻqituvchisi boʻlib ishladi, shu bilan birga Oʻrta Osiyo davlat universitetining biologiya fakultetida oʻqiy boshladi.
Quddus Muhammadiy Oybek, H. Olimjon, Gʻ. Gʻulomlarni oʻzi uchun ustoz deb bilgan
Ilk sheʼrlaridan biri “Tong oʻyini” orqali ulkan adib Oybek bilan tanishadi.
𝐐𝐔𝐃𝐃𝐔𝐒 𝐌𝐔𝐇𝐀𝐌𝐌𝐀𝐃𝐈𝐘
Bir kuni yozuvchilar uyushmasida mushoira boʻladi. Mushoiraga raislik qilayotgan Hamid Olimjon sheʼr oʻqish navbatini Quddus Muhammadiyga beradi. Q. Muhammadiy zavq bilan “Saʼva sayrarkan” sheʼrini oʻqiydi. Uning ijodiy qobiliyatini payqagan H. Olimjon sheʼr tugashi bilan yoniga chaqirtiradi. Qachondan beri sheʼr yozishini, qayerda ishlashini surishtirib, sheʼr maʼqul tushganini aytadi. Soʻng bolalar uchun sheʼrlarning kamligi haqida toʻxtalib, shunday ajoyib sheʼrlarni koʻproq yozishni taʼkidlaydi.
Quddus Muhammadiy ijodiga xos boʻlgan muhim xususiyatlardan biri hozirjavoblikdir. Shoir asarlarida ona-Vatanga muhabbat, aʼlo oʻqish, xulq-odobda boshqalarga namuna boʻlishga daʼvat etish, fan va texnikani oʻrganish masalalari asosiy mavzulardan hisoblanadi.
Ikkinchi jahon urushi davrida Quddus Muhammadiy Islom Shoirga adabiy kotiblik qiladi. Bu yerda u xalq ogʻzaki ijodi namunalari bilan yaqindan tanishadi. Islom Shoirdan koʻp narsalarni oʻrganadi.
Shoirning birinchi sheʼrlar toʻplami 1946 yilda “Oʻquvchiga esdalik” nomi bilan bosilib chiqadi. Shundan keyin uning 60 dan ziyodroq turli nom va tillardagi kitoblari chop etiladi.
Quddus Muhammadiy yosh kitobxonlar qalbida tabiat va inson kuychisi sifatida har doim eʼzozli boʻlib qoladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |