Reyganomika siyosati 1980-yil Saylovlarida g’alaba qozongan R. Reygan neokonservatizm yo’lboshchisi bo’ldi. U mamlakat tarixidagi eng keksa prezident, u prezidentlik o’rindig’iga o’tirganda 70 yoshda bo’lgan. Biroq shunga qaramay keksa yosh unga 1984-yilda 2- marta bu lavozimga o’tirishga xalaqit bermadi. R. Reygan – Respublikachilar partiyasi vakili 40- prezident. Uning ma’muriyati sovet-amerika munosabatlarini yaxshilash va xalqaro keskinlikni yumshatishga imkon yaratdi. R.Reygan ma’muriyatining iqtisodiy siyosati ("reyganomika" nomini olgan) yirik korporatsiyalar solig’ini kamaytirish va ularga katta imtiyozlar berish, ijtimoiy ehtiyojlarga byildjet xarajatlarini cheklash, inflyatsiyani yengishga yo’naltirilgan kredit-pul siyosatini ta’minlash yo’lidan bordi. "Reyganomika"ning markaziy masalasi harbiy ehtiyojlarga xarajatlarni oshirish. AQSHning harbiy xarajatlari 1980-yilda 134 milliard dollardan 1987-yilda 282 milliard dollarga qadar o’sdi. Ma’muriyat "yulduzli urushlar" dasturini amalga oshirishni e’lon qildi. Bunda kelajakdagi urushda asosiy harbiy harakatlar kosmik fazo va Oyda ro’y beradigan bo’ldi. Jamoatchilik fIkrini aldaydigan bunday fantastik loyiha astronomik harbiy xarajatlarga olib keldi (1979yilda - 40,2 milliard, 1983-yilda - 207 milliard, 1986-yilda - 221 milliard dollar). R.Reygan ma’muriyatining iqtisodiy siyosati mamlakat sanoatining rivojlanishi va muhim tarmoqlarini ilmiy-texnik jihatdan jihozlashda muhim o’zgarishlarga olib keldi. Ular ishchi kuchi qo’llanmasdan ishlaydigan butun boshli fabrikalarni yaratishga yo’naltirllgan ishlab chiqarish, elektron avtomatlashtirish jarayonining boshlanishiga asos bo’ldi. 80-yillardagi amerika sanoatining asosini mashinasozlik majmui (metallni qayta ishlash, umumiy mashinasozlik, elektrotexnik mashinasozlik, transport mashinasozligi va asbobsozlik) tashkil etdi. 80-yillar oxirida dunyoning butun mashinasozlik ishlab chiqarishida AQSHning ulushi 34 foiz bo’lsa, 2- o’rindagi Yaponiyaning ulushi 17 foizni tashkil etgan. Avtomobil sanoati tubdan rekonstruksiya qilindi. AQSH, mahsulotni avtomatlashgan loyihalash tizimi va robototexnik komplekslarni keng tatbiq etishdan foydalangan holda, avtomobillar ishlab chiqarish sohasidagi 1-likni o’ziga qaytib oldi. R. Reygan ma’muriyatining tashqi siyosatida sof kuchlarni "sovuq urush"ga ilhomlantirishga intilish va xalqaro munosabatlarda AQSH ustunligini tasdiqlash muhim o’rin tutdi. Bu ma’muriyatning konsepsiyasi shunday jaranglaydi: "Dunyo-kuch - iqtisodiy, harbiy va strategik omil bilan qaror topadi". Unga ko’ra, dunyoda AQSHga nisbatan dushmanlik ortib bormoqda va faqat harbiy qudrat hamda qat’iy xatti-harakatlargina xavfsizlikni ta’minlaydi. R.Reygan ma’muriyatining ilk tashqi siyosiy harakati Grenadaga havo desanti tushirish va orolning qonuniy hukumatini yo’q qilish bo’ldi.U kongressning man etishi, BMT, shuningdek, Markaziy Amerika mamlakatlari qoralashiga qaramay, Nikaraguadagi reaksion kuchlarni qo’llabquvvatladi. AQSH ulkan harbiy xarajatlarni oqlash uchun xalqaro keskinlikni oshirishga intilib, ochiqdan-ochiq tajovuzkorona xatti-harakatlarni amalga oshirdi. Ayni paytda R.Reygan ma’muriyati SSSR bilan munosabatlarni biroz yaxshilashga intildi. 1986-1988-yillarda M.S.Gorbachev bilan oliy darajada bo’lib o’tgan uchrashuUlar sovet-amerika munosabatlarini
sozlash va xalqaro vaziyatni yaxshilashga imkon yaratdi. R.Reygan ma’muriyatining tashqi siyosati J.Bush ma’muriyati 4 yil hukmronlik qilgandan so’ng (1989--1993) 1992-yilda demokratik partiya Saylovlarda yana g’alaba qozondi. Uilyam Klinton (1946-yilda tug’ilgan) prezident etib saylandi. AQSHda o’tkir ijtimoiy mojaro pishib yetildi. Reyganomika tor doiradagi biznesmenlarning boyishiga olib keldi va ayni paytda amerika jamiyatining xastaliklari, jumladan, qashshoqlikning aniqlanishiga imkon yaratdi. Zotan, 12,5 foiz amerikaliklar qashshoq ahvolda yashamoqda, qora tanli aholi orasida bu ko’rsatkich yana ham yuqori, 12 mln. amerikaliklar boshpanaga ega emas edi. Amerikaning 26 ta [yirik shaharlari aholisi tezkor ravishda uy-joy berilishiga muhtoj bo’lib, 400 ming amerikalik giyohvand moddalarni iste’mol etishni man qilish haqidagi qonunni buzgani uchun qamoqxonada saqlandi. Giyohvandlik ke’ng ijtimoiy hodisaga aylandi.Yangi prezident yangi liberal aqidalarga muvofiq mazkur ijtimoiy xastaliklarni tugatishga va’da berdi. U o’zini yangi demokrat deb atadi, bu bilan Amerikani davolash uchun barcha demokratik vositalarni qo’llashga tayyorligini bildirdi. Biroq uning qashshoqlar foydasiga daromadlarni "taqsimlash"ga urinishi kongressning ko’pchilik respublikachilari tomonidan rad etildi. Respublikachilar uning barcha qonun loyihalarini barbod etishdi. Ayni paytda Senat to’g’ridan-to’g’ri prezident qarashlariga zid keluvchi qonunlarni qabul qildi. 1998-yilda Klintonning ijtimoiy siyosatiga zarar yetkazuvchi va avtomobil, yo’l, neft va aviatsiya kompaniyalariga ulkan subsidiyalar ajratuvchi bir qator qonunlar qabul qilindi.Bundan tashqari, kongress prezidentning Arkanzasdagi gubernatorlik qilgan paytidagi moliyaviy operatsiyalar chog’ida yuz bergan bir qator suliste’molliklarni fosh etdi, siyosiy raqiblari esa uning shaxsiy hayoti bilan bog’liq janjaldan foydalanishdi. Senatda uni hokimiyatdan mahrum etish (impichment) uchun 2 ovoz yetmay qoldi, xolos. Klintonning siyosati, bir tomondan, mayda tashabbuslarni tashkil etishdan iborat bo’ldiki, ulardan ko’pi mamlakatning ijtimoiy ahvoliga kam ta’sir etardi (jinoyatchilik bilan kurash, shtatlarda giyohvandlikka qarshi testdan o’tkazish, qamoqxonalarda ovqatlanish va munosabatlarni yaxshilash); boshqa tomondan - harbiy ehtiyojlarga xarajatlarni o’z ichiga oldi. Biroq Klintonning ijtimoiy siyosati unga omma orasida obro’ keltirdi va 1996-yilda u 2- muddatga prezident etib saylandi. Klinton ma’muriyatining tashqi siyosatida dunyoda yagona hokimlikka intilish ustuvorlik qildi. 1991-yili SSSR tarqatilgandan so’ng jahon maydonida AQSHga qarama-qarshi turadigan raqib qolmadi. U BMT bilan bosh xalqaro tashkilot sifatida hisoblashmay qo’ydi. 1999-yilda Yugoslaviyaning bombardimon qilinishi shundan guvohlik beradiki, AQSH jahon muammolarini o’z manfaatlariga muvofiq holda mustaqil hal etishga kirishdi. Butun g’arb olarni AQSH atrofida birlashdiki, bu hol unga jahon siyosatida yanada ishonch bilan qadam tashlashiga imkon yaratdi.
2000-yil prezidentlik Saylovlarida respublikachilar partiyasi g’alaba qozondi. AQSH sobiq prezidenti J.Bushning o’g’li Jorj Bush (kichik) prezident etib saylandi. Mamlakat ichki va tashqi siyosati o’zgarmadi. 2001-yli 11-sentyabrda AQSHda terroristik harakatlar amalga oshirildi. Natijada Nyu-Yorkdagi savdo markazi vayron qilindi va 3000 atrofida odam halok bo’ldi.
AQSH terroristik aktlarga javoban ularni amalga oshirishda ayblangan Al-Qoida terroristik tashkiloti va Afg’onistondagi Tolibonlarning pozitsiyalarini bombardimon qilish choralarini ko’rdi. 2002-yildagi antiterroristik kompaniyasi AQSH harbiy byildjetini 170 milliard dollarga oshirish imkonini berdi. Mamlakatda iqtisodiy pasayish va ishsizlikning o’sishi boshlandi. 2003-yilda AQSH Iroqqa qarshi urush boshladi. Amerikalik ekspertlarning taxminicha Iroq hududida ommaviy qirg’in qurollari bor edi. 2003-yil mayda AQSH mamlakatga qo’shin kiritdi.