JAHON TARIXI - 11 1-§. "SOVUQ URUSH"NING BOSHLANISHI 1945-yil 6 va 9-avgustda AQSH harbiy-havo kuchlari bombardimonchilari Xirosima va Nagasaki nomli yapon shaharlariga atom bombasi tashladi. Bu, bemisiqudratli yangi ommaviy qirg’in quroli edi. Xirosimada 90 ming, Nagasakida esa 75 ming tinch aholi halok bo’ldi. Ikkala shahar to’liq vayron etildi, yuz minglab kishilar radioaktiv nurlanishga duchor bo’ldi, nurlanish kasalligi ularni sekin va azobli o’limga olib keldi. Bu, AQSHning urushdan so’nggi dunyoga yakkahokimlikka da’vosi edi. Mazkur voqea "sovuq urush"boshlanishiga turtki bo’ldi. Rasman "sovuq urush"ning boshlanishi 1946-yil 5 martda sobiq Angliya bosh vaziri U.Cherchillning Fultondagi Amerika universitetida so’zlagan nutqida e’lon qilindi. U.Cherchill "sharqiy kommunizm" bilan kurash uchun ingliz-amerika harbiy inttifoqini tashkil etishga chaqirdi. U urushdan so’ng totalitarizm ta’siriga tushib qolgan Sharqiy Yevropani erkin demokratik G’arbdan ajratib turuvchi "temir parda" haqida so’zladi. SSSR bilan natsizmga qarshi birlashgan Yevropa endi SSSRning o’ziga qarshi birlashdi.
"Sovuq urush" Sharq va G’arb mamlakatlariga nisbatan (1945-1991-yy.) qarama-qarshilik, bir-biriga dushmanlik, o’zaro ishonchsizlikni ifodalovchi bosqich. Biroq Sovet xavfi oldidagi qo’rquv soxta bo’lib, asosga ega emas edi. SSSR urush paytida ko’p talafot ko’rgan bo’lib, yangi qarama-qarshilikka jur’at etmasdi. G’arb davlatlarining hukmron doiralari bundan yaxshi xabardor edi. Buning ustiga 1949-yilgacha AQSH atom bombasiga monopol hukmron bo’lib, uni qo’llash haqidagi birgina do’q-po’pisaning o’zi har qanday tajovuzkorlikni to’xtatish uchun yetarli edi. Gap bunda emas edi. G’arb mamlakatlarining o’zida aholi o’zgarishlarni kutardi. Osiyo va Afrika siyosiy erkinliklar berilishini talab etmoqda edi. Cherchill aslida mavjud ahvolni saqlab qolishga chaqirdi. Yadro quroli "sovuq urush" vositasi bo’ldi. AQSH uni ishlab chiqarish va bu sohadagi tadqiqotlar ustidan xalqaro nazorat o’rnatish rejasini ishlab chiqdi. Bu reja 1946-yilda BMTga taqdim etildi va u istalgan mamlakatda bunday tadqiqotlarni tekshirish huquqini ko’zda tutdi. SSSR bu rejani inkor qildi va 1949-yilda o’z atom bombasini ilk bor sinovdan o’tkazdi. Shundan boshlab "sovuq urush" yadroviy qurollanish poygasi darajasiga ko’tarildi AQSH va SSSRdan tashqari atom qurolini boshqa mamlakatlar ham yaratishga kirishdi, ular buning uchun moliyaviy va texnik imkoniyatga ega bo’lishdi. 1952 yildaAngliya, 1960 yilda - Fransiya, 1964 yilda Xitoy o’z atom bombasini sinovdan o’tkazdi. 1974 yilda Hindiston, 1999-yilda Pokiston o’z atom bombalariga ega bo’ldi.
Yadro quroli takomillashib bordi. 60-yillarda endi taktik qurol turlari yaratila boshladi, ulardan odatdagilari bilan bir qatorda kichik miqyoslarda foydalanish mumkin edi. 1953-yilda SSSRda ilk marta vodorod bombasi yaratildi, u o’z vayronagarchilik kuchiga ko’ra atom va neytron bombasidan minglab marta kuchli edi.Yadro quroli bilan bir qatorda ularni nishonga yetkazib berish vositalari ham ishlab chiqildi. Jumladan, 1948 yiliAQSH 20 km balandlikda 12 ming km uzoqlikka qadar ucha oladigan B-52 qit’alararo bombardimonchi samolyotga ega bo’ldi, u yetti yildan so’ng SSSRda ham yaratildi. 1957-yili SSSRda Tinch okeani akvatoriyasida 10 ming km.dan ziyodroq masofada nishonni aniq uruvchi qit’alararo ballistik raketa sinovdan o’tkazildi, bir yildan so’ng AQSHda ham shunday raketa yaratildi. Deyarli bir paytning o’zida AQSH va SSSRda uzoq masofaga suzuvchi atom suvosti kemalari yaratildi. Shu munosabat bilan raketaga qarshi mudofaa tizimlarini rivojlantirishga katta e’tibor berildi. Ular SSSRda 1966yilda, AQSHda 1974-yilda barpo etildi. Qurollanish poygasi yildan-yilga tezlashib bordi. Yangidan-yangi mamlakat va qit’alar unga tortildi. 70-yillarning 1- yarmida jahonda harbiy xarajatlar har yili 350 milliard dollarni, o’n yillik oxiriga kelib esa 400 milliard dollarni tashkil etdi, 80-yillarda insoniyat har yili qurollanish uchun 600 milliard dollarni sarf etdi. Qurollanish poygasi dunyo xo’jaligi rivojlanishiga ulkan zarar yetkazdi, insoniyat salomatligiga zarar keltirdi. Har yili yuzlab yadro qurollari sinovdan o’tkazildi va yadroviy changlar barcha qit’alar bo’ylab atmosferaning yuqori qatlamlariga tarqaldi. Bu hol xavfli kasalliklarning tarqalishi va tuproqning buzilishiga olib keldi.
"Sovuq urush" rivojlanishidavrida G’arb davlatlari o’zlari bilan SSSR o’rtasida qarama-qarshilikka olib keluvchi, xalqaro munosabatlarda keskinlikni kuchaytiruvchi, ishonchsizlik va shubha uyg’otuvchi choralardan foydalanishdi. Bunday 1-qadam 1947-yilda AQSH tomonidan ko’rildi, shu yili AQSH kongressi "Trumen doktrinasi" deb ataladigan hujjatni tasdioladi. U kongress tomonidan 12-martda qabul qilindi va AQSH prezidentiga "qurolli kamchilik" tomonidan zabt etishga urinilayotgan yoki "tashqi bosim"ga qarshilik ko’rsatayotgan "erkin xalqlar"ga yordam ko’rsatishga imkon berdi. Kongress doktrinaga muvofiq Gretsiya va Turkiyaga moddiy-moliyaviy va harbiy yordam ko’rsatdi.Bu AQSH siyosatida xavfli burilish edi. Kongress qarori, mohiyatan, boshqa davlatlarning ichki ishlariga o’z xohishicha aralashish, o’z irodasini zo’rlab tiqishtirish va tartiblarini qaror toptirishni ko’zda tutar edi.
Garri Trumen (1884-1972) - demokratik partiyadan saylangan AQShning 33-prezidenti (1945-1953). U Xirosima va Nagasakini bombardimon qilishga buyruq bergan, sovuq urush"ning tashkilotchliaridan biri, NATOni tashkil etish tashabbuskoriaridan biri. 1947-yil 5-iyunda AQSH davlat kotibi Jorj MarshallGarvard universitetida so’zlagan nutqida G’arbiy Yevropani tiklash uchun moliyaviy yordam ko’rsatishni taklif qildi. Amerika hukmron doiralari iqtisodiyoti vayron etilganligi va rivojlanishga mablag’ yo’oligi bilan xarakterlanuvchi bu mintaqani xavfli vaziyatdan chiqarishga qaror qilishdi."Marshall rejasi" bo’yicha uni amalga oshirishda 16 ta Yevropa davlati ishtirok etadigan bo’ldi, amerika moliyaviy yordamini Yevropa iqtisodiy hamkorligi tashkiloti YeIHT taqsimladi. 1948-yildan 1952-yilgacha bu tashkilot orqali G’arbiy Yevropa mamlakatlariga 17 milliard dollar berildi. Bu mablag’lar mazkur mintaqada urushdan keyingi tiklanishda muhim rol o’ynadi. "Marshall rejasi" Yevropa mamlakatlari iqtisodiy tizimi tuzilmasini saqlashga imkon yaratdi. AQSH Potsdam konferensiyasi qarorlarini buzgan holda G’arbiy Germaniyada hukumat tuzish va unda pul islohotini o’tkazish haqida maxfiy muzokaralar o’tkazdi. AQSH va G’arbiy davlatlar SSSRning Germaniya hududidan barcha okkupatsiya qo’shinlarini olib chiqib ketishni ko’zda tutuvchi tinchlik shartnomasini tayyorlash va umumgerman organlarini tuzish haqidagi takliflarini rad etdi. Bu hol Sovet qo’shinlari tomonidan Berlinga kirish yo’llarini qurshab olish va 1948-yllgi "Berlin inqirozi"ga olib keldi. Butun yi1 mobaynida amerika samolyotlari sovet okkupatsiyasi hududida bo’lgan G’arbiy Berlin uchun zarur barcha narsalarni ta’minladi.