Varshava shartnomasi- 1955-yll 14-mayda Bolgarlya, Vengriya, GDR, Polsha, Ruminiya, SSSR, Chexoslovakiya va Albaniya o’rtaslda do’stlik, hamkorlik va o’zaro yordam haqida tuzilgan shartnoma bo’lib, Ishtirokchi davlatlar xavfsizligini ta’minlashni o’z oldlga maqsad qilib qo’ygan. Varshava shartnomasi tashkiloti (VSHT) NATOga qarama-qarshl ravishda tashkil etilgan. 1991-yilda tugatgan.
2-jahon urushi tufayli Yevropada yuzaga kelgan iqtisodiy va Siyosiy inqiroz jahon siyosatida Yevropa davlatlari rolining pasayishiga olib keldi. Bir paytlar jahon miqyosida yuqori mavqeli bo’lgan Angliya, Fransiya, Germaniya va Italiya ikki buyuk davlat oralig’ida qolib, 5O-yillar oxirlarida oddiy Yevropa davlatlariga aylandi va to’liq mustaqil davlatlar bo’lmay qoldi. "Marshall rejasi", NATO amerika yadro quroli Yevropa siyosati va iqtisodiyoti rivojlanishida uzoq vaqt ustuvor rol o’ynadi. Yevropa, xususan, Germaniya SSSR va AQSH o’rtasidagi davomiy qarama-qarshiliklar maydoniga aylandi va ular taqdiri bu ikki buyuk davlat munosabatlaridagi keskinlik darajasiga bog’liq bo’lib qoldi. Xalqaro munosabatlardagi bipolyar tizim-ikki buyuk davlat qarama-qarshiligiga asoslangan va ular tomonidan yaratilgan harbiy siyosiy blok tizimi. Yevropa qit’asining asosiy muammosi Germaniya edi. Koreya urushi boshlanishi bilan AQSH nemis qurolli kuchlarini yaratish uchun faol harakatlar qildi. Amerikalik strateglarning fIkricha, bu qurolli kuchlar amerikaliklar Uzoq Sharqda urush olib borayotgan paytda Yevropani muhofaza qilishlari lozim edi. Angliya Germaniyani qayta qurollantirish bo’yicha amerikaliklar loyihasini to’liq ma’qulladi. Biroq yangi variantning paydo bo’lishi istiqboli Fransiyani mutlaqo qoniqtirmasdi. Yevropa hamkorligi asosan iqtisodiy sohada mavjud bo’ldi. Bunday hamkorlik suverenitetni yo’qotishni ko’zda tutmasdi. Aksincha, undan olingan foyda hukumat tomonidan xalq ehtiyojini qo’llab-quvvatlashi mumkin edi. Yevropa mamlakatlari rahbarlari o’rtasida iqtisodiy cheklanishlardan voz kechibgina mamlakatdagi iqtisodiy qiyinchiliklarni bartaraf etish mumkin, degan fikr ustuvor turdi. Fransiya tashqi ishlar vaziri Robert Shuman (1886-1963), GFR kansleri Konrad Adenauer (1876-1967), Italiya bosh vaziri Algido de Gasperi (1881-1954) va Belgiya bosh vaziri Pol Ami Spaak (1899-1972) kabilar Yevropadagi bu yangi harakatda vetakchi sivmolar bo’lishdi.1950-yili R. Shuman G’arbiy Yevropada ko’mir va po’latni birlashgan holda ishlab chiqarishni yaratish taklift bilan chiqdi. Fransiya, Italiya, G’arbiy Germaniya va Benilyuks (Belgiya, Gollandiya va Lyuksemburg) mamlakatlari Yevropa ko’mir va po’lat birlashmasi (YKPB)ni tashkil qildi. Uning faoliyati faqat bir soha bilangina bog’liq bo’lsa-da, biroq butun sanoat ishlab chiqarishi uchun muhim ahamiyatga ega edi. Yevropa ishlab chiqarishi yuksala boshladi. 1955-yilga kelib ko’mir ishlab chiqarish 23 foiz, temir va po’lat ishlab chiqarish qariyb 150 foizga o’sdi. Hamjamiyat bu mahsulotni ishlab chiqarishdan ham, G’arbiy Yevropa iqtisodiyoti umumiy o’sishidagi bevosita ulushidan ham rivojlanib bordi. Uning yutug’i ko’p jihatdan muvofiqlashtirish va iqtisodiy integratsiyalash konsepsiyasi tarafdorlari qarashlarini kuchaytirdi.YKPB - Yevropa ko’mir va po’lat birlashmasi - 1951 yili Fransiya, GFR, Italiya, Belgiya, Gollandiya va Lyuksemburg o’rtasida tuzilgan shartnoma bo’lib, bu mamlakatlar uchun ko’mir va po’lat umumiy bozorini yaratish va bojxona to’lovlarini man etishni ko’zda tutgan.1956-yil Yevropa mamlakatlari uchun urushdan keyingi voqelikni qayta baholash yili bo’ldi. Mamlakatlar yo’lboshchilari integratsiya jarayonini tezlashtirishga qaror qilishdi. 1957-yil YKPBga a’zo mamlakatlar Rim protokollari deb ataladigan huijatlarni imzolashdiki, bu hol Yevropa iqtisodiy hamjamiyati (YIH) yoki "Umumiy bozor"ga asos soldi. Bu huijatlarga imzo chekkan mamlakatlar 12 yil mobaynida bojxona to’siqlarini tugatish, umumiy soliqlarni o’rnatish, keyinchalik esa umuman yo’q qilish, ishchi kuchi erkin harakat qilishini ta’minlash majburiyatini olishdi, shuningdek, bir xil ijtimoiy kafolatlar va yagona ish haqi to’g’risida kelishib olishdi.
Yevropa iqtisodiy hamjamiyati (YIH)-"Umumiy bozor" 1957-yilda tashkil etilgan bo’lib, ishtirokchi mamlakatlar o’rtasida savdoda barcha cheklanishlarni sekin-asta bartaraf etish va bojxona siyosatini olib borishni ko’zda tutadi. Rim protokollari imzolangan dastlabki yillar umidli natijalarni bera boshladi. 1968-yilga kelib "Umumiy bozor" mamlakatlari o’rtasida barcha bojxona soliqlari bartaraf etildi. Bu hol rejalashtirilgan muddatdan oldinroq ro’y berdi. Yevropaning bundan keyingi birlashuvi Fransiya va Germaniya o’rtasidagi ziddiyatlarga duch keldi. Umumiy siyosiy manfaatlar ikkala tomonni bir bitimga kelishga majbur etdi. 1958-yili Fransiya prezidenti bo’lgan general de Goll va 1949-yildan GFR kansleri bo’lib kelgan K.Adenauer murosaga kelishga qaror qilishdi. K.Adenauer Fransiyaga Yevropada siyosiy gegemoniyaga erishishga, prezident de Goll esa SSSR bilan german masalasida hech qanday kelishuvlarga yo’l qo’ymaslikka yordam berishga majburiyat oldi. 1958-yili 4-sentyabrda Fransiya prezidenti de Goll va kansler Adenauer muzokaralari natijasida mazkur mamlakatlar o’rtasidagi kelishmovchiliklarning tugagani e’lon qilingan qo’shma bayonotnoma qabul qilindi. Bonn va Parij ittifoqi Yevropa integratsiyasiga siyosiy tus berdi va Yevropaning bundan keyingi birlashishi yo’lidagi muhim to’siqlarni olib tashladi. Keyingi 5 yil ichida bu ittifoq chuqurlashdi va Yevropa integratsiyasining muhim rag’batchisiga aylandi. To’g’ri, ular o’rtasida kelishmovchiliklar ham bo’ldi, biroq ikkala taraf ham ularga alohida urg’u bermay, har qanday qarama-qarshilikdan qochishga harakat qilishdi. Ayniqsa, ikki muammo - NATO va Angliya bilan munosbatlar muhim bo’ldi. De Goll Fransiyaning bu harbiy blokda ishtirok etishiga qat’iy qarshi bo’lgan va 1966-yil iyulida uning barcha tashkilotlaridan Parijni tark etishni talab qilgan. 1967-yilda NATOning shtab-kvartirasi o’zining barcha bo’linmalari bilan birga Bryusselga ko’chib o’tadi. Fransiya esa blokning harbiy tuzilmalaridan chiqqanini e’lon qiladi. Fransiya G’arbiy Yevropa mamlakatlari orasida Amerika vasiyligidan ozod bo’lgan va o’z mustaqil tashqi siyosatini yuritgan dastlabkisi bo’ldi. Ayni paytda Fransiya YeIHga yangi a’zolar oqimi kelishiga qarshilik ko’rsata olmadi. Uning qarshiligiga qaramay, YeIHga 1973-yil Angliya, Irlandiya va Daniya, 1981-yilda Gretsiya, 1986-yilda Ispaniya va Portugaliya qabul qilindi. 1991-yil dekabrda YeIH integratsiyani chuqurlashtirishga yana bir muhim qadam qo’ydi. Hamjamiyatning 12 a’zosi golland shahri Maastrixtda yagona Yevropani yaratishni ko’zda tutuvchi Maastrixt bitimlari deb ataluvchi huijatlarni imzolashdi. Maastrixt bitimlarida uch guruh shartnomalar - yagona Yevropa valyutasi tashkil etish, Yevropa siyosiy ittifoqini shakllantirish va Yevropa komissiyasini tasdiqlash ko’zda tutildi. YIH o’z nomini Yevropa hamjamiyati (YH) deb o’zgartirdi. YeH mamlakatlari Yevropa siyosiy ittifoqi (Yevroittifoqi)ni yaratish yo’li bilan tashqi siyosat va mudofaani muvofiqlashtirish hamda bu yo’nalishda yagona asoslarni ishlab chiqishni mo’ljal qilishdi. Kelgusida yagona tashqi va umumiy harbiy siyosatni shakllantirish ko’zda tutilgan Maastrixt bitimlarining uchinchi guruhi Yevropa komissiyasini tuzishga tegishli. U Bryusselda ishlay boshlashi va YeH mamlakatlari sog’liqni saqlash, xalqta’limi, qishloq xo’jaligi va ekologiya sohalari siyosatini tartibga soluvchi muassasa bo’lishi lozim edi. Yevropa komissiyasi davlat ustidan turuvchi hukumat boshqaruvi funksiyalariga ega bo’la bordi va YeH ning barcha mamlakatlari unga o’z vakolatlarini berishi lozim edi. Bu milliy suveren huquqlarni cheklash bo’lardi, biroq YeH mamlakatlari yo’lboshchilari bu yo’ldan yagona Yevropani mustahkamlash uchun borishdi.
YH bu orada yangi a’zolar - Finiyandiya, Shvetsiya va Norvegiya bilan to’ldi. Endi uning tarkibida 15 davlat bor va bir necha davlat qabul qilinishini kutmoqda.