199
So'nggi yillarda iqtisodiyotning real sektorida ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning
katta qismi sanoat va qishloq xo'jaligi tarmoqlarining hissasiga to'g'ri kelmoqda. O'z
navbatida, bu kabi yaratuvchanlik real sektorning YaIM tarkibida ham salmoqli o'rin
egallashini ta'minlamoqda. Shu o'rinda, real sektorning taraqqiyoti yana qanday
imkoniyatlar eshigini ochishi mumkin, degan savol tug'ilishi tabiiydir. Mazkur sohaning
rivojlanishi aholi daromadlarini oshishi, turmush farovonligini o'sishi uchun imkoniyat,
ta'lim, tibbiyot, madaniyat sohalari rivojida moliyaviy-moddiy asos beradi.
O'zbekiston
Respublikasi
birinchi
Prezidentining
2008-yil
28-noyabrdagi
―Iqtisodiyotning real sektori korxonalarini qo'llab-quvvatlash, ularni barqaror ishlashini
ta'minlash va eksport salohiyatini oshirish chora-tadbirlari dasturi to'g'risida‖gi PF-4058-
sonli, 2008-yil 18-noyabrdagi ―Iqtisodiyot real sektori korxonalarining moliyaviy
barqarorligini yanada oshirish chora-tadbirlari to'g'risida‖gi PF-4053-sonli Farmonlari
asosida so'nggi yillarda real sektor tarkibiga kiruvchi tarmoqlarda chuqur tarkibiy
o'zgarishlar amalga oshirildi va islohotlar davom etmoqda. Mamlakatimizning jahon
bozorida mustahkam o'rin egallashi va raqobat afzalliklariga ega bo'lishini ta'minlashda
sanoat, agrosanoat majmuasi tarkibidagi sohalar hamda xizmat ko'rsatish sohalarini
rivojlantirish talab etiladi.
Bundan tashqari, O'zbekiston Respublikasi birinchi Prezidentining 2014-yil 3-
apreldagi ―Iqtisodiyotning real sektoriga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy
qilish chora-tadbirlari to'g'risida‖gi PQ-2158-sonli qarorini amalga oshirish doirasida, 24 ta
aksiyadorlik kompaniyalari, uyushmalar va yirik sanoat korxonalarida ishlab chiqarish va
boshqaruv jarayonlarini avtomatlashtirish bo'yicha 53 ta loyihani amalga oshirish
yakunlandi. Ushbu tadbirlar mamlakatimizdagi bankrot korxonalarni tarkibiy qayta tuzish
hamda yangi xo'jalik faoliyatini yo'lga qo'yish jarayonlarini sezilarli darajada tezlashtirdi.
Iqtisodiy nochor korxonalarni restrukturizatsiya qilish va moliyaviy sog‘lomlashtirish
hamda ularni yangi mulkdorlarga berish bo‘yicha amalga oshirilgan chora-tadbirlar
doirasida 2016-yilning boshidan buyon tegishli dasturlarga kiritilgan korxonalarni tiklashga
568,2 milliard so‘mlik investitsiya yo‘naltirildi. Natijada ushbu korxonalarda 668,2 milliard
so‘mlik mahsulot ishlab chiqarilib, 37 million dollardan ziyodi eksport qilindi, 6,1 mingdan
ziyod yangi ish o‘rni yaratildi.
Do'stlaringiz bilan baham: