Shartnoma asosida VMT shartnoma munosabatlari bilan bogʻlangan mustaqil firmalardan iboratdir. Umumiy ishda muvaffaqiyatni ta’minlash uchun faoliyat dasturlarini hamkorlikda oʻzaro muvofiqlashtiradi.
Shartnoma asosidagi VMT uch turdan iborat:
Ulgurji rahbarlik qiladigan chakana sotuvchilarning koʻngilli birlashmalari. Ulgurji mustaqil chakana sotuvchilar faoliyati uchun yagona dastur esa ularning yirik taqsimot tarmoqlari bilan raqobat kurashida oʻz kuchlarini birlashtirishga yordam beradi (masalan, AQSH da “Mustaqil baqqollar uyushmasi” bor).
Chakana sotuvchilar shirkati. Chakana sotuvchilar hamkorlikda yangi mustaqil xoʻjalik birlashmasi tuzishlari mumkin, bu birlashma ulgurji savdo ishlari bilan shugʻullanadi. Birlashma ishtirokchilari oʻzlarining asosiy xaridini shirkat orqali oʻtkazadi, reklama ishlarini ham birgalikda tashkil etadi. Olingan foyda kooperativ a’zolari oʻrtasida ularning qilgan xaridlariga mutanosib ravishda taqsimlanadi.
Shartnoma asosida VMTning uch informatsion tipi imtiyoz huquqiga ega boʻlganlarning tashkilotidir. Imtiyozlar egasi deb nomlanadigan a’zo ishlab
chiqarish va taqsimot jarayonlarining qator ketma - ket bosqichlarini oʻz qoʻlida toʻplashi mumkin. Oʻz navbatida bunday tashkilotlarning uch koʻrinishi bor.
Birinchisi - ishlab chiqaruvchi homiyligida chakana imtiyoz egalari tizimi. Masalan, Amerikada “Ford” firmasi mustaqil dilerlarga oʻz avtomillari bilan savdo qilish huquqi uchun litsenziya beradi, ular esa sotishda muayyan shartlarga rioya qilish va xizmat koʻrsatishni tashkil etish ishlariga rozi boʻladilar.
Ikkinchisi - ishlab chiqaruvchi homiylarning ulgurji imtiyoz egalari tizimi. Masalan, “Koka – kola” firmasi ichimlik quyish zavodlari egalariga (ulgurjilarga) turli bozorlarda savdo qilish huquqi uchun litsenziyalar beradi. Bu zavodlar firmadan ichimlik kontsentrati sotib oladi, soʻngra unga gaz bilan qoʻshimcha ishlov beradi, ichimlikni shishalarga quyadi va mahalliy chakana sotuvchilarga sotadi.
Uchinchi - xizmat koʻrsatadigan firma homiyligida chakana imtiyoz egalari tizimi. Bu holda xizmat koʻrsatish firmalari iste’molchilarga xizmatini eng samarali usullarda etkazib berish maqsadida kompleks tizim tashkil etadi.
Uning gorizontal koʻrinishi mahsulotning bir necha vositachilar oʻrtasida taqsimlanishi bilan ajralib turadi. Firmalar moliyaviy mablagʻ, ishlab chiqarish quvvatini tejash, texnikaviy bilim yoki marketing resurslarini jamlash maqsadida yangi ochilayotgan bozorlarni hamkorlikda oʻzlashtirish yoʻlida harakatlarni birlashtirishni afzalroq koʻradi. Firmalar birgina yoki har xil sotish bozorlarini egallash uchun koʻp yoʻlli marketing tizimlaridan foydalanilar, aslida esa har bir mahsulot taqsimotining turli yoʻllari mavjud. Masalan, firma oʻz mahsulotini bir vaqtning oʻzida firma doʻkoni, chakana sotuvchilar, boshqa vositachilar orqali sotishi mumkin. Shu sababli taqsimot kanalini tanlashda vositachi tipni, savdo - vositachilik amallari va vositachi firmalarni tashkil etish shaklini belgilash nihoyatda muhim masala hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |