Kurs ishining maqsadi:
Mehnatga talab va taklif miqdori oshgan bir davrda
mehnat bozorining modellarinining va uning turlari modelllarini hamda talab va
taklif egri chizig’ini o’rganish.
Kursh ishidan ko’zlangan maqsadga erishish uchun quyidagicha vazifalar
qo’yildi:
Mehnat bozori va uning mohiyati kelib chiqish sabablarini yoritib
berish va tahlil qilish;
Mehnat bozorining ishlash mexanizmlarini tasniflash;
Mehnat bozorining milliy modellarini o’rganish;
Mehnat bzozori turlari va uning bo’linish segmentlarini o’rganish;
Mehnat bozorini statistik tahlil qilish va uni jadvall va grafiklarda
tasvirlash;
1
:/Users/talaba/Desktop/Kalandar%20Abdurahmonov%20Mehnat%20iqtosodiyoti.%202019..pdf
4
1.Mehnat bozori va uning mohiyati
.
Har bir jamiyat o‘zining boyligi,
hukumat shakli, iqtisodiyot formasidan qat’i nazar, xalq farovonligi yo‘lida maqbul
qarorlarni amalga oshirishi lozim. Shu bilan bir qatorda, u nimani, qancha va
qanday ishlab chiqarishni va ishlab chiqarilgan mahsulot qanday taqsimlanishi
zarurligini hisoblab borishi kerak. Bu qarorlarni qabul qilish uchun iste’molchilar
nimani xohlayotganligini, mahsulotlami ishlab chiqarish uchun qanday
texnologiyalar kerakligini, ishchilar qanday malakalarga ega bo‘lishi va nima
ishlab chiqarish lozimligini aniqlab olishi zarur. Olingan ma’lumotlar asosida
shunday qaror qabul qilish kerakki, natijada, mamlakat poytaxti hamda uning
chekka hududlarida joylashgan viloyat va tumanlarda yashaydigan aholi bir xil
miqdorda vabir xil sifatda sut, non, go‘sht, yog‘, tuxum va boshqa birlamchi oziq-
ovqat mahsulotlarini sotib olish imkoniyatiga ega bo'lishsin. Koordinatsiya
jarayoni natijasida kerakli sondagi insonlar o‘zlarining kerakli miqdordagi pul
mablag‘i bilan kerakli joyda va kerakli vaqtda kerakli mahsulotni ishlab
chiqarishdan manfaatdor bo‘lishi kerak.
Albatta, bunday qarorlar mamlakat Prezidenti, hukumat, tarmoq vazirliklari
va boshqa hududiy idoralar tomonidan qabul qilinadi. Qarorlarni to‘g‘ri qaror
qabul qilishda zarur ma’lumotlami to‘plash va ulami solishtirib chiqish juda qiyin
vazifadir. Ko‘p sonli ishlab chiqaruvchilar to‘lanishga tayyor bo‘lgan tovar
narxlarining, iste’molchilar esa ish haqi va daromadning o‘zgarishini kuzatib
boradilar. Olingan ma’lumotlami birlashtirgan holda, ishlab chiqaruvchilar nimani,
qancha va qaerda ishlab chiqarishni, buning uchun kimni yollashni hal qilishadi.
Bunga hech kim javobgar emas. Bozor mexanizmi resurslami teng taqsimlay
olganligi bois, odamlar o‘zlari xohlaydigan narsalami sotib olish imkonini
beradigan ish haqi evaziga ishga joylashadilar. Mahsulot, ish bilan bandlik va
iste’mol borasida qabul qilingan qarorlar bozordagi narxlar natijasida yuzaga
keladi. Mehnat resurslarini taqsimlaydigan va ish bilan bandlik borasida qarorlar
qabul qiladigan bozor mehnat bozori deb ataladi.Bozor ayrim tovarlar va
xizmatlarga talab bilan murojaat qiluvchi xaridorlar va taklif asosida etkazib
beruvchi sotuvchilarni bir-biriga qo‘shadigan institut yoki mexanizmdir.
5
Xomashyo, materiallar, yoqilg‘i, tayyor mahsulot, qimmatli qog‘ozlar, pul (kredit)
bozorlari bir-biridan farqlanadi. Ana shu bozorlarni tashkil etishning o‘ziga xos
xususiyatlari bor. Ularning namoyon bo‘lishiga, asosan, bozor negizi – mazkur
bozorda oldi-sotdi ob’ekti bo‘ladigan tovar ta’sir etadi. Tovar ayirboshlanishining
tabiiy negizi bo‘ladigan mehnat taqsimotining davom etishi jarayonida bozorlar
maydalanishi kuchayadi, ularning ixtisoslashishi chuqurlashadi.
Shunga ko‘ra, bozorlar turli shakllarda: bular tamaddixona va kichik
do‘konchadan tortib, yirik fond birjasi va xalqaro kreditlar bozorigacha bo‘lishi
mumkin.
Ishchi kuchi tovar bo‘ladigan bozor xo‘jaligi tizimida o‘z jismoniy kuchiga
ega bo‘lgan xodimlarning ish o‘rinlariga nisbatan harakatlari mehnat bozori orkali
ro‘yobga chiqadi. Mehnat bozorida ishchi kuchining oldi-sotdisi amalga oshadi.
Ish o‘rnining egasi ishchi kuchini xarid qilganida ishlab chiqarish jarayonida
xo‘jalik faoliyati asosiy omillari birlashishining iqtisodiy va huquqiy shart-
sharoitlari yaratiladi. Shu tariqa mehnat bozori ishchi kuchi talab va takliflarining
shunday majmuini o‘zida mujassam etadiki, ishchi o‘rinlariga nisbatan bo‘ladigan
xarakat hamda iqtisodiy faol aholining tarmoq, hudud, demografiya va kasb-
malaka bo‘yicha xo‘jalik faoliyati sohalariga joylashuvi shular orqali amalga
oshadi. Bozor mexanizmi raqobat jarayonida mustaqil tarzda tartibga solinish
jihatlarini hamda davlat tomonidan maqsadga yo‘naltirilgan tarzda ta’sir
o‘tkazilishini o‘zida mujassam etadi.
Mehnat bozori aslida shu ma’noda ob’ektiv hodisadirki, u odamlarning
xohishirodalaridan qat’i nazar jamiyatdagi ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarning
xususiyatlari bilan belgilanadi. Ishchi kuchi mazkur jamiyatning sharoitlarida tovar
bo‘lsa va ishlab chiqarish omillari (yollanma ishchi kuchi va ishlab chiqarish
vositalari) birlashishining o‘zi mehnatning oldi-sotdisi orqali amalga oshadigan
bo‘lsa, bu mehnat bozori mavjud deganidir. Mehnat bozorining rivojlangan
darajada amal qilishi uning infratuzilmasi qay darajada tarkib topganligi, ushbu
infratuzilma mehnat bozorining ishlashiga ko‘maklashadigan institutlarni o‘z
ichiga olganligiga bog‘liq bo‘ladi. Tabiiyki, mazkur infratuzilma anglangan
6
harakatlar natijasi bo‘ladi, demak, u, bozorning o‘zidan farqli o‘larok, ob’ektiv
tusga ega bo‘lmaydi.
Mehnat bozori haqiqiy ishlashining muhim sharti unda barcha mehnat
munosabatlari ishtirokchilari: davlat, ish beruvchilar va yollanma ishchilarning
mos xatti-harakatlari hisoblanadi. Bugungi kunda rejali iqtisodiyotdan bozor
iqtisodiyotiga o‘tayotgan mamlakatlar boshqacha sharoitga tushib qoldi. Ularda
mehnat munosabatlari doimo ham erkin tanlanavermaydigan to‘la ish bilan
bandlikka muvofiq keladigan odamlarning sezilarli kontingenti shakllangan. Ish
bilan band odam uchun mehnat munosabatlariga bozor munosabatlari
elementlarining kiritilishi anchagina og‘ir kechadi. Bir xil ishga bir xil ish haqi
berish odamlarning tushunmovchiliklar va noroziliklariga sabab bo‘lishi mumkin.
Odamlarda ishsiz qolish gumoni, ayniqsa, ish joyidan o‘z aybi bilan emas, balki
ish hajmining kamayishi yoki korxonaning (sinish) bankrot bo‘lishi tufayli
mahrum bo‘lishi ruhiy zarbaga olib kelishi mumkin. YOllanma xodim mehnat
bozorining asosiy xodimi hisoblanganligi uchun ham uning tushuncha va qarashlar
tizimi shu bozorga muvofiq bo‘lishi kerak. Mehnat bozorida kishidan yuqori kasb-
malaka darajasi, kasbiy qayta o‘qish, malakani oshirishga, zarur bo‘lganda, kasbni
yoki ish joyini almashtirishga tayyorlik va layoqat talab etiladi. Faqat ijtimoiy va
hududiy harakatchanligi yuqori darajada bo‘lgan kishiga o‘zi uchun mehnat
bozorida yuqori raqobatbardoshlik darajasini ta’minlashga imkon berishi mumkin.
2
Do'stlaringiz bilan baham: |